Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov
Globalizatsiya har bir mamlakat milliy iqtisodiyotini jahon iqtisodiyotining bir qismiga aylanib, undagi o‘zgarishlaming bevosita
Download 1.85 Mb.
|
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111
Globalizatsiya har bir mamlakat milliy iqtisodiyotini jahon iqtisodiyotining bir qismiga aylanib, undagi o‘zgarishlaming bevosita ta’siriga berilishidir.
3 7 6
Globalizatsiya iqtisodiyotni baynalmilal tavsifda bo‘lishini, mamlakatlar iqtisodiyotini jahon bozorida o‘zgarishlarga bog'liq bo'lishini bildiradi. Integratsiya globalizatsiya mahsuli bolsada, unda ishtirok etmaydigan mamlakatlar ham globalizatsiya domiga tortiladi. Yer yuzida 210 mamlakat bo‘lsa, ularning bir qismi integratsion ittifoqlarga kiradi, boshqasi bularda ishtirok etmaydi, biroq globalizatsiya ta’sirida bo‘ladi. Globalizatsiya mohiyatan iqtisodiyotn'ng umumbashariy tus olishi, milliy iqtisodiyotlar rivoj-lanishining lashqi iqtisodiy aloqalarga bog‘liq bo‘lib qolishi, demak-dir. Globalizatsiya sharoitida nafaqat tovarlar va xizmatlar, balki resLirslar ham dunyodagi talab-ehtiyojga qarab mamlakatlar o‘rta-sida taqsimlanadi. Ish kuchi, kapital, xomashyo va energiya omillari, yangi tex-nologiya va yangi g‘oyalar dunyo uzra tez tarqaladi. Novatsiyalar umumbashariy doirada yuz beradi. Resurslarni qayerda ishlatish yuqori samara bersa, ular shu yerga yuboriladi. Natijada dunyodagi iqtisodiy o‘sish jadallashadi, Biroq jadal iqtisodiy o'sish notekis boradi. Bir guruh mamlakatlar ilgarilab ketsa, boshqalari ulardan orqada qoladi. Turli mamlakatlarning iqtisodiy darajasi o‘rtasidagi katta tafovut saqlanadi. Masalan, 20lO-yili rivojiangan mamlakat-larda jon boshiga YalM 37183 dollar, qoloq mamlakatlarda esa 1246 dollar, ya’ni deyarli 30 marta kam bo‘lgan. Globalizatsiya sharoitida iqtisodi zaif mamlakatlarda o‘sish tezlashgan, biroq qoloqlikdan chiqish uchun yetarli boMmagan. Globalizatsiya oqibatlari ziddiy hisoblanadi. Lining ijobiyligi ta-raqqiyotni tezlatishi bo‘lsa, salbiyligi buning g‘oyat notekis bori-shidir. Dunyo miqyosidagi turmush darajasi o‘sgan holda qoloq mamlakatlarda aholining katta qismi kambag'allikda yashaydi. Iqtisodi zaif mamlakatlarda ishsizlik kuchli bo‘lib, kishilar ish qidirib o‘z yurtini va oilasini tashlab ketishga majbur bo‘ladi. Kelgindi ishchilar ko‘payadi, ular amalda huquqsiz bo‘lib, ayanchli hayot kechiradi. Biroq globalizatsiya muqarrar bo'lganidan uning talablari bilan hisoblashib, ularga moslashib yashash talab qilinadi. Xiilosalar Ochiqlik bu milliy iqtisodiyotning tashqi aloqalarga tayani-shidir. U mamlakatlar o‘rtasida tovar ayirboshlashni, kapital, ish kuchi, ilmiy-texnikaviy yangiliklaming taqsimlanishini bildiradi. 3 7 7
Ochiq iqtisodiyotga taqqosiy afzallik qonuni xos boiib, bunga ko'ra nimani ishJab chiqarish qulay bo'lsa, shu ekspoit qilinishi va aksincha, nimani ishlab chiqarish qulay boimasa u import qilinishi kerak. Taqqosiy afzallikni xalqaro mehnat taqsimoti yuzaga kelti-radi. Uning omillari tabiiy resurslarning mavjudligi, mamlakatlar-ning geografik holati, ishlab chiqarish omillarining narxi, ilmiy-tex-nikaviy salohiyat hisoblanadi. Taqqosiy afzallik xalqaro savdo-so-tiqni yuzaga keltiradiki, bu eksport va import shakliga ega bo‘!adi. Eksport salohiyati ishlab chiqarish darajasiga va uning ixtisosla-shuviga bog‘liq bo‘Iadi. Bu salohiyatni eksportning YalMdagi hissasi belgilaydi. Kapitalning xalqaro harakati uni chetga chiqarish va chetdan kiritish shaklida bo‘ladi. Kapitali ko‘p mamJakatlar uni chiqarishadi, kapitalga muhtoj mamlakatlar uni kiritishadi. Tadbirkorlik kapitali chet elga bevosita investitsiyalar va portfel investitsiyalari shaklida chiqariladi. Chetga qarz kapitali chiqariJganda turli mamlakat fir-malari, banklari va hukiimatlari bir-biriga qarz beradi. Kapital chiqarganlar bundan foyda koTadi, kapital kiritganlar o‘z milliy iqtisodiyotini o‘stirishiga erishadi. Savdo-sotiq, kapital va ish kuchi harakati mamlakatlararo pul oqimini hosil qiladi. Mamlakatdan chiqqan va unga kirib kelgan pul nisbati to‘lov balansini hosil qi-ladiki, bu balans aktiv yoki passiv bodadi. Ish kuchining xalqaro harakati mehnat migratsiyasi shakliga ega. Ish kuchi u ko‘p mamlakatlardan chiqib ketadi va u yetish-magan joyga kirib boradi. Migratsiya ish kuchini mehnat bozori talabiga binoan xalqaro miqyosda taqsimlaydi. Ish kuchi chiqib ketgan yerda ishsizlar soni qisqaradi, bu yerga chet elda ishlab to-pilgan pulning bir qismi oqib keladi. Ish kuchini kiritgan mamla katlar arzon mehnat resurslaridan foydanishadi. Xalqaro savdo-sotiq valuta ayiiboshlashni talab qiladi va bu shakllangan valuta kursiga binoan bodadi. Valuta kursi (narxi) o‘zaro almashiladigan milliy valutalarning xarid qobiliyatiga va valuta bozoridagi talab va taklif nisbatiga bogdiq bodadi. Valuta kur-sining o‘zgarib turishi valuta riskini, ya’ni undan yo‘qotishlarni yuzaga keitiradi. Valutalarning almashinishi ularning konvertatsiyasi bodadi. Shu jihatidan toda konvertirlashuvchi va qisman kon-vertirlanuvchi valutalar mavjud. Xalqaro oldi-berdi ishlarida toda konvertirlanuvchi va qadri barqaror valutalar, ya’ni qattiq valutalar qodlaniladi. Ochiq iqtisodiyot mehnat taqsimoti chuqurlashuvi bilan baynalminal tus oladi, bu uning globallashuvini, ya’ni milliy iqti-sodiyotning jahon iqtisodiyotining bir qismiga aylanib qolishini 3 7 8
bildiradi. Globallashuvning oliy shakli xalqaro iqtisodiy integra-tsiyadir. Bu turli mamlakatlar milliy iqtisodiyotining o'zaro birlashib yagona xo'jalik hosil qilishini bildiradi. Integratsiyaning ilk shakli erkin savdo zonalaridagi o‘zaro birlashuv bo‘Isa, uning oliy shakli iqtisodiy va valuta sohasidagi birlashuv hisoblanadi, buning yorqin namunasi «Yevropa lttifoqi»dir. Globallashuv muqarrar va umum-bashariy hodisadir. Biroq u tufayli dunyodagi iqtisodiy o‘sishning jadallashuvi mamlakatlar bo‘yicha notekis boradi. Dunyoda iqtisodi kuchli, xalqi boy mamlakatlar bilan bir qatorda iqtisodi qoloq va xalqi kambag'al mamlakatlar saqlanib qoladi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling