Har bir mehnatga layoqatli kishi o‘zi va o‘z oiiasi farovonligini ishlab topgani darajasida ta’minlashiga talab qo‘yiladi.
Bozor tizimida hamma qoiidan ish keladiganlar o‘zini-o‘zi bo-qishi kerak, Bundan faqat mehnatga layoqatsiz kishiJargina mus-tasno. Bozor mexanizmi kishilarni o‘z farovonligini ta’minlash uchun yaxshi ishlashga majburlaydi. Bu uning ijobiy ma’nodagi shafqatsiziigini bildiradi.
Bozor iqtisodiyotining ijtimoiyligi, uning darajasiga qarab har xil amalga oshadi. Buning sababi, iste’molning ishlab chiqarishga bevosita bog‘liq bo‘lishidir. Bas shunday ekan, jamiyat rivojlanishi uchun uning iste’moli ishlab chiqarilgan ne’matlar miqdoriga monand boMishi zarur.
Dunyoning ko'pchilik mamlakatlarida iste’mol darajasi iqtiso-diyot darajasiga, bu esa o‘z navbatida, mehnat unumdorligi dara-
jasiga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Masalan, 2000-yili dunyoda bitta ishlovchi yiliga 4700 dollarlik mahsulot va xizmatlar yaratgani uchun Jon boshiga iste’mol 2714 dollar bo'lgan. Iqtisodiy rivoj-langan mamlakatlarda esa bir ishlovchi 51318 dollarlik tovar va xizmatlar yaratganidan bir kishining iste’moli 14800 dollarni tashkil etgan.
Bozor tizimining ijtimoiyligi bu o‘ta ideal, g‘oyat mukammal, mutlaqo nuqsonsiz tizim, degan gap emas. Bu tizimning o‘z nuqsonlari va ziddiyatlari bor. Bozor kuchlari aholining mehnatga qobiliyatsiz, ya’ni bozor qoidalariga binoan daromad topib o'zini-o‘zi boqa olmaydigan toifalari farovonligini ta’minlamaydi. Shu bois, bu ishni davlat va ijtimoiy tashkilotlar bajaradi. Baribir bu ham mavjud iste’mol resurslariga tayanadi. Biroq davlat ularni yarat-maydi, chunk! buni bozor kuchlari bajaradi. Davlat iste’mol re-surslarini qayta taqsimlab ularning bir qismini aholining nochor qatlamlari tirikchiligini ta'minlashga yuboradi, xolos.
Iqtisodiyotning ijtimoiyligi Lining farovonlikka qaratilishidir. Farovonlik —bu kishilar iste’mol qiladigan hayotiy ne’matlar-
Do'stlaringiz bilan baham: |