Оммавий очиқ онлайн курсларини яратиш назарияси ва амалиёти
Download 2.6 Mb. Pdf ko'rish
|
конф тўплам 18 22 май -оригинал (16)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Learning Management System
Evaluation - (Baholash) - muayyan o’quv kursni joriy qilish to’g’risidagi ilk ma’lumotlar umumladhtirilgandan so’ng, taqdim etilgan o’quv kursning samaradorlik darajasi baholanadi. Pedagogik dizaynidagi birinchi Tahlil bosqichi oldida turgan vazifalarni amalga oshirishda o’quv amaliyotida erishilgan natijalar bilan bog’lash lozim. Chunki o’quv kontent tahlili yordamida kurs yaratuvchi tomonidan o’quv kursga yuklangan axborot materiallari, ma’ruza matnlari tegishli baholash mezonlar asosida baholanadi. O’quv kursdan kutilgan natijalar o’z navbatida: ● talaba tomonidan kurs o’quv materiallarining o’zlashtirilganlik darajasiga tayangan holda yaratilgan o’quv kurs umumiy baholanadi. ● texnik tomonidan ma’ruza va kurs uchun saralangan o’quv axborot ma’lumot va adabiyotlar yuklanganligi bilan bog’liq sozlash jarayonlari pedagogik dizaynning ushbu bosqichida bayon qilinadi. ● O’quv kurs metodisti, mutaxassis va malakali pedagog o’qituvchilar jamoasidan tarkib topgan guruh tomonidan taqdim qilingan o’quv kursni baholash kriterialari asosida qayta ko’rib chiqilishi talab etiladi ● O’quv kursning yangilangan so’nggi versiyasini yaratish orqali barcha amaliy ishlar yakunlanadi. Ta’lim jarayonida talabalar ehtiyoji va maqsadlarini o’rgangan holda o’quv kursga jalb qilish yo’li orqali o’quv axborotlar yetkaza bera olish maqsadga muvofiqdir. Lekin buni tushishda ba’zi talablarni inobatga olib, mahsulotning xususiyatlarini aniq belgilab olish va puxta o’ylangan reja asosida amaliy jarayoni shakllantiriladi. O’z navbatida, pedagogik dizayn yordamida onlayn kurs yaratuvchi shaxs pedagogik dizayner maqomiga ega bo’lib, bunda dizaynerdan talab qilinadigan vazifalar muhim ro’l o’ynaydi: 16 1. Maqsadli auditoriya ehtiyojlarini, uning vakolatlarini va kutilayotgan o'quv natijalarini tahlil qilish. 2. O'quv materialining maqsad va vazifalarini aniqlash. 3. Maqsadlarga muvofiq o’quv materiallarni tahlil qilish va tuzish. 4. Ta’lim jarayonlarida tarbiyaviy ish usullarini tanlash. 5. O’quv kursning elementlari, uslubi va vizual dizaynini yaratish. 6. Test savollari, topshiriqlar, monitoring ishlari va ma'lumot to'plash vositalarini ishlab chiqish. 7. Muayyan o’quv vositalardan foydalangan holda elektron o’quv kurs yaratish yoki guruh a'zolariga muayyan elementlarni ishlab chiqish uchun vazifalarni belgilash. 8. Virtual ta’limni boshqarish tizimida (Learning Management System) elektron o’quv kurslarni yuklash. 9. O’quv kurs materiallarining natijalari va samaradorligini baholash usullarini ishlab chiqish. 10. Ta'lim mazmuni samaradorligini yanada yaxshilash maqsadida muammoviy holatlarni bartaraf etish mexanizmini ishlab chiqish. Download 2.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling