Jamiyatning ishlab chiqarish qobiliyati uning iqtisodiy salo hiyati, deb ataladi.
Bu salohiyat milliy boylikning miqdori va uning sifati hamda tarkibiga bog‘liq bo'ladi. Boylik qanchalik katta boisa va uning
tarkibida ishlab chiqarish omillarini tashkil etuvchi boylik qanchalik ko‘p bo‘lsa shunchalik iqtisodiy salohiyat kuchli boladi. Ammo erishilgan va boig'usi salohiyat farqlanishi kerak.
Yerishilgan salohiyat —bu amalda ish berayotgan salohiyat, u mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarishni ta’minlab turuvchi salohiyat. Bu jon boshiga ishlab chiqilgan tovarlar va xizmatlarning pulda ifodalangan miqdori bilan o'lchanadi va mamlakatlar bo'yicha farqlanadi. Masalan, bu ko‘rsatkich 2010-yilda dunyo bo‘yicha 11000 dollar boidi. Biroq rivojiangan mamlakatlarda 41700 dollar, iqtisodi eng zaif mamlakatlarda 1200 dollarga teng bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |