Foiz stavkasining o‘zgarishi. Foiz bu qarz narxi, u oshirilsa, qarz qimmatlashib unga talab qisqaradi, u oshsa aksi yuz beradi. Foiz kamayganda arzon pul hosil bo‘lib, unga talabgor ko‘payadi, natijada pul taklifi ortadi. Aksincha, foiz oshganda qimmat pul ho sil bo‘lib, uni olishga oshiqmaydilar. Natijada pul taklifi kamayadi. Buni anglash uchun quyidagi chizmani (18.1-rasm) tahlil etamiz.
TaMlf
1 8 .1 -ra sm . Pulga talab va pul takliflning o ‘zgarishi
18.6. Inflatsiya
Chizmadagi E, К va F yoysimon chiziqlar pulga talabni, S, M va L tik chiziqlar pul taklifini bildiradi. Agar muayyan vaqtda-gi pulga talabni К chiziq bilan, taklifni M chiziq bilan ifodalasak, ular A nuqtada kesishib, muvozanat hosil qiladi, bu aslida tovar-pul muvozanati (M*V=Q*P) bo'ladi. Vaqt o‘tishi bilan pulga talab oshganda taklif ham ortib ular C nuqtada kesishgan. So‘ngra talab
qisqarganda taklif ham unga moslashib, kesishuv nuqtasi В hosM bo‘lgan. Demak kesishuv nuqtasi talab va taklif chiziqlarining sil-jishiga qarab aw al o ‘ng tomonga, so‘ngra so i tomonga ko‘chgan, Bu pulga talab va pul taklifming o‘zgarishiga xos boiadi. Ular muvozanati iqtisodiyot uchun o‘ta muhim, chunki bu bilan pul muomalasining barqarorligi ta’minlanadi.
Iqtisodiyotda inflatsiya va deflyatsiya, degan hodisalar uchrab turadi, bular ziddiy boiadi. Inflatsiya pul birligi qadrining narxJar oshib ketishi natijasida pasayishini, deflyatsiya aksincha narxiar tushib pul qadrining ortishini bildiradi. Biroq bunday hodisalar bir lahzali yoki mavsumiy emas, balki muqim bolib, uzoq vaqtda kuzatilganda inflatsiya yoki deflyatsiya bor, deb aytish mumkin. Masalan, pishiqchiJik mavsumida h o i meva narxi tushadi, so‘ngra esa u oshadi. Shunga qarab deflyatsiya o ‘miga inflatsiya keldi, deb aytish mumkin emas. Bunday deb aytish uchun pishiqchilik kezlari va undan so‘nggi davrdagi narx-navoni bir necha yil davomida kuzatish kerak. Agar aytaylik iyul oyida 1 kg tarvuz 560 so ln , sentabr oyida 300 so‘m, dekabr oyida 400 so‘m bolsa, awal deflyatsiya, so'ng inflatsiya yuz bergan bolm aydi. Agar 1998-yil iyul oyida 1 kg tarvuz 120 so‘m, 2012-yil shu oyda u 540 so‘m bolsa ^ inflatsiya, agar tarvuz narxi shu davrda 120 so‘mdan 100 so‘mga tushsa - deflyatsiya, deb aytish mumkin. Biz masaiani tushunish uchun bir tovar narxini misol qilib keltirdik. Aslida inflatsiya va deflyatsdiya degan hodisalar asosiy tovarlar to'plami narxining 0 ‘zgarishi bilan tavsiflanadi. Bu to‘plamga turli mamJakatlarda 300 dan tortib 1000 gacha tovarlar kiritiladi. Ular narxiga qarab xulosa qilinadi. Inflatsiya hozirgi zamon iqtisodiyotiga xos narsa, chunki unga yoliqmagan bironta mamlakat yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: |