Bozorning afealligi shundan Iboratki, u chekJangan resurslar sharoitida ehtiyojiarni kam mehnat sarflagan holda va toiaroq qondirish imkonini beradi.
Bozor ko‘rsatadigan xizmatlarga zarurat bolganidan u doimo kengayib boradi, bozor aloqalari domiga tobora ko‘p ishlab chiqa ruvchilar va iste’molchilar tortiladi.
5.2. Bozor infratuzilmasi
Bozordagi iqtisodiy aloqalarda ko‘pchilikdan i bo rat subyektiar qatnashadi. Bu aloqalar g‘oyat xilma-xil bo‘lib, murakkab kechadi, bular bevosita aloqalar va bilvosita aloqalardir. Bevosita bozor munosabati paydo bo'lganda sotuvchi va xaridor bir-biri bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa o‘rnatadi, bu yerda hech kim ular o‘rtasida vositachilik qilmaydi. Bilvosita bozor munosabati yuz berganda sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi aloqalar vositachilar orqali o'rna-tiladi. Ular oldi-sotdi sohasida bozor ishtirokchilariga o‘z xizmatini ko'rsatadilar, bu infratuzilma xizmati boiadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |