Olmosh turkumi tahlili


Download 43.5 Kb.
bet4/5
Sana01.05.2023
Hajmi43.5 Kb.
#1420070
1   2   3   4   5
Bog'liq
Olmosh turkumi tahlili

77-mashq. Gaplarni o`qing.Bo`lishsizlik olmoshlarini topib, ma`nosini izohlang. Kelishik va egalik qo`shimchalari bilan qo`llangan bo`lishsizlik olmoshlarini shaxs va soni, qaysi kelishikda ekanligi va gapdagi vazifasini ayting.
1. Jannat xola uning gaplaridan hech narsa tushunmadi.(S.A.) 2. Nizomjon ko`zini ochganda ayvonda hech kim yo`q edi. (S.A.) 3. Madaminxo`janing paxtazorida esa terim tushgan bugun bu yerda hech kim chiqmagan edi. (M.I.) 4. G`ulomjon chuqur tin oldi, ko`zlarini yumib, hech nima o`ylamaslikka tirishdi.(M.I.) 5. Munisxon Saidiyning orqasidan qarab o`ziga hech qachon bo`lmagan bir his sezdi. (A.Q.) 6. To bu odam kursiga sekin, ehtiyot bilan o`tirmaguncha hech kim o`tirmadi. (A.Q.) 7. Bunday paytlarda Sodiqning ko`ziga hech narsa ko`rinmaydi. (Sh.) 8. Chumchuq hech qachon burgut uyasini orzu qilmaydi.(T.Mal.)9. Tog`a Ikromjonning umrida hech kimga hech qanday iltimos qilmaganligini, sha`niga dog` tushuradigan ishga qo`l urmasligini bilardi. (S.A.) 10. Muhammad Solihning bu gapiga endi hech kim e`tiroz qilolmadi.(P.Q.)
78-mashq. Gaplarni o`qing.Gumon olmoshlarini topib ma`nosi va qanday hosil bo`lganini izohlang.
1. - Men hech qachon.... hech kimga surat bergan emasman.(O.Y.) 2. Farmonov to`satdan allaqanday ma`yus,kulimsirab, deraza oldiga bordi-da, oq qog`ozga o`ralgan papkaga o`xshash bir narsani olib kelib, Rasulga uzatdi.(O.Y.) 3. Shu payt mulla Fazliddin o`z yuziga kimningdir mayin nigohi tushganini his qildi. (P.Q.) 4. Deraza tarafga qarab o`tirgan yigit nimadir deyapti. (S.A.) 5. G`ulomjon bu o`tli kuylarini kim uchundir aytar, ayta turib, ko`zlari bilan kimnidir izlar edi. (M.I.) 6. “Segoh” ga o`tdi, yana allaqanday g`amgin, ezg`in kuylarni aytdi. (M.I.) 7. Tinchgina birov halal bermaydigan, studentlarning ko`zidan uzoq joy bo`lsa yaxshi bo`lar edi. (A.Q.) 8. Dahlizning tashqi eshigi ochilib kimdir kirdi. (A.Q.) 9. Hozirgina lovullab turgan jismini allaqanday yoqimsiz kayfiyat egalladi-yu, umrida sira boshidan kechirmagan ko`ngil xijillikdan yuragi siqila boshladi.(O`.U.) 10. Mana shu “lekin unutmabdi” degan fikr unga qandaydir g`alati, negadir juda ahamiyatli bo`lib tuyuldi. (O`.U.)

Download 43.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling