23.1. Mikroiqtisodiy siyosat
Iqtisodiyotning qonun-qoidalariga amal qilish iqtisodiy siyosat orqali yuz beradi, chunki bulami anglagan holda iqtisodiyot rivojiga oid chora-tadbirlar ishlab chiqarUadi va bular iqtisodiyotga ta’sir etmay qolmaydi, Iqtisodiy siyosat o‘zi nima?
Iqtisodiy siyosat —bu iqtisodiyot subyektiarining o‘z faoliyatiga oid yo‘l-yo‘riqlari va sa’y-harakatlari majmuasidir.
Har bir iqtisodiyot ishtirokchisining bu xonadonmi firma yoki davlatligidan qat’iy nazar o‘z manfaatlari bor. Bu manfaatlar amali-yotda aniq maqsad shakliga kiradi, iqtisodiy siyosat esa uni amalga oshirishga qaratiladi. Xonadonning maqsadi o‘z iste’molini maksi-mumlashtirish va kelajakni ta’minlash uchun jamg‘arma hosil qilish-dir. Firmaning maqsadi esa foydani maksimumlashtirish va iqtisodiy jihatdan barqarorligini ta’minlashdir. Davlatning maqsadi esa, milliy iqtisodiyotning barqaror o'sishini va shu asosda xaiq faravonligini ta’minlashdan iborat. Maqsadlar kabi ularni amalga oshirish vositalari ham farqlanadi va bu iqtisodiy siyosatda hisobga olinadi. Hatto bir toifadagi subyektlarning ham maqsadi bir xil emas, chunki ularning iqtisodiy maqomi farqlanadi. Masalan, boy, o'rtahol va kambag‘al xonadonlar, kichik, o‘rta va yirik firmalarning muayyan davrdagi aniq maqsadlari bir xil emas, ular individuallashgan, chunki ularning o‘zi mustaqil va g‘oyat ko‘pchilikni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |