Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov
Iqtisodiy siyosat 3 darajada boMadi
Download 1.85 Mb.
|
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111
Iqtisodiy siyosat 3 darajada boMadi, bular mikro, makro va mega (xalqaro) siyosatdir.
Mikrosiyosat xonadon va firmalar siyosati hisoblanadi. Bu g‘oyat individuallashgan bo‘ladi, bunga yaxlitlik xos emas. Xonadon siyosati uning asosiy faoliyati iste’molga va jamg‘arishga oid bo‘ladi. Bu siyosat tanlov tamoyiliga asoslanadi. Xonadon o'zining in dividual yo'lini tutadi, lekin uning siyosati obyektiv sharoitga moslashishi zarur, chunki ayrim xonadon obyektiv iqtisodiy muhitni o‘zgartirishga qodir emas, uni hisobga olishdan boshqa iloji yo‘q. Ayni paytda uning siyosatida subyektiv jihat ham bor, chunki har bir xonadon o‘zi bilgan yo‘ldan qolmaydi. Xonadon siyosatining maqsadi yaxshi yashash bodganidan, u bunga erishishning eng ma’-qul yo‘lini belgilab oladi. Bu yo'ldagi birinchi ish — bu ko‘p pul topish bo‘lsa, ikkinchisi puini oqilona sarflash boMadi. Oddiy mehnatkash xonadonining asosiy resursi ish kuchi bodganidan uni yaxshiroq pulga sotish, ya’ni yaxshi ish haqi beradigan joyga o‘r- 4 0 0
nashib olish uning siyosatining asosiy yo'nalishi hisoblanadi, chunki pul topishniiig birlamchi sharti bandlikdir. Xonadon siyosatining boshqa bir yo'nalishi o ‘z daromadini to‘g‘ri saiflash siyosati, ya’ni xarajatlar siyosatidir. Bu siyosat eng awal daromadning qanday qismi joriy iste’molga yuborilishini belgilaydi, so‘ngra esa xarid uchun ajratilgan pulga tovarlarning eng ma’qui to'plamini tanlab olishni mo‘ljallaydi, tanlov esa tovarlarning narxi va nafliligidan kelib fhiqqan holda ularni shunday kombinatsiyada (nisbatda) olishgc, qaratiladiki, bu uning xarid qobiliyati doirasida ehtiyojlarini maksimal qondirishi kerak bo‘ladi. Xonadonning jamg‘arish siyosati uning daromad topish imko-niyati, daromadning bir qismini jamlab puldan pul chiqarish im-koniyatidan kelib chiqadi, jamg‘arishning muqobil usullarini tan-lashni ko'zlaydi. Jamg'ariladigan pul moliyaviy yoki moddiy aktiv-larga aylantiriladi. Xonadon siyosatida pulga aksiya, obligatsiya sotib olish, uni bankka qo‘yish, qarzga berish yoki to'g‘ridan to‘g‘ri biznesga joylashtirishni oldindan belgilab olinadi. U pulini inves-titsiyaiaganda birinchidan, pulni inflatsiyadan asrab, jamg'arma qadr-qiymatini saqlab qolishni, ikkinchidan, uning ko‘payib qo‘-shimcha daromad keltirishini ko'zlaydi. Oddiy xonadondan farqliroq boy-badavlat xonadon siyosati yollanib ishlashdan emas, balki biznesdan pul topishni ko‘zlaydi, chunki uning ish kuchidan boshqa individual kapitali ham bor. Bunga biznes turini erkin tanlash orqali erishiladi. Firmalar siyosati o‘z maqsadini aniq belgilash va unga erishish yoilari va vositalarini tanlashdan iborat. Bu siyosat maqsadi foydani maksimumlashtirishni, bunga erishib bo‘lmaganda firma barqa-rorligini ta’minlab, uni saqlab qolish va bir maromda rivojlantirishni moijallaydi. Firma siyosati faoliyatning turli sohalariga taalluqli bo‘ladi. Firmaning ishlab chiqarish siyosati nimani, qancha va qanday davrda ishlab chiqarishni belgilaydi. Firmaning o‘z maqsadiga etishi ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq, chunki har qanday koMamda ishlab chiqarish foydali bo‘lavermaydi. Shu sababli firma ishlab chiqa-rishning shunday hajmini tanlab oladiki, bunda foyda maksi-mumlashishi kerak boMadi. Buning uchun firma ishlab chiqarishni modernizatsiyalab, bozorga yangi tovarlar va xizmatlarni taklif etish yoiidan bo rad i. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling