Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov


Download 1.85 Mb.
bet163/326
Sana08.01.2022
Hajmi1.85 Mb.
#245671
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   326
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111

Ishsiziik bozorda mehnat taklifining unga boigan talabdan ortib ketishi natijasida ishlashga qobiliyati va ishtiyoqi bor kishilaming bir qismini ish topa olmay bekor qolishidir.
Ishsiziik mehnat bozoridagi muvozanatning buzilishi natijasida yuzaga keladi. Ishsizlikni ham talab, ham taklif yuzaga keltiradi,

222


Mehnat taklifi o‘zgarmagan holda unga talab qisqaradi, natijada mehnatni taklif qiluvchilarning bir qismi ishsiz qoladi. Masalan, mehnat taklifi 5,2 min nafardan iborat, talab ham 5,2 min nafar. Demak, muvozanat mavjud, chunki 5,2=5,2. Ishlab chiqarish qisqarib, talab 5,0 min nafarga tushadi. Taklif esa ilgarigidek 5,2 min nafarga teng. Shunday holatda taklif talabdan ortib ketadi, chunki 5,2>5,0, natijada 0,2 min nafar (5,2-5,0=0,2) kishilar ishsiz qoladi. Ishsizlik sababi taklif tomonda bo‘lganda, mehnatga talab ortishiga qaramay, taklif bundan ilgarilab ketadi. Bu yerda taklifning talabdan ortib qolishi yuz be rad i. Aytilgan misolga qaytsak talab 0,2 min ga ko‘payib jami 5,4 min nafarga (5,2+0,2=5,4) yetadi. Biroq taklif bundan tezroq o‘sib, 0,3 min kishiga ko‘payadi. Jami taklif 5,5 min ga (5,2+0,3=5,5) yetadi. Talab esa 5,4 min ga teng. Demak, taklif va talabning farqi 0,1 min (5,5-5,4=0,1) boiib, bu ishsiziikni hosil qiladi. Ishsizlikning sababi ko‘pincha mehnatga talabning qisqarishi boiadi va bu foydani maksimumlashtirishga boigan intilishdan kelib chiqadi. Biz bilamizki, mehnatga talab u bergan marjinal mahsulot ish haqiga teng bo'lganda mehnat bozorida muvozanat hosil bo‘ladi. Bu mahsulot ish haqidan qanchalik ko‘p bo‘lsa, shunchalik mehnatga talab ortadi. Bordi-yu bu ish haqidan kam bo‘lsa mehnatga talab qisqaradi, chunki foyda kamayadi. Natijada, ishga olish firma uchun qulay boOmaydi.
Mehnatga talabning qisqarishini ish kuchini texnika bilan almashtirish zarurati ham keltirib chiqaradi. Texnika kiritilishi uchun unga ketgan pulni u siqib chiqargan ishchilar ish haqidan kam bo‘lishi taqozo etadi. Masalan, yangi stanok 10 min pul birligi turadi. Uning kiritilishi tufayli 3 ta ishlovchi ortiqcha bo‘lib qoladi. Agar stanok 5 yh xizmat qilsa, yiliga 2 min xarajat boiadi. Agar 3 ta ishchi yiliga 1 i in dan olganda, jami ish haqi sarfi 3,0 min boiadi. Stanok kiritilsa, firma 1min pul tejaydi (3,0mln —2,0mln= 1,0mln). Bu mehnatga talabni 3 kishiga kamaytiradi, chunki qolgan ishchi-larning mehnat unumdorligi ortib, ular yaratgan maijinal mahsulot qiymati ish haqidan yuqori boiadi, bu esa foydani maksimum-lashtiradi.
Mehnat resurslari tez o‘sgan sharoitda mehnat taklifi ham tez o‘sadi, ish o‘rinlari esa ular ko‘paygan taqdirda ham yetishmay qoladi. Demak, ishsizlikning sababi aholining tez o‘sishida ham boiadi. Bunday hoi iqtisodi zaif mamlakatlarda boiadi. So‘nggi yillar davomida boy mamlakatlarda aholi yiliga 0,7 % ko‘paygani holda, kambag‘al mamlakatlarda u 2,0 %ga ortdi.
Demografik (nufus) omili — aholisi tez o ‘sgan yerda ishsizlik omili boiadi, biroq aholi sekin o‘sgan yoki o‘smayotgan yerdagi

2 2 3


ishsizlikni demografik ahvol bilan izohlab bo'lmaydi. Masalan, 1991—2000-yiIIarda Rossiyada aholi yiliga 0,2 %ga, Ukrainada 0,5 %ga kamaydi, lekin ayni paylda ishsizlik ham ko‘p bo‘ldi. Demak, bu yerda ishsizlik sababi ishlab chiqarish qisqarib, mehnatga ta-labning kamayib ketganligidadir.

Ishsizlik o'zining kelib chiqish sabablari va davomiyligiga ko‘ra turli shakllarga ega bo‘iadi.





      1. Download 1.85 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   326




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling