daning o'yinboshisi o'z komandasidagi o'yinnchilami qushlar,
hayvonlar, o'simliklar va mevalar nomi bilan ataydi. Qora mngdagi
ro‘molcha tayyorlab qo'yiladi.
0 ‘yin tavsifi. O'yin boshlash huquqini olgan o'yinboshi raqib
o'yinchilardan binning boshini yoki qo'lini ro'mol bilan boglaydi
va o'z o'yinchilaridan birini yangi nom bilan chaqiradi. U bilintir-
masdan kelib ro'molni bir necha marta chertadi va o'z joyga borib
turadi. O'yinboshi bog'langan ro'molni yechib oladi, raqib o'yinchi
chertgan o'yinchini qidira boshlaydi. Agar chertgan o'yinchini
topsa, o'z komandasiga olib qaytadi, topolmasa shu komandada
qoladi. O'yin komandada 1-2 ta o'yinchi qolguncha davom etadi.
So'ngra o'yinboshilar o'rin almashadilar.
O'yin qoidalari. 1. Ro'mol boshni siqmaydigan qilib bog'lanishi
lozim. 2. Har ikkala komanda o'yinchilarming yangi nomlari sir
saqlanishi kerak. 3. Chertayotgan o'yinchi sekin chertishi kerak.
Pedagogik ahamiyati. O'yin yoshlarda diqqat-e’tiborni,
sezgirlik qobiliyatlarini tarbiyalaydi. O'yin chidamlilik, epchillik,
tezkorlik, aniq mo'ljalga olish sifatlarini rivojlantirishga yordam
beradi. O'yinni o'ziga xos harakati sekin bildirmasdan yurishdir.
«Qidirib top»
Do'stlaringiz bilan baham: