Oltin o‘rdadagi madaniy va adabiy hayot
Temuriylar davri adabiyotida xamsanavislik
Download 64.44 Kb.
|
1-15 ONA TILI BOYSUN
Temuriylar davri adabiyotida xamsanavislik
“Xamsanavislik an'anasi" modulining nazariy asoslari va ustuvor yo‘nalishlari. Sharq mumtoz adabiyotining eng go‘zal va boy an`analaridan biri bu xamsanavislik, aniqrog‘i, Nizomiy Ganjaviy dostonlariga nazira yozish an`anasidir. Ozarboyjon xalqining buyuk farzandi Nizomiy Ganjaviy (1142-1209) 1174-2006 yillar davomida turli sabab va takliflar natijasida «Maxzan ul-asror» (1176), «Xusrav va Shirin» (1181-82), «Layli va Majnun» (1188), «Haft paykar» (1196) hamda «Iskandarnoma» (1206) kabi dostonlarni yaratdi. Uning o‘zi bu dostonlarni umumlashtirib, bir nom bilan atamagan. Biroq uning dostonlari keyinchalik bitta kitob holida ko‘chirilib, dastlab «Panj ganj», so‘ngra «Xamsa» tarzida umumiy bir nom bilan atalgan. Nizomiy Ganjaviyning dostonlari, tabiiyki, oldindan belgilangan reja asosida, yaxlit asar sifatida yaratilgan emas. Ya’ni beshala doston ham oldindan rejalashtirilgan deb bo‘lmaydi. Biroq u o‘zining ilk dostoni «Maxzan ul-asror»ni yaratish jarayonidayoq, ulkan an’anaga asos solayotganligini his etgan, unga ergashuvchilar bo‘lishini bashorat qilgan edi: Man, ki dar in manzilashon mondaam, Marhalae peshtarak rondaam. Teg‘ zi almosi zabon soxtam, Har ki pas omad, sarash andoxtam. Teg‘i Nizomiy, ki sarandoz shud, Kund nashud, garchi kuhansoz shud [51, 282]1. Mazmuni: Menki bu manzilga hammadan oldin qadam qo‘ydim, so‘z olmosidan o‘tkir tig‘ yasadim. Bu tig‘ ortdan keluvchilarning boshini tanasidan judo qiladi. Nizomiyning keskir qilichi qancha eskirsa ham, o‘tkirligicha qolaveradi. Akademik B.Valixo‘jaev bu haqda shunday yozadilar: “Nizomiy yaratgan besh poemaning yaxlit, monumental asarligi va uning yangi adabiy hodisa ekani keyinchalik aniqlanib, shoir yaratgan asarlar sikliga “Panj ganj” – “Besh xazina” nomi berilgan edi” [15]. Nizomiy an’analarini birinchi bo‘lib izchil tarzda davom ettirgan so‘z san’atkori XIII asr oxiri XIV asr boshlarida Hindistonda yashagan shoir Amir Xusrav Dehlaviy bo‘ldi. U 1298-1301 yillarda Nizomiy dostonlariga javob tarzida «Shirin va Xusrav» (1298), «Layli va Majnun» (1298), «Matla’ ul-anvor» (1299), «Oinai Iskandariy» (1299) va «Hasht bihisht» (1301) dostonlarini yaratdi. Ana shu tariqa xamsanavislik sharq xalqlari adabiy hayotida mustahkam an’anaga aylana boshladi. Xusrav Dehlaviy o‘z salafi Nizomiyga buyuk hurmat bilan qaradi. Uni o‘ziga ustoz deb bildi. Nizomiy dostonlaridagi odamsevarlik xislatlarini o‘z davri g‘oyalari bilan hamohang tarzda rivojlantirdi. Xusrav Dehlaviy o‘z “xamsa”sida Nizomiy asariga murojaat etar ekan, uni gohida “Panj ganj”, ba’zan esa xamsa sifatida tilga oladi: Garchi ba mulki abad az Panj ganj, Navbati on Ganjnishin gasht panj. “Matla’ ul-anvor”. Mazmuni: Uning (Nizomiy Ganjaviyning – T.S.) “Panj ganj”i besh xazina bo‘lib abadiylikka muhrlandi. Nizomi k-obi hayvon rext az harf, Hama umrash dar in sarmoya shud sarf. Download 64.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling