Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov


Download 1.85 Mb.
bet58/326
Sana08.01.2022
Hajmi1.85 Mb.
#245671
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   326
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111

ERKIN MONOPOL
BOZOR BOZOR

A. Iste’mol tovarlari yoki iste’molchilar bozori. Bu bozorda kishilarning shaxsiy ehtiyojini qondiruvchi, ya’ni ularning tirikchili-gi Lichun zarur boMgan tovarlar oldi-sotdisi yuz beradi. Mazkur bozorga sotuvchilar ikki turdagi tovarlarni qo'yadilar. Birinchi-si moddiy shakJdagi iste’mol tovarlari boMib, bularga oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy jihozlari, transport vositalari (yengil avtomobil, velosiped, motosikl), turarjoy kabilar kiradi. Ikkinchisi nomoddiy, ya’ni moddiy ko'rinishi boMmagan tovarlar. Bular turli-tuman xiz-matlardan iborat bo'lib, ularning moddiy shakli bo‘lmaydi. Xiz-matlarning o‘zi tovarlashmagan va tovarlashgan bo‘ladi. Tovar-lashmagan xizmatlar bepul xizmat bo'ladi, shu sababli ular bozor­ ga chiqmaydi, binobarin, oldi-sotdi obyektiga aylanmaydi. Bu­ lar jumlasiga xonadondagi o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatish va bepul davlat xizmati (o‘qitish, davolash, sport, madaniy xizmat) kiradi. Bozorga chiqarilgan yoki tovarlashgan xizmatlar pullik xizmatlar bo‘lib, ular g‘oyat xilma-xil boMadi. Bular ta’Iim, tibbiyot, sport,


81


sayohat, tomosha, transport, maishiy-xizmat kabilardan iborat bo‘ladi, ularni aholi sotib oladi. Bu xizmatlarning bozor obyekti sifaiidagi xususiyati shundan iboratki, ularning yaratilishi va iste’moli bir vaqtning o‘zida yuz beradi. Masalan, kostyum avval tikiladi, so‘ngra bozorga chiqariladi, sotib olinganidan keyin iste’mol qilinadi. Bundan farqli o‘laroq shifokorning tibbiy xizmati yoki o‘qituvchining ta’lim berish xizmatining ko‘rsati!ishi va iste’moli aynan birvaqtda yuz beradi. Konsert ijrosi va uni tomosha qilish, futbol o‘yini va uni ko’rish ham bir vaqtda yuz beradi. Xizmatning moddiy shakli bodmaganidan uni yaratish va iste’mol qilish qo'shilib ketadi.
Iste’molchilar bozorida eng ko‘p turdagi va miqdori g‘oyal katla tovarlar va xizmatlar oldi-sotdisi yuz beradi, bu bozorning ishtirokchilari mutlaq ko‘pchilikdan iborat boladi. Mazkur bozor­ ning 0 ‘zbekistondagi aniq ko‘rinishi bu buyum bozori, dehqon bozori, supermarket, univermaglar, minimarket, turli do‘kon va magazinlar (shoplar), konsert zallari, teatr, kinoteatr, stadionlar, sport zallari, pullik kasaixonalar, puliik o‘quv kurslari, kontrakt bilan o‘qish va boshqalardan iborat,
Iste’molchilar bozorida, birinchidan, uiguiji savdo bodsa, ik-kinchidan chakana savdo qilinadi. Ulguijl savdo bodganda ishlab chiqaruvchilar o‘z tovarlarini vositachi savdo firmalari yoki ayrim savdogarga kodarasiga, ya’ni katta miqdorda sotadilar. Biilar o‘z navbatida, mana shu tovarlarni chakana savdoda maydalab iste’mol-chilarga sotadilar. Bozorda ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchining bevosita aloqa o'rnatishi ham bodadi. Bunda ishlab chiqaruvchi o‘z tovarini chakana narxda iste’molchining o‘ziga sotadi. Masalan, tikuvchilik firmasi o‘zining magazini orqali tovarlarini ahoHga sotadi, bozorga kelgan dehqon ham o‘z mahsulotini iste’molchiga chakanasiga sotadi.


  1. Resurslar bozori. Bu yerda xilma-xil moddiy resiirslar va ish kuchining oldi-sotdisi yuz beradi. Bu bozorning ishtirokchilari resurslarni ishlab chiqaruvchilar va ularni sotib oluvchi firmalar, davlat idoralari va xonadonlardan iborat. Bu bozorda moddiy shaklga ega asbob-uskuna, turli mashinalar, xomashyo, butlovchi qismiar, yoqilgd, elektroenergiya, gaz, ko‘chmas mulkni tashkil etuvchi binolar, inshootlar va yer oldi-sotdisi yuz beradi. Mazkur bozorning maxsus turi bu mehnal bozori bodib, bu yerda moddiy shakli bodmagan tovar, ya’ni ish kuchi taklif etiladi.

Resurslar bozorining xususiyati shundan iboratki, bu yerdan sotib olingan tovarlar 5Ьаж81у iste’mol uchun emas, baiki ishlab chlqarish uchun xizmat qiladi. Resurslar iste’mol tovarlaridan


82


farqliroq ikki xil usulda oldi-sotdi qilinadi; 1. Resurslar to‘la-to‘kis sotib olinadi. Bunda ular sotuvchi mulkidan xaridor mulkiga o‘tib iste’mol qilinadi; 2. Resurslaming o‘zi emas, balki ulardan vaqtincha foydalanib turish huquqi sotiladi. Bunda resurs sotuvchi mulki bo‘lib qoladi, lekin u ijaraga olib ishlatiladi. Masalan, qimmatbaho uskuna, paroxod, samolyot, mashina, bino, inshoot yoki yer butunlay sotib olinmagan holda, u ijaraga olinib, egasiga ijara haqi beriladi. Moddiy resurslar bozori 0 ‘zbekistonda tovar-xomashyo biijasi, savdo uylari va mashina-uskunalar sotuvchi flrmaiar timsolida gavdalanadi. lining tarkibiy qismi boigan mehnat bozorining xususiyati shundan iboratki, bu yerda insonning mehnat qilish qobiliyati boigan ish kuchi sotiladi. Biroq u tamomila emas, maium vaqtda ishJatib turish uchun sotiladi. 0 ‘zbekistonda mehnat bozorining ikki turi amal qiladi. Birinchisi mehnat birjalari, bu tashkil etilgan mehnat bozori; ikkinchisi, mardikor bozori, bu tartibsiz mehnat bozoridir.
V. Moliya bozori. Bu bozorning maxsus shakli boiib, bu yerda moliya resurslari, ya’ni pul va daromad kelliruvchi qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi yuz beradi. lining tarkibidagi pul bozori 3 qatlamli boiadi. Birinchisi, shaxsiy ehtiyojni qondiruvchi oddiy pul bozori. Bu yerda pul tirikchilik buyumlarini xarid etish uchun haqini toiash sharti bilan qarzga olinadi, ya’ni ishlatib turish uchun pul sotib olinadi. Masalan, mebel to‘plami, avtomashina yoki kvartira olish uchun kishilar bankdan qarz oladilar. Bunda bank sotuvchi, qarz ko'targan esa xaridor maqomida boiadi. Ikkinchisi, kapital bozori. Bunda pul tirikchilik yurgizish uchun emas, balki kapital sifatida ishlatib foyda chiqarish uchun qarzga sotib olinadi. Bunga misol qilib tadbirkor, farmer yoki dehqon xo‘jaligi sohibining tijorat bankidan qarz olib, buni o‘z xo‘jaligi rivoji uchun ishlatishini ko’rsatish mumkin. Kapital bozorining o‘zi ikki xil boiadi, bu kredit bozori va qimmatli qog‘ozlar bozoridir. Kredit bozoridan (masalan, banklardan) tadbirkorlar kreditni (qarzni) sotib olib, uni kapital sifatida ishga qo‘yadilar. Bozordan kapitalni jalb etishning yana bir shakli bu aksiya, obligatsiya va sertifikatlarni chiqarib sotishdir. Bularni chiqarganlar emitent, sotib olganlar investor deyiladi. Emitent sotuvchi boisa, investor xaridor hisoblanadi. Kredit bo­ zo rini tijorat banklari, kredit shirkatlari va ulardan qarz oluvchi mijozlar tashkil etsa, qimmatli qog‘ozlar bozori fond biijalaridan, ulardan boshqa oldi-sotdi bo’lgan qog‘ozlarni saqiovchi depozi-tariylardan iboratdir. Fond bozorining ishtirokchilari korxona, tashkilotlar, aholining ma’lum qatlami, davlat idoralari va turli vositachilar hisoblanadi.

83


Pul bozorining uchinchi, o‘ziga xos turi —bu valuta bozoridir. Bu bozorda turli mamlakatlaming milliy puli —valuta oldi-sotdi qilinadi. lining ishtirokchilari korxonalar, turli tashkilotlar, davlat idoralari va fuqarolar hisoblanadi. Ulardan biri valuta sotsa, boshqasi uni sotib oladi. Mazkur bozor banklar, ularning valuta ayirboshlovchi shoxobchalari, valuta auksioni (kim oshdi savdosi) shaklida namoyon boiadi.


Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   326




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling