14
undagi vazifa topshiriqlarni bajarilishini ta’minlash
maqsadida bilim va
ko’nikmalarni aniqlashtirib olinadi.
2.
O’quv kurs senariysini yaratish. Ushbu parametrning asosiy tomoni o’quv
axborot materiallarini talabaga qanday shaklda taqdim etilishini loyihalash hamda
tasdiqlash orqali o’quv materialning har bir elementi o’quv axborot
ma’lumotlarining qay darajada o’quv kurs uchun ishlab chiqilganini baholaydi.
3.
O’quv axborot material namunalarini tayyorlash. O’quv
kurs uchun mos
bo’lgan turli xil formatdagi materiallar, ya’ni tasvirlar, animatsion effektlar hamda
interfaol elementlar yordamida audio va video axborot namunalari tayyorlanadi. Shu
namunalar orqali o’quv kursda uchrashi mumkin bo’lgan kamchiliklarni aniqlab,
o’quv kurs senariysiga o’zgaritirish va qo’shimchalar kiritishga imkoniyat
yaratiladi.
4. Kurs o’quv materiallarini baholash va takomillashtirish vazifalariga muvofiqligi
nuqtayi nazaridan o’quv kurs uchun tayyorlangan ma’ruza matnlari va boshqa o’quv
axborot materiallarini qayta ko’rib chiqilishi
Design - (
Loyihalash) bosqichidagi
eng samarali modellashtirish orqali amalga oshiriladigan paramateri hisoblanadi.
Yaratilgan o’quv kursni baholashda ko’zga tashlanadigan
muammo va yutuqlar
tajribali pedagog o’qituvchilar jamoasidan tarkibidan tashkil topgan guruh
tomonidan aniqlanadi.
5.
O’quv materialni mustahkamlash va rivojlantirish. Onlayn o’quv kurslarni
yaratish va o’quv amaliy jarayonlarga tadbiq etilishida
yuzaga keladigan texnik
muammo va kamchiliklarga barham berish, shu bilan birga o’quv kontent uchun
yangi onlayn kurslarni shakllantirish va ularda har bir o’quv
modulida talabaga
muayyan sohaga doir ma’ruza, o’quv axborot majmualari, turli xil shakldagi
qo’shimcha ma’lumot va o’quv adabiyot namunalarini tayyorlash yo’li
orqali
muayyan elektron ta’lim platformasida maxsus o’quv kurslarni tashkillashtirish
hamda ta’lim amaliy jarayonlarida joriy etish masalasiga e’tibor qaratish muhim
vazifa sifatida qaraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: