Olmaliq sharoitida konvertor changlarini qayta ishlashning zamonaviy usuli


Download 216.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana31.01.2023
Hajmi216.7 Kb.
#1145207
  1   2   3
Bog'liq
olmaliq-sharoitida-konvertor-changlarini-qayta-ishlashning-zamonaviy-usuli (1)



Olmaliq sharoitida konvertor changlarini qayta ishlashning 
zamonaviy usuli 
 
Soyib Abduraxmonov 
Safarali Mamaraximov 
Xolbay Xaydaraliyev 
Temur Shaxobov 
TDTU Olmaliq filiali 
Annotatsiya: Butun dunyoda mis eritish zavodlarida, jumladan, Olmaliq kon-
metallurgiya kombinatida misni konvertorlash jarayonida texnologik gazlarni 
elektrfiltrda tozalash natijasida mayin chang to’planib bormoqda. Hozirgi kunda hosil 
bo’layotgan mayin changlarni qayta ishlashning turli usullari mavjud. Ushbu qayta 
ishlash usullarini tahlil qilgan holda aynan Olmaliq KMK mis eritish zavodining 
konvertor changini uning xususiyatlaridan kelib chiqib, qayta ishlashning ratsional 
usulini tanlash dolzarb hisoblanadi. 
Kalit so’zlar: oraliq mahsulot, texnogen chiqindilar, changlarni qayta ishlash
pirometallurgiya, kimyoviy boyitish, gidrometallurgiya. 
A modern method of processing converter powders in 
Almalyk conditions 
Soyib Abdurahmonov 
Safarali Mamaraximov 
Xolbay Khaydaraliyev 
Temur Shaxobov 
Almalyk branch of TSTU 
Abstract: Fine dust is accumulating in copper smelters around the world, 
including at the Almalyk Mining and Metallurgical Combine, as a result of electrostatic 
precipitation of process gases during copper conversion. There are many different ways 
to process fine dust today. Analyzing these methods of processing, it is important to 
choose a rational method of processing the converter powder of the Almalyk MMC 
copper smelter based on its characteristics. 
Keywords: intermediate product, man-made waste, dust processing, 
pyrometallurgy, chemical enrichment, hydrometallurgy. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
315


Mis eritish zavodlarining changlari odatda pirometallurgiya va gidrometallurgiya 
usullarida qayta ishlanadi. Rangli metallurgiya korxonalarida xosil bo’ladigan 
changning asosiy qismi mis, ko’rg’oshin va ruxning birikmalaridan iborat. 
Birlamchi va ikkilamchi xom ashyodan metall ishlab chiqarish uchun mis eritish 
korxonalarida sanoat miqyosida birkancha pirometallurgik agregatlardan: shaxtali 
pechlar; qo’zg’almas va aylanma yallig’ qaytaruvchi pechlar; Vanyukov pechlari; 
Ausmelt pechlari; elektrotermik pechlar va boshqalardan foydalaniladi. Changni 
elektropechda tiklovchi atmosferada natriy sulfat va soda bilan eritish usuli eng ko’p 
tarqalgan usuldir. 
Mis eritish zavodlarida donadorlangan changlarni eritish 800-1000°C haroratda 
tiklash atmosferasida elektrpechlarda olib boriladi. Tadqiqotlar natijasida missizlangan 
chang (Pb - 60 %; Zn - 15%) va konvertor changlarini (Pb - 80 %, Zn - 4 %) 
aralashmalarini qayta ishlashda 5% dan kamroq qo’shimchalar mavjud xomaki 
qo’rg’oshin va dastlabki changda mavjud bo’lgan ruxning 97 % ga yaqini o’tgan shlak 
(Pb - 5 %) olingan. 
Kimyoviy boyitish bilan changni qayta ishlashning har xil usullari mavjud. 
Odatda, kimyoviy usullar bilan ularni qayta ishlashdagi eng asosiy jarayon tanlab 
eritish hisoblanadi. Tanlab eritish kislotalar (H
2
SO
4
, HNO
3
, NCl), ishkorlar (NaOH, 
NH
4
OH) yoki kislotali tuzlar (FeCl
3
, Fe
2
(SO
4
)
3
) eritmalarida o’tkaziladi. 
Oksidlangan qo’rg’oshin tarkibli changlarni qayta ishlash uchun qo’rg’oshin 
birikmalarining yuqori eruvchanligiga ega bo’lgan tuzli tanlab eritish va karbonlash 
kabi maʼlum usullar bilan qo’rg’oshinni tovar maxsulotlariga ajratishga asoslangan 
gidrometallurgik sxema tavsiya etildi va laboratoriya mikyosida o’tkazildi. Tadqiqot 
uchun komponentlarning o’rtacha miqdori va nodir metallarning sanoat miqdorli 
mayin konverter changidan foydalanildi 
Mis shteynlarini eritish jarayonida xosil bo’ladigan mayda zarrachali konvertor 
changi sutkasiga 8-10 tonnagacha xosil bo’ladi. Bu changing juda maydaligi tufayli 
38,56
2,2
14,7
0,19
0,01
0,06
0,2
2
120
Pb
Cu
Zn
Bi
Pd
Pt
Se
Au g/t
Ag g/t
1-rasm. Changning kimyoviy tarkibi, % 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
316


ularni qayta ishlash texnalogiyasi xali amalga tadbiq etilmagan, sababi bu changlar 
aloxida texnalogik zanjirlari talab etadi. 
Eksperiment ishlarining birinchi bosqichi MEZ sulfat kislota sexining tanlab 
eritish eritmalari bilan konvertor changlarni tanlab eritilib mis va rux eritmaga 
o’tkazildi. Bunda sulfat kislotasida tanlab eritish jarayoninig xarorati 80-90℃, sulfat 
kislota eritmasining konsentratsiyasi 110-120 g/l ga teng bo’lganda, tanlab eritish vaqti 
120 daqiqani tashkil etgand amisning eritmaga o’tishi 98 % ni ruxni eritmag a o’tishi 
97 % ni tashkil qiladi. 
1-rasm. Mis va ruxni eritmaga o’tishida vaqtga va sulfat kislota konsentratsiyasiga 
bog’liqligi 
ZnO+H
2
SO
4(suyult) 

ZnSO
4
+ H
2

CuO+H
2
SO
4(suyult) 

CuSO
4
+ H
2

Sulfat kislotasida tanlab eritish natijasida xosil bo’lgan kek tarkibidagi 
qo’rg’oshinni xlorid ko’rinishida eritmaga o’tkazib, nodir metallarni kekga qoldirish 
uchun texnik natriy xlorid eritmasidan foydalaniladi. 
Qo’rg’oshinni xlorid ko’rinishida eritmaga o’tkazish jarayoni ikki bosqichda olib 
boriladi. Bunda, xarorat 90-95℃, jarayon davomiyligi 120 daqiqani tashkil etdi. Natriy 
xloridning eritmasidagi konsentratsiysi birinchi bosqichda 250-300 g/l qo’rg’oshinning 
eritmaga o’tishi 80% ni, ikkinchi bosqichda natriy xloridning eritmadagi 
konsentratsiyasi 150 g/l qo’rg’oshinning eritmaga ajralish darajasi 12 % ni tashkil etdi. 
Ikki bosqichli tanlab eritish natijasida qo’rg’oshinni 92 % eritmaga o’tkaziladi. 
PbCl
2
+2NaCl=Na
2
PbCl
4
PbSO
4
+2NaCl= PbCl+Na
2
SO
4
Natriy xloridli tanlab eritish natijasida hosil bo’lgan kek tarkibidagi nodir metallar 
ikki baravar boyitiladi. Kek tarkibidagi nodir metallar miqdori quyidagicha Au -3,5 g/t; 
Ag-300g/t gacha va Pd, Pt, Se, Te, In bilan birgalikda boyitiladi va uni qayta ishlashga 
jo’natiladi. 
Vanyukov pechi elektrofilterlari elektrostatik cho'kindi va konvertorlarning 
mayin changlari kimyoviy elementlarning o'rtacha miqdori (%): Pb-31,56 %; Cu -2,20 
%; Zn - 14,70 %; Fe - 0,46 %; Cd - 0,19 %; SiO
2
- 0,65%; S
SO4
- 13,15%; S
SO4
- 8,56 
39
63
81
93
97
93
20
33
48
75
98
97
0
20
40
60
80
100
120
30
50
70
90
110
130
150

Download 216.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling