Оммавий очиқ онлайн курсларини яратиш назарияси ва амалиёти
Download 2.6 Mb. Pdf ko'rish
|
конф тўплам 18 22 май -оригинал (16)
- Bu sahifa navigatsiya:
- ADDIE ( Analysis, Design, Development Implementation, Evaluation )
7. Baholash - yaratilgan o’quv kursning umumiy samaradorligini baholash. Bu
tamoyilda maqsadli o’quv auditoriya va uning imkoniyatlarini tahlil qilish natijalariga asoslangan holda ko’rsatib o’tish; 8. Amaliy jarayonga tadbiq etish - Ta’lim jarayonida bilim oluvchi tomonidan o’zlashtirilgan o’quv axborotni xotirada saqlab qolishida hamda to’g’ri qo’llashida yordam beradi. Bu tamoyil beshinchi bosqichda ta’kidlangan tamoyil mazmunidan farqli o’laroq, o’quv amaliyotida tadbiq qilinishi nuqtayi nazaridan muhim vazifa sifatida baholash; Pedagogik dizaynda o’quv axborot materiallar, loyihalash jarayoni ko’p jihatdan dasturlash, logistika va amaliy psixologiya sohalari bilan o’xshashdir. Shu qatorda, bu o’xshashlik jihatidan tizimli belgilangan tartibda guruhlashtirilgan hamda bir nechta bosqichlarga ajratilgan holda o’z oldiga muhim vazifalarni belgilaydi. O’quv materialni yaratilishida 5 ta muhim bosqichni qamrab oluvchi model - ADDIE (Analysis, Design, Development Implementation, Evaluation) modellaridan foydalaniladi: 13 Analysis - (Tahlil) - shakllantirilayotgan biron bir o’quv kurs rivojlantirilishida kursning muhim hisoblangan elementlari belgilanadi, talaba ehtiyojlari inobatga olingan holda o’qituvchining vazifalari ko’rsatilib o’tiladi. O’quv kurs maqsadi aniqlanib shakllantiriladi, shu bilan birga, kurs auditoriyasi va ular bilan ishlash formatlari tizimli ravishda baholanadi. So’nggi bosqichda kutilgan natijalar ro’yhati tuziladi. O’quv kurs samaradorligini oshirish maqsadida bir nechta bosqichlarga ajratilgan holda vazifalarni aniq shakllantirishga yordam beradi. Tizimli ishlab chiqilgan maqsad va vazifalar onlayn o’quv kurs vositalari, interfaol elementlari bilan boyitilishi o’quv axborot materiallarini mukammal yaratilish imkonini taqdim etadi. Bunda o’quv kursning baholash mazonlarini aniq belgilab olish zarur. Onlayn kursdan kutilayotgan natijalarni aniqlashtirish orqali o’quv kursda yaratilayotgan topshiqlar mazmuni, nzorat test savollari, boshlang’ich hamda yakuniy nazorat topshiriqlarni talabaga qanday shaklda taqdim etish jarayoni tahlil qilinadi. O’quv kurs maqsad va kutilayotgan natijalarni belgilb olinganidan so’ng, onlayn o’quv kursi uchun o’quv axborot materiallarni shakllantirilish vazifasi ko’rib chiqiladi. Download 2.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling