Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov


Download 1.85 Mb.
bet99/326
Sana08.01.2022
Hajmi1.85 Mb.
#245671
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   326
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111

0 ‘zgaruvchan xarajatlar. Bular shunday xarajatlarki, ulaming miqdori qancha mahsulot ishlab chiqarilishiga qarab o‘zgarib turadi. Tikuvchilik firmasi misoliga qaytsak uning o‘zgaruvchan xarajatlari bu gazlama, ip, tugmalar sotib о I ish uchun va chevarlarga ish haqi to‘lash uchun ketgan pul. Bordi-yu gazlamaga 120 min, ipga 5 min, tug-malarga 2 min, chevarlar ish haqiga 23 min so‘m ketgan bo‘lsa, jami sarflar 150 min so‘mni tashkil etadi. Shu sarf bilan 50000 ta ko‘ylak tikilgan. Bordi-yu ko'ylak tikishni 60000 taga yetkazish zarur bo‘lsa, bu xarajatni yana 30 min so‘mga oshirish kerak, chunJd buning uchun qo'shimcha ravishda gazlama, ip va tugmalar sotib olish kerak yangi chevarlami ishga qabul qilish kerak yoki ishlab turgan chevarlarning ish vaqtini cho‘zib ularga qo‘shimcha haq to'lash kerak. Biroq bunda ijara haqi, bank foizi va buxgalter ish haqi qanday bo‘lsa shunday­ ligicha qolaveradi. Doimiy va o‘zgaruvchan xarajat laming qanday bo'lishini chizmada ham ko'rish mumkin (8.1-rasm).

130




8.1-rasm. Doimiy va o‘zgamvchan xarajatlar
Rasmda ABCD to‘rtburchak doimiy xarajatning, ВЕС uchbur-chak o‘zgaruvchan xarajatning siljishini bildiradi. Q ni tovar miq-dori, deb olsak, BE o‘zgaruvchan xarajat, BC chizig'i doimiy xara-jat miqdori boMadi. Mahsulot miqdori 1 dan 10 gacha ortib bor-gan, lekin BC chizig‘ida hech bir o'zgarish bo‘lmagan. Ayni payt-da BE chizig‘i quyidan yuqoriga o‘sgan. Ya’ni Q kattalashgan sari WQ.^ ham ortib borgan. Doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarni far-qlantirish muhim, chunki bular Jami xarajatlar dinamikasiga turli-cha ta’sir etadi. Doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlar yig‘indisi jami xarajatlarni tashkil etadi:
Bizning yuqoridagi misolimizda bu 29 min + 150 min = 179 min so‘m. Mahsulot ishlab chiqarish ko‘paygan sari jami xarajatlar ham oshib boradi va bu asosan o‘zgaruvchan xarajatlar ko‘payishining hisobidan boladi. Buni quyidagi chizmadan ko‘rish mumkin (8.2-rasm).

8.2-rasm. Ishlab chiqarish hajmi va xarajatlar

131


Chizmadagi X yon chizig‘i mahsulot ko‘payishtni, Y tik chizig‘i esa xarajatlarni ifodalaydi. Mahsulot ishlab chiqarishning I dan 10 ga qadar o‘sishiga xarajatlarning 10 dan 130 gacha o‘sishi to‘g‘ri kelgan. Shunga mos ravishda xarajatlarning L egri chizigi hosil boigan. Jami xarajatlarning o‘sishini o‘zi ishlab chiqarish qimmatga tushganini aslo bildirmaydi. Bularga nisbatan mahsulot miqdori tezroq o‘sib borganda mahsulot birligi arzonga tushadi. Aksi yuz berganda, u qimmatlashadi.
Firmaning xarajal qilishdan maqsadi foyda topish, Shuning uchun uni jami xarajatlarning o‘zi emas, balki ularning nima berishi qiziqtiradi. Firma uchun bitta tovarning qanchaga tushishi, u so-tilganda qancha foyda kelishi, tovarlar ko‘paytirilganda, foyda qanchaga ortishi muhim. Shu jihatdan o‘rtacha xarajatlar g‘oyai ahamiyatli.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   326




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling