Оммавий очиқ онлайн курсларини яратиш назарияси ва амалиёти


Download 2.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/67
Sana02.11.2023
Hajmi2.6 Mb.
#1740655
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   67
Bog'liq
конф тўплам 18 22 май -оригинал (16)

7. Baholash - yaratilgan o’quv kursning umumiy samaradorligini baholash. Bu 
tamoyilda maqsadli o’quv auditoriya va uning imkoniyatlarini tahlil qilish 
natijalariga asoslangan holda ko’rsatib o’tish;  
8. Amaliy jarayonga tadbiq etish - Ta’lim jarayonida bilim oluvchi tomonidan 
o’zlashtirilgan o’quv axborotni xotirada saqlab qolishida hamda to’g’ri qo’llashida 
yordam beradi. Bu tamoyil beshinchi bosqichda ta’kidlangan tamoyil mazmunidan 
farqli o’laroq, o’quv amaliyotida tadbiq qilinishi nuqtayi nazaridan muhim vazifa 
sifatida baholash;
Pedagogik dizaynda o’quv axborot materiallar, loyihalash jarayoni ko’p jihatdan 
dasturlash, logistika va amaliy psixologiya sohalari bilan o’xshashdir. Shu qatorda, 
bu o’xshashlik jihatidan tizimli belgilangan tartibda guruhlashtirilgan hamda bir 
nechta bosqichlarga ajratilgan holda o’z oldiga muhim vazifalarni belgilaydi. O’quv 
materialni yaratilishida 5 ta muhim bosqichni qamrab oluvchi model - ADDIE 
(Analysis, Design, Development Implementation, Evaluation) modellaridan 
foydalaniladi: 


13 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Analysis - (Tahlil) - shakllantirilayotgan biron bir o’quv kurs rivojlantirilishida 
kursning muhim hisoblangan elementlari belgilanadi, talaba ehtiyojlari inobatga 
olingan holda o’qituvchining vazifalari ko’rsatilib o’tiladi. O’quv kurs maqsadi 
aniqlanib shakllantiriladi, shu bilan birga, kurs auditoriyasi va ular bilan ishlash 
formatlari tizimli ravishda baholanadi. So’nggi bosqichda kutilgan natijalar ro’yhati 
tuziladi. O’quv kurs samaradorligini oshirish maqsadida bir nechta bosqichlarga 
ajratilgan holda vazifalarni aniq shakllantirishga yordam beradi. Tizimli ishlab 
chiqilgan maqsad va vazifalar onlayn o’quv kurs vositalari, interfaol elementlari 
bilan boyitilishi o’quv axborot materiallarini mukammal yaratilish imkonini taqdim 
etadi. Bunda o’quv kursning baholash mazonlarini aniq belgilab olish zarur. Onlayn 
kursdan kutilayotgan natijalarni aniqlashtirish orqali o’quv kursda yaratilayotgan 
topshiqlar mazmuni, nzorat test savollari, boshlang’ich hamda yakuniy nazorat 
topshiriqlarni talabaga qanday shaklda taqdim etish jarayoni tahlil qilinadi. O’quv 
kurs maqsad va kutilayotgan natijalarni belgilb olinganidan so’ng, onlayn o’quv 
kursi uchun o’quv axborot materiallarni shakllantirilish vazifasi ko’rib chiqiladi.

Download 2.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling