22.5. Turmush darajasi
Iqtisodiyotning ijtimoiy samaradorligi xalq farovonligida ifoda etiladi. Farovonlikning yuqorida koTganimizdek, iqtisodiy tomo-nini turmush darajasi ifodalaydi.
Kishilar hayotiy ehtiyojlarini iqtisodiyot rivojining muayyan holatida naqadar qondirilishi turmush darajasiii bildiradi.
Turmush darajasi aholi iste’molining miqdori va sifati bilan odchanishi kerak. Biroq iste’mol qilinadigan tovar va xizmatlar g'oyat ko‘p boiib, sifat jihatidan farqlanganidan va kishilarningdidi turlicha bo‘lib, ular har xil tovarlarni tanlab olganidan aholi iste’-molini moddiy shaklda (masalan, kilogramm, metr, kubometr, kilovatt/soat va h.k.) o‘lchab boMmaydi. Biinday o‘lcham tovarlar sifatini hisobga ololmaydi. Masalan, jon boshiga bir yilda 40 kg shirinlik iste’mol qilinadi, deb faraz qilaylik. Bu oddiy shakardan, holvadan, asaldan, anvoyi shokolad va konfetdan ibo rat bo'ladiki, bularni inson uchun nafliligi turlicha va ularni bir o'lchamga kel-tirish to‘g‘ri boimaydi. Shu sababli iste’molning pul-qiymat shak lidagi oichami qollaniJadi, chunki bu iste’molning ham hajmini.
ham sifatini ifodalaydi. Ma’lumki, tovar va xizmatlar ko‘p olinsa va ular sifatli bo‘lsa, bularga pul ko‘p to‘lanadi. Binobarin, sarflangan pui miqdori iste’molni belgilaydi va bu jon boshiga hisoblanadi. Biroq turmush farovon bo‘Isa, pul daromadi iste’moldan ortib qoladi va jamg‘armaga aylanadi. Iste’mol va jamg‘armani nazarda tutib turmush darajasini real daromad miqdori bilan orichash zarur bo'ladi. Ma’lumki, bozor lizimiga pul daromadlari xos. Biroq pul daromadlari nominal daromad hisoblanadi, ular narx-navoni hisobga olmaydi, shu sababli ularning miqdori o‘z-o‘zidan turmush darajasini tavsiflay olmaydi. Haqiqiy turmushning qandayligini real daromad ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |