"Oltin halqa" turizm konsepsiyasi 1-ilovaga muvofiq


-bob. Kutilayotgan natijalar


Download 0.52 Mb.
bet4/11
Sana13.01.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1092156
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1053 31.12.2019

3-bob. Kutilayotgan natijalar.
“Oltin halqa” turizm konsepsiyasi Toshkent viloyatining turizm salohiyatini rivojlantirishga, viloyatning Bo‘stonliq, Ohangaron, Parkent, Bo‘ka, Chinoz, Zangiota tumanlari va Angren shahrida zarur infratuzilmani shakllantirish orqali ularning o‘zaro bog‘liqligini ta’minlashga, turistlarning uzluksiz sayohatlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga, viloyat hududlarining rang-barangligini namoyish etishga hamda turistlar oqimini yanada ko‘paytirish va ularning hududda bo‘lish davomiyligini uzaytirishga imkoniyat yaratadi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1053-son qaroriga
2-ILOVA
2020-2021-yillarda Toshkent viloyatida turizm sohasini jadal rivojlantirish va “Oltin halqa” turizm konsepsiyasini amalga oshirish
ChORA-TADBIRLARI DASTURI

t/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

1.

Toshkent viloyatining “Oltin halqa” turizm logotipini (yo‘nalishga kiritilgan hududlarning turizm xususiyatlarini umumiy fonda aks ettirgan holda) ishlab chiqish.

1. Tanlov komissiyasi tarkibini tasdiqlash.
2. Toshkent viloyatining “Oltin halqa” logotipining asosiy talablarini belgilagan holda tanlov e’lon qilish.
2. Tanlov natijalari bo‘yicha takliflarni jamoatchilik muhokamasiga qo‘yish.
3. Yakuniy natijalarni Tanlov komissiyasida muhokama qilish va logotipni ishlab chiqish.

2020-yil mart

Mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari va homiylik mablag‘lari

Toshkent viloyati hokimligi,
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

2.

“Oltin halqa”ga kiruvchi shahar va tumanlarning kirish joyida tasdiqlangan logotip asosida stella o‘rnatish.

1. Stella maketini tayyorlash.
2. “Oltin halqa”ga kiruvchi shahar va tumanlarning kirish qismida stella o‘rnatiladigan joylarni belgilash.
3. Shahar va tumanlar Toshkent viloyatining “Oltin halqa”siga kirishini ko‘rsatuvchi stella o‘rnatish ishlarni amalga oshirish.

2020-yil aprel

Mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari va homiylik mablag‘lari

Toshkent viloyati hokimligi

3.

Toshkent viloyatining “Oltin halqa” yo‘nalishi bo‘yicha turizm xaritasini ishlab chiqish.

1. “Oltin halqa” yo‘nalishidagi turizm obyektlarini xatlovdan o‘tkazish va ro‘yxatini shakllantirish.
2. Turizm xaritasini ishlab chiqish.
3. Turizm axborot-markazlari va turoperatorlar orqali turizm xaritalarini turistlarga tarqatish.

2020-yil
mart

Ijrochilar mablag‘lari

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zerdavgeokadastr” qo‘mitasi qoshidagi “Kartografiya” davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi

4.

“Oltin halqa”ga kiruvchi shahar va tumanlarning turizm salohiyati haqida o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi videoroliklar ssenariysini ishlab chiqish va suratga olish.

1. “Oltin halqa”ga kiruvchi shahar va tumanlarning o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi videoroliklar ssenariysini ishlab chiqish.
2. Tayyorlangan ssenariylar asosida suratga olish ishlarini tashkil etish.

2020-yil yanvar
2020-yil

Ijrochilar mablag‘lari

Toshkent viloyati hokimligi,
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi

5.

“Oltin halqa”ga kiruvchi shahar va tumanlarda “Tomosha-kuzatuv maydonlari”ni barpo etish.
Ushbu maydonlarda turizm axborot markazlari, Toshkent viloyati haritasini (katta shaklda) joylashtirishga alohida e’tibor qaratish.

1. “Oltin halqa”ga kiruvchi �ahar va tumanlarda “Tomosha-kuzatuv maydonlari”ni barpo etish uchun yer maydonlarini belgilash;
2. Belgilangan hududlarda “Tomosha-kuzatuv maydonlari”ni barpo etish.

2020-yil iyul

Tashabbuskorlar mablag‘lari

Toshkent viloyati hokimligi,
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
“O‘zerdavgeokadastr” qo‘mitasi,
Favqulotda vaziyatlar vazirligi,
Savdo-sanoat palatasi

6.

Kumushkon qishlog‘ida yil davomida tashkil etiladigan ommaviy, madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar ro‘yxatini, har bir tadbirni tashkil etishning aniq muddatlarini ko‘rsatgan holda shakllantirish va tasdiqlash.

1. Ommaviy, madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar ro‘yxatini shakllantirish.
2. Shakllantirilgan ro‘yxatni tasdiqlash.
3. Ro‘yxat asosida tadbirlarni tashkil etish.

2020-yil yanvar
2020-yil

Ijrochilar mablag‘lari

Toshkent viloyati hokimligi,
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
Madaniyat vazirligi

7.

Toshkent v�loyati Oqtosh-Chorvoq yo‘nalishida “Aktash-Charvak mountains” har yilgi velopoyga musobaqasini tashkil etish.

1. Velopoyga tashkil etishning tashkiliy masalalarini hal etish.
2. Velopoyga musobaqasini o‘tkazish.

2020-yil
may-iyun

Ijrochilar mablag‘lari

Toshkent viloyati hokimligi,
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,
“Uzreport” telekanali

8.

“Oltin halqa”ga kiruvchi shahar va tumanlarda zamonaviy ovqatlanish shoxob�alarini tashkil etish, shu jumladan, Toshkent shahri va viloyatlarda mavjud nufuzli restoran va yengil ovqat shoxobchalarining filiallarini tashkil etish.

1. Zamonaviy ovqatlanish shoxobchalarini tashkil etish nuqtalarini belgilash.
2. Aniqlangan hududlarni kelishish uchun Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashga taqdim etish.
3. Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning qarorini qabul qilish.
4. Belgilangan nuqtalarda zamonaviy ovqatlanish shoxobchalarini tashkil etish bo‘yicha loyiha tashabbuskorlarini aniqlash.
5. Loyihalarni amalga oshirish.

2020-yil fevral
2020-yil fevral
2020-yil mart
2020-yil mart-aprel
2020-2021-yillar

Ijrochilar mablag‘lari

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
Toshkent viloyati hokimligi,
“O‘zerdavgeokadastr” qo‘mitasi

9.

“Oltin halqa”ga kiruvchi shahar va tumanlarda yengil konstruksiyali ovqatlanish shoxobchalarini barpo etish uchun har bir shahar va tumanda kamida 10 ta hudud (nuqta) belgilab, “Shashleek” ovqatlanish savdo nuqtalarini pilot o‘rnatish.

1. Yengil ovqatlanish shoxobchalarini tashkil etish nuqtalarini belgilash.
2. Aniqlangan hududlarni kelishish uchun Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashga taqdim etish.
3. Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning qarorini qabul qilish.
4. Belgilangan nuqtalardagi hududlarni vaqtincha foydalanishga berish uchun tashabbuskorlarini aniqlash.
5. Loyihalarni amalga oshirish.

2020-yil fevral
2020-yil fevral
2020-yil mart
2020-yil mart-aprel
2020-2021-yillar

Tashabbuskorlar mablag‘lari

Toshkent viloyati hokimligi,
“O‘zerdavgeokadastr” qo‘mitasi,
“Shashleek” MChJ


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling