Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov
Download 1.85 Mb.
|
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16.3. Sikl turlari
16.5-rasm. Rasmda iqtisodiyotning A nuqtadan К nuqtaga qadar 100 bir-likdan 120 birlikka qadar o‘sganini koTamiz. Biroq, bu notekis bor-gan, avval iqtisodiyot AB chizigrida o‘sgan, so‘ngra BC chizigida 275
qisqargan, CD oralig‘ida, shu holatda bir oz saqiangan. Keyinchalik u yana DE oralig‘ida o'sgan. Ammo pasayish qaytalanib u qisqargan (EF), shu holat yana saqiangan (FG). Keyin esa u yana o‘sgan (GHC nihoyat qisqargan (HI). Ma’lum vaqt bu holat saqlanib (IJ), so‘ng yana iqtisodiyot o‘sa boshlagan (JK). Rasmga ko‘ra, iqtiso-diyotning ko'tarilishi, pasayishi va turghmligi va yana ko‘tarilishi takrorlangan. Biroq iqtisodiyot boshlanghch holiga sira ham qaytmagan, aksincha u o‘sgan ( 120> 100). Hatto bir krizis holatidagi ishlab chiqarish darajasi oldingi krizisdagidan yuqori bo‘lgan (C Bozor iqtisodiyoti tabiatiga siklli o‘sish xos. Shu sababli birinchi krizis 1825-yilda kuzatilgan boisa, eng so'nggisi 2008-yilda bosh-landi. Eng kuchli krizis 1901-, 1929—1933-, 2008—2009-y0lari yuz bergan. 1929-1933-yillardagi krizis eng dahshatli boiib, katta talofotlarga va fojiali hodisalarga olib kelgan. Ishlab chiqarish AQSh da 25 %ga qisqargan, ishsizlik 35 %ga chiqib ketgan. Bu tarixda buyuk depressiya nomini olgan. Ikkinchi buyuk depressiya 2008—2009-yillarda yuz bergan. SikJli rivojlanish iqtisodiyot hamma vaqt va hamma yerda ay-tilgan hamma bosqich (faza) lardan oiadi degan gap emas. XX asr-ning 60 yillariga qadar sanoatlashgan mamlakatlar iqtisodiyoti 4 bosqichni (jonlanish, yuksalish, krizis, depressiya) boshdan ke-chirgan. Biroq shundan so‘ng siklning o'zini va uning bosqich-larining qisqarishi va hatto navbatdagi bosqiclining tushib qolishi yuz bergan. Iqtisodiyot turg‘unlik holatini chetda qoldirib krizisdan yuksalishga o‘tib ketgan, krizis davri qisqargan, krizislar yengil kechgan. Dahshatli krizislar keyingi 70 yilda takrorlanmadi. Biroq, 2008—2009-yillarda qaytadan paydo bo‘ldi. Ilgarilari krizislar ko'pchilik mamlakatlarda bir vaqtda yuz berib xalqaro mazmunga 2 7 6
ega bo‘lsa, keyingi paytda krizislar ayrim mamlakatlarda uchray-digan boidi. Biroq 2008-yil global (xalqaro) krizis takrorlandi. Iqti-sodiyotdagi tanglilming kam uchrashi, lining qisqa vaqtda boiishi va yengi! kechishi daviatning faol antisiklik chora-tadbirlari tufayli yiiz bergan. Davlat tanglik kezlarida o‘z buyurtmalarini ko'paytirgan, eksportga sharoit yaratib bergan, soliqlarni tushirgan, bandlikni, binobarin daromadni oshirish va shu orqali jarai talabni ko‘paytirish choralarini qo'llagan. Biroq bu tadbirlar kamlik qilib, chuqur krizis yuzaga keldi (2008-yil). rqiisodiyotdagi to'lqinsimon harakat ma’lum vaqtda yuz bergani uchun uni davriy hodisa, deb aytish mumkin. Ammo sikl davrining uzun-qisqaligi o‘zgarib turadi. XIX asrda o‘rtacha sikl 8-12 yil davom etgan, XX asrning birinchi yarmida bu davr 6 -8 yilga kelib qolgan. XX asrning 80-yillaridan e’tiboran bu davming cho'zilishi kuzatilmadi. Rivojlangan mamlakatlarda keyingi 25 yU davomida (1980—2005-yillar) chuqur tanglik bo‘lmay, bu yengil kechdi, o‘xtin-o‘xtin ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlarining pasayishi, ayrim paytda depressiv holat kuzatiladi. Eng so‘nggi davriy krizis 2001—2002-yillarda faqat Yaponiyada kuzatildi. Bu yerda YalM 2001-yili 0,6 %, 2002-yili 0,7 %ga qisqardi. Buning sababi, jami taklifning talabdan oshib ketishi bo‘ldi, chunki Yapo-niya ichki bozori to‘yinib ko‘pgina uzoq muddatda ishlatiladigan tovarlarga talab qisqardi, tashqi bozorda esa o‘rinbosar tovarlar ko‘payib, Yaponiya tovarlariga talab kamaydi. 2008—2010-yillardagi krizis kuchli boiib, ishlab chlqarish dunyoning yetakchi mamla-katlarida jiddiy qisqardi. Bozorga o‘tish davridagi iqtisodiy tanglikni tom ma’nodagi sikllik krizis deb bo'lmaydi, chunki uning sabablari boshqacha. 0 ‘tish davri mamlakatlaridagi 90-yillarda yuz bergan chuqur tanglik bozor iqtisodiyotining mahsuli emas, albatta. Bu rejali tizim inqi-rozining davomidir. Rejaiashtirish mexanizmi ish bermay qolgan sharoitda bozor mexanizmi shakllanib uigurmaganidan o'tish davri iqtisodiyoti arosatda qoladi. Iqtisodiy stimullar izdan chiqib, iqti-sodiyot pasaya boradi. Bu yerda pasayish talab hisobidan emas, balki taklif hisobidan bo‘Iadi. Taklifning qisqarishi resurslaming yetish-masligi natijasi boiadi, chunki yagona resurs bozori tarqab ketadi, mamlakatlar o‘rtasidagi xo‘jalik aloqalari izdan chiqadi, Natijada, ishlab chlqarish qisqaradi, ishsizlik kuchayadi, aho-lining turmushi og'irlasliadi. 0 ‘tish davriga xos tanglik MDH mam-iakatlarida yaqqol kuzatUdi. Biroq tanglLkning chuqurligi va da-vomiyligi har xil kechdi. 0 ‘zbekistonda u nisbatan yengil bo‘ldi. 2 7 7
16.3. Sikl turlari Iqtisodiy sikllar kelib chiqish sabablari, asl belgilail, oqibatlari va davomiyligiga qarab 3 turgabo'linadi. Bular: katta, o‘rtavakichik sikllardir. Katta sikllar. Bular iqtisodiyot taraqqiyotida uzoq davom eta-digan davr bo'lib, odaida 50—60 yilga cho‘ziladi. Iqtisodiyotdagi tub burilishning yuz berishi bilan tavsiflanadi. Katta sikl fan-texnikadagi buyuk kashfiyotlaming ishlab chiqarishga joriy etilislii natijasida mutlaqo yangi texnologiyalaming kiritilishi bilan ajralib turadi. Ishlab chiqarishning yangi istiqbolli sohalari yuzaga keladi, ular texnologik yangilanadi, bu esa mehnat unumdorligini yangi bos-qichga olib chiqadi. XX asr ikki katta siklni boshidan kechirdi. Birinchi sikl XIX asming oxiridan XX asrning o'rtalariga qadar davr bo1ib, bu ichki yonuv dvlgatellari, elektr energiyasi, elektr dviga-tellari, yangi yuksak unumli mashinalarning paydo bolishi bilan ajralib turadi. Ikkinchi sikl XX asrning o‘rtalarida boshlangan bolib, u hozir ham davom etadi. Bu davr atom energetikasi, kompyuterlar, sun’iy kimyoviy materiallar, robotlar, avtomatlashgan mashinalar tizimi, kosmik sanoat paydo bo'lishi bilan tavsiflanadi. Bularning hammasi iqtisodiyotdagi yangi burilish davrini ochgan, chunki mehnat unumdorligini mislsiz darajaga olib chiqqan, ishlab chiqa-rishni tubdan yangilab yuborgan. Hozir kutilayotgan yana bir katta sikl - bu boshqariladigan termoyadro energetikasi, mini-elektronika, nanotexnologiya va gen-injeneriyasi yutuqlarining ishlab chiqarishga kirib borishi bilan tavsiflanadi. Ishlab chiqarish modernizatsiyalashadi, u innovatsion tus oladi, mehnat unumdorligining jadal oshib borishi kutiladi. Yangi sikl robototexnikani hamma sohalarda, hatto uy xo‘jaligida keng qo'llanishi bilan ajralib turadi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling