Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov


Download 1.85 Mb.
bet293/326
Sana08.01.2022
Hajmi1.85 Mb.
#245671
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   326
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111

Dividend —ham tabiatan foyda, lekin bu sherikchilik asosida qu-rilgan kapitalga xos va ulushbay tavsifga ega boigan foydadir. Aksiya o‘z egasiga keltiradigan daromad dividend bilan cheklanmaydi, chunki aksiyalar qaytadan sotilish chog'ida ular xarid etilgan va qay-tadan sotiladigan narxlar farqlaiiib daromad hosil qiladi. Ammo bu aksiyaning sotilish narxi, uning xarid narxidan yuqori boigan kezlarda paydo boiadi. Dividendning daromadlar tarkibidagi o‘rni aholining qanday qismi aksiya sohiblari bolisliiga va aksioner kor-xonalarning rentabelligiga bogliq boiadi.
Foiz ^ pul egasining o‘z pulini qarzga berganligi uchun oladigan haqi, ya’ni daromadidir. Foizning miqdori foizning darajasiga va qarzga berilgan pul miqdoriga bogliq. Qanchalik kredit rivoj topgan bo1sa, foizning daromad sifatidagi ahamiyati shunchalik oshadi. Foizni bankirlar puJ qo'yganlarga, ya’ni firmalarga, davlatga va aholiga tolaydi. Foizning daromad sifatidagi roli ortib borishi uchun iqtisodiyot subyektlafining daromadi ular xarajatidan ortib qolishi, jamg‘arma hosil qilib, banklarda to‘planishi kerak. Renta

385


ko‘chmas mulk egalarining o‘z mulkiiii muqobil ishlatishdan topgan daromadi hisoblanadi, u ijara haqida namoyon bo'ladi. Yer, binolar, inshootlar va uy-joy o‘z egalari tomonidan o‘zgalarga ijaraga be-rilganda renta olinadi.
Foiz, dividend va renta umumlashgan holda mulkiy daromadlar deb yuritiladi. Mulkiy daromadning miqdori uning egasi tomonidan naqadar samarali ishlatilishiga bog'liq bo‘Iadi.
Bozor daromadi tarkibida pensiya alohida maqomga ega. Xusu-siy pensiya fondiaridan oiinadigan pensiya ham bozor qonunlariga binoan ishlab topEgan, lekin egasiga berilishi kechiktirilgan daro-maddir. Ishlagan kezJarida ishlab topiigan pulning bir qismi pensiya fondlariga o‘tkazUib, u yerda ko'payib boradi, chunki bu pul bekor yotmasdan daromad topish uchun turli sohalarga joylashtiriladi. 0 ‘z-o‘zidan ko'payib yotgan pul egasiga, u pensiyaga chiqqandan so‘ng tegadi. Davlat beradigan qarilik pensiyasi ham bozor daro­ madi, lekin nogironlik yoki boquvchisiz qolganlar oladigan pensiya-lar tabiatan nobozor daromadini hosil qiladi. Nobozor daromad-larini aytilgan pensiyalardan tashqari turli nafaqalar, bir yo‘la yordam pullari, stipendiyalar va nihoyat natural transfertlar tashkil etadi. Bu transfertlarni davlat, firmalar va ayrim homiylar tashkil etadilar va shu hisobidan muhtojlarga bepul ovqat, kiyim-kechak va dori-darmon beriladi, bepul xizmatlar ko'rsatiladi, Bular bepul va natural shaklda boEgani uchun nobozor daromadi boEadi.
Barcha daromad turlari va shakllari birgalikda daromadlar strukturasini tashkil etadiki, bunda har bir daromad o‘z o‘rniga ega boEadi va boshqa daromad bilan ma’lum nisbatda turadi. Iqti-sodiyotning ijtimoiyligi baholanganda barcha daromad turlari ino-batga olinib, ular jon boshiga hisoblanadi.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   326




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling