"Oltin halqa" turizm konsepsiyasi 1-ilovaga muvofiq


-bob. Konsepsiyasining maqsadi va asosiy vazifalari


Download 0.52 Mb.
bet3/11
Sana13.01.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1092156
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1053 31.12.2019

2-bob. Konsepsiyasining maqsadi va asosiy vazifalari
Toshkent viloyatining “Oltin xalqa” turizm konsepsiyasi turistlarni tizimli jalb qilish maqsadida barcha turizm xizmatlarini ko‘rsatishni tartibga solish, hududning jozibadorligini oshirish, turistlar logistikasi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali ularning uzoq muddat viloyat hududida bo‘lishlarini ta’minlashga qaratilgan.
Quyidagilar Konsepsiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
hududdagi turistik maskanlarda qulay shart-sharoitlar yaratish orqali aholi va tadbirkorlarning daromadlarini oshirish;
turistlar vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun har tomonlama qulay shart-sharoitlar yaratish;
turizm infratuzilmasi obyektlariga xizmat ko‘rsatishni tashkil etish, madaniy dam olish, turli xil sport turlari, eko, agro va ekstremal turizm bilan bog‘liq xizmatlar tashkil etish.
Konsepsiya quyidagilarni amalga oshirishni nazarda tutadi:
1. Zangiota — Chinoz — Bo‘ka — Ohangaron — Angren — Parkent — Bo‘stonliq yo‘nalishida turizm marshrutlari va yo‘l ko‘rsatkich xaritalarini ishlab chiqish.
2. Hududlardagi turistik obyektlarni xatlovdan o‘tkazish, obyektlarning barcha ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan pasportlarini tayyorlash, har bir turizm obyektida xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash bo‘yicha yo‘l xaritalarini ishlab chiqish.
3. Turizm marshrutlaridagi mavjud yo‘lbo‘yi infratuzilmalarini xatlovdan o‘tkazish, ularda xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash choralarini ko‘rish, yangi tashkil etish zarur bo‘lgan yo‘lbo‘yi infratuzilmalarini joylashtirish manzillarini belgilash va namunaviy loyihalarini tayyorlash.
4. Turizm marshrutlarida yangi turizm obyektlarini tashkil etish yuzasidan jahon tajribasini o‘rganish, yangi turizm obyektlarini barpo etish manzillarini aniqlash, namunaviy loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
5. Turizm marshrutlarida alohida “Oltin halqa” yo‘nalishli taksilar, zamonaviy yengil avtomashinalar, mikroavtobuslar va avtobuslarning qatnovini tashkil qilish.
6. Konsepsiya doirasida hududlarning yo‘l infratuzilmasini yaxshilash choralarini ko‘rish.
7. Hududlarda turistlar uchun milliy urf-odatlarni namoyish etuvchi madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar tashkil qilish dasturini ishlab chiqish va doimiy ravishda tashkil etish.
8. Har bir hududning milliy choyxonalarini tashkil etish.
9. Hunarmandchilikni rivojlantirish, turistlar uchun esdalik sovg‘alari tayyorlashni yo‘lga qo‘yish, hunarmandlarning uy muzeylarini tashkil etish.
10. Oilaviy mehmon uylarini tashkil qilish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borish va aholini tadbirkorlikka jalb qilish.
11. “Oltin halqa” turizm konsepsiyasi doirasida Toshkent viloyatining turizm salohiyatini targ‘ib qilish bo‘yicha videoroliklar, qo‘llanmalar, yo‘l ko‘rsatkichlar, reklama-targ‘ibot materiallari tayyorlash va tarqatish.
12. Turizm obyektlarida xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash bo‘yicha sohada faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar xodimlari uchun maxsus o‘quv kurslarini tashkil qilish.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling