Oltin o‘rdadagi madaniy va adabiy hayot


Sharq adabiyotida “Yusuf” qissalari va “Yusuf va Zulayho” dostonlarining ildizlari


Download 64.44 Kb.
bet9/13
Sana06.04.2023
Hajmi64.44 Kb.
#1331094
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
1-15 ONA TILI BOYSUN

Sharq adabiyotida “Yusuf” qissalari va “Yusuf va Zulayho” dostonlarining ildizlari
"YUSUF VA ZULAYHO" — Sharq xalqlari orasida mashhur va keng tarqalgan ishq qissasi, doston. Asl manbai — ilohiymuqaddas kitoblar: Tavrot, Injil va Qurʼoni karim. Qurʼondagi talqini birmuncha ixcham va badiiy shakllangan. Tavrotdagisi folklorga yaqin va qadimiy Misr afsonalariga borib taqalishi taxmin qilinadi. Sharqda keng tarqalgan qissaning bu varianti Qurʼoni karimning "[[Yusuf" (12) surasi asosida shakllangan boʻlib, jamiki "YU. va 3." qissa va dostonlarining ilhom manbai ushbu suradir. Ushbu qissa Qurʼonda "ahsan ulqisas" ("qissalarning eng goʻzali") deya taʼriflanadi (qarang [[Yusuf).
Mazkur qissa davrlar oʻtishi bilan Sharqda goʻzal adabiyot namunasi sifatida keng tarqaldi, koʻplab yangi voqealar bilan boyib, alohida asar holida qalamga olina boshladi. Sharqda (9-asrdan) 150 dan ortiq "YU. va 3." dostonu qissalari yaratildi. Xususan, eng mashhurlari qatorida Firdavsiy, Abulmuayyid Balxiy, Shahobiddin Amʼaq, Shohin Sheroziy, Abdulloh Ansoriy, Xoja Masʼud Iroqiy, Abdurahmon Jomiy va boshqalarning qissadostonlarini koʻrsatish mumkin. Xuddi shuningdek, turli davrlarda turkiy adabiyotda ham shu mavzuda 50 ga yaqin asar ijod qilingan. Jumladan, Qul Ali, Nosiriddin Rabgʻuziy, Haydar Xorazmiy, Mulla [[Yusuf Yorkandiy, Nozim Hiraviy, Sayqaliy, Xiromiy, Salohiy, Andalib, Hoziq kabi ijodkorlar qissa va dostonlar bitganlar.
Asarning keng tarqalishi va shuhrat qozonishiga asosiy sabab uning mazmunmohiyatidagi muhabbat talqinidir. Asar "YU. va 3.", "Qissai [[Yusuf alayhissalom" yoki "Qissai [[Yusuf paygʻambar" deya turlicha nomlanishiga va turli davrlarda, turli ijodkorlar tomonidan yozilishiga qaramay, unda ishq mavzui sufiyona talqinning eng jozibador namunasi boʻlib qolaverdi. Shu bilan birga, "YU. va 3." dostonlari oʻziga xos sof insoniy muhabbatni tarannum etuvchi dunyoviy adabiyot namunasi hamdir. Mas, Durbekka nisbat berib kelingan Xorazmiyning "YU. va 3." dostonida (1409)Oʻrta Osiyo xalkdarining turmush tarzi, oshiqlarning muhabbat toʻla sarguzashtlari juda yorqin boʻyoqlarda goʻzal tasvirlangan. Umuman, davrlar oʻtishi bilan "YU. va 3." dostoni syujeti asosida yaratilgan asarlarda oʻz davrining turli axloqiy va falsafiy qarashlari, ijtimoiy va siyosiy tushunchalari aks etib boraverdi.
Ushbu syujet asosida asarlar yaratish 20-asrda ham davom etdi. Xususan, Hamza Hakimzoda Niyoziy "Qiroat" kitobida bu qissani sodda til bilan qisqacha hikoya qilgan, Nozim Hikmat "Goʻzal [[Yusuf" pyesasi, Ramz Bobojon "YU. va 3." musiqali dramasini yaratdi. Jomiyning "YU. va 3." asari 19-asrda Ogahiy tomonidan oʻzbekchaga tarjima qilindi. Gʻarb adabiyoti ham bu syujetga murojaat qilgan (T. Manning "[[Yusuf va uning akalari" tetralogiyasi, 1933—43). Durbekning hayoti va faoliyati haqidagi materiallar uning yagona dostoni «Yusuf va Zulayho» orqali yetib kelgan. Asar 1409 yil Balxda yozilgan. Uning ismi, ijtimoiy kelib chiqishi va boshqalar haqidagi ma’lumotlar yoʻq. Balx qamalining guvohi boʻlgan. Bu erdagi voqealarni kuzatgan. Bu erda koʻp kitob mutolaa qilganligini, forsiy tildagi «Yusuf va Zulayho» asarlarini oʻqiganligini va turkiy tilda asar yozish niyati tugʻilganini ta’kidlaydi. Dostonda XIV asr oxiri-XV asr boshlarida yuz bergan tarixiy hodisalar Yusuf va Zulayhoning romantik sarguzashtlari orqali tasvirlanadi. Asarda hayotiy, insoniy goʻzallik, dunyoviy va diniy ishq-muhabbatning tasviri, halollik va toʻgʻrilik kabi mavzular yoritiladi. Asardagi ijobiy qahramonlar oʻzining xarakteri, ruhiyati, oʻziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bu ijobiy qahramonlar Yusuf va Zulayho, I.Yamin, Ya’qub, Bashir shuningdek, Yusufning qutilishga yordam bergan Jabroil obrazlari kiradi. Asarning bosh obrazi Yusufdir. Shoir Yusuf faoliyatini boshlanishidan to oxirigacha batafsil tasvirlaydi. usuf-Ya’qub paygʻambarning kichik oʻgʻli. Durbek bu obrazni, diniy va insoniy mavzuni uzviy bogʻlagan holda tasvirlaydi. Yusuf obrazi koʻp jihatlari bilan Qur’oni karimdagi Yusufga yaqin va ayni paytda ba’zi jihatlari bilan farq ham qiladi. Yusufdagi ijobiy fazilatlar, insonga xos xususiyatlar, uning donoligi, insonparvarligi, xushmuomalaligi, vatanparvarligi, ota-onasiga nisbatan boʻlgan farzandlik muhabbati kabilarda koʻrinadi.
Yusuf va Zulayxo” turkumidagi dostonlarning shakllanishi
«Yusuf va Zulayho» syujeti xalq orasida nihoyatda mashhurdir. Manbalarda Yusufni juda qadimiy ildizga ega ekanligi, u yahudiylarning qadimiy xudolaridan biri boʻlsa kerak degan qarashlar bayon etilgan. Sharqda «Yusuf va Zulayho» obrazlari bilan koʻplab afsona va rivoyatlar yaratilgan. Bu syujetning yana ham keng yoyilishida «Tavrot» va «Qur’oni karim»ning ham juda katta ta’siri boʻldi. Bu muqaddas diniy kitoblarda Yusuf bilan bogʻliq voqealar, suralar keltirilgan. Yozma adabiyotda «Yusuf va Zulayho» syujeti ancha ilgari davrlardan boshlab yoritila boshlandi. Abul Muayyad Balxiy, Baxtiyoriy degan shoirlarning bu syujet asosida asar yozgan degan ma’lumotlar mavjud. Lekin ularning asarlari bizgacha saqlanib qolmagan. Yusuf-Ya’qub paygʻambarning kichik oʻgʻli. Durbek bu obrazni, diniy va insoniy mavzuni uzviy bogʻlagan holda tasvirlaydi. Yusuf obrazi koʻp jihatlari bilan Qur’oni karimdagi Yusufga yaqin va ayni paytda ba’zi jihatlari bilan farq ham qiladi. Yusufdagi ijobiy fazilatlar, insonga xos xususiyatlar, uning donoligi, insonparvarligi, xushmuomalaligi, vatanparvarligi, ota-onasiga nisbatan boʻlgan farzandlik muhabbati kabilarda koʻrinadi.
Yusuf-goʻzallik timsoli. Otasining sevimli farzandi. Shu sabab ham akalari unga hasad qilishadi. Yusufni chohga tashlashadi. Qul qilib sotishadi, azoblarga giriftor etishadi. Keyinchalik Yusufning hayoti va taqdiri Misr xalqi hayoti bilan bogʻlanadi. U Zulayhoning tuhmatlariga chidaydi, zindon azobini boshdan kechiradi, oʻtkir muabbirligi-tushni ta’birlay olishi, zindon azobini tortish Misr xalqini ochlikdan xalos etishi, akalari bilan uchrashuvi, Zulayhoga uylanishi, akalarining gunohlarini kechirishi, otasi Ya’qub bilan uchrashishi, Misrni odillik bilan boshqarishi va boshqalar bilan xarakterlanadi.
Asardagi muhim obrazlardan yana biri Zulayhodir. Zulayho-goʻzal va ayni paytda oʻtli ishq egasi. U Yusufni tushida koʻrib, sevib qoladi. Magʻrib shohi Taymusshoh qizi boʻlgan Zulayho quyidagi qiyofaga ega: Bir qizi bor edi mahi xovariy,

Oraziga shamsu qamar mushtariy.


Yuzi quyosh erdi, vale bezavol,
Barcha funun bobida sohibkamol .
Hosili umri edi ul shohning,
Oti Zulayho edi ul mohning.
Zulayho ishq dardiga mubtalo boʻladi. Dardi kundan-kun alangalanadi. Tushida Yusufning Misrda ekanligini bilgach, Misrga borishga ahd qildi, ota-onasi uni Misrga uzatishadi. U Misr Aziziga duch keladi. Yusuf ishqi bilan yashaydi. Zulayho Yusufni sotib oladi, xalqning malomatlariga qoladi. Yusufga tuhmat qiladi. Qiyinchiliklarni sabr bilan engadi va oxir-oqibat Yusufga turmushga chiqib oʻgʻilqizlar koʻradi.
Asardagi Ya’qub mehribon ota sifatida namoyon boʻlsa, Bashir va uning onasi obrazlarida shoirning yaxshilik va yomonlik haqidagi qarashlari oʻz ifodasini topgan. Yusuf va Zulayhoning Meshom va Farohim ismli oʻgʻillari va Rohima ismli qizlari ularning quvonchiga-quvonch, baxtiga-baxt qoʻshadi.
Dostondagi salbiy obrazlarni Yahudo boshchiligidagi Ya’qubning katta oʻgʻillari tashkil etadi. Molik esa savdogarlarning tipik obrazidir.
«Yusuf va Zulayho»da xalq ogʻzaki ijodining chuqur ta’siri seziladi. Tush koʻrish, tushni ta’birlash, behad goʻzallik, hayvonlarning gapirishi, bir zarb bilan tosning gapirishi, toshni koʻtarib otish, yigʻlaganda giyohlarning unishi, yigʻlayyigʻlay koʻzning koʻr boʻlishi, farzandining koʻylagini koʻziga surtishi bilan koʻr koʻzning ochilishi kabilarda bularni kuzatamiz.

Qisasi Rabg‘uziy”da kichik janrlar badiiyati



Download 64.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling