Olmosh turkumi tahlili
Download 43.5 Kb.
|
Olmosh turkumi tahlili
71-mashq. Gaplarni o`qing. Kishilik olmoshlarini topib qaysi kelishikdagiligini ayting, gapdagi vazifasini aniqlang.
1. - Men sizni o`sha qishloqqa olib ketay deb keldim. (Ch.) 2. Bu ikkala kitob ham uning qo`liga tasodif bilan kirib qolgan edi. (Sh.) 3. Bolam, meni bu ishga aralashtirma. Men sening hurmating uchun bu yerlarda yuribman.(S.A.) 4.- Man sizga boshqacha maslahat bilan chiqib edim...-dedi.(Ch.) 5. Yovuzlikning mahviga ommani boshlamadi, to bizning asrgacha birorta ulug` siymo. (Sh.R.Term.) 6. Men sizni o`z farzandimdan a`lo ko`raman. Sizning boshingizga tushgan musibat o`z pushti kamarimdan bo`lgan o`g`lim boshiga tushgan musibat bo`lur. (O.Y.) 7. Mana bizning qizimiz ham otasidan so`ramay ko`chishga yozilgan.(Sh.R.) 8. - Yo`q, siz menga aniq javob bering.(T.Mal.) 9. Men sizga bekor qiziqib qolmadim. Sizda ilmiy tahlilga intilishni ko`rdim.(T.Mal.) 10. Buni kim aytgan bo`lsa ham mening sha`nimga tuhmat qilibdi, -dedi G`ulomjon.(M.I.) 72-mashq. Gaplarni o`qing. Ko`rsatish olmoshlarini topib, kelishik va egalik qo`shimchalari bilan qo`llanishiga e`tibor bering.O`zakdagi o`zgarishni izohlang. 1. Bu asarlar uzoq mehnat samarasidir. Shu jadvalda keltirilgan ta`rif va tavsif. (M.Sh.) 2. -Buni nega ilgariroq olib kelmadingiz? (A.Qod.) 3. -Bu gaplarni qo`y.Nima qilmoqchisan shuni ayt. (S.A.) 4. O`shanda ha, bir-ikki qadam qo`ygach, to`xtab, atrofga alanglagan edi. (T.Mal.) 5. Mana-bu qishloqi mehmonning kelishi yana ortiqcha bir tashvishni qo`zib ketdi.(Ch.) 6. Ana shunda maktabini qanchalik sevganini butun qalbi bilan his etgandi.(Sh.) 7. Bu joy faqat aziz mehmonlarga atab qurilgan.(S.A.) 8. Mana, o`sha ma`shum voqea yuz berganiga to`rt- besh oydan oshibdi. (O.Y.) 73-mashq. Gaplarni `oqing. So`roq olmoshlarini aniqlang, nimaga nisbatan so`roq bildirishini ayting. 1.Nega cho`chib tushding? Murg`ak tasavvur, go`dak xayolingga nimalar keldi? (G`.G`.) 2. Qay kirar nafasining qachon qaytmasa Sening vujuding ham shu payt chiqindi. (Sh.R.Term.) 3. -Voy, nega unaqa deysiz! Tovba deng! Sizga nima bo`ldi? Sizga nima bo`ldi?(S.A.) 4. -Xo`sh, keyin nima bo`pti, tezroq ayta qolsang-chi? (Sh.R.) 6. Mening qayoqqa, nimaga ketayotganimni u bilmasa, unga tushuntirishim shartmi? (T.Mal.) 7. - Shaharda nima kasb qilasiz. Qudrat aka. (M.I.) 8. -Kim? -dedi G`ulomjon, qorong`ida turib.(M.I.) 9. -Hmm, -dedi Jamol Karimiy qo`lidagi kumushdan naqsh solingan yo`g`on hassasinin likkillatib, -o`qiyotibman deng.Qachon mulla bo`lasiz?(A.Q.) 10. Ulfat o`zining qanday ishlayotgani, qanday shoirlar bilan qayerga borgani, qanday asarlar yozmoqchi ekani to`g`risida so`zladi.(A.Q.)11. Qayerdan keldiykin? Kim yuborgan bo`lishi mumkin. (M.Do`st.) 12. Har bir qush qayerga qanday in qurishni biladi.(T.Mal.) Download 43.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling