1 6 . 2 - r a s m . Daromadlar va xarajatlarning muvozanat holati
Ko‘rsatilgan muvozanatlarning bog’liqligi makroiqtisodiy obo-rotda real va pul sektorining mavjudligidan kelib chiqadi. Ishlab chiqarish va iste’mol muvofiqligi real sektorga xos bo‘lsa, shunga binoan pul sektorida daromadlar va xarajatlar tengligi kelib chiqa di. Biz bilamizki, real sektordagi tovar va xizmatlarning pul-qiymat shakli bo‘lib, bu pul sektoridagi daromadlar va xarajatlarning qara-ma-qarshi oqimini keltirib chiqaradi. Ma’lumki, daromadlar iqti sodiyot barcha ishtirokchilari ixtiyoriga kelgan pul tushumi bo‘lib, bu YalM qiymatiga teng bo‘ladi. Daromadlar xarajat qilinganda iqtisodiyot subyektiarining iste’moli, chunonchi xususiy va davlat iste’moli qondiriladi, yalpi jamg'arma hosil qilinadi, tovarlar ek-sporti yuz beradi. Biroq iste’molni qondirish uchun tovarlar import ham qilinadi. Eksport va importning farqi YalMning qanday ish-latilishini bildiradi. Aytilgan mulohazalarni chizmada tasvirlasak, u quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi (l6.3-rasm).
Rasmda tasvirlangan muvozanat tovar-pul munosabatlari sha-roitida daromadlar va xarajatlarning tengligini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |