Ommaviy axborot vositalaridan foydalanish
Dissertatsiya tuzilishi va hajmi
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
oquvchilarni manaviy-axloqiy tarbiyalashda ommaviy axborot vositalaridan foydalanish
- Bu sahifa navigatsiya:
- I.BOB. YOSHLAR TARBIYASIDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARIDAN FOYDALANISHNING NAZARIY ASOSLARI
- Birinchidan
- To„rtinchidan
Dissertatsiya tuzilishi va hajmi: Dissertatsiya uch bob, 8 fasl, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro„yxati va ilovalardan iborat.
12
I.BOB. YOSHLAR TARBIYASIDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARIDAN FOYDALANISHNING NAZARIY ASOSLARI 1.1. O„quvchi-yoshlarni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashda Ommaviy axborot vositalaridan foydalanish davr talabi
Axborot bugungi kunda davlatlarning geosiyosiy ta‟sirini belgilovchi kuchga aylanmoqda. Sohta axborotlar insonning qalbini, ongini nishonga oladi, ruhiyatini zaharlaydi, istiqbolga ishonchni susaytiradi, shuurida ikkilanishni paydo qiladi. Quloqqa xabar bo„lib kirsada, miyani o„qday jarohatlaydi. Hozirgi kunda dunyoning tunli burchaklarida paydo bo„layotgan nizolar, urushlar terorchilik xati-harakatlarning avj olishiga bundan manfaatdor tashqi kuchlar ta‟siridagi ommaviy axborot vositalarining informatsion xurujlari ham sabab bo„layapti. Jamiyat taraqiyoti tarixini o„rganish, ijtimoiy rivojlanishning turli davrlarida inson hayoti va uning salomatligiga ziyon etkazuvchi xavflar mavjud bo„lganligidan dalolat beradi. Inson hayotiga daxl qiluvchi xavflarni sodir bo„lish holati va ta‟siri nuqtai nazaridan ikki turga ajratish mumkin: 1) tabiiy xavf; 2)ijtimoiy xavf. Tabiiy xavf – bu tabiat qonuniyatlariga muvofiq ro„y beradiganxavf bo„lib, ko„p hallarda uni bartaraf etish mashaqqatga aylanayapti. Masalan, ilm-fan, texnika va texnologiya yuksak darajada rivojlangan mavjud sharoitda ham er yuzining turli xududlarida sodir bo„layotgan suv toshqinlari, dovullar, ekologik inqirozning oldini olishga muvaffaq bo„linmayapti. Ibtidoiy tuzum kishilari uchun eng katta xavf – bu tabiiy xavf, ya‟ni, tabiiy ofatlar edi. Tabiiy jarayonlar mohiyatini to„g„ri baholay rlmagan kishilar tabiat tomonidan yuzaga keltirilga xavfning oldida butunlay ojiz edilar. Bugungi kunda ham tabiiy xavf mavjud va u insoniyat hayotini, salomatligiga salbiy ta‟sir ko„rsatib turibdi. Biroq, shuni ham ta‟kidlab o„tish lozimki, global tabiiy xavfning paydo bo„lishiga asosiy sababchi – bu insonning o„zi. Global isish, ozn qatlamining emirilishi, ekologik inqiroz kabilarningyuzaga kelishida bevosita inson omili etakchi o„rin egallamoqda. 13
Axborot- xavfsizlikni ta‟minlash uchun malakatimizga kirib kelayotgan barcha axborot xurujlarga qarshi kurash yo„llarini va choralarini ko„rish kerak bo„ladi. Buning uchun axborot xavfsizligini nima ekanligi anglab etish lozim. Mamlakatimiz va boshqa davlatlar tajribasidan kelib chiqib ijtimoiy munosabatlar sohasida aytish mumkinki, axborot xavfsizligi –bu shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining axborot sohasidagi turli tahdidlardan mustahkam va etarli darajada himoyalanganligi holatidir. 1994 yilda respublikada 475 ta OAV, ulardan 384 ta gazeta, 66 ta jurnal, 19 ta telestudiya, 3 ta kabel televideniesi, 2 ta radiostudiya va bitta agentlik faoliyat ko„rsatgan bo„lsa 1 , davlatimiz rahbari o„z ma‟ruzasida ta‟kidlaganidek, keyingi 10 yilning o„zida bosma ommaviy axborot vositalarining soni 1,5 barobar, elektron ommaviy axborot vositalarining soni esa 7 barobar ko„payib, bugungi kunda ularning umumiy soni qariyb 1200 taga etdi. Mavjud barcha telekanallarning qariyb 53 foizi, radiokanallarning esa 85 foizi nodavlat ommaviy axborot vositalari hisoblanadi. Ommaviy axborot vositalari O„zbekistonda yashaydigan millat va elatlarning 7 ta tilida faoliyat olib boradi, shuningdek, bosma materiallar va teleko„rsatuvlar ingliz tilida ham tarqatilmoqda. 2
Mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari sohasida olib borilayotgan davlat siyosatining qonunlar yordamida mustahkamlanishi, ommaviy axborot vositalari faoliyati erkinligi va mustaqilligini amalda ta‟minlash, ularni tom ma‟noda "to„rtinchi hokimiyat" sifatida shakllanishi uchun etarli huquqiy asos bo„lib xizmat qilmoqda. “O„zbekistonda keyingi yillarda sun‟iy yo„ldosh aloqa tarmog„i orqali teleradiodasturlarni tarqatish yo„lga qo„yildi. Bugungi kunda mamlakatimiz telekommunikatsiyalar tizimi dunyoning 180 ta mamlakatiga 28 ta yo„nalish bo„yicha to„g„ridan-to„g„ri chiqadigan xalqaro kanallarga ega. YUrtimizdagi teleradiokanallar tomonidan tayyorlanayotgan ko„rsatuv va eshittirishlar Internet
1 ОАВ: ҳуқуқий база такомиллаштирилмоқда // Халқ сўзи. – 2010. – 20 август. 2 И.Каримов. Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси // Халқ сўзи, 2010 йил 13 ноябрь.
14
global tarmog„i orqali real vaqt rejimida jahonga uzatilmoqda” deb ta‟kidlaydi Islom Karimov Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini huquqiy tartibga solish maqsadida mamlakatda 11 ta qonun, O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 3 ta farmoni, O„zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining 40 ta qarori, 600 dan ziyod qonunosti xujjatlari qabul qilinib, bir qator milliy dasturlar ishlab chiqilgan. Xususan, “2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot- kommunikatsiyalari texnologiyalarini rivojlantirish dasturi” ,“O„zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya tarmog„ini 2010 yilgacha bo„lgan davrda rekonstruksiya qilish va rivojlantirish milliy dasturi” i va boshqalar shular jumlasidandir. Mustaqillik yillarida mamlakat Prezidenti I.A.Karimov tomonidan axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga alohida e‟tibor qaratilgani bois ushbu sohani jadal sur‟atlar bilan rivojlanish, mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini ko„paytirish va uni xorijiy hamda mamlakatimiz investorlari uchun yanada jozibador qilish imkonini berdi. Aloqa va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari korxonalari samarali faoliyati tufayli 2010 yilning birinchi yarim yilligida ular tomonidan 911,6 mlrd. so„m miqdorida xizmatlar ko„rsatildi. Bu 2009 yilning shu davriga nisbatan 107 foizni tashkil etadi. Bu mablag„ning asosiy qismi 60 foizi (552,4 mlrd. so„m) aholiga xizmat ko„rsatish natijasida olingan 3 . Istiqlol tufayli fuqarolarimizning dunyoqarashi, tafakkuri, huquqiy ongi va madaniyatida tub o„zgarishlar yuz berdi. Bugun O„zbekistonda boshqaruvni liberallashtirish davlat va jamiyatni modernizatsiya qilish, iqtisodiyotni erkinlashtirish, adolatli fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlari OAV faoliyatiga yangicha yondashuvlarni taqozo etmoqda. Mazkur masala, shubhasiz, fuqarolik jamiyatining muhim institutlaridan biri bo„lmish ommaviy axborot vositalari faoliyatini erkinlashtirish masalalariga borib taqaladi.
3 Результаты внедрения высоких технологий // Народное слово. - 2010 год. – 5 августа. 15
O„zbekistonda demokratik tamoyillarni yanada rivojlantirish va kuchli fuqarolik jamiyatini takomillashtirish bo„yicha ustuvor yo„nalishlar mustaqillik yillarida huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini qurish chora- tadbirlarining izchil va qonuniy tus olganiga bevosita bog„liq. Ana shundan kelib chiqib, demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning hozirgi bosqichida huquqiy demokratik davlat tamoyillarini amalda ro„yobga chiqarish - davlat organlari, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat faoliyati ustidan OAV orqali jamoat nazoratini o„rnatish zarurati kuchayib bormoqda. OAV faoliyatini erkinlashtirish – jamiyatda o„tkazilayotgan islohotlarning ochiqligini ta‟minlaydigan demokratik prinsiplarni hayotga joriy etuvchi vositadir. Fuqarolarning ijtimoiy faolligi va siyosiy madaniyatini oshirishda OAVning roli tobora oshib bormoqda. Bu, hatto, davlat tizimi faoliyatining barcha jabhalarida xo„jalik yurituvchi sub‟ektlar o„rtasida raqobat muhitini qaror toptirish va hammaga barobar bo„lgan shart-sharoitlar yaratishga qaratilishi, davlat boshqaruvi idoralari vazifalarini davlat hokimiyatining quyi tuzilmalariga, fuqarolarning o„zini o„zi boshqarish organlariga o„tkazish masalasida aks etadi.
ta yo„nalish bo„yicha to„g„ridan-to„g„ri chiqadigan xalqaro kanallarga ega. Keyingi 10 yil ichida bosma ommaviy axborot vositalarining soni 1,5 barobar, elektron ommaviy axborot vositalarining soni 7 barobar ko„paydi. Respublikada Internet tizimidan foydalanuvchilar soni 6 milliondan oshdi. O„zbekistonda keyingi yillarda sun‟iy yo„ldosh aloqa tarmog„i orqali teleradiodasturlarni tarqatish yo„lga qo„yildi. Bugungi kunda mamlakatimiz telekommunikatsiyalar tizimi dunyoning 180 ta mamlakatiga 28 ta yo„nalish bo„yicha to„g„ridan-to„g„ri chiqadigan xalqaro kanallarga ega. YUrtimizdagi teleradiokanallar tomonidan tayyorlanayotgan ko„rsatuv va eshittirishlar Internet global tarmog„i orqali real vaqt rejimida jahonga uzatilmoqda... 1994 yilda respublikada 475 ta OAV, ulardan 384 ta gazeta, 66 ta jurnal, 19 ta telestudiya, 3 ta kabel televideniesi, 2 ta radiostudiya va bitta agentlik faoliyat 16
ko„rsatgan bo„lsa 4 , davlatimiz rahbari o„z ma‟ruzasida ta‟kidlaganidek, keyingi 10 yilning o„zida bosma ommaviy axborot vositalarining soni 1,5 barobar, elektron ommaviy axborot vositalarining soni esa 7 barobar ko„payib, bugungi kunda ularning umumiy soni qariyb 1200 taga etdi. Mavjud barcha telekanallarning qariyb 53 foizi, radiokanallarning esa 85 foizi nodavlat ommaviy axborot vositalari hisoblanadi. Ommaviy axborot vositalari O„zbekistonda yashaydigan millat va elatlarning 7 ta tilida faoliyat olib boradi, shuningdek, bosma materiallar va teleko„rsatuvlar ingliz tilida ham tarqatilmoqda. 5
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini huquqiy tartibga solish maqsadida mamlakatda 11 ta qonun, O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 3 ta farmoni, O„zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining 40 ta qarori, 600 dan ziyod qonunosti xujjatlari qabul qilinib, bir qator milliy dasturlar ishlab chiqilgan. Xususan, “2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot- kommunikatsiyalari texnologiyalarini rivojlantirish dasturi” ,“O„zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya tarmog„ini 2010 yilgacha bo„lgan davrda rekonstruksiya qilish va rivojlantirish milliy dasturi” ii va boshqalar shular jumlasidandir. O„zbekistonda 2015 yilga qadar to„la raqamli teleko„rsatuvlarga o„tish rejalashtirilgan. Mamlakatimizda raqamli televideniega o„tish ishlari 2007 yilda boshlangan bo„lib, dastlab 2008 yilning avgust-sentyabrida Toshkent va Buxoroda raqamli televizion uzatgichlar o„rnatilib, 12 ta teledastur namoyish qilina boshladi. Kelgusida teledasturlar sonini 40 tagacha etkazish mo„ljallanmoqda. 6 Raqamli televideniega o„tish natijasida bir chastotada birdaniga 12 stansiya ko„rsatuvlari tashkil etilishi radiochastotalar tanqisligi muammosini hal etib, radiochastotalarni olish uchun o„tkaziladigan tanlovlarning demokratik va oshkoraligini ta‟minlash teng raqobat va elektron media-bozor tarmoqlarining monopollashuviga yo„l qo„ymaslik uchun sharoit yaratadi. 7
4 ОАВ: ҳуқуқий база такомиллаштирилмоқда // Халқ сўзи. – 2010. – 20 август. 5 И.Каримов. Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси // Халқ сўзи, 2010 йил 13 ноябрь. 6 В будущее с новыми технологиями // Uzbekistan today.-2010.-23 сентября. №38. 7 Телевидение в цифровом формате // Народное слово. - 2010. - 27 июля. 17
O„zbekistonda 2015 yilga qadar to„la raqamli teleko„rsatuvlarga o„tish rejalashtirilgan. Mamlakatimizda raqamli televideniega o„tish ishlari 2007 yilda boshlangan bo„lib, dastlab 2008 yilning avgust-sentyabrida Toshkent va Buxoroda raqamli televizion uzatgichlar o„rnatilib, 12 ta teledastur namoyish qilina boshladi. Kelgusida teledasturlar sonini 40 tagacha etkazish mo„ljallanmoqda. 8 Raqamli televideniega o„tish natijasida bir chastotada birdaniga 12 stansiya ko„rsatuvlari tashkil etilishi radiochastotalar tanqisligi muammosini hal etib, radiochastotalarni olish uchun o„tkaziladigan tanlovlarning demokratik va oshkoraligini ta‟minlash teng raqobat va elektron media-bozor tarmoqlarining monopollashuviga yo„l qo„ymaslik uchun sharoit yaratadi. Joriy yilning oxiriga qadar raqamli televidenie uzatgichlarini Qoraqalpog„iston Respublikasi, Andijon, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida o„rnatish rejalashtirilgan. Mamlakatimizda raqamli televideniening qabul qilingan standarti DVB-T MR-4 bo„lib, u jahonda tan olingan va eng zamonaviy standartlardan biri deb qabul qilingan. Hozirgi kunda respublikamiz olimlari tomonidan DVB-T MR-4 signallarini qabul qiluvchi tyunerlar tayyorlanib, ommaviy ishlab chiqarishga joriy qilingan. Ularni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida tashkil etilgan, har yili korxonada 60 ming donagacha bunday yuqori texnologik uskunani ishlab chiqarish mo„ljallanmoqda. 9
Ushbu dasturiy fikr barchamizga internet fenomenining ijobiy va salbiy jihatlarini chuqur o„rganishni va yoshlarimizda internetdan foydalanish madaniyatini shakllantirish vazifasini yuklaydi. Kuchli mafkuraviy ta‟sir ko„rsatish vositasi bo„lgan internet tizimi jiddiy muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Ushbu tizimdan qo„poruvchilik, g„aoyani «eksport» qilish, odamlar ongini manipulatsiya qilish maqsadlarida foydalanish mumkinligi esa mafkuraviy kurashni yanada keskinlashtiradi, yoshlarni elektron «sayberterrorizm» qarshisida chorasiz qilib qo„ydi.
8 В будущее с новыми технологиями // Uzbekistan today.-2010.-23 сентября. №38. 9 Телевидение в цифровом формате // Народное слово. - 2010. - 27 июля. 18
Bugungi kunda axborot xurujining yana bir ko„rinishi odob-axloq, sharm- hayo kabi qadriyatlarga tajovuz tarzida namoyon bo„lmoqda. 2000-yilda AQSHning Kolorado shtatiga qarashli shaharchada ikki nafar o„smir 12 nafar sinfdoshini otib o„ldirgani, bir qanchasini yarador qilib, oxiri o„zlarining joniga qasd qilganligi haqidagi shov-shuv dunyoga tarqalgan edi. Internetdagi jangari o„yinlardan ta‟sirlangan bolalar anna shunday qotillik sodir etgan edilar. «Tadqiqotlarning ko„satishicha, elektron pornagrafiya reklama uchun eng kam mehnat va mablag„ sarflanib, katta foyda beruvchi (30%) soha hisoblanadi. YAngi elektron bozorning 70 %ni pornagrafiya, video o„yinlar 4 %ni, sport esa 2 % ni tashkil etmoqda» 10 .
qurshoviga hozirgi 16 yoshgacha bo„lgan o„sayotgan yoshlarni «raqamli obonentlar» deb atadi. Bu toifaga kiruvchi yoshlar orasida individualizm, egotsentirizm sifatlari tarqala borayotganini kuzatish mumkin. Internetga mukkasidan ketish yoshlarnin do„stona muloqotiga ehtiyojlarni kamaytira bormoqda. Hozirgi dunyoda globallashuv jarayonida «Dunyo hukumati», «Dunyo fuqorosi» degan tushunchalar paydo bo„layotgani bejiz emas. Bu jahonda g„arbona andozalarga asoslangan, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatdan yagona tamaddud barpo etishga intilishga namoyon bo„layotir. Bu esa faqatgina milliy mustaqillikka erishgan mamlakatlarning emas,
balki butun
dunyodagi davlatlarning taraqqiyotiga ham halokatli ta‟sir ko„rsatishi mumkinligi ma‟lum. Psixologlarning e‟tirof etishicha, bugungi kunda kompyuter o„yinlari mubtaloligiga chalingan yoshlarning soni ko„payib bormoqda. Bu holatni mutaxassislar «Ludomaniya» deb baholashmoqda. Bu kasallikka chalingan bolalar kompyuterda o„ynamasa, depressiyaga tushib qoladi. Hozirgi internet klublaridan foydalanilayotganlarning aksariyat qismi yoshlar
tashkil etayonganligi muammoning naqadar dolzarbligini ko„rsatib turadi. Ayrim ota-onalarning farzandi nima ishlar qilib yurganidan bexabarligi sababli o„smirlar vaqtni internet klublarda o„tkazmoqda. Ba‟zi ota-onalar umuman
10 Ғаниев А. Ғарб оламидаги ахлоқий муаммолар. – Тошкент, «Ворис», 2007. 26 б. 19
internetga kirib ko„rmagan. SHuning uchun ham farzandlarning internetdagi salbiy g„oyalar sirmog„iga tushib qolishini bilmaydilar. «Navoiy shahridagi barcha internet-kafelarning aksariyati mijozlar 10-15 yoshli o„smirlar. Ularning ayrimlarihar kuni ertalab uydan maktabga ketayapman, deb chiqadi-yu, maktabga emas, to„g„ri internet-klubiga kirib boradi. Portifelini bir chekkaga qo„yib, ota- onasi tanaffus chog„ida egulik olish uchun bergan pulni «kompyuterchi aka»ga beradi va soatlab o„yin o„ynashga sho„ng„ib ketadi. Kompyuter ekranida bir-birini do„pposlagan, bir-birini quvgan,bir-biriga o„q otgan o„yin qahramonlariga qiziqtirib, og„zidan qo„pol so„zlar chiqib ketganini ham bilmay qolayotgan bu yosmirlarga qarab tashvishlanasan kishi» 11 , -deb yozadi «Xabar» gazetasining muxbiri Marusa Hosilova. Ma‟luska, internetdagi ayrim o„yinlar kishi ongini zararli tomonga o„zgartirib yuboradi. Bunday o„yinlarni targ„ib qiluvchi saytlar»g„oyaviy virus» saytlari deb ataladi. Bunda qonho„rlik, vahshiylik, o„g„irlik, zo„ravonlik kabi illatlarni targ„ib etadigan o„yinlarni misol keltirish mumkin. Internetdagi fahsh sahifalaridan foydalangan yoshlarning oila to„g„risidagi salbiy tomonga o„zgarib ketish mumkin. Ba‟zi o„smirlarning o„ta asabiy bo„lib qolayotganining sabablaridan biri anna shunday o„yinlardir. Fikrlashimizcha, bugungi kunda yoshlarni internetning salbiy oqibatlaridan asrash uchun qo„yidagilarga e‟tibor qaratish lozim. Birinchidan, ota-onalar o„z farzandi uchun mas‟ul ekanini his qilib, uning bo„sh vaqtida nima bilan band ekanini bilib turishlari lozim. Ikkinchidan, mahalla – tarbiya maskani. Ota-ona – uyda, mahalla – ko„cha- kuyda o„smir xulqidan ogoh bo„lib turish zarur. Uchinchidan, maktab ma‟muriyati o„smir maktabdan to„g„ri uyga borayapti yoki boshqa joylargami? Buni bilishi lozim. Buning uchun oila mahalla, maktab shu masalada yakdil bo„lishi kerak.
11 Ҳосилова М. Интернет-кафе – ҳаѐсизлик кўчаси эмас.//Хабар, 2009-йил, 16-октабр. 20
To„rtinchidan,intepnet klub nazoratchilari – ma‟murlar bolaning kompyuterda nima bilan shug„ullayotganini nazorat qilib, o„smirlarning taqiqlangan saydlarga kirmasliklarini ta‟minlashlari kerak.
yoki mahalla ularning qanday faoliyat olib borayotganini nazorat qilib turishlari zarur. Ba‟zan internet klublari soat 23 dan keyin ham yoshlar bilan gavjum bo„ladi. Sababi – bu vaqtda ayrim provayderlar internet klublar uchun imtiyoz sifatida internetdan bepul yoki arzon qilib ulab beradi. Bundan esa ayrim noqobil klub nazoratchilari foyda ko„radi. O„smirlar esa hayosiz veb-sahifalar, konolar, klip va o„yinlarga kiradi. Shuningdek, mahalla raislari, fuqorolar yig„inlarining diniy ma‟rifat va ma‟naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo„yicha maslaxatchilari joylardagi DVD disk sotuvchi tadbirkorlarga pornagrafik mazmundagi filmlarni tarqatish va namoish qilish O„zbekiston Respublikasining «Ommaviy axborot vositalarito„g„risida» gi Qonunning 6-moddasiga zid va O„zbekiston Respublikasi «Mmuriy javobgarlik to„g„risida»gi Kodeksning 189-moddasi bo„yicha javobgarlikka tortishi to„g„risida tushuntirib borishlari maqsadga muvofiqdir. Dunyo hamjamiyati o„zbek ayollari o„zlarining zukkoligi, ahloq-odobi, muomalasi,xulq-atvori, halolligi, milliy kiyinishi, qolaversa sharmu-hayosi, or- nomusi, ibo-iffati, vafo-oriyat, mehr-oqibat, andisha, iymon-e‟tiqod kabi sharqona ma‟naviy-axloqiy fazilatlari bilan yuksak qadr-qimmatga, nufuzga, obro„ga ega bo„lgan va qizlar tarbiyasida shaxsiy namuna ko„rsatgan hamda hozir ham shunday bo„lib qoladi deb umid qilamiz. Ming afsuski Turkistonning CHor Rossiyasi tomonidan ishg„ol qilinishi, sobiq sho„rolar tizimi davrida o„zbek ayollarining yuqorida ta‟kidlangan ma‟naviy- axloqiy fazilatlari, qadriyatlari kamsitildi. Oila hayotida buning ta‟siri hozirda ham tugatilgani yo„q. Hozirgi davrda ba‟zi oilalarda yosh onaning ota vazifasini mahalliy sharoitda yoki xorijda: bolalarni qarovsiz qoldirishi natijasida o„z oilasidan uzoq yashash, bolalar tarbiyasini ota(opa, xola va boshqa tanishlari zimmasiga) yuklashi, oilani boqish ilinjida onalik burchini va vazifasini
21
bajarmaslik, moddiy boylikni ma‟naviy boylikdan ustun qo„yishi, o„z sha‟ni va or- nomusini isnodga qo„yishi orqali oilasidan ajralishi, sharqona axloq-odobdan, ma‟naviy merosdan uzoqlashish, ovro„pa usulida kiyinish, xulq-atvor va turmush tarziga taqlid qilishi, umuman bola tarbiyasiga loqaydlik bilan qarash kabi voqealarning hayotda sodir bo„layotganligi oila tarbiyasiga xususan qizlar tarbiyasiga ma‟naviy zarar etkazmoqda va milliy qadriyatlarning qadrsizlanishiga hamda qizlarning milliy ongi, o„zlikni anglashi, millatdan faxrlanish kabi milliy tuyg„ularning tarkib topmasligiga olib kelmoqda. Bu hol esa yosh onalar tarbiyasida jiddiy nuqsonlarga olib keladi. Milliy ongi ya‟ni fikri bo„lmagan ona o„z farzandlarini komil qilib tarbiyalay olmaydi. Buning oqibatida hozirgi paytda qizlar tarbiyasida muammolar ko„payib bormoqda. Bu muammolarga chek qo„yishning asosiy yo„li oilada onaning farzandlar tarbiyasida namuna bo„lishini tashkil qilish orqali bartaraf qilish mumkin. Ba‟zi onalarning qizlar tarbiyasida loqaydligi va talabchan bo„la olmasligi oila tarbiyasida o„ta dolzarb pedagogik muammolarni keltirib chiqarmoqda. YAna qizlar tarbiyasida ongsiz taqlidning ommaviylashib borishi oila tarbiyasiga katta ma‟naviy zarar keltirmoqda. SHulardan kelib chiqib ona mehridan, qalb haroratidan uzoq bo„lgan aybsiz bolalarning tarbiyasiga va ularning kelajagiga kim javob beradi? Bunday bolalarning ma‟naviy barkamol bo„lib tarbiyalanishiga kim kafolat beradi? YOlg„iz ota, qavmu-qarindoshlar, mehribonlik uylari tarbiyachilari bolaga onalik mehrini, qalb-qurini bera oladimi? kabi savollarga oila pedagogikasi va ijtimoiy pedagogika fanlari hozirgi shart-sharoit va davr talabi asosida mukammal, asosli javob berishlari darkor. Mazkur savollarga har qanday mutaxassisning aql bilan javob qaytarishi muammoning naqadar dolzarbligini anglashga asos bo„ladi. SHuning uchun ham hozirgi ba‟zi oilalarda onalarning qizlar tarbiyasida shaxsiy namuna ko„rsatishi har qachongidan ham dolzarb muammo bo„lib qolmoqda. Bu pedagogik muammoni ilmiy va amaliy hal qilishning yo„li pedagog mutaxassis va ota-onalarning qizlar tarbiyasida onalar shaxsiy namunasi haqida pedagogik madaniyatlarini tashkil etish, oshirish va takomillashtirish orqali 22
erishish mumkin. Ona shaxsiy namuna bo„layotgan oilada, ota topib kelgan moddiy ne‟matlarni saranjom sarishta qilib, tejab-tergab o„rnida sarflayotgan ona bag„rida va uning namunasida ulg„ayayotgan qiz kelgusida bir oilani ayol sifatida baxtli qilishga amaliy tayyorlanadi. Oilaviy hayotda o„z onasidan namuna oladi va oilada, ijtimoiy hayot uchun zarur bo„lgan aqliy, axloqiy, mehnat, nafosat, tejamkorlik ko„nikmalarini, milliy xulq-atvor va boshqa ijtimoiy tajribalarini mustaqil o„zlashtiradi, o„rganadi, oila hamda ijtimoiy hayotga amaliy tayyorlanadi. Ayollarning kiyimlari ham bir asr davomida jiddiy o„zgarishlarga uchradi. U paytda ayollar libosi keng va uzun ko„ylak, kamzul va kavsh-maxsidan iborat edi. An‟anaga ko„ra, ayollar ko„ylagi badanning past-baland joylarini bilintirmaydigan darajada keng bo„lishi, englari esa bilaklarini to„la yopib turishi lozim edi. Ayollarning shunday kiyimlari 30-yillargacha moda bo„lib keldi. O„sha paytlarda biror kishi yana 30-40-yillardan keyin o„zbek ayollari tor ko„ylak va yubka, shim kiyib yurishadi, desa boshqalar uni aqldan ozganga chiqarib qo„yishi hech gap emas edi. Oradan 40-50 yil o„tar-o„tmas ayollar shunchaki tor ko„ylak va shim emas, mini yubka, juda tor shimlar kiya boshlashdi. Endi kiyim ularning badaniga past-baland joylarni yashirishga emas, bo„rtib turgan joylarini yana ham bo„rttiribroq ko„rsatishga xizmat qila boshladi. Asr boshida ayollar badanining 5-6 foiz qismi ochiq yurgan bo„lsa, asr oxiriga kelib yoz paytlarida ayollar badanining 50-60 foiz qismi ochiq yuradigan bo„ldi. XX asrning so„nggi choragida ayollar asr boshidagi ayollar liboslarini kinofilm va fotasuratlarda ko„rib ajablanishadi, xolos. Bularning bari hozirgi til bilan aytganda, globallashuv, aniqrog„i ma‟naviyatdagi globallashuv natijasi edi. Ko„rib o„tgan misollarimizda erkak va ayollar liboslaridagi o„zgarishlar yuz bergan har bir bosqichda avvalgi bosqich liboslarini himoya qiluvchi, yangiliklarni esa Farbdan kelayotgan ma‟naviy tahdid, deb baholovchilar ham anchagina bo„lgan. Mana shu misollar globallashuv jarayonida chetdan kirib kelayotgan hodisalarning qaysi biri ma‟naviyatga tahdidu, qaysi biri hayotbaxsh ekanini aniqlab olish qiyin ekanini ko„rsatadi. SHuning uchun chetdan kelayotgan har qanday g„oyani yot va vayronkor, deb e‟lon qilishdan avval milliy
23
manfaatlar yo„lida foydalanish mumkin yoki mumkin emasligi to„g„risida obdon o„ylash lozim. Ayni paytda, axborotlashuv jarayoni bir qator muammolarni ham keltirib chiqaradi. «Yumshoq erotika»dan tortib «ochiq pornografiya»gacha bo„lgan hodisalar bilan bog„liq muammolar ana shular jumlasidandir. Bunday holatlarning oldini to„la-to„kis olib bo„lmaydi. Zero, axborot tarmoqlarning uzilishlarsiz ishlashi uning muhim sifatiy belgisi hisoblanadi va bu jarayon doimiy takomillashuvni boshdan kechirmoqda. Demak, yuqoridagi kabi «muammolar» yo„liga qanchalik to„siq qo„yilmasin doimo ularni «aylanib» o„tish imkoniyati mavjud bo„ladi. Yana bir muammo mualliflik hamda intellektual mulk huquqining buzilishi bilan bog„liq. SHunday ekan, axborot tarmog„ida ko„pchilik ko„ra olmaydigan hududlar yuzaga kelishi tabiiy. Bugungi kunda kompaniyalar o„z axborotlarini himoya qilish va ruxsat etilmagan kirishlarning oldini olish uchun katta mablag„lar sarflayotgani ham shundan. Shu bilan birga muayyan axborotlarni yashirishdan tortib, uni noqonuniy ravishda e‟lon qilishgacha bo„lgan ko„rinishlarda namoyon bo„ladigan suiiste‟molliklar ham kelib chiqishi mumkin. Axborot turli ijtimoiy qatlamlar, professional va milliy guruhlar vakillarga har xil ta‟sir qilishi barobarida uni iste‟mol qilish amaliyoti turli guruhlarda bir- biridan keskin farq qilishi mumkin. Bu eng avvalo, axborot manbalari miqdori o„rtasidagi farqda namoyon bo„ladi. Masalan, ayrim odamlarda axborot manbai minimal (televidenie, radio), ayrimlarda esa keng
(internet, yangi
telekommunikatsiyalar tizimi) bo„lishi mumkin. Iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma‟rifiy va boshqa sohalardagi axborotlar ta‟sirlashuvi ijtimoiy hayotning mazmunan boyishi, takomillashuvining muhim omili hisoblanadi. SHu nuqtai nazardan qaraganda, bugungi kunda axborot almashinuvi insoniyat taraqqiyotining muhim shartiga aylandi deyish mumkin. O„z davrida og„zaki nutqning paydo bo„lishi bilan axborot uzatish imkoniyatlari kengaygan bo„lsa, yozma nutq rivoji bu borada o„ziga xos yangi
24
bosqichni boshlab bergan edi. Hozirgi fan-texnika taraqqiyoti, integratsiya va globallashuv sharoitida esa axborot makonida tub sifatiy holat kechmoqda. Endilikda, axborot uzatish nafaqat xilma-xil (radio, televidieni, matbuot, telefon, faks, pochta, Internet va b.) shakllari, balki, o„ta tezkorligi bilan ham jamiyat taraqqiyotining oldingi davrlaridagdan farq qiladi. Bunday sharoitda, axborot iste‟moli jarayonida ham yangi tendensiyalar kuzatilmoqda. «Kimki axborotga ega bo„lsa, u dunyoga egalik qiladi» degan fikrning paydo bo„lishiga ham axborotning yuqoridagi xususiyatlari sabab bo„lgan. Ijtimoiy makon-bu, ayni vaqtda axborot makoni hamdir. Globallashuv sharoitida axborot hajmining kattaligi, ularning zamonaviy tezkor vositalar orqali tarqatilayotgani axborot sohasining ijtimoiy makonning boshqa shakllaridan tubdan farq qilishini ta‟minlamoqda. Xususan, zamonaviy ommaviy axborot vositalari (ayniqsa, Internet tizimi) orqali tarqalayotgan xabar va ma‟lumotlarga turli siyosiy ta‟qiqlar, davlat chegaralari to„siq bo„la olmaydi. Axborot iste‟moli ijtimoiy, aniqrog„i, ma‟naviy ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan hodisadir. Axborot iste‟molining xizmatlar iste‟molining o„ziga xos shakli hisoblanadi. Ma‟lumki, har qanday xizmatni iste‟mol qilishdan avval uning sifati, narxi, foydasi, qulayligi va boshqa shu kabi xususiyatlarga e‟tibor beriladi. Bu jarayonda, iste‟mol qilinayotgan xizmatning talab-taklif xususiyatlari ham inobatga olinadi. Masalan, taklifi kamayib ketgan xizmatlarning iste‟mol darajasi yuqori bo„lib, ularga talab kuchayadi. Mazkur xususiyatlar axborot iste‟moli jarayoniga ham xosdir. Biroq, ma‟naviy ne‟mat bo„lgan axborotni iste‟mol qilish o„ziga xos tomonlari bilan ham ajralib turishini ta‟kidlash joiz. Xususan, axborot konkret shaxs, ijtimoiy guruh, millat, jamiyat va davlat tomonidan iste‟mol qilinadi-ki, mazkur darajada iste‟mol jarayonlari bir-biridan farq qiladi. Masalan, biron shaxs uchun qiziqarli bo„lgan ma‟lumot, muayyan ijtimoiy qatlam yoki guruh uchun ahamiyatsiz bo„lishi mumkin. SHuningdek, axborot makon va zamon xususiyatlariga ham ega. CHunonchi, Farbda o„ta ommabop bo„lgan axborotlar, SHarq xalqlari tomonidan kam iste‟mol qilinishi mumkin. Bundan tashqari, ma‟lum bir tarixiy davrda katta qiziqish bilan kutib olingan ma‟lumotlar, vaqt 25
o„tishi bilan odatiy holda aylanishi va ijtimoiy hayotda bu tarzda in‟ikos etmasligi mumkin.
Axborot iste‟moli, kim tomonidan iste‟mol qilinishidan qat‟iy nazar, qabul qilish, tushunish, talqin etish kabi bir-biri bilan uzviy bog„liq bo„lgan bosqichlarda amalga oshiriladi. Bugungi kunda, axborot iste‟moli jarayoni ham o„ziga xos madaniyatni taqozo etmoqda-ki, madaniyatning bunday shakli insoniyat ma‟naviy madaniyatining tarkibiy qismiga aylanishi zarur. Axborot iste‟moli madaniyat globallashuv jarayonlarining xarakterli xususiyatlaridan biri bo„lgan. Internet tarmog„i jadal rivojlanib borayotgan hozirgi sharoitda, ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etadi. SHuning uchun, hozirgi davr kishisi oldida axborot tanlash imkoniyati shu qadar yuqori-ki, uning talabini qondira olmaydigan ma‟lumotlar bir zumda qimmatini yo„qotishi aniq. SHu nuqtai nazardan qaraganda, hozirgi davr axborot iste‟moli avvalgilaridan tubdan farq qiladi. SHubhasiz, zarur axborotlarga ega bo„lishga intilish-davr talabi. Biroq, bugungi kunda, shaxs, ijtimoiy guruh, millat, jamiyat va davlatning o„zi haqida axborotlarni tarqatishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Buning ikki asosiy jihati mavjud. Birinchidan, masalan, Internet tarmog„i imkoniyatlari kengayib borayotgan hozirgi davrda, ulardan mamlakatimizning jahon hamjamiyatida tutgan o„rnini mustahkamlashda keng foydalanish zarur. CHunki, jahonga tanilish uchun nafaqat real dunyoda, balki, axborot dunyosi (virtual olam)da ham harakatlar olib borish zarur. Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov ta‟kidlaganidek, «bu borada ishni to„g„ri tashkil etish uchun Internet tizimidan samarali va oqilona foydalanish, uni o„zimizning ma‟lumotlar bilan to„ldirish kerak... bizning zaif tomonimiz shundaki, Internetda O„zbekiston bilan bog„liq ma‟lumotlar juda kam. Nega deganda, bizda bu jarayonning texnikasi va texnologiyasi talab darajasida emas. Milliy qadriyatlarimiz, tarix va merosimiz, bugungi fan, san‟at va adabiyotimizning eng yaxshi namunalarini Internetga kiritish dasturi ishlab chiqilmagan». Ikkinchi muhim jihati shundaki, yurtimiz hayotiga doir ayrim 26
noxolis, tor doiradagi manfaatlaridan kelib chiqib tarqatilayotgan ma‟lumotlarga javoban axborotlarni global miqyosda targ„ib-tashviq etish tashqi axborot xurujlariga qarshi o„ziga xos qalqon vazifasini bajaradi. Bu esa, turli geosiyosiy manfaatlar doirasida axborot xurujlari ta‟sirini kamaytirish va milliy axborot makoni xavfsizligi ta‟minlanishining muhim sharti hisoblanadi.
Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling