Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov


Download 1.85 Mb.
bet321/326
Sana08.01.2022
Hajmi1.85 Mb.
#245671
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   326
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111

Jjtimoiy himoya siyosati. Bu aholining nochor qatlamlariga yor-dam berish, ularni qodlab-quwatlab turish siyosatidir. Unga ko‘ra o‘zi ishlab pul topishga qodir bodmagan kishilarga budjet hisobidan pul bilan va moddiy shakida yordam ko‘rsatiladi. Daromadi kam kishilar soliqiardan ozod qilinadi, ularga turli nafaqalar be rib turiladi, bir yoda yordam ham ko‘rsatiladi. Muhtoj kishilarga bepul oziq-ovqat va kiyim-kechak tarqatiladi, bepul yotoqxonalar ajratiladi. Ijtimoiy yordam miqyosi muhtojiar soniga va davlatning moliyaviy imkoniyatlariga bogdiq bodadi.
0 ‘zbekiston davlatining ijtimoiy siyosatida ham muhtojlarga yordam berish katta o‘rin tutadi. Mamlakat budjetidan ijtimoiy yordam uchun maxsus pul fondi ajratiladi. G ‘arb mamlakatlarida uy-joy sotib olish uchun bankdan olingan к red it foiziarining bir qismini davlat todaydi. Shuningdek, davlat davolanish uchun olingan kredit foizini ham o‘zi todab be rad i.
Davlat turli ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqib, ularni moliya-lashtiradi. Bular orasida kambag‘allarga yordam berish dasturlari alohida o‘rin tutadi. Bu dasturlarda kambag‘allarga nafaqa berish, ularni uy-joy va ish bilan ta’minlash, ularga bepul tibbiyot xizmatlarini ko‘rsatish, ularni yangi kasbiarga tayyorlashga urg‘u beriladi. Ijtimoiy siyosat jamiyatdagi tengsizlikni haddan tashqari oshib ketishiga yod qo‘ymasligi kerak. Daromadlarni boylar bilan kambag‘allar o‘rtasida qayta taqsimlash orqali tengsiziik qisqartiriladi. Daromadlarning boylar qodida to‘planishi ma’lum me’yorda bodishi ta’minlanadi. Daromadlarning farqianish chegarasi ham belgilanadi. Bunga ko‘ra boylar va kambag‘allar daromadi o‘rtasidagi farq ilgari aytganimizdek 13—15 maitadan oshmasligi kerak. Aytilgan tengsiziik me’yori ma’qui hisoblanadi, ijtimoiy siyosat shuni modjalga oiadi. Ijtimoiy siyosat daromadlarni tartiblash va ijtimoiy yordam uyushtirish orqali ja­ miyatdagi ijtimoiy garmoniyani, ya’ni turli guruhlarning hamjihat-ligini ta'minlaydi. Bu bilan ijtimoiy nizolaming oldi olinadi, ijtimoiy tinchlik-xotiijamlik ta’minlanadi.

4 1 6


Xulosalar


    1. Iqtisodiy siyosat iqtisodiyot ishtirokchilarining tutgan yo1-yo‘riqlari va qo'llagan chora-tadbirlari sifatida mikro, makro va mega (xalqaro) darajada bo‘ladi. Mikrosiyosat — bu firmatar va xonadonlarning siyosati. Makrosiyosat —bu davlatning milliy iqti” sodiyotga oid siyosati. Megasiyosat turli davlatlar, xalqaro kom-paniyalar va xalqaro tashkilotlarning jahon iqtisodiyotiga taalluqli siyosatidir. Xonadon siyosati o'z iste’molini maksimumlashtirish, kelajak uchun jamg‘arma hosil qilish va nihoyat jamg‘arma qadr-qiymatini saqlab qolishga qaratiladi. Firma siyosati foydani mak-simumlashtirish va o‘z niavqeyini mustahkamlashni ko‘zlaydi. Bu siyosat tarkiban ishlab chiqarish, tijorat, narx-moliya va raqobat siyosatidan iborat bo‘ladi.




    1. Davlatning siyosati uning iqtisodiyotdagi o'rnidan kelib chiqadi. Davlat iqtisodiyotning oddiy ishtirokchisi emas, balki uni tartiblab furuvchi kuch boiib, iqtisodiyotga bozor qonun-qoida-lariga to‘sqinlik qilmaydigan, balki bularga sharoit yaratib beradigan darajada aralashadi. Bunga u o‘z siyosati orqali erishadi. Bu siyo-satning rnaqsadi umumilliy bo‘lib, barqaror iqtisodiy o‘sishni, iqti­ sodiy mustaqillikni, iqtisodiy xavfsiziikni, milliy pul qadr-qiyma-tining barqarorligini, xalq farovonligini, milliy iqtisodiyotning integratsiyalashuvini va nihoyat, milliy iqtisodiyotning kelajagini ta’minlashdan iboratdir. Davlat o‘z siyosatini iqtisodiy, huquqiy va siyosiy-ma’muriy vositalar yordamida amalga oshiradi.




  1. Davlatning monetar siyosati —bu piil-kredit siyosati bo‘lib,

pul miiomalasini tartiblashni ko‘zlaydi. Bu tarkiban qayta moliya-lashtirish yoki uchyot siyosati, ochiq bozor operatsiyalarini o‘tkazish siyosati, majburiy rezerv siyosatidan iborat boMadi. Bu bilan iqti­ sodiyotning yetarli darajada monetarizatsiyalashuviga erishiladi. Monetar siyosat qattiq va yumshoq boMadi. Qattiq siyosat qoMla-nilganda pul emissiyasiga yo‘l berilmaydi, pul massasi qisqartiriladi. Yumshoq siyosat bolganda pul massasining o‘sishiga to'sqinfik qilinmaydi, iqtisodiyotning pul bilan ta’minlanishi oshiriiadi.


  1. Davlatning fiskal siyosati —bu soliq-biidjet siyosatidir. Uning rnaqsadi soliqlar vositasida budjetga pul undirish va bu pulni ijtimoiy ne’matlar yaratish uchun sarflashdan iborat. Soliq davlatning moliyaviy vositasi bo'Iib, u fiskal (pul undirish) va rag‘batlantirish funksiyasini bajaradi. Fiskal siyosatda doimiy moliyaviy stabiiiza-torlar va sharoitga moslashgan diskretsion vositalar qo'llaniladi. Fiskal siyosat faol bolganda diskretsion vositalar ishga solinadi. U nofaol bo'lganda ishlab tiirgan stabilizatorlardan foydalaniladi.

4 1 7


Davlatning monetar va fiskal siyosati asosiy boisa-da, bulardan tashqari investitsiya, agrar va tashqi iqtisodiy siyosatlar ham qodlaniladi.


  1. Megasiyosat xalqaro siyosat boiib, umumbashariy, ya’ni global tavsifga ega. Bu siyosat moddiy, moliyaviy va mehnat re-surslarini, shuningdek, yaratilgan tovar va xizmatlami dunyo uzra samarali taqsimlashga qaratiladi. Bu siyosatda kvotalar, boj io‘-lovlari, eksport-import soliqlari, xalqaro foiz stavkalari kabi vositalar qo‘llaniladi. Global siyosatni dunyodagi yetakchi mamlakatlar hukumatlari, xalqaro tashkilotlar, bankJar, moliya korporatsiyalari, transmilliy korporatsiyalar amalga oshiradi. Bundan maqsad glo­ bal izatsiya afzalliklaridan foydalanishdir.




  1. Davlatning iqtisodiy va ijtimoiy siyosati o'zaro bog'langan. Ijtimoiy siyosat iqtisodiy imkoniyatlardan kelib chiqadi va o‘z navbatida inson kapitalini o‘stirish orqali iqtisodiy taraqqiyotga faol ta’sir etadi. Bu siyosat insonga loyiq turmush darajasini berish, uni kamol toptirishga qaratiladi, tarkiban bandlik daromad va ijtimoiy kimoya siyosatlaridan iborat bo‘iadi. Bandlik siyosati qo‘shimcha ish o'rinlarini yaratib, ishsizlikni kamaylirish, kishilarga isЫab pul topish imkoniyatlarining yaratilishini ko‘zlaydi. Daromad siyosati daromad laming taqsimlanishini tartiblaydi. Unga binoan daro-madlarning budjetga olingan qismidan mulitojlarga yordam ajrati-ladi, daromadlarga progressiv soliq belgilanadi, minimal ish haqi, minimal pensiya miqdori belgilab qo'yiladi. Ishsizlik nafaqasi o'rna-tiladi, ijtimoiy yordam siyosatiga binoan yordamga muhtoj aholiga pul nafaqalari, natural transfertlar ajratiladi. [jtimoiy siyosat aho-lining differensiatsiyasini g‘oyat chuqurlashib, uni qarama-qarshi qutbJarga ajralib ketishiga yo‘l bermaslikni ko'zlagan holda uning me’yorida bo'lishiga qaratiladi. Bu bilan nizolarga yo‘l berilmaydi, aksincha, ijtimoiy hamjihatlik va totuvlik ta’minlanadi.



Iqtisodiy siyosat; mikrosiyosat; makrosiyosat; megasiyosat; xonadon siyosati; firm a siyosati; davlatning iqtisodiy roli; davlatning iqtisodiy siyosati; monetar siyosat; qattiq va yumshoq monetar siyosat; fiskal siyosat; faol va nofaol fiskal siyosat; investitsiya siyosati; agrar siyosat; tashqi iqtisodiy siyosat; global iqtisodiy siyosat; ijtimoiy siyosat; bandlik siyosati; daromadlar siyosati; ijtimoiy himoya siyosati.

4 1 8


MUNDARIJA


Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   326




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling