Oliyvao rtamaxsus ta’lim vazirlich karimjon Rahimqulov


Download 3.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/68
Sana18.11.2023
Hajmi3.86 Mb.
#1783697
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   68
Bog'liq
Milliy harakatli o\'yinlar. Rahumqulov K

0 ‘yinga tayyorgarlik. O'yinchilar qo'l ushlashib, aylana hosil 
qilib turadilar. Uchta o'yinchi aylanadan tashqarida kema-ket 
turadi. Ulardan birinchisi «ninacha», ikkinchisi «ip» va uchinchisi 
«tuguncha» bo'ladi.
0 ‘yinning tavsifi. Nina har tomonda yugurib yuradi. Ip bilan 
tuguncha ham uning ketigan ergashib yurishadi. Agar ip chigallashib 
(boshqa tomonga ketib) qolsa yoki uni tuguncha ushlasa, o'yin 
qaytadan boshlanadi va yangi nina, ip hamda tuguncha tayinlanadi.
0 ‘yin qoidalari. O'yinchilar qo'llarini ko'tarib, nina, ip va 
tugunchaga yo'l ochib turishlari lozim.
Pedagogik ahamiyati. O'yin bolalarda intizomni, diqqatni
sezgirlikni rivojlantirishga yordam beradi.
Metodik ko'rsatmalar. Eng epchil, ziyrak o'quvchilarni nina 
qilib tayinlash kerak. Nina, ip va tuguncha qilib tayinlangan o'quv- 
chilar uzoq vaqt xato qilmay yuguraversalar, boshqa o'yinchilami 
ham o'yinda faol qatnashtirish maqsadida ulami almashtirish 
mumkin.
Chavandoz
0 ‘yinga tayyorgarlik. Har bir sinfdan 10—12 o'yinchidan 
guruhlar tuziladi. Guruhlar uchun 7—9 m kattalikda to'rtbur- 
chaklar chiziladi. Imkoniyat bo'lsa, voleybol maydonchasidan 
foydalanish mumkin. Har bir guruh o'z navbavtida ikkitadan 
jamoaga bo'linadi. Ular o'zlariga nom qo'yishadi, faraz qilaylik, 
«Lochin» va «Zafar» komandalari. «Lochin» komandasi o'yinchilari 
to'rtburchakning o'ng yoki chap tomonida chiziq tashqarisida,
106


to ‘rtburchak ichkarisiga qaragan holda yonma-yon saflanadilar. 
Qur’a tashlash usuli bilan «Zafar» komandasi o‘yinchilari to‘rt- 
burchak ichiga tushadilar. Ularning vazifasi to ‘rtburchak ichida 
erkin harakat qilib yurishdan iborat.
0 ‘yinnmg tavsifi. 0 ‘qituvchining ishorasi bilan «Lochin» 
komandasining o‘yinchisi bir oyog‘ini tizzadan, chap qo'lini esa 
tirsakdan bukib orqaga qilib, bir oyoqlab to‘rtburchak ichiga kiradi. 
Uning vazifasi bir oyoqda sakrab yurib, qo‘li bilan «Zafar» 
komandasi o‘yinchilarini ushlashdir, ya’ni kafti-panjasi bilan 
begona o‘yinchining biror joyiga tegsa bas. Ushlangan «Zafar» 
komandasi o ‘yinchisi to ‘rtburchakdan chiqib belgilangan joyga 
boribturadi. «Lochin» komandasi o‘yinchisining navbatdagio‘yin- 
chini ushlashi 15—20 sekundgacha davom yetishi mumkin. Buning 
uchun « Lochin» komandasining qolgan o‘yinchilari jo ‘r bo‘lib
1 dan 20 gacha ovoz chiqarib sanaydilar. Shu vaqt ichida «Zafar» 
komandasining nechta o‘yinchisi ushlanganligi hisoblanib chiqiladi. 
Keyingi safar komandalar o‘zaro o‘rin almashadilar.

Download 3.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling