Parkent tumani
19.
|
Parkent tumanining So‘qoq qishlog‘ida har yili may oyida “So‘qoq taomlari gastronomik turizm festivali”ni o‘tkazish.
|
1. Festivalni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitani tashkil etish.
2. Tashkiliy qo‘mita tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlarni tasdiqlash.
3. Tasdiqlangan tadbirlarga muvofiq tashkiliy ishlarni amalga oshirish.
|
2020-yil may
|
Tashabbuskorlar mablag‘lari
|
Toshkent viloyati hokimligi,
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasi
|
20.
|
Parkent tumanining Zarkent hududida har yili avgust oyida “Vino festivali”ni o‘tkazish.
|
1. Festivalni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitani tashkil etish.
2. Tashkiliy qo‘mita tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlarni tasdiqlash.
3. Tasdiqlangan tadbirlarga muvofiq tashkiliy ishlarni amalga oshirish.
|
2020-yil avgust
|
Tashabbuskorlar mablag‘lari
|
Toshkent viloyati hokimligi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “O‘zsharobsanoat” agentligi,
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
|
21.
|
Parkent tumanining Kumushkon mahallasida tashkil etilayotgan “Turizm qishlog‘i”da 50 ta oilaviy mehmon uylarini tashkil etish.
|
Mahalladagi xonadon egalari uchun oilaviy mehmon uylari tashkil etishning tartibi va imtiyozlari yuzasidan targ‘ibot va tushuntirish ishlari hamda seminar- treninglar tashkil etish.
|
reja-jadval asosida
|
Tashabbuskorlarning
o‘z mablag‘lari,
tijorat banki kreditlari
|
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
Toshkent viloyati hokimligi,
tashabbuskorlar
|
22.
|
Parkent-Kumushkon-Parkent yo‘nalishida turistik avtobus va taksi xizmatlarini yo‘lga qo‘yish.
|
1. Turistlar talabini o‘rganish.
2. O‘rganish natijalariga ko‘ra yo‘nalish xaritasi tashkil etish.
3. Tashabbuskorlarni jalb etish.
4. Yo‘nalishlar bo‘yicha qatnovlarni yo‘lga qo‘yish.
|
2020-yil may
|
Ijrochilar mablag‘lari
|
Toshkent viloyati hokimligi,
Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi
|
23.
|
Parkent tumanidagi “Kumushkon turistik qishlog‘i”ni toza ichimlik suv bilan ta’minlash.
|
1. Mavjud ehtiyojni o‘rganish.
2. Loyihani ishlab chiqish va davlat investitsiya dasturiga kiritish.
3. Belgilangan tartibda hududni ichimlik suv bilan ta’minlash.
|
2021-yil may
|
Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi
|
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi,
Suv xo‘jaligi vazirligi,
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
|
24
|
Parkent tumanidagi “Kumushkon turistik qishlog‘i” hududida turistlar uchun sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil etish.
|
1. Sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil etish bo‘yicha joylarni aniqlash.
2. Tadbirkorlik subyektlarini jalb etgan ho�da sanitariya-gigiyena shoxobchalarini barpo etish.
|
2020-yil dekabr
|
Tashabbuskorlar mablag‘lari hisobidan
|
Toshkent viloyati hokimligi,
tashabbuskorlar
|
25
|
A-373 hamda 4R-12 avtomobil yo‘llarining Angren shahridan Parkent tumanigacha bo‘lgan qismlarida turistik yo‘l ko‘rsatgichlarni o‘rnatish.
|
1. Yo‘l belgilari o‘rnatiladigan joylarni aniqlash.
2. Belgilangan joylarga yo‘l belgilarini o‘rnatish.
|
2020-yil oktyabr
|
Ijrochilar mablag‘lari hisobidan
|
Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi,
Toshkent viloyati hokimligi
|
26
|
Parkent tumanidagi 28 gektar uzumzor maydonida vinochilik turizmiga bag‘ishlangan “Vinochilar maskani” loyihasini amalga oshirish
|
1. “Parkent konsalting servis” MChJga tegishli 28 gektar uzumzorni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilikni va vinochilikni rivojlantirish agentligiga (Agentlik) balans qiymatda jamiyatning Agentlik oldidagi qarzdorligi hamda qolgan qismiga jamiyat ustav kapitalidagi davlat ulishini kamaytirish hisobiga o‘tkazish.
2. “Vinochilik maskani” loyihasi doirasida Agentlik tasischiligidagi mas’uliyati cheklangan jamiyati ko‘rinishidagi yuridik shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazish va 28 gektar yer maydonini ular o‘rtasida taqsimlash.
3. 28 gektar yer maydonida “Vinochilar maskani” loyihasini tayerlash.
4. Mazkur loyihaning tashabbuskorlarini aniqlash uchun tanlov e’lon qilish va Agentlik tomonidan amalga oshirilgan xarajatlarni qoplash sharti bilan yuridik shaxslardagi Agentlik ulushini g‘oliblarga o‘tkazib berish.
5. Loyihani amalga oshirish.
|
2021-yil
|
Tashabbuskorlar va Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilikni va vinochilikni rivojlantirish agentligi jamg‘armasi mablag‘lari
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilikni va vinochilikni rivojlantirish agentligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,
Toshkent viloyati hokimligi,
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
|
|