Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov
Download 1.85 Mb.
|
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy aloqalarning globalizatsiya darajasiga chiqishi dav-latning iqtisodiy roiini oshirsa, korxonalarda bozorga qarab o‘z faoliyatini o‘zi tartiblashga intilishi bu rolni cheklaydi.
- Davlatning iqtisodiyotga aralashuv me’yori shundan iboratki, davlatning faoliyati bozor mexanizmining ishlashiga xalaqit ber-masligi, aksincha, bunga sharoit yaratib berishi kerak, zarur
Iste’mol
tovarlari bozori Davlat ta’siri 23J~rasm. Davlatning bozor aloqalariga ta’siri Davlatning iste’moli uning buyurtmalari orqali talabni oshirib, firmalar uchun bozor yaratib beradi. Davlatning xonadonlarga beradigan pul transfertlari ularning xarid qobiliyatini oshiradi, bu esa o‘z navbatida talabni oshirib, fir malar bozorini kengaytiradi. Davlat sektorining korxonalari o‘z to var va xizmatlarini bozorga chiqarib u yerdagi taklifni oshiradilar. 403
Davlat sektori hamma ucliun zarur, lekin rentabelligi pastligidan firmalar qo‘i urmaydigan tovar va xizmatlarni yaraladi. Aksariyat hollarda davlat sektori ishlab chiqarish infratuzilmasi, chunonchi, yoqilg‘i-energetika, transport, yo‘l xo'jaligi, suv xo‘jaligi, aloqa kabi sohalarni qamrab oladi. Ulaming tovar va xizmatlari esa milliy iqtisodiyotning rivoji uchun suvdek zarur bo‘Iadi, shu sababli mazkur sohalar xarajatini davlat o‘z zimmasiga olib iqtisodiy o‘sishga hissa qo'shadi. Davlat ko‘rsatadigan ijtimoiy xizmatlar be pul bo'lganidan ulardan hamma bahramand bo'ladi. Ulami iste’mol qilish firmalar va xonadonlarni bir qator ijtimoiy sarflardan ozod qiladi, bu bilan inson omilining rivojini ta’minlab, iqtisodiy o‘sishga sharoit hozir-laydi. Davlat ham iqtisodiyot subyekti, lekin bu oddiy subyekt emas, balki butun iqtisodiyotni tartiblab turuvchi subyektdir. Milliy iqti-sodiyotni tartiblab turishda faqat bozor kuchlari emas, balki davlat ham qatnashadi. Boshqa subyektlar, masalan, firmalar faqat o‘z faoliyatini tor doirada, ya’ni korxona doirasida tartiblay oladilar. Makroiqtisodiy darajada turli subyektlar faoliyatini bozor mexa-nizmi bir-biriga muvofiqlashtirib tursada, u vaqti-vaqti bilan layo-qatsiz bo'lib turadi (biz buni oldin ko‘rib chiqqan edik). Shu sababli iqtisodiyotni tartiblashda davlat faol ishtirok etadi, lekin bu bozor qonun-qoidalari doirasida yuz be rad i. Hozirgi bozor iqtisodiyotini davlat tartiblab turishini faqat bozorning layoqatsiz bo‘!ib qolishi bilangina izohlash mumkin emas, chiinki iqtisodiy aloqalar g'oyat keng miqyosli va murakkab bo‘lib, bozor kuchlari hatto mukammal ishlagan taqdirda ham ularni to'la-to'kis tartibga sola olmaydi. Agar 2002-yili yer yuzida yaratilgan Jami tovar va xizmatlar 46,9 trillion dollarlik (narx paritetiga ko‘ra) bo'lsa, bularni yaratishda barcha kontinentlardagi millionlab Firmalar ishtirok etgan, deyarli 3 mird kishi mehnat qilgan. Hozirgi ishlab chiqarish chuqur ixtisoslashgan bo‘lib tovar va xizmatlar ko'pchilik mehnatining mahsuliga aylanadi, ularning tiirlari ko'payadi. Iste’molga tayyor tovarlarni yaratishda keng qamrovli iqtisodiy aloqalar talab qilinadi, korxonalar bir-biriga re-surslar, butlovchi qismiar va hatto detallar yetkazib beradi. Ishlab chiqarishda texnikaviy murakkab tovarlar hissasining ortib borishi aytilgan aloqalarning muntazam bo‘lishini talab qiladiki, bu iqti sodiyotning globallashuvi jarayonida yanada kuchayadi. Korxona-larning tashqi iqtisodiy aloqalari ahamiyati g'oyat oshadi va bularni 0‘rnatishda davlatning ishtiroki talab qilinadi. 4 0 4
Iqtisodiy aloqalarning globalizatsiya darajasiga chiqishi dav-latning iqtisodiy roiini oshirsa, korxonalarda bozorga qarab o‘z faoliyatini o‘zi tartiblashga intilishi bu rolni cheklaydi. Fan-texnika taraqqiyotda korxonalarni mikrodarajada boshqa-rishning eng mukammal vositalarini yaratdi. Bunga miso! qilib boshqarislining kompyuterlashuvini, korxonaJarning global ax-borotlar tarmog‘iga chiqishini olish mumkin. Buning natijasida korxonalar bozor haqida atroflicha axborotga ega bo‘ladilar, bundan foydalanib bozorni prognoz qiladilar, o‘z faoliyatini o‘zi tartiblash imkoni kengayib boradi. Xullas, davlatning roiini ziddiy omillar belgilaydi, Iqtisodiy alo qalarning global tus olishi davlatning roiini kuchaytirsa, o‘zini-o‘zi tartiblash imkoni bu rolni cheklab turadi. Shu sababli davlatning iqtisodiyotga aralashuvi me’yorida bolishi talab qilinadi. Davlatning iqtisodiyotga aralashuv me’yori shundan iboratki, davlatning faoliyati bozor mexanizmining ishlashiga xalaqit ber-masligi, aksincha, bunga sharoit yaratib berishi kerak, zarur boi-ganda bu niexanizm ishini toidirib turishi ham talab qilinadi. Davlat bozorning o‘zi yaratadigan tartibsiziikni oldini olishi, uni cheklashi ham kerak. Hozirgi bozor iqtisodiyotida tartiblashning bozor mexanizmi bilan davlat mexanizmi birgalikda amal qiladi. Biroq ularning nisbati sharoitga qarab turlicha boMadi. Masalan, Italiya, Avstriya, Fran-siya, Shvetsiyada davlatning roli kuchli bo‘lsa, AQSh, Yaponiya va Germaniyada bu nisbatan kuchsiz. Davlatning tartiblovchi roiini iqtisodiyotning umumiy holati ham belgilaydi. Iqtisodiyot o‘sayotgan paytlarda bozor kuchlari ishlab turganidan davlat iqtisodiyotga kamroq aralashadi. Aksincha, iqtisodiyotda fluktluatsiya kechganda davlat iqtisodiyotni o‘nglash uchun unga faol aralashadi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling