Belgilash, bo’lishsizlik, gumon olmoshlari sodda yoki qo’shma holda bo’ladi. - Belgilash, bo’lishsizlik, gumon olmoshlari sodda yoki qo’shma holda bo’ladi.
Olmoshlarning tuzilishiga ko`ra turlari Olmoshlar tuzilishiga ko`ra: Sodda Qo’shma Jutf Takroriy olmoshlarga bo`linadi. - 1.Sodda olmoshlar: faqat bir asosdan iborat bo`lgan olmoshlar. Kim, nima, hamma, barcha singari tub olmoshlar; qaysidir, allakim, allaqanday kabi yasama olmoshlar sodda olmoshlardir.Sodda yasama olmoshlar qismlari qo’shilib yoziladi, ular faqat gumon olmoshlarida uchraydi.
Qo’shma olmoshlar - 2. Qo`shma olmoshlar: ikki asosdan tashkil topib, tarkibida hech, har, bir qismlari mavjud bo`lgan olmoshlar qo`shma olmoshlardir.Qo’shma olmosh qismlari ajratib yoziladi. Ko’rsatish, belgilash, gumon, bo’lishsizlik olmoshlarida, qo’shma olmoshlar ham mavjud. Bo’lishsizlik olmoshlari faqat qo’shma olmoshlardan iborat. Masalan, hech kim, hech qaysi, hech bir, hech qachon, kabi. Gumon, belgilash, bo’lishsizlik olmoshlarida uchraydigan qo’shma olmoshlar tarkibida so’roq olmoshlari ishtirok etadi. Masalan, bir nima (gumon olmoshi),har nima(belgilash olmoshi), hech nima(bo’lishsizlik olmoshi) kabi. Qo’shma ko’rsatish olmoshlari bir xil turdagi olmoshlarning qo’shilishidan hosil bo’ladi:mana (ko’rsatish olmoshi)shu (ko’rsatish olmoshi), ana shu, mana shu, ana bu kabi.
Juft olmoshlar - 3. Juft olmoshlar – bir biriga mazmunan yaqin olmoshlar: ul- bul, unda-bunda, siz-u biz. Kishilik va ko’rsatish olmoshlari juft holda ham ishlatiladi.
Takroriy olmoshlar - 4.Takroriy olmoshlar: bir olmoshning aynan yoki ayrim tovush o`zgarishi bilan(masalan: uncha –buncha) takrorlanishidan hosil bo`lgan olmoshlar.
- Masalan: Shu-shu, uncha-buncha, o`z-o`zimga, nima-nima, hamma-hammasi, o`sh-o`sha, kim-kim. Misollar: Halimaxonni ko’rdim, sira o’zgarmabdi: hamon o’sha o’sha. Shu –shu Nabijon ham dilni erkalovchi, ham allaqanday iztirobga soluvchi g’alati hislar girdobiga tushib qoldi.
E’tiboringiz uchun rahmat! - E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |