Olmosh turkumi tahlili
Download 43.5 Kb.
|
Olmosh turkumi tahlili
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so`z va tushunchalar
79-mashq. Gaplarni o`qing. Olmoshlarni topib, ma`nosiga ko`ra turlarini aniqlang.
1. Kim biladi, bo`lmasaydim shu zamonada. Bu davlatning boshida men, nelar bo`lardi! (M.Sh.) 2. Nima uchun yuzingni yashirasan? Sen ham quyoshda tovlan? (T.M.) 3. -Bu ikki begunohning qamalishlarig`a ham o`sha yaramas sabab bo`ldi. (A.Qod.) 4. -Siz bilan menga shu narsaning nima zarurati bor, usta. (A.Qod.) 5. -Urushda har nima bo`ladi. Birov o`qqa uchadi, birov yarim jon-mayib bo`lib qaytadi. (S.A.) 6. Ammo bu so`limlik uning kayfiyatini yaxshilashga qodir emas edi.(T.Mal.) 7. Bular orasida Zumrad ayniqsa sho`x, so`zlari, qiliqlari o`ziga yarashgan dilbar qiz. (O.) 8. Siz chiqa qoling, dada, men o`zim uzaman, -dedi va gulni oralab ketdi. (Sh.) 9. -Men sizni ana o`sha fitnachilardan ehtiyot qilgan edim, amirzodam! (P.Q.) 10. - Men buning ig`voligini isbot qilurmen! Qayting hammangiz Qo`rg`onga qayting! (P.Q.) 11. Bunda birovlar ona suti kabi pokiza. Bunda kimlar o`zin der oriyatda yagona.(Sh. R.Term.) 12. Baxtiyor odam hammani o`ziga o`xshatadi . Ikromjon hozir shunday kayfiyatda edi. (S.A.) 80-mashq. Gaplarni o`qing. Olmoshlarni topib tuzilishiga ko`ra turlarini aniqlang. 1. Kechqurun gavjum bo`ladigan ko`chalar hozir allanechuk jimjit.(P.Q.) 2. -O`zida turaveradi. Hech kim tegmaydi.(S.A.) 3. U ana shu bepoyon yerlarning chin egasi sifatida uzoq-uzoqlarga sevinch va iftixor bilan termildi va bu yerlarni o`zlashtirib, bag`ri to`la xazinani ochmoq uchun qancha -qancha mehnat zarurligi to`g`risida xayol surdi. (Sh.R.) 4. Uni yaxshi kiyingan, allanarsasiga mag`rur bo`lgan bir necha kishi o`rab oldi.(A.Q.) 5. -Gul sekin -sekin so`ladi, sekin-sekin go`zalligini yo`qotadi, keksara boradigan ko`ngilda hech qachon so`lgan bo`lib ko`rinmaydi. (A.Q.) 6. Azizjon hech qanday ilmiy asosga suyanmagan holda paxtachilikka yovvoyi pushni kiritmoqchi. (O`.U.) 7. U hech nima demay shu turganicha qarab turaverdi. (M.) 8. Kampir qiziga javob topolmadi, allanimalar deb po`ng`illab savatdagi zag`oralarni yoyib qo`ydi-da, oshxona yig`ishtirgani ketdi. (O.) 9. Shu mahal kimdir uning otini aytib chaqirib qoldi.(Sh.) 10.Sizsiz kelajak yo`q, siz axir xalqning ming yilini ko`rajak qaroqlarisiz.(G`.G`.) 81-mashq. Gaplarni o`qing.Olmoshlarni topib, to`liq morfologik tahlil qiling. 1. U toshlarga urilib oqayotgan suvdan bolaligini qidirayotganga o`xshaydi. Bu orolchalarda qanchadan -qancha hayollari qolgan. Shu sohillarda u balog`atga yetdi. Shu orolchalarda ne-ne buyuk orzular og`ushida mas bo`ldi.(S.A.) 2. Mana endi hammasi kunpayakun bo`ladi. Nega? Qachon boshlandi bu ko`rgulik. (O.Y.) 3. -Bu ham nomiga ishlangan .Maktabga borib yurma, uni baribir tanishmaydi... (T.M.) 4. Shu payt uning ko`ziga yashnab turgan daraxtlar, suvi to`la marmar hovuz allanechuk mung`ayib turganday ko`rindi. (P.Q.) 5. - O`zlaringdan qolar gap yo`q. beklar bilan navkarlar bizni yog`iyning oyog`i ostiga tashlab ketdi. (P.Q.) 6. Tasodif emasdir, balki sen bizni hayot o`zi taqmish baxtning ipiga.(G`.G`.)7. Bir-ikki muxlisimning maqtovidan o`zga yo`q. So`ng kimlar qo`lin qisib, kimlarga bergum salom. (Sh.R.Term.) 8. -Kim o`zi, bu bola, dadasi?-dedi Jannat xola sekingina.(S.A.) 9. Harna qilganda ham ona-ona. U o`z bolasini bir parcha etdan katta qilguncha ne mashaqqatlar tortmagan!(S.A.) 10. -Senga boylik kerak emas. Buni bilaman.Ammo bu duru javohirlarni boya men aytgan yaxshi tilak yo`lida ishlatursen! (O.Y.) Tayanch so`z va tushunchalar: Olmosh, kishilik olmoshlari, ko`rsatish olmoshlari, o`zlik olmoshi, so`roq olmoshlari, belgilash olmoshlari, bo`lishsizlik olmoshlari, gumon olmoshlari, sodda olmosh, qo`shma olmosh, juft olmoshi. Download 43.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling