Olmosh turkumi tahlili


Download 43.5 Kb.
bet3/5
Sana01.05.2023
Hajmi43.5 Kb.
#1420070
1   2   3   4   5
Bog'liq
Olmosh turkumi tahlili

74-mashq. Gaplarni o`qing. So`roq olmoshlarini topib, qaysi kelishik shaklida qo`llanganini ayting.Gapdagi vazifasini izohlang.
1. Qalbim mening ezgu hislarga vatan, bu ham kimga malol, kimga edi xush. (Sh.R.Termiziy.) 2. Nima qilishni bilmay, ancha vaqtgacha jim turib qoldi. (S.A.) 3. U bunday ig`voning qayerdan kimdan chiqqanligini bilmas edi. (M.I.) 4. Ko`zingiz aytib turibdi: xafaroq ko`rinasiz? Nima gap? Aytovering. Menga aytmasangiz kimga aytasiz.(O`.U.) 5. Xo`sh, siz qaysi birini oldingiz, nimaga asoslanib oldingiz.(O`.U.) 6. Nishonga tegmagan o`qning kimga nafi bor. (O`.U.) 7. -Bilamizda shu yerda o`tirib rizqimizni terib yeganimizdan keyin kim keldi, kim ketdi kimning dardi nima-sezib turamiz-da.(T.Mal.) 8. Axir bu yerda odamlar ishlab, odamlar dam oladilar-ku, nega g`amxo`rlik qilmadingiz. (Sh.R.)
75-mashq. Gaplarni o`qing. Belgilash olmoshlarini topib, turini aniqlang. Jamlovchi va ajratuvchi belgilash olmoshlarini alohida ustunda yozib chiqing.
1. Shu bilan hammalari jim bo`ladilar. (Ch.) 2. Hammasi butun, hammasi bor. Faqat uning o`zi yo`q.(P.Q.) 3. Manzura barcha bilan bir sidra tanishib chiqqach, Gulizor begim iltifot qildi. (T.Mal.) Lekin barimiz ham qora ishda ishlaymiz masterovoymiz, o`qimaganmiz-da mashinaning tiliga tushunmaymiz.(M.I.) 4. U qobiliyat to`g`risida “zarshunos” bo`lib, har kimga o`z iqtidoriga qarab, shu sirlardan ozroq aytadi.(A.Q.) 5.Vilt tashqi muhitga shu qadar tez moslashuvchan baloi azimki, sal o`tmay har qanday zaharga ham o`rganib olishi turgan gap.(O`.U.) 6. ...Mayli, ishga kirishaver qo`limdan kelgan hamma yordamimni ayamayman...(O`.U.) 7. Hozir esa institutning barcha laboratoriya boshliqlari, yetakchi olimlar to`planishgan.(O`.U.) 8. Mirsalimning hamma gapdan xabari bor edi.(Sh.)
76-mashq. Gaplarni o`qing. O`zlik olmoshlarini topib, qo`llanishiga e`tibor bering. Egalik qo`shimchalari tagiga chizib shaxs va sonini aniqlang. Qaysi kishilik olmoshi o`rnida qo`llanganligini ayting.
1. O`zim ham bu maktubni shu bu kun ko`rdim, -dedi.(A.Qod.) 2. Odamzod o`zligingni o`zingdan qil himoya.(Sh.R.Term.) 3. O`zi oqshomga qadar tibbiy ekspertiza xulosasini kutdi. (T.Mal.) 4. Eng kichik zarradan Yupitergacha o`zing murabbiysan, xabar ber,Quyosh! (G`.G`.) 5. To qabohat bor ekan hayotning qil cheti g`am, odamzod, o`zligingni, o`zingdan qil himoya.(Sh.R.Term.) 6. Ko`zini yumib, ingrab yuborganini o`zi ham sezmay qoldi.(T.Mal.) 7. -Maqsud aka, aytayotgan gaplaringizga o`zingiz ham ishonmayapsiz. (T.Mal.) 8. O`rnidan qo`zg`alib turmoqchi ham bo`ldi, lekin o`zini bosdi.(M.I.) 9. -Shoirni o`ziga munosib kuchga ega bo`lgan odam tanqid qilsa alam qilmaydi.(A.Q.) 10. Saidiy jurnal idorasiga yetguncha o`zini o`zi ogohlantirib bordi. (A.Q.) 11. U, inson hamisha istaganini emas, ko`pincha o`ziga yoqmagan ishlarni qilishga ham majburligini tushunmasdi.(O`.U.)

Download 43.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling