Ommaviy axborot vositalaridan foydalanish
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
oquvchilarni manaviy-axloqiy tarbiyalashda ommaviy axborot vositalaridan foydalanish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-jadval 1 – tajriba guruhi 2 – nazorat guruhi X i «2» «3»
- Uchinchi bobga oid xulosa
- Birinchidan
3-jadval Baho «2» «3» «4» «5» Ballar 51-54 55- 60 61- 65 66- 70 71- 75 76- 80 81- 85 86- 90 91- 95 96- 100 Tajriba I 3 2 3 4 7 9 10
10 9 3 Nazorat I 9 9 10 9 5 7 4 4 2 0
82
Ushbu jadvalni maktabning ta‟lim va tarbiya doirasidagi o„quv va tarbiyaviy ishlari natijasida olib borilgan, biz tomonimizdan ishlab chiqilgan dastur asosida keltirilgan, belgilangan ilmiy-nazariy bilim, ko„nikma darajalar (asosida) bo‟yicha quyidagicha baholarga aylantirdik: III daraja – reproduktiv daraja bo‟lib, DTS da belgilab berilgan bilimlarni o‟zlashtirishning minimal darajasiga mos keladi – “3” baho. II daraja – bu ham reproduktiv darajada qo‟llaniladigan DTS dagi bilimlar darajasi bo‟lib, bu darajada egallangan bilimlar «4» bilan baholandi. I daraja – bilimlarni ijodiy qo‟llash darajasi bo‟lib – «5» bilan baholandi.
1. Reyting ko‟rsatgichi – 100-86% - «5» 2.
Reyting ko‟rsatgichi – 85-71% - «4» 3.
Reyting ko‟rsatgichi – 70-55% - «3» 4.
Reyting ko‟rsatgichi – 54% - «2». Tajriba-sinov ishlari jarayonida 119 o‟quvchilardan olingan natijalar tahlil etilib, matematik-statistika metodi orqali o„quvchi-yoshlarni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashda ommaviy axborot vositalaridan foydalanish orqali ma‟naviy-axloqiy sifatlarning shakllanganlik darajasi aniqlandi. Yuqoridagi 3-jadvalga asoslangan holda 4-jadvalni to‟ldiramiz. 4-jadval 1 – tajriba guruhi 2 – nazorat guruhi X i «2» «3» «4» «5» X j «2» «3» «4» «5» N i 3 9 26 22
N j 9 28 16 6
Ularni quyidagi formula asosida hisoblaymiz: 3 , 3 32 , 3 59 196 59 5 6 4 16 3 28 2 9 1 1 , 4 11 , 4 60 247 60 5 22 4 26 3 9 2 3 1 || || 1 j j i i i x n n y x n n x
83
Demak, aytish mumkinki, tajriba guruhidagi o‟rtacha baho nazorat guruhidagi o‟rtacha bahodan yuqori ekan. Shunday qilib, tajriba sinov ishlari jarayonida tajriba guruhi o‟quvchilarining tarbiyasida OVAlari orqali tayyorlangan va namoish etilgan, ifodalanilgan milliy-axloqiy sifatlarning shakllanish darajasi va ijro etish malakasining sezilarli darajada, ya‟ni 4,1-3,3=0,8 ga ortganligi ma‟lum bo‟ldi.
Rasmda o„quvchi-yoshlarni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashda Ommaviy axborot vositalaridan foydalanish orqali ularning ko„rsatkich bo„yicha baholarning o„rta arifmetik qiymatlari diagrammasi keltirilgan. Bah
o larn
in g o „r tac
ha ari
fm et ik q iy m at i
Tajriba guruhlarida o„quvchilarning ko„rsatkichi yuqori bo„lishiga yana bir sabab OAVlaridagi mazmnli va tarbiyaviy ta‟sirli nomoyot etilganligi hamda monitor ekranidagi materiallar bir vaqtning o„zida musiqa, tovush berilishi, harakat, animatsiali, joziba bilan o„quvchilarga taqdim etilishi va o„quvchilarning faollashuvi, multimediali materiallarning dinamik (jonli) holda berilishi, o„quvchilar diqqatini barqarorlashtirilishi, ular miyasining ikkala yarim sharining bir vaqtda ishlashi, o„quvchilarning o„rganiladigan materialga qiziqishi va ishtiyoqining ortishi natijasidadir.
4,11 3,32 2 2,818 3,636 4,454 тажриба гурухи Назорат гурухи
Гуруҳлар
84
Uchinchi bobga oid xulosa O„quvchi-yoshlarni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashda yo„naltirilgan tajriba- sinov ishlarini tashkil etishdan ko‟zlangan maqsad Ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda o‟quvchilarda milliy qadriyatlar va milliy hulq-odob ko„nikmalarini shakllantirishga erishish hamda shu asosda ularda ma‟naviy- axloqiy fazilatlarni shakllantirishdan iboratdir. Tajriba-sinov ishlari oldimizga quyidagi vazifalarning hal etilishini talab etdi:
5. Ommaviy axborot vositalaridan foydalanish orqali o„quvchi-yoshlarni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashda milliy axloqiy madaniyat haqida tasavvur hosil qilish; 6. O‟quvchilarida Ommaviy axborot vositalari orqali axloqiy madaniyatni to‟laqonli shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish. 7. Sinfdan tashqari ishlar jarayonida o‟quvchilarda o„quvchilarni ma‟naviy- axloqiy tarbiyalashda Ommaviy axborot vositalaridan foydalanish orqali axloqiy madaniyatni shakllantirishga xizmat qiluvchi maxsus metodikani sinovdan o‟tkazish. 8. Mazkur maxsus metodikaning samaradorligini aniqlash maqsadida tajriba-sinov ishlarining natijalarini umumlashtirish, matematik-statistik metod yordamida tahlildan o‟tkazish. Sinfdan tashqari ishlarda o„quvchi-yoshlarni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashda Ommaviy axborot vositalari orqali milliy-axloqiy madaniyatni shakllantirishga yo‟naltirilgan tajriba-sinov ishlari quyidagi uslublar asosida o‟tkazildi: so‟rovnoma uslubi; suhbat uslubi; pedagogik kuzatuv uslubi; interfaol uslublar; pedagogik tajriba uslubi; matematik-statistika uslubi. Ilmiy-tadqiqot muammosi doirasida tajriba-sinov ishlari uch bosqichda amalga oshirildi: 1. Tajriba-sinov ishlarining o‟tkazilishini ta‟minlovchi tashkiliy tayyorgarlik bosqichi.
85
2. Tajriba-sinov ishlari uchun obyekt sifatida belgilangan o‟quvchilar bilan ishlash, maxsus metodikani dastlabki sinovdan o‟tkazish bosqichi. 3. Tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish va tahlil etish bosqichi. O„quvchi-yoshlarni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashda Ommaviy axborot vositalaridan foydalanish orqali ilgari surilgan ma‟naviy-axloqiy tarbiyaga doir axloqiy bilim, ko„nikma va ma‟lumotlarning xabardorlik va shakllanganlik darajasini yuqoridagi jadvalda raqamlar orqali namoyon bo‟lishi, uning past darajada ekanligini ko‟rsatdi.
86
Xulosa Yoshlarni ayniqsa bolalarni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashda oshkoralikni pesh qilib bo„lmag„ur materiallarni aks ettirish sodir bo„layotganligi haqida I. A. Karimovning bildirgan fikri nihoyatda to„g„ri. «San‟atda oshkoraliki pesh qilib, televizor, kino ekranlarda, matbuot vositalarida bo„lmag„ur lavhalarni aks ettirish, be‟maniylik va hayosizlikni, ba‟zan esa hatto axloqiy buzuqlikni targ„ib qilishlar ko„rinib qoladi», -deb bildirgan fikridan yuqorida ta‟kidlangan joylarda mehnat qilayotgan malakali mutaxassislar tegishli xulosa
chiqarsalar bolalar
tarbiyasidaginuqsonlar bartaraf bo„lgan bo„lar edi. Bizningcha, ularning o„zlari o„zbek xalq tarixi, madaniyati qolaversa, xalq tarbiyashunosligi masalalarini asosli o„rgansalar to„g„ri bo„lardi. Shuning uchun ham biz bugungi kunda ta‟lim-tarbiya sohasidan boshlab matbuot, televidenie, internet va boshqa ommaviy axborot vositalari, teatr, kino, adabiyot, musiqa, rassomlik va haykaltaroshlik san‟atiga, bir so„z bilan aytganda insonning qalbi va tafakkuriga bevosita ta‟sir etkazadigan barcha sohalardagi faoliyatimizni xalqning ma‟naviy extiyojlari, zamon talablari asosida yanada kuchaytirishimiz, yangi bosqichga ko„tarishimiz zarur». Shu munosabat bilan ushbu tizimning har bir komponentini hamda ularning o„zaro aloqadorlik (integratsiyasi)dagi faoliyatini o„quvchi-yoshlarni ma‟naviy щakllantirishdagi samarasini o„rganish muhim vazifa hisoblanadi. Umuman olganda, OAV dan milliy qadriyatlar, diniy qarashlarning ijtimoiy hayotga qay tarzda kirib kelayotganligini anglab etish kerak. Barcha sohalarda axborot xurujlarni oldini olish, turli tarzdagi axborot zararlaridan saqlanish muhitini shakllantirish maqsadga muvofiqdir. Bugun ta‟lim muassasalarida ta‟lim olayotgan, lekin ming afsuski, o„z mustaqil fikriga ega bo„lmaganlar bilan ishlashda qo„yidagilarga e‟tiborni qaratish darkor:
xatoliklarning oqibati bo„lgani uchun o„quvchilarning negativ fikrlash tarzining sxemasini o„zgartirish lozim. 87
Ikkinchidan, fikrlash tarziga ta‟sir ko„rsatish uchun pedagoglar o„zlarining tushuntirish uslublarini, tarbiya metodlarini o„zgartirishlari lozim. YA‟ni, ilgari, yuqori tonlarda, direktiv ohangda, «katta roli»da o„quvchi bilan muloqot qilgan pedagog, endi kerak bo„lsa, «tengma-teng», demokratik ohangda, bosqichma-bosqich xatta-xarakatlarni birgalikda tahlil etishga o„tishlari lozim. Uchinchidan, o„quvchining o„z-o„zini idroq qilishini, o„ziga bo„lgan bahosini o„zgartirish, ya‟ni, talabani ijobiy ishlarga yo„naltirish orqali o„ziga bo„lgan bahosini o„zgartirishga erishish kerak. Nihoyat, shunday vaziyat yaratish lozimki, o„quvchi ijobiy tajriba orttirsin,ya‟ni, o„zigi, oilasi yoki sinfdosh do„stlariga, maktabiga manfaatli ish qilib, olqish olsin, ya‟ni, ularni jamoat ishlariga keng jalb etish amaliyotini kengaytirish, bu ishdan manfaatdorligini oshirish lozim. Demak, ta‟lim va tarbiya jarayonida har bir pedagog yoshlarning mustaqil fikrlashlari uchun sharoit yaratishi lozim, aks holda uning ongi tayyor shablonlar, stereotiplarga shu qadar o„rganadiki, ular oxir-oqibat har qanday bit‟at yoki yot g„oyalarga ergashib ketaveragan bo„lib qoladi. ya‟ni, darsni tashkil etishning no‟ananaviy usullariga keng yo„l ochish, darslarda o„quvchilar bilan interaktiv muloqotni tashkil etish, ular miyasining yaxshiroq ishlashi, qiziqishi va mustaqil fikrlashiga yordam beradi. Prezident I.A.Karimov yosh avlodda yuksak ma‟naviy-axloqiy fazilatlarni tarkib toptirish uchun ular orasida ma‟naviy-ma‟rifiy targ„ibot-tashviqotining samarasini oshirish zarurligini ta‟kidlab, «YUksak ma‟naviyat-engilmas kuch» nomli asarida shunday yozadi: «Ma‟naviyat haqida harqancha da‟vatlar, muhim nazariy fikrlar bildirilmasin, agar ularni jamiyat ongiga singdirish uchun doimiy ish olib bormasak, bu boradagi faoliyatlarimizni har tomonlama puxta o„ylangan, tizimli ravishda tashkil etmasak tabiiyki, biz ko„zlagan maqsadga erisholmaymiz, ya‟ni inson qalbiga yo„l topaolmaymiz. SHuning uchun ham biz bugungi kunda ta‟lim-tarbiya sohasidan boshlab matbuot, televidenie, internet va boshqa ommaviy axborot vositalari, teatr, kino, adabiyot, musiqa, rassomlik va haykaltaroshlik san‟atiga, bir so„z bilan aytganda insonning qalbi va tafakkuriga bevosita ta‟sir etkazadigan barcha sohalardagi
88
faoliyatimizni xalqning ma‟naviy extiyojlari, zamon talablari asosida yanada kuchaytirishimiz, yangi bosqichga ko„tarishimiz zarur» -deb o„rinli ta‟kidlagan Ta‟lim-tarbiya jarayonida o„quvchilarni OAVlari orqali ma‟naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish bo„yicha o„tkazilgan taxlillar akademik guruh rahbarlari va fanlar o„qituvchilarining bu sohada etakchi o„rin egallashlarini ta‟kidlash barobarida, ular faoliyatida uchraydigan kamchiliklarni namoyon qilishga imkon berdi: - dars va darsdan tashqari mashg„ulotlarda o„quvchilarni ma‟naviy shakllantirish maqsadi, mazmuni, vazifalari, shakl, vosita, metodlari haqida cheklangan va ko„p hollarda mujmal tasavvurlarga ega ekanligi; - hozirgi zamon o„quvchisining ma‟naviy qiyofasi, uning etuk ma‟naviy fazilatlari, talaba shaxsini samarali rivojlantirish uchun o„quv materialining mazmuniga ma‟naviy yo„naltirilgan ta‟lim-tarbiya elementlarini uyg„unlashtirishda etarli bilim va ko„nikmalarni etishmasligi; - o„quvchilar shaxsini ma‟naviy shakllantirishda asrlar sinovidan o„tgan urf- odatlar, axloqiy qarashlarni ifodalovchi qonun-qoidalar, pand-nasihatlar, hadislardan va h.k. foydalanib suhbat, bahs-munozara o„tkazish texnologiyalari bo„yicha etarli tayyorgarligi yo„qligi; - tarbiyaviy va ma‟naviyat soatlarida asossiz ravishda o„tmish ajdodlari merosi, odob-axloqni talabalar orasida bir tomonlama tashviqot-targ„iboti bilan cheklanib, mustaqillik yillarida xalqimizning yaratuvchilik ishlari, zamonamiz qahramonlari, «elim deb, yurtim deb» mehnat qilayotgan barcha yurtdoshlarimiz bilan uchrashuvlar, davra suhbatlarini o„tkazishni asossiz ravishda diqqat- e‟tibordan chetda qoldirayotganligi; - tarbiyaviy va ma‟naviyat soatlarida dunyo xalqlarining taraqqiyot darajasini, yuksalishini tan olishga, ularning turmush tarzidagi ijobiy jihatlarini o„zlashtirishga talabalarni odatlantirish, akademik guruh talabalarida bag„rikenglik, tolerantlikni tarbiyalash bilan bog„liq vazifalarni bajarishga ojizligi; - o„z ona tilini, betakror boy madaniyatini yaxshi bilmagan o„quvchilar o„zbek xalqining kiyinish madaniyati, qadriyatlari, turmush tarziga bepisandlik 89
bilan mensimasdan qarash, ularda o„zgalar tilini yaxshi bilish, millat ruhiyatiga yaqinlik, shu millat ruhiyati, madaniyatiga intilish barobarida o„zi mansub bo„lgan millat ruhiyatidan uzoqlashishni paydo bo„layotganligini hisobga olib ular bilan individual ishlash yo„l-yo„riqlari to„g„risida juda sayoz tasavvurga ega ekanligi; - dars va darsdan tashqari mashg„ulotlarda barcha o„quvchilarni barobar ma‟naviy shakllantirib bo„lmasligini hisobga olib, ularni dunyoqarashi, ruhiyatiga, xulq-atvoridagi o„ziga xos jihatlarini muntazam ravishda namoyon qilib borish bo„yicha tasavvur va tushunchalarining juda sayozligi; - xulq-atvori, dunyoqarashida salbiy jihatlar, chekinishlar sodir qilgan o„quvchilar balan ishlash uchun individual, tabaqalashtirilgan dasturlarni ishlab chiqishga umuman tayyor emasliklari; -guruh o„quvchisiga ma‟lum qobiliyat, ba‟zan esa tug„ma qobiliyat va iste‟dod ato etilishini, uni avvalo o„zi uchun, oilasi, millati va xalqi, davlatining farovonligi, baxt-saodati uchun to„liq baxshida etsagina bunday jamiyat naqadar kuchli taraqqiyotga erishishi uning kasbiy burchi ekanligi haqida tasavvurga ham ega emasliklari; va h.k. Shu munosabat bilan dars va darsdan tashqari mashg„ulot va tadbirlarda OAVlari orqali o„quvchilar ma‟naviyatini shakllantirish samaradorligini oshirish maqsadida akademik guruh murabbiy va fan o„qituvchilariga quyidagilar: Milliy ma‟naviyatimizga doir materiallarni izlab topish, qayta ishlash, umumkasbiy va mutaxassislik fanlari o„quv dasturlari mazmuniga singdirish yo„l- yo„riqlari; Tarbiyaviy va ma‟naviyat soatlari va fanlar mavzulari bo„yicha mashg„ulotlarda foydalanish uchun istiqlol yillarida respublikamizning xalq xo„jaligini barcha sohalarida erishgan yutuqlari bilan talabalarni tanishtirish uchun tayyorlangan jadval, diagramma, magnit va tasviriy vositalarning namunalari; Fan dasturi va darsliklariga kiritilmagan yoki etarli darajada yoritilmagan masalalar bo„yicha vaqtli matbuotda bosilgan materiallar asosida baxs-munozara, tadqiqot olib borishga sabab bo„ladigan muammolarni shakllantirish; va h.k.lar bo„yicha tavsiyalar berildi.
90
Bizningcha yoshlarning o„z-o„zini tarbiyalash vazifalari konkretlashi, o„z- o„zini nazorat qilishga, o„z-o„ziga buyruq berish usullarini o„rganib olishga, o„z fazilatlarini va kamchiliklarini ob‟ektiv baholashga mustaqilik suratda ma‟lumot oladi. Bolaning o„z-o„zni boshqarishi: 1. Mustaqil bilim olishga intilishga namoyon bo„ladi 2. Namunaga, ideal taqlid qilishda namoyon bo„ladi. 3. O„zidan talab qila bilishda, yomon odatlar (yalqovlik, o„ziga bin quyishlik)dan kurila bilishda, dadil oldinga intilishda, yaxshilikka xarakat qilishda bo„ladi. 4. Shaxsiy va o„zaro nazoratda bo„lishda namoyon bo„ladi. 5. Kishilar o„rtasidagi munosabatlar xarakterini payqay bilishda va bu munosabatlarga to„g„ri baho berishda. 6.
Jamiyat uchun foydali faoliyatda namoyon bo„ladi. O„z-o„zini boshqarish usullari doim takomillashib boradi, talablar quyishning muayyan tizimi vujudga keladi, xarakterning zarur xislatlari mashqlar tizimida tarkib topadi. Bolalarni tarbiyalashda ularni o„z-o„zini takomillashtirishga jalb qilish va bu jarayon ularga amaliy yordam berish bu o„qituvchining muhim vazifalardan biridir. SHu bilan birgalikda bu ishlarda o„ziga xos xususiyatlari bor.
nazardan o„z-o„zini boshqarishiga hali tayyor emas. Demak, ularni ongiga shunaqa ta‟sir kerakka, ular o„z xoxishi bilan o„z ustida ishlaga o„qituvchiga yordam berishadi. Ikkinchdan: Hozirgi boshlang„ich sinf bolalarni uchun mos bo„lgan naomuna, ideal boshqacha, ular hozirgi ijtimoiy va iqtisodiy shart sharoitlarga moslashtirilgan bo„lib, kattalarning tushinmovchiligiga olib kelishi mumkin.
aniq namuna tushunchalari, lekin o„zoq vaqtiga rejalashtirilgan ishlar ularni qiziqtirmaydi.
91
Turtinchidan: 7-10 yoshdagi bolalar uchun kattalarning munosabati, sinfdoshlarni munosabati, jamoadagi fikr juda muhim bo„lib xisoblanadi. «Pedagogika va psixologiya» darslarida biz inson o„z-o„zini tarbiyalash usullari o„rgana oldik. Ular: 1. Ularni o„z-o„zini tahlil qilishga o„rgatish, unda ularni «Men qanaqa men?» savoliga o„g„il-qiz sifatida, aka-uka, opa-singil sifatida, o„quvchi sifatida javob beriga o„rgatish; 2. Bolalarni o„z yutuqlari va kamchiliklarini topishga o„rgatish, masalan ularni atrofdagi odamlarga o„z munosabatlarini, o„z xatti-xarakatlarini baholashga o„rgatish; 3. Topgan kamchiliklarni yo„qotish uchun har qaysi bola kattalar yordamida o„z oldiga aniq vazifa qo„yishi: kerak masalan, «o„qishda darslarni qoldirish, yoki darslarga tayyorgarlik ko„rsatmasligini yo„q qilish uchun men quyidagi chora ko„rishim kerak», 4. O„z-o„zini nazorat qilish murakkabligi sababli bolalarga ota-onalar, sinfdoshlar, o„rtoqlar, o„quvchilar nazorat ishlarni ishtirok etishadi. 5. Bolalarni o„z imkoniyatlarni to„g„ri xisoblash va rejalashtirilgan ishlari bor sharoitlariga moslashtirishga o„rgatish. Yuqorida aytilganini xisobga olgan holda qo„yidagi xulosa chiqarish mumkin:
Tarbiya o„z-o„zini tarbiyalashni nazarda tutadi va u bilan chambarchas birikb ketgan holda, unda boshlang„ich sinf bolalarga nisbatan pedagogik rahbarlik maxsus shart-sharoitlar va usullarni talab qiladi. Milliy ma‟naviyatimizni va ma‟naviy o„zligimizni tahdidlardan himoya qilish uchun milliy istiqlol g„oyasidan samaraliroq va kuchliroq vosita yo„q. SHu masalada milliy istiqlol g„oyasining juda muhim funksiyasi, ya‟ni milliy va ma‟naviy o„zlikni himoyalash kabi muhim funksiyasi namoyon bo„ladi. Milliy istiqlol g„oyasi ana shu funksiyani bajarishi uchun esa o„quvchi-yoshlar va aholi ongida faqat bilim, tasavvur sifatida emas, e‟tiqod sifatida shakllanishi lozim.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling