Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov


Download 1.85 Mb.
bet297/326
Sana08.01.2022
Hajmi1.85 Mb.
#245671
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   326
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111

22.6. Turmush darajasining farqlanishi
Bozor iqtisodiyotida shunday qoida bor; bar kim qoiidan kelgan ishni qiladi va ishlab topganini o‘zi oladi. Qo‘lidan ish kelish turlicha bo'lganidan ishlab topish ham turlichadir. Bir odam ko‘p topsa, boshqasi kam topadi. Pulni ko‘p yoki oz topish eng awal insonning ishlash qobiliyatiga bog‘Iiq, bu qobiliyat tabiiy, chunki buni yaratganning o‘zi beradi. Xalq og‘zida «Olloh besh qo‘lni baravar yaratmagan» degan ibora ishlatilishi bejiz emas. Ishlab topish tabiiy qobiliyatdan tashqari ijtimoiy-iqtisodiy muhitga ham bog'liq. Bu muhit har bir kishining ish qobiliyatini to'laroq yuzaga chiqarsa ishlab topish ko‘payadi, agar aksi bo‘lsa, bu kamayadi. Bozor iqtisodiyoti teng imkoniyatlar beradi, lekin bu imkoniyatlardan foydalanish har xil bo‘lganidan obyektiv tarzda turmush darajasi farqlanadi va bu daromadning har xilligida ko‘rinadi. Kishilar turmushini farqlantiruvchi yana bir omil ijtimoiy-demografik bo‘lib, oila tarkibining har xilligi bilan tavsiflanadi. Oila tarkibida pultoparlar ko‘p bo‘lib boqimandalar oz bo‘lsa, tabiiyki uning jon boshiga hisoblangan daromadi ko‘p bo‘ladi. Shu sababli ko‘p bolali oilalarda topilgan daromad hajmi oz boOmasada, u jon boshiga kam chiqadi. Buni tushunish uchun 2 oilani olamiz. Birinchi oilada 5

3 9 0


kishi bor, ikM kishi pultopar bo‘lib bar birining daromadi oyi-ga 700 ming so‘m, 3 kishi esa boqimanda. Demak, jami daromad 1400 ming so‘m boiib, jon boshiga 28 ming so‘mdan tegadi. Ik-kinchi oilada 4 kishi bor, ulardan 2 nafari ishlab oyiga 1400 ming so‘m topadi. Bu yerda boqimandalar 2 kishi bo'lganidan jon boshi­ ga daromad 350 ming so‘mdan tegadi. Bu yerda daromadlarning farqlanishi (350280) pul topishga emas, balki boqimandalar soni-ga bog'liq.
Daromadlarning farqlanishi uning differensiatsiyasl deb yuriti-ladi va tengsizlikdan iborat bo‘Iadi. Daromadlardagi tengsizlik tah-li! etilganda xonadonlar 5 ta kvintelga (gurahga) ajratiladi. Bunda xonadonlar quyidan yuqoriga, ya’ni past daromaddan yuqori daro­ mad tomon Joylashtiriladi (1-kvintel - o‘ta kambag'al, 2-kvintel — kambag'al, 3-kvintel —o'rtahol, 4-kvintel —boy, 5-kvintel —o‘ta boylardan iborat bo'ladi).
Turli kvinteldagi xonadonlarning umumiy xonadonlar sonida-gi hissasi (% hisobida) ularning jami daromaddagi hissasi bilan taqqoslanadi. Bu bilan xonadonlarning qanday qismi daromadlar­ ning qanday qismini olganligi aniqlanadi. Odatda quyi kvintellardagi xonadonlarning daromaddagi hissasi kichik bo'ladi, ya’ni masalan, 10 % xonadon 6 % daromadni oladi. Aksincha, yuqori kvintellar-da xonadonlar soni kam bo‘la turib, ular daromadning katta qis­ mini oladilar. Masalan, 1994 yilda AQShda 5 % eng boy xonadon­ lar daromadning 20,1 foizini olishgan. Daromadlardagi tengsizlik Lore ns i'* egri chizigh vositasida ham tasvirlanadi (22.3-rasm).

M. Лоренц - АКШ иетнсодчиси.


3 9 1


X yon chiziqda aholi hissasi, Y tik chiziqda daromad hissa-si ko‘rsatilgan. Agar daromadlar bir tekisda taqsimlanganda edi, aholi sonidagi hissa bilan daromaddagi hissa teng bo'lar edi. Bun-da 20 % aholi 20 % daromadni, 60 % aholi 60 % daromadni olar edi. Daromadlarning taqsimlanishi AB bissektrisa chizig'i shaklida bo‘lar edi. Biroq daromadlar noteki.s taqsimlanganidan aholining katta qi.smi daromadlarning kichik qismini oladi, aksincha, aholi­ ning oz qismi daromadning katta qismini oladi. Natijada, daromad­ larning taqsimlanishi AB yoysimon chiziqni hosil qiladi. Yoysimon chiziq bissektrisadan qanchalik yiroqiashsa, daromadlarda tengsiz-lik shunchalik kuchli boMadi. Tengsiziikning haddan oshib kegishi-ga yo‘l bermaslik uchun uning me’yori kiritilgan. Biinga ko'ra boy-lar qoMida jami daromadlarning 25—35 foizi to‘planishi mumkin. Boshqa bir me’yorga ko‘ra, 10 % boylar va 10 % kambag‘allar da-romadi o'rtasidagi farq 13-15 martadan oshmasligi talab qilinadi.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   326




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling