Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov
Download 1.85 Mb.
|
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV bob. IJTIMOIY-IQTISODIY TIZIMLAR
Bo‘lg‘usi salohiyat — kelajakda ish berishi mumkin boOgan salohiyatdir. Masalan, ishlatilayotgan stanoklar, ish kuchi va har xil konlar amaldagi real salohiyat bo‘lib, bu yaratilgan mahsulot va xizmatlarda ifoda etiladi. Stanoklar zaxiralari (zaxiradagi quwatlar) jalb etilishi mumkin bo‘lgan mehnat resurslari borligi aniq, lekin hali ishiatilmagan konlar bo‘lg‘usi - istiqboldagi salohiyatni tashkil etadi. Mayjud salohiyatning ishlatilishi va bo‘lg‘usi salohiyatning naqadar tez ishga kirishiga qarab takror ishlab chiqarish yuz beradi. Masalan, Norvegiya bundan 50 yil muqaddam Yevropadagi iqti-sodiyoti kuchsiz mamlakat bo'lgan. Eng shimoldagi neft va gaz konlarining jadal ishlatilishi tufayli Norvegiya jon boshiga yaratilgan mahsulot va xizmatlar hajmi jihatidan Yevropadagi kuchli mam-la katga aylandi.
Xulosalar Resurslar ishlab chiqarishda uning omillariga aylanadi, bularga yer, mehnat, kapital, tadbirkorlik qobiliyati va informatsiya (axborot) kiradi. Bular 3 guruhga ajratiladi: moddiy-ashyoviy, shaxsiy-insoniy va informatsion omillardir. Bular ishlab chiqarishda har xil rol o‘ynaydi. Ishlab chiqarish omillari yaxJitlikda amal qiladi, ularning birikishi natijasida mahsulot va xizmatlarning yaratilishi yuz beradi. Mahsulotlar va xizmatlar natural va tovar shakliga ega boOadi. Bular pirovard ishlatilishiga qarab iste’mo! buyumlaridan va moddiy resurslardan iborat boladi. Resurslar cheklanganidan o‘sib borayotgan ehtiyojlarni qondIrish uchun ishlab chiqarish samaradorligini oshirish talab qilinadi. Samaradorlik ishlab chiqarishda olingan natijaning bunga ketgan saiflar bilan qiyoslanishidir. Kam sarflab ko‘p natija olingan yerda samaradorlik yuqori hisoblanadi. Samaradorlik - mehnat 53
unumdorligi hosilasidir. Mehnat unumdorligini oshiruvchi о mi liar sirasiga texnika-texnologiya darajasi, ish kuchining sifati, tabiiy sharoitning qulayligi va mehnat stimulJarining ta’sirchanligi kiradi. Ishlab chiqarish chegarasi boiib, bu muayyan resurslar sharoitida faqat ma’lum hajmda ishlab chiqarish mumkinligini bildiradi. Mazkur chegara ishlab chiqarish ko‘lamini hosil qiladi, buni resurslar miqdori, sifati va ulaming ma’lum nisbatda ishlatilishi belgilaydi. Ishlab chiqarish darajasi uning naqadar rivojlanganligini bildiradi, mehnat unumdorligida ifodalanadi. Ko‘lam ishlab chiqarish umumiy hajmi bilan o‘lchansa, daraja bir ishlovchiga va Jon boshiga ishlab chiqarish miqdori bilan o‘lchanadi. Ishlab chiqarish doimo takrorlanib va yangilanib turadi. Tak-ror ishlab chiqarish oddiy, kengaytirilgan va toraygan boiadi. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish milliy boylikni ko‘paytirish sharti hisoblanadi. Milliy boylik tarkiban moddiy, tabiiy va intellektual boylikdan, bir avlodga va bir necha aviodga xizmat qiluvchi boylikdan iborat. Boylik qanchalik ko‘p bo‘lsa, iqtisodiy salohiyat ham shunchalik kuchli bo‘ladi. Salohiyat ishlab chiqarish imkoniyatlari bo‘lib, bu erishilgan va istiqboldagi salohiyatlardan iboratdir. I’ayanch tushunchalar Ishlab chiqarish omillari; moddiy-ashyoviy omil; shaxsiy-insoniy omil; informatsion omil; ishlab chiqarish omillarining birikish usullari; ishlab chiqarish sektorlari; natural va tovar ishlab chiqarish; iste ’mol buyumlari va moddiy resurslarni ishlab chiqarish; ishlab chiqarish sa-maradorligi; mehnat umumdorligi; mehnat unumdorligi omillari; ishlab chiqarish chegarasi; ishlab chiqarish darajasi; takror ishlab chiqarish; milliy boylik; iqtisodiy salohiyat. 54
IV bob. IJTIMOIY-IQTISODIY TIZIMLAR Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling