Omad yor bo‘lsin, do‘stim!!! 1-topshiriq


Omad yor bo‘lsin, do‘stim!!!


Download 109.86 Kb.
bet2/5
Sana19.11.2021
Hajmi109.86 Kb.
#175588
1   2   3   4   5
Bog'liq
23228 33-variant

Omad yor bo‘lsin, do‘stim!!!
1-TOPSHIRIQ. Quyida berilgan gapdagi so‘zlarni fonetik tahlil qiling. Bunda, har bir so‘z tarkibidagi tovushlarni alohida-alohida tahlil qilishingiz kerak bo‘ladi.
Ichi qora, baxil ziqna odam birovning baxtini ham, yutug‘ini ham ko‘rolmaydi.
Namuna: Vatan so‘zi misolida
v - hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra lab tovushi – lab-tish; hosil bo‘lish usuliga ko‘ra sirg‘aluvchi; ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra shovqinli; tovush paychalarining ishtirokiga ko‘ra jarangli undosh.

a - tilning gorizantal harakatiga ko‘ra old qator; tilning vertikal harakatiga ko‘ra quyi keng, lablarning ishtirokiga ko‘ra lablanmagan unli.

t - hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra til tovushi – til oldi; hosil bo‘lish usuliga ko‘ra portlovchi – sof portlovchi; ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra shovqinli; tovush paychalarining ishtirokiga ko‘ra jarangsiz undosh.

a - tilning gorizantal harakatiga ko‘ra old qator; tilning vertikal harakatiga ko‘ra quyi keng, lablarning ishtirokiga ko‘ra lablanmagan unli.

n - hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra til tovushi – til oldi; hosil bo‘lish usuliga ko‘ra sirg‘aluvchi, ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra ovozdor – burun tovushi; tovush paychalarining ishtirokiga ko‘ra jarangli undosh.

2-TOPSHIRIQ. Quyida berilgan gapdagi so‘zlarni leksik tahlil qiling. Bunda, har bir so‘zning lug‘aviy ma’nosini ifodalashingiz kerak bo‘ladi. Tahlilda o‘zbek tilining izohli lug‘atidan foydalangan holda, o‘z shaxsiy fikrlaringiz bilan yoriting!
Ichi qora, baxil ziqna odam birovning baxtini ham, yutug‘ini ham ko‘rolmaydi.
Namuna: Vatan so‘zi misolida
Vatan - kishilarning tugʻilib oʻsgan joyi, yurti, mamlakati; tarixan muayyan xalqqa tegishli hudud hamda uning tabiati, aholisi, oʻziga xos taraqqiyoti, tili, madaniyati, turmushi va urf-odatlari majmui.

3-TOPSHIRIQ. Quyida berilgan matndagi so‘zlarni morfemik tahlil qiling. Tahlilda so‘z tarkibi aniqlanadi ya’ni, yetakchi morfema (asos); ko‘makchi morfema (qo‘shimcha) va uning tarkibidagi so‘z yasovchi, lug‘aviy shakl yasovchi hamda sintaktik shakl hosil qiluvchi (so‘z o‘zgartiruvchi) qo‘shimchalar farqlanadi. Agar so‘z tarkibiga hech qabday qo‘shimchalar bo‘lmagan taqdirda, uni tub so‘z deb olishingiz mumkin.

Oqko‘ngil odam har qachon boshqalar baxtiga, ularning xizmatdagi yo shaxsiy hayotdagi yutuqlariga xuddi o‘z baxti, o‘z yutug‘I kabi qarab quvonadi. Agar bu quvonch zamiriga chuqurroq razm solinsa, yuksak, oliyjanob bir ma’no tantanasi ko‘zga chalinadi.
Namuna: vatan, biz, tug‘ilib so‘zlari misolida

Download 109.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling