Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov
Kambag‘allik darajasi iqtisodiyotning umumiy darajasiga teskari mutanosibiikda boiadi
Download 1.85 Mb.
|
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111
Kambag‘allik darajasi iqtisodiyotning umumiy darajasiga teskari mutanosibiikda boiadi.
Shu sababli iqtisodi kuchli mamlakatlarda kambag‘allik darajasi past boisa, iqtisodi zaif mamlakatlarda u yuqori boiadi. Kam-bag‘allik ko‘rsatkichi iqtisodiy o‘sishga qarab o‘zgaradi. Iqtisodiyot yuksaUshda bo‘lganda kambag‘allrk qisqaradi, krizis holati kelib chiqqanda u kengayadi. Masalan, 2001 va 2002-yillarda Yapo-niyadagi krizis kambag‘allarni ko‘paytirib yubordi. Aksincha, AQSh iqtisodiyotining yuksalishi kambag‘allik ko‘rsatkichini kamaytirdi. Kambag‘allik darajasi siklga bogliq bo‘lganidan uni baholashda qisqa vaqtdagi emas, balki uzoq vaqtdagi kambag‘allik holati hisobga olinadi. Kambag‘allik dinamikasining uzoq muddatli qaralishi undagi juz’iylikni e’tibordan qochiradi, chunki vaqtincha kam-bag‘allik o‘tkinchi bo‘ladi, kishilar vaqtincha kambag‘allar qatoriga qo‘shilib, so‘ngra ishi yurishib ular safidan chiqib ketadi. Shuni hisobga olib doimiy va vaqtincha kambag‘allarni farqlantirish talab qilinadi. Kambag‘allik jiddiy muammo bo‘lsada, uni tag-tomiri bilan yo‘qotib bo‘lmaydi, chunki daromadlarning tabaqalashuvi va bundagi tengsizlik bozor tizimi uchun obyektiv narsa. Biroq kam-bag‘allikni qisqartirish mumkin. Kambag‘allik darajasi iqtisodiyot darajasiga teskari mutanosibiikda bo'lgani uchun iqtisodiyotning o‘sishi o‘z-o‘zidan kambag‘allikni kamaytiradi. Biroq buning o‘zi kifoya qilmaydi. Shu sababli, kambag‘al!ikka qarshi kurash das-turlari jamoatchilik ishtirokida davlat tomonidan ishlab chiqiladi. Bunda kambag'allik sabablarining turlicha bolishini hisobga olib, uni kamaytirish chora-tadbirlari amalga oshiriladi. Bular jumlasiga odatda quyidagilar kiradi: Yangi ish joylari yaratib bandlikni oshirish. Bandlikning oshishi ishlab pul topish imkonini beradi. Qonun yo‘li bilan minimal ish haqining joriy etilishi. Ish haqning shunday quyi chegarasi belgilab qo‘yiladiki, ish haqini undan past tolash mumkin emas. 3 9 5
Ijtimoiy sug‘urtani kiritish. Bunga ko‘ra ishsizlik, kasaUik, tug'ma nogironJik tufayli kambag'allashib qolganlarga, ko‘p bolali oilalarga, bolasi bor yakka ayollarga moliyaviy yordam ko‘rsatiladi. Turli xayr-ehson fondlarini davlat, firmalar, jamoa tash-kilotlari va o‘ziga boy ayrim kishiJar hisobidan tashkil etib, ularda yig‘ilgan mablag‘ni kambag'allarga yordam sifatida berish, ularga bepul kiyim-kechak tarqatish, ular uchun tekinga ovqatlanishni uyushtirish. Ishsiz kambag‘allarning chet elga borib ishlab pul topishini uyushtirish. Qarovsiz va kambag‘al qariyalarni turli mehribonlik uylarida boqish va parvarishlash. Iqtisodiy o'sishga tayangan holda aytilgan dasturlarni amalga oshirish kambag‘allikni tugata olmasada, uning jiddiy pasayishiga olib keladi. Keyingi 20 yilda (1981-2000-yy.) rivojlanayotgan mam-lakatlarda jon boshiga yalpi mahsulot ishlab chiqarish 30 % o‘sdi, natijada kambag‘allar 1981 yilda yer shari aholisining 40 foizini tashkil etgan bo‘lsa, 2001-yilga kelib bu ko‘rsatkich 21 % bo‘lgan. Aytilgan dasturlarni amalga oshirish kambag‘allik muammosini to‘la hal etmasada, uni bir oz yumshatadi. 22.9. Ijtiiuoiy farovonlik Bu iqtisodiyot ijtimoiyligining muhim jihati, hayot kechirish-ning umumiy shart-sharoiti va turmush tarzini bildiradi. Farovonlik iste’mol bilan cheklanmay, hayot kechirishning naqadar quiayligini ham talab qiiadi. Birinchi navbatda hayot kechirishning xavfsizligi ta’minlanishi kerak. Hamma narsa yetarli boia turib turmush tah-likali bo‘Isa, farovonlik ta’minlanmagan bo‘ladi. Xavfsizlik degani hayot kechirishning inson uchun qo'rqinchli bo‘lmasligi, ishlab daromad topish imkonining saqlanishi, kelajakka ishonchning paydo bo‘lishi, ishsiz qolish va qashshoqlashuv xavfming bo‘lmasligi yoki ozligi, ijtimoiy va ekologik sharoitning qoniqarli bo‘lishini anglatadi. Kishilar o‘rtasida totuvlik hukm surishi, nizolarning kam bo‘lishi, bo‘lgan taqdirda ham ularning tezda bartaraf etilishi ham farovonlikka hissa qo‘shadi. Tahlikali ijtimoiy hodisalar jumlasiga uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va ekstremizm kiradiki, ular qanchalik kam bo‘lsa, hayot shunchalik osoyishta va farovon ke-chadi. Aholining sihat-salomatligi ham ijtimoiy farovonlikni tav-siflaydi. Bu kasalga chahnish, uning og‘ir yoki yengil kechishi, uning davomiyligi, o‘lim bilan tugallanish-tugallanmasligi, epidemiyalar, ulaming oqibatlari, XXI asr vabosi SPIDning tarqalishi kabUardan 3 9 6
iborat. Sihat-salomatlik umumlashgan holda uzoq umr ko‘rish bilan yakunlanadi. Salomatlik ko'rsatkichlari tarkibiga 1 yoshga qadar bolalaming emJanishi, bolalar orasida oiim , bola tug'ish chog‘idagi onalar o‘!imi, si! kasalidan davo topish, har 1000 kishiga hisob-langan shifokorlar soni, kasalxonalarda yotish o'rinlari, bola tug‘i-lishida malakali tibbiy xizmat ko‘rsatislilar ham kiradi. Salomatlikka e’tibor sifatida jon boshiga sog‘Iiqni saqlash xarajatlari miqdori, bularning YalMdagi hissasi ham qaraladi. Ijtimoiy farovonlikning muhim tomoiii aholiiiing savodxonlik darajasidir, Bu o‘qish yoshidagilaming qancha qismi amalda o‘qi-shini, har bir kishining o‘rtacha necha yil ta’lim olishini, ishJaydi-ganlarning qanchasi savodxon bo'Iishini bildiradi. Farovoniik ko‘rsatkichi sifatida aholi jon boshiga ta’Iim-tarbiya xarajatlari va ularrving YalMdagi hissasi ham olinadi. Mamlakatlarning moliyaviy imkoniyatlariga qarab bu ko‘Katkich jiddiy farqlanadi. Ijtimoiy farovoniik kommuna! xizmatlar ko‘rsatkichJari bilan ham tavsiflanadi. Bular jumiasiga toza ichimJik suvi, gaz, elektroenergiya va kanalizatsiyadan foydalanish ham kiradi. Farovonlikning ham iqtisodiy, ham ijtimoiy tomonlarmi birgalikda olinganda inson kamoloti indeksida ifoda etiladi. Bunda jon boshiga YalM miqdori, o‘rtacha necha yil umr ko‘rish, savodxonlik darajasi umumiy ko‘rsatkich - indeks holiga keltiriladi va shunga qarab ular-dagi farovonlikka baho beriladi. Masalan, 1998-yili dunyo mamlakat-lari orasida Kanada kamolot indeksi bo'yicha birinchi o‘rinni egal-lagan. 2007-yil esa bu Norvegiyaga nasib etdi. Kamolot-inson salo-hiyati, deb ham yuritiladi. Salohiyat darajasi bo'yicha dunyo mam-lakatlari 4 guruhga bo'linadi: Inson salohiyati eng yuqori. Inson salohiyati yuqori. Inson salohiyati o'ltacha. Inson salohiyati past mamJakatlar. Farovonlikning yuqori bo‘lishi kishilar o‘jtasidagi tengsizlik saqlangan holda hammaning to‘q, tinch va xotiijam yashashini bildiradi. Farovoniik yuqori joydau past bo‘lgan yerga nisbatan ijtimoiy ahillik qaror topadi, ijtimoiy nizolar minimal darajaga keltiriladi, ijtimoiy to‘qnashuvlarga o'rin qolmaydi. Bunday vaziyatda iqtisodiy o‘sish uchun qulay ijtimoiy sharoit hosH bo'ladi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling