22.3. Bozor va nobozor daromadiari
Iqtisodiyotning ijtimoiyiigi ishlab chiqarish darajasiga bog‘liq bo'lganidan bu daromadlarda ifoda etiladi, chunki daromad ishlab topiladi. Jamiyatning ishlab topgan daromadi —bu yaratilgan YalM bo‘lib, iqtisodiyot subyektiari o‘rtasida taqsimlanib, ularning daro-madiga aylanadi. Shu sababli daromadni iqtisodiyot subyektiarining YalMdan oladigan hissasi, deb aytish mumkin. Bu hissaning qancha bo'lishini taqsimot qonuni belgilab beradi.
Bozor iqtisodiyotidagi taqsimot qonuniga ko‘ra iqtisodiyot subyektiarining daromadi ularga tegishli resurslarning miqdori va samaraii ishlatilishiga bogiiq boiadi.
Bu qonunga binoan olingan daromadlar tabiatan ishlab chi qarish omillari daromadi, ya’ni bozor daromadi hisoblanadi. Har bir omil o‘z egasiga maxsus daromad keltiradi. Ish kuchi egasi, ya’ni yollanib ishlovchi ish haqi, kapital egasi foyda, ko‘chmas mulk egasi renta, pul egasi foiz, aksiya egasi dividend shaklida daromad oladi. Har bir omil mulk bo‘lganidan va o‘zi daromad yaratganidan bir kishi yaratgan daromadni boshqa kishi ololmaydi.
Taqsimot qonuniga ko‘ra daromadlar ekvivalentlik, ya’ni tengma-tenglik tamoyiliga binoan olinadi, ya’ni har bir subyekt o‘z qo'lidagi ishlab chiqarish omili tovar va xizmatlar yaratishga qanday hissa qo'shgan bo‘lsa, shunga qarab daromad oladi. Shu tamoyilga asoslangan daromad bozor daromadi, deb yuritiladi. Bu asosiy daromad turi bo‘lsa-da, yagona emas, chunki nobozor daromadiari ham bo‘ladi. Daromadning bu turi bozor tamoyillariga binoan emas, balki insonparvariik qoidalariga binoan hosil bo‘ladi.
Bozor daromadiari turli shakllarda namoyon etiladi. Bulardan biri mehnatdan kelgan daromaddir. Вunga ish haqi, foydadan beriladigan mukofotlar va normal foyda kixadi. Ish haqi ish kuchi-ning bozor narxi bo‘lib, u sotilgandan so‘ng o‘z egasiga mehnat daromadi boMib tegadi. Ish haqi daromadning asosiy turi. Bozor tizimi rivojlangan mamlakatlarda ish haqi jami daromadlarning 2/3 qismini tashkil etadi. Ish haqi miqdorining ko‘p yoki oz bo‘lishi uch narsaga bog'liq bo'ladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |