Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov
Iqtisodiyotning tebranib turishi fluktiuatsiya deyiladi
Download 1.85 Mb.
|
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111
Iqtisodiyotning tebranib turishi fluktiuatsiya deyiladi. Fluktiuatsiyaning asosiy sababi jami talab va taklifning
muvozanat holatiga kirishi va undan chiqib turishidir, Muvozanatlar saqlanganda iqtisodiyot ko‘tariladi, ular buzilganda esa pasayadi. Iqtisodiyotning bunday notekis harakati bozor tizimining nuqso-nidir. Bozor mexanizrni ideal ishlamaydi, albatta. U yaxshi ishlagan paytda, ya’ni layoqatli bo‘lganda talabga binoan resurslar oqilona taqsimlanadi, kerakli tovarlar ishlab chiqiladi, shu sababli ular bir maromda sotilib turadi, natijada iqtisodiyot o‘sib boradi. Biroq shunday vaziyat ham bo‘lib turadiki, bozor mexanizrni layoqatsiz bo‘lib qoladi, ya’ni u resurslarni kerakli sohalarga taqsimlashni to‘la ta’minlay olmaydi. Bozor to‘la hisobga olinmaganidan talabi qis-qargan tovarlar ham chiqariladi. UJarning bozori kasod bo‘lib, yaxshi foyda keltiruvchi narxlarda sotilmaydi. Tovarlar zaxiralari me’yoridan oshib ketadi. Tovarlami ishlab chiqarishga ketgan pul ular jismida qotib qoladi. Tovar sotish qisqarganidan sarflangan pul vaqtida qaytib kelmaydi, natijada kapital oboroti (aylanma harakati) sekinlashadi. Bozor mexanizrni goh uzluksiz yaxshi ishlab, goh layoqatsiz bo‘lib qolganidan iqtisodiyot gurkirab o‘sishi bilan uning tang ahvolga tushib qolishi ham yuz beradi. Mana shu uning siklli o‘sishidir. Bu iqtisodiyotni turli bosqichlardan o‘tishini bildiradi. Bular quyidagicha; 1- bosqich. Yuksalisb. Bu jonlanish va bumni (gurkirab 0‘sishn o‘z ichiga oladi. Iqtisodiyot awal Jonlanadi, so‘ngra u gurkirab o‘sadi. Dastlab iqtisodiy o'sish jadallashadi. Masalan, u yiliga 1—2 % o‘ssa, so‘ngra bu 3—4 foizga chiqadi va nihoyat u cho‘qqiga chiq-qanda 6—8 % o‘sa boshlaydi. Iqtisodiyotning коЧагШЬ eng yuqori bosqichga chiqishi bum, deyiladi. Bum holatida YalM ishlab chiqarish muttasil oshib boradi, bandlik ortadi, foyda ko‘payadi, pul qadri barqarorlashadi, firmalar va aholi Jamg‘armasi o‘sadi, turmush darajasi oshadi. Ammo bunday holat abadiy bo‘lmaydi, uning o‘rniga vaqti-vaqti bilan tanglik holati ham kelib turadi. 2- hosqich. Retsessiya. Bu krizis va depressiya (turghinlik) da ibo rat. Bozorda Jami taklif talabdan oshib ketadi, ya’ni bozorga 2 7 4
chiqarilgan tovarlar u yerda turib qoladi. Krizis paytida tovarlar-ning sotilishi qisqaradi. Bu ishlab chiqarishniiig qisqarishiga oJib keladi, ishchilar bo‘shatilib yiiboriladi, foyda kamayganidan inves-titsion faollik so‘na boradi. Ishlab chiqarish qisqarganidan takiif ham qisqarib talabga yaqinlashadi. Biroq iqtisodiyot turg‘un hoiat-da, ya’ni bir yerda turib qoladi. Buni depressiya holati, deb yuriti-shadi. Bu paytda ishlab chiqarish na o‘sadi, na pasayadi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling