Оммавий очиқ онлайн курсларини яратиш назарияси ва амалиёти


Download 2.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/67
Sana02.11.2023
Hajmi2.6 Mb.
#1740655
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   67
Bog'liq
конф тўплам 18 22 май -оригинал (16)

 
Evaluation - (Baholash) - muayyan o’quv kursni joriy qilish to’g’risidagi ilk 
ma’lumotlar umumladhtirilgandan so’ng, taqdim etilgan o’quv kursning 
samaradorlik darajasi baholanadi.
Pedagogik dizaynidagi birinchi Tahlil bosqichi oldida turgan vazifalarni amalga 
oshirishda o’quv amaliyotida erishilgan natijalar bilan bog’lash lozim. Chunki o’quv 
kontent tahlili yordamida kurs yaratuvchi tomonidan o’quv kursga yuklangan 
axborot materiallari, ma’ruza matnlari tegishli baholash mezonlar asosida 
baholanadi.
O’quv kursdan kutilgan natijalar o’z navbatida:
● talaba tomonidan kurs o’quv materiallarining o’zlashtirilganlik darajasiga tayangan 
holda yaratilgan o’quv kurs umumiy baholanadi.
● texnik tomonidan ma’ruza va kurs uchun saralangan o’quv axborot ma’lumot va 
adabiyotlar yuklanganligi bilan bog’liq sozlash jarayonlari pedagogik dizaynning 
ushbu bosqichida bayon qilinadi.
● O’quv kurs metodisti, mutaxassis va malakali pedagog o’qituvchilar jamoasidan 
tarkib topgan guruh tomonidan taqdim qilingan o’quv kursni baholash kriterialari 
asosida qayta ko’rib chiqilishi talab etiladi 
● O’quv kursning yangilangan so’nggi versiyasini yaratish orqali barcha amaliy ishlar 
yakunlanadi.
Ta’lim jarayonida talabalar ehtiyoji va maqsadlarini o’rgangan holda o’quv 
kursga jalb qilish yo’li orqali o’quv axborotlar yetkaza bera olish maqsadga 
muvofiqdir. Lekin buni tushishda ba’zi talablarni inobatga olib, mahsulotning 
xususiyatlarini aniq belgilab olish va puxta o’ylangan reja asosida amaliy jarayoni 
shakllantiriladi.
O’z navbatida, pedagogik dizayn yordamida onlayn kurs yaratuvchi shaxs 
pedagogik dizayner maqomiga ega bo’lib, bunda dizaynerdan talab qilinadigan 
vazifalar muhim ro’l o’ynaydi:


16 
1. Maqsadli auditoriya ehtiyojlarini, uning vakolatlarini va kutilayotgan o'quv 
natijalarini tahlil qilish. 
2. O'quv materialining maqsad va vazifalarini aniqlash. 
3. Maqsadlarga muvofiq o’quv materiallarni tahlil qilish va tuzish. 
4. Ta’lim jarayonlarida tarbiyaviy ish usullarini tanlash.
5. O’quv kursning elementlari, uslubi va vizual dizaynini yaratish. 
6. Test savollari, topshiriqlar, monitoring ishlari va ma'lumot to'plash vositalarini 
ishlab chiqish.
7. Muayyan o’quv vositalardan foydalangan holda elektron o’quv kurs yaratish yoki 
guruh a'zolariga muayyan elementlarni ishlab chiqish uchun vazifalarni belgilash.
8. Virtual ta’limni boshqarish tizimida (Learning Management System) elektron 
o’quv kurslarni yuklash.
9. O’quv kurs materiallarining natijalari va samaradorligini baholash usullarini ishlab 
chiqish.
10. Ta'lim mazmuni samaradorligini yanada yaxshilash maqsadida muammoviy 
holatlarni bartaraf etish mexanizmini ishlab chiqish. 

Download 2.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling