Friksion ishsizlik - bu mehnatga layoqatli kishilarning ish o‘rnini almashtirishi munosabati bilan vaqtincha bekor yurishi. Mehnat bozorida ishni muqobil tanlash erkinligi bor. Bu ish kuchini harakatchan qiladi. Kishilar o‘ziga yoqmagan ishdan ketib, o'ziga ma’qul ishni tanlab oladilar. Bu bir korxonadan boshqasiga o‘tib ishlashni, bir tarmoqdan boshqasiga o‘tishni, istiqomat qilayotgan yeridan boshqa yerga ko‘chib borib yangi ishga kirishni bildiradi. Eski ishdan ketib yangisiga joylashib olgungacha bo‘lgan davrda kishilar vaqtincha ishsiz qoladi va bu vaqtning uzun yoki qisqaligi yangi ishning topilishiga bog'liq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |