Oltin o‘rdadagi madaniy va adabiy hayot


Lutfiy lirikasida badiiy san’atlar


Download 64.44 Kb.
bet7/13
Sana06.04.2023
Hajmi64.44 Kb.
#1331094
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
1-15 ONA TILI BOYSUN

Lutfiy lirikasida badiiy san’atlar

Lutfiy hayoti va ijodini o‘rganish manbalari.


  • Mavlono Lutfiyning tarjimai holiga doir ma`lumotlar oz. Uning hijriy hisobda 99 yosh yashagani, taxallusi Lutfiy ekani, Hirotdagi Dehikanorda vafot etgani Alisher Navoiy asarlaridan ma`lum. Ammo nomi, otasining ismi, shoirning tug’ilgan va vafot yillari aniq emas. Shuning uchun shoirning tug’ilgan va vafot etgan yillari, tug’ilgan joyi haqida har xil mulohazalar bor. O’quv adabiyotlarida Lutfiyning 1366-1465 yillarda yashaganligi, Dehi kanorda tug’ilganligi qayd etiladi. Ammo Alisher Navoiy "99 yosh yashadi" deganda hijriy hisobni nazarda tutgan. Binobarin, bu yillar to’g’ri bo’lishi mumkin emas. Akademik B.Valixo’jaev Alisher Navoiy asarlaridagi mavlono Lutfiy bilan bog’liq fikr va ma’lumotlarga tayangan holda shoirning tug’ilgan yilini hijriy 787- melodiy 1385 - 1386 yil, vafotini esa hijriy 886-melodiy 1482 - 1483 yil deb ko’rsatadilar. Biroq shoir shaxsiyati haqida ma’lumot beruvchi yangi manbalar aniqlanmaguncha bu ham taxmin bo’lib qolaveradi.

Shayx Ahmad Taroziyning 1437-yilda yozilgan "Funun ul-balog’a" asari topilgach, Mavlono Lutfiyning tug’ilgan joyi haqida ham yangi fikrlar aytilmoqda. Zero unda Lutfiy Shoshiy (Toshkentlik) nisbasi bilan tilga olinadi. Shayx Ahmad Taroziyning 1437-yilda yozilgan "Funun ul-balog’a" asari topilgach, Mavlono Lutfiyning tug’ilgan joyi haqida ham yangi fikrlar aytilmoqda. Zero unda Lutfiy Shoshiy (Toshkentlik) nisbasi bilan tilga olinadi. Shunday qilib, Mavlono Lutfiy Sohibqiron Amir Temur davrida dunyoga kelib, avval maktabda savod chiqargach, madrasada tahsil olgan. So’ng esa Hirotda Shahobiddin Xiyoboniydan so’fiya tariqatidan saboq olgan. Shoirlik sohasidagi faoliyatini ham davom ettirib, XV asrning 20-yillarida ancha shuhrat qozonganidan Ulug’bek mirzo, Boysung’ur mirzolar uni hurmat qilganlar.



Lutfiy va Navoiy.


  • Mavlono Lutfiy Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylar bilan yaqin munosabatda bo’lgan. Jumladan, Alisher Navoiy "Nasoyim ul-muhabbat" asarida shunday eslaydi: "Bu faqir borasiga ko’p iltifoti bor erdi va fotihalar o’qur erdi va doim volida (ona) mulozamatig’a va rizoi xotirig’a targ’ib qilur erdi". Xondamirning "Makorim ul-axloq"ida keltirilishicha, mavlono Lutfiy yosh Alisher Navoiyning she`r yozishini kuzatib borgan, she`rlarini maqtagan. Jumladan, Alisher Navoiyning:

  • Orazin yopg’och ko’zumdin sochilur har lahza yosh,

  • Bo’ylakim paydo bo’lur yulduz nihon bo’lg’och quyosh,-

  • bayti bilan boshlanadigan g’azalini eshitgan mavlono Lutfiy "Hayrat dengiziga cho’mib shunday dedi: “Agar muyassar bo’lsa edi o’zimning o’n-o’n ikki ming forsiy va turkiy baytimni shu g’azalga almashtirardim va bu ishni zo’r muvaffaqiyat hisoblardim". Mavlono Lutfiy umri oxirigacha shoirlar bilan muloqotda bo’lib, ularga, jumladan, Abdurahmon Jomiyga bag’ishlab qasidalar yozgan. “Nasoyim ul-muhabbat”da Jomiyga bag’islab “Suxan” radifli qasida bitganligi va uning evaziga Jomiyning eski to’nini “gadoylik” qilganligi eslanadi.

Download 64.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling