Mahalliy bozor —bu kichik hududdagi bozor boiib, uning ish tirokchilari shu yerlik sotuvchilar va xaridorlar boiadi. Bu bozorda asosan mahalliy tovarlar oldi-sotdisi yuz beradi. Bunga misol qilib 0 ‘zbekistondagi tuman bozorini olish mumkinki, bunga shu yerdagi savdo shoxobchalari, buyum bozorlari, dehqon bozorlari kiradi. Uning ishtirokchilari tuman ahli boiib, bular iste’molchilar, ishlab chiqaruvchi firmalar, savdo firmalari, fermer va dehqon xo‘jaliklari sohiblaridan iborat.
Hududiy bozor —bu bir necha chegaradosh hududlar doirasi-dagi bozor boiib, mahalliy bozorlar majmuasidan iborat. Uning subyekti - ishtirokchilari hududdagi tovar ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar hisoblanadi. Uning obyekti turli hududlarda yaratU-gan mahsulot va xizmatlar hamda tashqaridan keltirilgan tovarlar hisoblanadi. Hududiy bozor koiami mahalliy bozor koiamidan katta boiadi, uning ishtirokchilari ham ko‘p.
Milliy bozor bu muayyan mamlakatning milliy chegarasi doi-rasidagi, ya’ni mamlakatning ichki bozori. Bu bozor milliy iqtisodiyotning ajralmas qismi boiib hisoblanadi. Uning ishtirok chilari muayyan mamlakatdagi barcha tovar ishlab chiqaruvchilar, iste’molchilar va ular o‘rtasida turgan vositachilardan iborat. Milliy bozordagi tovarlaming asosiy qismi mamlakatning o‘zida ishlab chiqarhadi, qisman chet eldan keltiriladi, ammo iqtisodi qoloq va qaram mamlakatlarda ular yaratgan mahsulotlar asosan xomashyo boiib, u mamlakat ichki tovar oborotida ishtirok etmaydi, balki chetga chiqariladl. Ular ichki bozorida chetdan keltirilgan tovarlar ustuvor boiadi. Bunday milliy bozorda qaramlik alomati boiadi.
Milliy bozor mamlakatdagi barcha bozorlarni birlashtiradi, bu yerda milliy pul xarid uchun yagona toiov vositasi boiib xizmat
qiladi. Milliy bozor davlat himoyasida bo'ladi. U ochiq bozor, unga kirib Relish, undan chiqib ketish erkindir.
Do'stlaringiz bilan baham: |