Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov


Download 1.85 Mb.
bet59/326
Sana08.01.2022
Hajmi1.85 Mb.
#245671
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   326
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111

Intellektual tovarlar bozori bozorning maxsus turi boiib, aqliy mehnat mahsuli bo‘lmish tovarlar va xizmatlaming ayirbosh-lanishini bildiradi. Bu yerda sotuvchilar va xaridorlar maxsus tovar hisoblangan ilmiy g‘oyalar, texnikaviy yangiliklar, san’at va adabiyot asarlari, xilma-xil axborotlarni oldi-sotdi qilish yiizasidan munosabatda bo'ladilar. Bu tovarlar egalari yoki ulardan vakoiat olgan firmalar bozorda sotuvchi vazifasini bajaradi. Xaridorlar esa turli firmalar, uyushmalar, davlat idoralari, bar xil tashkilotlar va fuqarolar bo'ladi. Mazkur bozor kichik qismlardan iboratki, ular ilmiy-texnik ishlanmalar bozori, kino bozori, tasviriy san’at bozori, musiqa va tomoshalar bozori, antikvar buyumlar bozori kabilardan tashkil topadi. Intellektual tovarlar bozorida ilmiy-texnikaviy ishlanmalar oldi-sotdisi katta o‘rin tutadi. U amalda patent, litsenziya va nou-xau (patent — yangilikni ishlatish huquqini beruvchi hujtjat; litsenziya — ruxsatnoma, nou-xau — ishlatish huquqi egasida bo‘lgan yangilik) sotishdan iboratdir. Bu yerda ilmiy-texnikaviy yangiliklar xaridor mulkiga aylanish sharti bilan yoki o‘z egasining mulki bo‘laturib, vaqtincha foydalanish sharti bilan sotiladi. Bu bozor ishlab chiqarish novatsiyasiga, ya’ni unga yangilik kiritishga xizmat qiladi, fan-texnika rivojiga ta’sir etadi. Ilmiy-texnik ishlanmalari bozoridagi munosabatlar ko‘pincha mamlakatlararo bo‘ladi. Intellektual tovarlar bozori eng dinamik bozordir, u tez kengayadi, yangi-yangi qismlarga ajratiladi. Buning sababi iqtisodiyotda intellektual mehnat mavqeyining kuchayishidir. Gap shundaki, hozirgi bozor iqtisodiyoti ilmtalab ishlab chiqarishning o'sishi, turli xizmatlar, eng awal axborot xizmati ahamiyatining kuchayishi bilan xarakterlanadi. Buni yer yuzida internet xizmati bozorining shiddat bilan o‘sib borishi tasdiqlaydi. Bunga 2012-yil 2 mlrd kishi internetdan foydalanganini misol qilib keltirish mumkin.

Bozorning o‘zi yaxlit bo‘lganidek, uning turlari ham bir-biri bilan o‘zaro bogiiq holda amal qiladi. Iste’mol tovarlar bozoriga mos holda resurslar bozori tashkil topadi. 0 ‘z navbatida resurslar bozoridagi holatga qarab mehnat bozori, ilmiy-texnikaviy yangi-


84


liklar bozori shakllanadi. Bozor turlarining bir-biriga moslashuvi iqtisodiy o‘sishning sharti hisobianadi.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   326




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling