Ommaviy axborot vositalaridan foydalanish


Dissertatsiya  tuzilishi  va  hajmi


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana23.07.2020
Hajmi1 Mb.
#124591
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
oquvchilarni manaviy-axloqiy tarbiyalashda ommaviy axborot vositalaridan foydalanish


Dissertatsiya  tuzilishi  va  hajmi:  Dissertatsiya  uch  bob,  8  fasl,  xulosa, 

foydalanilgan adabiyotlar ro„yxati va ilovalardan iborat. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

12 


I.BOB. 

YOSHLAR 

TARBIYASIDA 

OMMAVIY 

AXBOROT 

VOSITALARIDAN FOYDALANISHNING NAZARIY ASOSLARI 

1.1.  O„quvchi-yoshlarni  ma‟naviy-axloqiy  tarbiyalashda  Ommaviy  axborot 

vositalaridan foydalanish davr talabi 

 

Axborot bugungi kunda davlatlarning geosiyosiy ta‟sirini belgilovchi kuchga 



aylanmoqda. Sohta axborotlar insonning qalbini, ongini nishonga oladi, ruhiyatini 

zaharlaydi,  istiqbolga  ishonchni  susaytiradi,  shuurida  ikkilanishni  paydo  qiladi. 

Quloqqa xabar bo„lib kirsada, miyani o„qday jarohatlaydi. 

Hozirgi  kunda  dunyoning  tunli  burchaklarida  paydo  bo„layotgan  nizolar, 

urushlar  terorchilik  xati-harakatlarning  avj  olishiga  bundan  manfaatdor  tashqi 

kuchlar  ta‟siridagi  ommaviy  axborot  vositalarining  informatsion  xurujlari  ham 

sabab bo„layapti. 

Jamiyat taraqiyoti tarixini o„rganish, ijtimoiy rivojlanishning turli davrlarida 

inson  hayoti  va  uning  salomatligiga  ziyon  etkazuvchi  xavflar  mavjud 

bo„lganligidan dalolat beradi. Inson hayotiga daxl qiluvchi xavflarni sodir bo„lish 

holati  va  ta‟siri  nuqtai  nazaridan  ikki  turga  ajratish  mumkin:  1)  tabiiy  xavf; 

2)ijtimoiy xavf. 

Tabiiy  xavf – bu tabiat qonuniyatlariga  muvofiq ro„y  beradiganxavf bo„lib, 

ko„p  hallarda  uni  bartaraf  etish  mashaqqatga  aylanayapti.  Masalan,  ilm-fan, 

texnika  va  texnologiya  yuksak  darajada  rivojlangan  mavjud  sharoitda  ham  er 

yuzining  turli  xududlarida  sodir  bo„layotgan  suv  toshqinlari,  dovullar,  ekologik 

inqirozning oldini olishga muvaffaq bo„linmayapti. Ibtidoiy tuzum kishilari uchun 

eng  katta  xavf  –  bu  tabiiy  xavf,  ya‟ni,  tabiiy  ofatlar  edi.  Tabiiy  jarayonlar 

mohiyatini  to„g„ri  baholay  rlmagan  kishilar  tabiat  tomonidan  yuzaga  keltirilga 

xavfning oldida butunlay ojiz edilar. Bugungi kunda ham tabiiy xavf mavjud va u 

insoniyat  hayotini,  salomatligiga  salbiy  ta‟sir  ko„rsatib  turibdi.  Biroq,  shuni  ham 

ta‟kidlab o„tish lozimki, global tabiiy xavfning paydo bo„lishiga asosiy sababchi – 

bu  insonning  o„zi.  Global  isish,  ozn  qatlamining  emirilishi,  ekologik  inqiroz 

kabilarningyuzaga kelishida bevosita inson omili etakchi o„rin egallamoqda. 



 

13 


Axborot-  xavfsizlikni  ta‟minlash  uchun  malakatimizga  kirib  kelayotgan 

barcha  axborot  xurujlarga  qarshi  kurash  yo„llarini  va  choralarini  ko„rish  kerak 

bo„ladi.  Buning  uchun  axborot  xavfsizligini  nima  ekanligi  anglab  etish  lozim. 

Mamlakatimiz va boshqa davlatlar tajribasidan kelib chiqib ijtimoiy munosabatlar 

sohasida  aytish  mumkinki,  axborot  xavfsizligi  –bu  shaxs,  jamiyat  va  davlat 

manfaatlarining axborot sohasidagi turli tahdidlardan mustahkam va etarli darajada 

himoyalanganligi holatidir. 

1994 yilda respublikada 475 ta OAV, ulardan 384 ta gazeta, 66 ta jurnal, 19 ta 

telestudiya,  3  ta  kabel  televideniesi,    2  ta  radiostudiya  va  bitta  agentlik  faoliyat 

ko„rsatgan bo„lsa

1

,  davlatimiz rahbari o„z ma‟ruzasida ta‟kidlaganidek, keyingi 10 



yilning  o„zida  bosma  ommaviy  axborot  vositalarining  soni  1,5  barobar,  elektron 

ommaviy  axborot  vositalarining  soni  esa  7  barobar  ko„payib,  bugungi  kunda 

ularning  umumiy  soni  qariyb  1200  taga  etdi.  Mavjud  barcha  telekanallarning 

qariyb 53 foizi, radiokanallarning esa 85 foizi nodavlat ommaviy axborot vositalari 

hisoblanadi.  Ommaviy  axborot  vositalari  O„zbekistonda  yashaydigan  millat  va 

elatlarning  7  ta  tilida  faoliyat  olib  boradi,  shuningdek,  bosma  materiallar  va 

teleko„rsatuvlar ingliz tilida ham tarqatilmoqda.

2

 



Mamlakatimizda  ommaviy  axborot  vositalari  sohasida  olib  borilayotgan 

davlat  siyosatining  qonunlar  yordamida  mustahkamlanishi,  ommaviy  axborot 

vositalari  faoliyati  erkinligi  va  mustaqilligini  amalda  ta‟minlash,  ularni  tom 

ma‟noda  "to„rtinchi  hokimiyat"  sifatida  shakllanishi  uchun  etarli  huquqiy  asos 

bo„lib xizmat qilmoqda. 

“O„zbekistonda  keyingi  yillarda  sun‟iy  yo„ldosh  aloqa  tarmog„i  orqali 

teleradiodasturlarni  tarqatish  yo„lga  qo„yildi.  Bugungi  kunda  mamlakatimiz 

telekommunikatsiyalar  tizimi  dunyoning  180  ta  mamlakatiga  28  ta  yo„nalish 

bo„yicha  to„g„ridan-to„g„ri  chiqadigan  xalqaro  kanallarga  ega.  YUrtimizdagi 

teleradiokanallar  tomonidan  tayyorlanayotgan  ko„rsatuv  va  eshittirishlar  Internet 

                                                 

1

 ОАВ: ҳуқуқий база такомиллаштирилмоқда // Халқ сўзи. – 2010. – 20 август. 



2

  И.Каримов.  Мамлакатимизда  демократик  ислоҳотларни  янада  чуқурлаштириш  ва  фуқаролик  жамиятини 

ривожлантириш концепцияси // Халқ сўзи, 2010 йил 13 ноябрь. 


 

14 


global  tarmog„i  orqali  real  vaqt  rejimida  jahonga  uzatilmoqda”  deb  ta‟kidlaydi 

Islom Karimov 

Axborot-kommunikatsiya  texnologiyalari  sohasini  huquqiy  tartibga  solish 

maqsadida mamlakatda 11 ta qonun, O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 3 ta 

farmoni,  O„zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  va  Vazirlar  Mahkamasining  40  ta 

qarori,  600  dan  ziyod  qonunosti  xujjatlari  qabul  qilinib,  bir  qator  milliy  dasturlar 

ishlab  chiqilgan.  Xususan,  “2002-2010  yillarda  kompyuterlashtirish  va  axborot-

kommunikatsiyalari 

texnologiyalarini 

rivojlantirish 

dasturi” 

,“O„zbekiston 

Respublikasida  telekommunikatsiya  tarmog„ini  2010  yilgacha  bo„lgan  davrda 

rekonstruksiya  qilish  va  rivojlantirish  milliy  dasturi”

i

  va  boshqalar  shular 



jumlasidandir. 

Mustaqillik  yillarida  mamlakat  Prezidenti  I.A.Karimov  tomonidan  axborot-

kommunikatsiya  texnologiyalarini  rivojlantirishga  alohida  e‟tibor  qaratilgani  bois 

ushbu sohani jadal sur‟atlar bilan rivojlanish, mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi 

ulushini ko„paytirish va uni xorijiy hamda mamlakatimiz investorlari uchun yanada 

jozibador qilish imkonini berdi.  

Aloqa  va  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalari  korxonalari  samarali 

faoliyati tufayli 2010 yilning birinchi yarim  yilligida  ular tomonidan 911,6 mlrd. 

so„m  miqdorida  xizmatlar  ko„rsatildi.  Bu  2009  yilning  shu  davriga  nisbatan  107 

foizni  tashkil  etadi.  Bu  mablag„ning  asosiy  qismi  60  foizi  (552,4  mlrd.  so„m) 

aholiga xizmat ko„rsatish natijasida olingan

3

.  



Istiqlol  tufayli  fuqarolarimizning  dunyoqarashi,  tafakkuri,    huquqiy  ongi  va 

madaniyatida  tub  o„zgarishlar  yuz  berdi.  Bugun    O„zbekistonda  boshqaruvni 

liberallashtirish  davlat  va  jamiyatni  modernizatsiya  qilish,  iqtisodiyotni 

erkinlashtirish,  adolatli  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish  jarayonlari  OAV 

faoliyatiga  yangicha yondashuvlarni taqozo etmoqda. Mazkur masala, shubhasiz, 

fuqarolik  jamiyatining  muhim  institutlaridan  biri  bo„lmish  ommaviy  axborot 

vositalari faoliyatini erkinlashtirish masalalariga  borib taqaladi.  

                                                 

3

 Результаты внедрения высоких технологий // Народное слово. -  2010 год. – 5 августа.  



 

15 


O„zbekistonda  demokratik  tamoyillarni  yanada  rivojlantirish  va  kuchli 

fuqarolik  jamiyatini  takomillashtirish  bo„yicha  ustuvor  yo„nalishlar  mustaqillik 

yillarida  huquqiy  demokratik  davlat  va  fuqarolik  jamiyatini  qurish  chora-

tadbirlarining  izchil  va  qonuniy  tus  olganiga bevosita bog„liq. Ana  shundan  kelib 

chiqib,  demokratik  islohotlarni  chuqurlashtirishning  hozirgi  bosqichida  huquqiy 

demokratik  davlat  tamoyillarini  amalda  ro„yobga  chiqarish  -  davlat  organlari, 

qonun chiqaruvchi  va  ijro etuvchi hokimiyat  faoliyati ustidan OAV  orqali  jamoat 

nazoratini o„rnatish zarurati kuchayib bormoqda.  

OAV  faoliyatini  erkinlashtirish  –  jamiyatda  o„tkazilayotgan  islohotlarning 

ochiqligini ta‟minlaydigan demokratik prinsiplarni hayotga joriy etuvchi vositadir. 

Fuqarolarning  ijtimoiy  faolligi    va  siyosiy  madaniyatini  oshirishda  OAVning  roli 

tobora  oshib  bormoqda.  Bu,  hatto,  davlat  tizimi  faoliyatining  barcha  jabhalarida 

xo„jalik  yurituvchi  sub‟ektlar  o„rtasida  raqobat  muhitini  qaror  toptirish  va 

hammaga barobar bo„lgan shart-sharoitlar yaratishga qaratilishi,  davlat boshqaruvi 

idoralari vazifalarini davlat hokimiyatining quyi tuzilmalariga, fuqarolarning o„zini 

o„zi boshqarish organlariga o„tkazish masalasida aks etadi.     

 

O„zbekistonda telekommunikatsiyalar tizimi dunyoning 180 ta mamlakatiga 28 



ta yo„nalish bo„yicha to„g„ridan-to„g„ri chiqadigan xalqaro  kanallarga ega. 

  Keyingi 10 yil ichida bosma ommaviy axborot vositalarining soni 1,5 barobar, 



elektron ommaviy axborot vositalarining soni 7 barobar ko„paydi. 

Respublikada Internet tizimidan foydalanuvchilar soni 6 milliondan oshdi. 

O„zbekistonda  keyingi  yillarda  sun‟iy  yo„ldosh  aloqa  tarmog„i  orqali 

teleradiodasturlarni  tarqatish  yo„lga  qo„yildi.  Bugungi  kunda  mamlakatimiz 

telekommunikatsiyalar  tizimi  dunyoning  180  ta  mamlakatiga  28  ta  yo„nalish 

bo„yicha  to„g„ridan-to„g„ri  chiqadigan  xalqaro  kanallarga  ega.  YUrtimizdagi 

teleradiokanallar  tomonidan  tayyorlanayotgan  ko„rsatuv  va  eshittirishlar  Internet 

global tarmog„i orqali real vaqt rejimida jahonga uzatilmoqda... 

1994 yilda respublikada 475 ta OAV, ulardan 384 ta gazeta, 66 ta jurnal, 19 ta 

telestudiya,  3  ta  kabel  televideniesi,    2  ta  radiostudiya  va  bitta  agentlik  faoliyat 



 

16 


ko„rsatgan bo„lsa

4

,  davlatimiz rahbari o„z ma‟ruzasida ta‟kidlaganidek, keyingi 10 



yilning  o„zida  bosma  ommaviy  axborot  vositalarining  soni  1,5  barobar,  elektron 

ommaviy  axborot  vositalarining  soni  esa  7  barobar  ko„payib,  bugungi  kunda 

ularning  umumiy  soni  qariyb  1200  taga  etdi.  Mavjud  barcha  telekanallarning 

qariyb 53 foizi, radiokanallarning esa 85 foizi nodavlat ommaviy axborot vositalari 

hisoblanadi.  Ommaviy  axborot  vositalari  O„zbekistonda  yashaydigan  millat  va 

elatlarning  7  ta  tilida  faoliyat  olib  boradi,  shuningdek,  bosma  materiallar  va 

teleko„rsatuvlar ingliz tilida ham tarqatilmoqda.

5

 



Axborot-kommunikatsiya  texnologiyalari  sohasini  huquqiy  tartibga  solish 

maqsadida mamlakatda 11 ta qonun, O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 3 ta 

farmoni,  O„zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  va  Vazirlar  Mahkamasining  40  ta 

qarori,  600  dan  ziyod  qonunosti  xujjatlari  qabul  qilinib,  bir  qator  milliy  dasturlar 

ishlab  chiqilgan.  Xususan,  “2002-2010  yillarda  kompyuterlashtirish  va  axborot-

kommunikatsiyalari 

texnologiyalarini 

rivojlantirish 

dasturi” 

,“O„zbekiston 

Respublikasida  telekommunikatsiya  tarmog„ini  2010  yilgacha  bo„lgan  davrda 

rekonstruksiya  qilish  va  rivojlantirish  milliy  dasturi”

ii

  va  boshqalar  shular 



jumlasidandir. 

O„zbekistonda  2015  yilga  qadar  to„la  raqamli  teleko„rsatuvlarga  o„tish 

rejalashtirilgan.  Mamlakatimizda  raqamli  televideniega  o„tish  ishlari  2007  yilda 

boshlangan bo„lib, dastlab 2008 yilning avgust-sentyabrida Toshkent va Buxoroda 

raqamli televizion uzatgichlar o„rnatilib, 12 ta teledastur namoyish qilina boshladi. 

Kelgusida  teledasturlar  sonini  40  tagacha  etkazish  mo„ljallanmoqda.

6

  Raqamli 



televideniega  o„tish  natijasida  bir  chastotada  birdaniga  12  stansiya  ko„rsatuvlari 

tashkil  etilishi  radiochastotalar  tanqisligi  muammosini  hal  etib,  radiochastotalarni 

olish  uchun  o„tkaziladigan  tanlovlarning  demokratik  va  oshkoraligini  ta‟minlash 

teng  raqobat  va  elektron  media-bozor  tarmoqlarining  monopollashuviga  yo„l 

qo„ymaslik uchun sharoit yaratadi.

7

   



                                                 

4

 ОАВ: ҳуқуқий база такомиллаштирилмоқда // Халқ сўзи. – 2010. – 20 август. 



5

  И.Каримов.  Мамлакатимизда  демократик  ислоҳотларни  янада  чуқурлаштириш  ва  фуқаролик  жамиятини 

ривожлантириш концепцияси // Халқ сўзи, 2010 йил 13 ноябрь. 

6

 В будущее с новыми  технологиями // Uzbekistan today.-2010.-23 сентября. №38. 



7

 Телевидение в цифровом формате // Народное слово. - 2010. - 27 июля. 



 

17 


O„zbekistonda  2015  yilga  qadar  to„la  raqamli  teleko„rsatuvlarga  o„tish 

rejalashtirilgan.  Mamlakatimizda  raqamli  televideniega  o„tish  ishlari  2007  yilda 

boshlangan bo„lib, dastlab 2008 yilning avgust-sentyabrida Toshkent va Buxoroda 

raqamli televizion uzatgichlar o„rnatilib, 12 ta teledastur namoyish qilina boshladi. 

Kelgusida  teledasturlar  sonini  40  tagacha  etkazish  mo„ljallanmoqda.

8

  Raqamli 



televideniega  o„tish  natijasida  bir  chastotada  birdaniga  12  stansiya  ko„rsatuvlari 

tashkil  etilishi  radiochastotalar  tanqisligi  muammosini  hal  etib,  radiochastotalarni 

olish  uchun  o„tkaziladigan  tanlovlarning  demokratik  va  oshkoraligini  ta‟minlash 

teng  raqobat  va  elektron  media-bozor  tarmoqlarining  monopollashuviga  yo„l 

qo„ymaslik uchun sharoit yaratadi. Joriy yilning oxiriga qadar raqamli televidenie 

uzatgichlarini 

Qoraqalpog„iston  Respublikasi,  Andijon,  Samarqand  va 

Qashqadaryo  viloyatlarida  o„rnatish  rejalashtirilgan.  Mamlakatimizda  raqamli 

televideniening  qabul  qilingan  standarti    DVB-T  MR-4  bo„lib,  u  jahonda  tan 

olingan  va  eng  zamonaviy  standartlardan  biri  deb  qabul  qilingan.  Hozirgi  kunda 

respublikamiz  olimlari  tomonidan  DVB-T  MR-4  signallarini  qabul  qiluvchi 

tyunerlar  tayyorlanib,  ommaviy  ishlab  chiqarishga  joriy  qilingan.  Ularni  ishlab 

chiqarishga  ixtisoslashgan  korxona  “Navoiy”  erkin  industrial-iqtisodiy  zonasida 

tashkil  etilgan,  har  yili  korxonada  60  ming  donagacha  bunday  yuqori  texnologik 

uskunani ishlab chiqarish mo„ljallanmoqda.

9

 



Ushbu  dasturiy  fikr  barchamizga  internet  fenomenining  ijobiy  va  salbiy 

jihatlarini  chuqur  o„rganishni  va  yoshlarimizda  internetdan  foydalanish 

madaniyatini shakllantirish vazifasini yuklaydi. Kuchli mafkuraviy ta‟sir ko„rsatish 

vositasi  bo„lgan  internet  tizimi  jiddiy  muammolarni  ham  keltirib  chiqarmoqda. 

Ushbu  tizimdan  qo„poruvchilik,  g„aoyani  «eksport»  qilish,  odamlar  ongini 

manipulatsiya  qilish  maqsadlarida  foydalanish  mumkinligi  esa  mafkuraviy 

kurashni  yanada  keskinlashtiradi,  yoshlarni  elektron  «sayberterrorizm»  qarshisida 

chorasiz qilib qo„ydi. 

                                                 

8

 В будущее с новыми  технологиями // Uzbekistan today.-2010.-23 сентября. №38. 



9

 Телевидение в цифровом формате // Народное слово. - 2010. - 27 июля. 



 

18 


Bugungi  kunda  axborot  xurujining  yana  bir  ko„rinishi  odob-axloq,  sharm-

hayo  kabi  qadriyatlarga  tajovuz  tarzida  namoyon  bo„lmoqda.  2000-yilda 

AQSHning  Kolorado  shtatiga  qarashli  shaharchada  ikki  nafar  o„smir  12  nafar 

sinfdoshini  otib  o„ldirgani,  bir  qanchasini  yarador  qilib,  oxiri  o„zlarining  joniga 

qasd  qilganligi  haqidagi  shov-shuv  dunyoga  tarqalgan  edi.  Internetdagi  jangari 

o„yinlardan ta‟sirlangan bolalar anna shunday qotillik sodir etgan edilar. 

«Tadqiqotlarning  ko„satishicha,  elektron  pornagrafiya  reklama  uchun  eng 

kam  mehnat  va  mablag„  sarflanib,  katta  foyda  beruvchi  (30%)  soha  hisoblanadi. 

YAngi elektron bozorning 70 %ni pornagrafiya, video o„yinlar 4 %ni, sport esa 2 

% ni tashkil etmoqda»

10



Angliyalik  tadqiqotchi  Maykl  Xalmi  kompyuter  va  mobil  texnologiyalarini 



qurshoviga  hozirgi  16  yoshgacha  bo„lgan  o„sayotgan  yoshlarni  «raqamli 

obonentlar»  deb  atadi.  Bu  toifaga  kiruvchi  yoshlar  orasida  individualizm, 

egotsentirizm  sifatlari  tarqala  borayotganini  kuzatish  mumkin.  Internetga 

mukkasidan  ketish  yoshlarnin  do„stona  muloqotiga  ehtiyojlarni    kamaytira 

bormoqda. Hozirgi dunyoda globallashuv jarayonida «Dunyo hukumati», «Dunyo 

fuqorosi» degan tushunchalar paydo bo„layotgani bejiz emas. Bu jahonda g„arbona 

andozalarga  asoslangan,  ijtimoiy,  iqtisodiy,  siyosiy  va  madaniy  jihatdan  yagona 

tamaddud  barpo  etishga  intilishga  namoyon  bo„layotir.  Bu  esa  faqatgina  milliy 

mustaqillikka 

erishgan 

mamlakatlarning 

emas, 


balki 

butun 


dunyodagi 

davlatlarning taraqqiyotiga ham halokatli ta‟sir ko„rsatishi mumkinligi ma‟lum. 

Psixologlarning  e‟tirof  etishicha,  bugungi  kunda  kompyuter  o„yinlari 

mubtaloligiga  chalingan  yoshlarning  soni  ko„payib  bormoqda.  Bu  holatni 

mutaxassislar «Ludomaniya» deb baholashmoqda. Bu kasallikka chalingan bolalar  

kompyuterda o„ynamasa, depressiyaga tushib qoladi. Hozirgi internet klublaridan 

foydalanilayotganlarning 

aksariyat 

qismi 

yoshlar 


tashkil 

etayonganligi 

muammoning naqadar dolzarbligini ko„rsatib turadi. 

Ayrim  ota-onalarning  farzandi  nima  ishlar  qilib  yurganidan  bexabarligi 

sababli o„smirlar vaqtni internet klublarda o„tkazmoqda. Ba‟zi ota-onalar umuman 

                                                 

10

 Ғаниев А. Ғарб оламидаги ахлоқий муаммолар. – Тошкент, «Ворис», 2007. 26 б. 



 

19 


internetga kirib ko„rmagan. SHuning uchun ham farzandlarning internetdagi salbiy 

g„oyalar  sirmog„iga  tushib  qolishini  bilmaydilar.  «Navoiy  shahridagi  barcha 

internet-kafelarning  aksariyati  mijozlar  10-15  yoshli  o„smirlar.  Ularning 

ayrimlarihar kuni ertalab uydan maktabga ketayapman, deb chiqadi-yu, maktabga 

emas,  to„g„ri  internet-klubiga  kirib  boradi.  Portifelini  bir  chekkaga  qo„yib,  ota-

onasi  tanaffus    chog„ida  egulik  olish  uchun  bergan  pulni  «kompyuterchi  aka»ga 

beradi va soatlab o„yin o„ynashga sho„ng„ib ketadi. Kompyuter ekranida bir-birini 

do„pposlagan,  bir-birini  quvgan,bir-biriga  o„q  otgan  o„yin  qahramonlariga 

qiziqtirib,  og„zidan  qo„pol  so„zlar  chiqib  ketganini  ham  bilmay  qolayotgan  bu 

yosmirlarga  qarab  tashvishlanasan  kishi»

11

,  -deb  yozadi  «Xabar»  gazetasining 



muxbiri Marusa Hosilova. 

Ma‟luska,  internetdagi  ayrim  o„yinlar  kishi  ongini  zararli  tomonga 

o„zgartirib  yuboradi.  Bunday  o„yinlarni  targ„ib  qiluvchi  saytlar»g„oyaviy  virus» 

saytlari  deb  ataladi.  Bunda  qonho„rlik,  vahshiylik,  o„g„irlik,  zo„ravonlik  kabi 

illatlarni  targ„ib  etadigan  o„yinlarni  misol  keltirish  mumkin.  Internetdagi  fahsh 

sahifalaridan  foydalangan  yoshlarning  oila  to„g„risidagi  salbiy  tomonga  o„zgarib 

ketish  mumkin.  Ba‟zi  o„smirlarning  o„ta  asabiy  bo„lib  qolayotganining 

sabablaridan  biri  anna  shunday  o„yinlardir.  Fikrlashimizcha,  bugungi  kunda 

yoshlarni  internetning  salbiy  oqibatlaridan  asrash  uchun  qo„yidagilarga  e‟tibor 

qaratish lozim. 



Birinchidan,  ota-onalar  o„z  farzandi  uchun  mas‟ul  ekanini  his  qilib,  uning 

bo„sh vaqtida nima bilan band ekanini bilib turishlari lozim. 



Ikkinchidan, mahalla – tarbiya maskani. Ota-ona – uyda, mahalla – ko„cha-

kuyda o„smir xulqidan ogoh bo„lib turish zarur. 



Uchinchidan, maktab ma‟muriyati o„smir maktabdan to„g„ri uyga borayapti 

yoki  boshqa  joylargami?  Buni  bilishi  lozim.  Buning  uchun  oila  mahalla,  maktab 

shu masalada yakdil bo„lishi kerak. 

                                                 

11

 Ҳосилова М. Интернет-кафе – ҳаѐсизлик кўчаси эмас.//Хабар, 2009-йил, 16-октабр. 



 

20 


To„rtinchidan,intepnet  klub  nazoratchilari  –  ma‟murlar  bolaning 

kompyuterda  nima  bilan  shug„ullayotganini  nazorat  qilib,  o„smirlarning 

taqiqlangan saydlarga kirmasliklarini ta‟minlashlari kerak. 

Beshinchidan,internet klublarini ro„yxatga olgan muassasa, mahalla raislari 

yoki  mahalla  ularning  qanday  faoliyat  olib  borayotganini  nazorat  qilib  turishlari 

zarur. Ba‟zan internet klublari soat 23 dan keyin ham yoshlar bilan gavjum bo„ladi. 

Sababi  –  bu  vaqtda  ayrim  provayderlar  internet  klublar  uchun  imtiyoz  sifatida 

internetdan  bepul  yoki  arzon  qilib  ulab  beradi.  Bundan  esa  ayrim  noqobil  klub 

nazoratchilari foyda ko„radi. O„smirlar esa hayosiz veb-sahifalar, konolar, klip va 

o„yinlarga kiradi. 

Shuningdek,  mahalla  raislari,  fuqorolar  yig„inlarining  diniy  ma‟rifat  va 

ma‟naviy-axloqiy  tarbiya  ishlari  bo„yicha  maslaxatchilari  joylardagi  DVD  disk 

sotuvchi  tadbirkorlarga  pornagrafik  mazmundagi  filmlarni  tarqatish  va  namoish 

qilish  O„zbekiston  Respublikasining  «Ommaviy  axborot  vositalarito„g„risida»  gi 

Qonunning  6-moddasiga  zid  va  O„zbekiston  Respublikasi  «Mmuriy  javobgarlik 

to„g„risida»gi Kodeksning 189-moddasi bo„yicha javobgarlikka tortishi to„g„risida 

tushuntirib borishlari maqsadga muvofiqdir. 

Dunyo  hamjamiyati  o„zbek  ayollari  o„zlarining  zukkoligi,  ahloq-odobi, 

muomalasi,xulq-atvori,  halolligi,  milliy  kiyinishi,  qolaversa  sharmu-hayosi,  or-

nomusi, ibo-iffati, vafo-oriyat, mehr-oqibat, andisha, iymon-e‟tiqod kabi sharqona 

ma‟naviy-axloqiy  fazilatlari  bilan  yuksak  qadr-qimmatga,  nufuzga,  obro„ga  ega 

bo„lgan va qizlar tarbiyasida shaxsiy namuna ko„rsatgan hamda hozir ham shunday 

bo„lib qoladi deb umid qilamiz. 

Ming  afsuski  Turkistonning  CHor  Rossiyasi  tomonidan  ishg„ol  qilinishi, 

sobiq sho„rolar tizimi davrida o„zbek ayollarining yuqorida ta‟kidlangan ma‟naviy-

axloqiy fazilatlari, qadriyatlari kamsitildi. Oila hayotida buning ta‟siri hozirda ham 

tugatilgani  yo„q.  Hozirgi  davrda  ba‟zi  oilalarda  yosh  onaning  ota  vazifasini 

mahalliy  sharoitda  yoki  xorijda:  bolalarni  qarovsiz  qoldirishi  natijasida  o„z 

oilasidan  uzoq  yashash,  bolalar  tarbiyasini  ota(opa,  xola  va  boshqa  tanishlari 

zimmasiga)  yuklashi,  oilani  boqish  ilinjida  onalik  burchini  va  vazifasini 


 

21 


bajarmaslik, moddiy boylikni ma‟naviy boylikdan ustun qo„yishi, o„z sha‟ni va or-

nomusini  isnodga  qo„yishi  orqali  oilasidan  ajralishi,  sharqona  axloq-odobdan, 

ma‟naviy  merosdan uzoqlashish, ovro„pa  usulida kiyinish, xulq-atvor  va  turmush 

tarziga  taqlid  qilishi,  umuman  bola  tarbiyasiga  loqaydlik  bilan  qarash  kabi 

voqealarning  hayotda  sodir  bo„layotganligi  oila  tarbiyasiga  xususan  qizlar 

tarbiyasiga ma‟naviy zarar etkazmoqda va milliy qadriyatlarning qadrsizlanishiga 

hamda  qizlarning  milliy  ongi,  o„zlikni  anglashi,  millatdan  faxrlanish  kabi  milliy 

tuyg„ularning  tarkib  topmasligiga  olib  kelmoqda.  Bu  hol  esa  yosh  onalar 

tarbiyasida  jiddiy  nuqsonlarga  olib  keladi.  Milliy  ongi  ya‟ni  fikri  bo„lmagan  ona 

o„z farzandlarini komil qilib tarbiyalay olmaydi. Buning oqibatida hozirgi paytda 

qizlar  tarbiyasida  muammolar  ko„payib  bormoqda.  Bu  muammolarga  chek 

qo„yishning  asosiy  yo„li  oilada  onaning  farzandlar  tarbiyasida  namuna  bo„lishini 

tashkil  qilish  orqali  bartaraf  qilish  mumkin.  Ba‟zi  onalarning  qizlar  tarbiyasida 

loqaydligi  va  talabchan  bo„la  olmasligi  oila  tarbiyasida  o„ta  dolzarb  pedagogik 

muammolarni keltirib chiqarmoqda. 

YAna  qizlar  tarbiyasida  ongsiz  taqlidning  ommaviylashib  borishi  oila 

tarbiyasiga  katta  ma‟naviy  zarar  keltirmoqda.  SHulardan  kelib  chiqib  ona 

mehridan, qalb haroratidan uzoq bo„lgan aybsiz bolalarning tarbiyasiga va ularning 

kelajagiga  kim  javob  beradi?  Bunday  bolalarning  ma‟naviy  barkamol  bo„lib 

tarbiyalanishiga kim kafolat beradi? YOlg„iz ota, qavmu-qarindoshlar, mehribonlik 

uylari  tarbiyachilari  bolaga  onalik  mehrini,  qalb-qurini  bera  oladimi?  kabi 

savollarga oila pedagogikasi va ijtimoiy pedagogika fanlari hozirgi shart-sharoit va 

davr  talabi  asosida  mukammal,  asosli  javob  berishlari  darkor.  Mazkur  savollarga 

har  qanday  mutaxassisning  aql  bilan  javob  qaytarishi  muammoning  naqadar 

dolzarbligini  anglashga  asos  bo„ladi.  SHuning  uchun  ham  hozirgi  ba‟zi  oilalarda 

onalarning  qizlar  tarbiyasida  shaxsiy  namuna  ko„rsatishi  har  qachongidan  ham 

dolzarb muammo bo„lib qolmoqda. 

Bu  pedagogik  muammoni  ilmiy  va  amaliy  hal  qilishning  yo„li  pedagog 

mutaxassis  va  ota-onalarning  qizlar  tarbiyasida  onalar  shaxsiy  namunasi  haqida 

pedagogik  madaniyatlarini  tashkil  etish,  oshirish  va  takomillashtirish  orqali 



 

22 


erishish  mumkin.  Ona  shaxsiy  namuna  bo„layotgan  oilada,  ota  topib  kelgan 

moddiy ne‟matlarni saranjom sarishta qilib, tejab-tergab o„rnida sarflayotgan ona 

bag„rida va uning namunasida ulg„ayayotgan qiz kelgusida bir oilani ayol sifatida 

baxtli qilishga amaliy tayyorlanadi. Oilaviy hayotda o„z onasidan namuna oladi va 

oilada,  ijtimoiy  hayot  uchun  zarur  bo„lgan  aqliy,  axloqiy,  mehnat,  nafosat, 

tejamkorlik  ko„nikmalarini,  milliy  xulq-atvor  va  boshqa  ijtimoiy  tajribalarini 

mustaqil o„zlashtiradi, o„rganadi, oila hamda ijtimoiy hayotga amaliy tayyorlanadi. 

Ayollarning kiyimlari ham bir asr davomida jiddiy o„zgarishlarga uchradi. U 

paytda ayollar libosi keng va uzun ko„ylak, kamzul va kavsh-maxsidan iborat edi. 

An‟anaga ko„ra, ayollar ko„ylagi badanning past-baland joylarini bilintirmaydigan 

darajada  keng  bo„lishi,  englari  esa  bilaklarini  to„la  yopib  turishi  lozim  edi. 

Ayollarning  shunday  kiyimlari  30-yillargacha  moda  bo„lib  keldi.  O„sha  paytlarda 

biror kishi yana 30-40-yillardan keyin o„zbek ayollari tor ko„ylak va yubka, shim 

kiyib  yurishadi,  desa  boshqalar  uni  aqldan  ozganga  chiqarib  qo„yishi  hech  gap 

emas  edi.  Oradan  40-50  yil  o„tar-o„tmas  ayollar  shunchaki  tor  ko„ylak  va  shim 

emas, mini yubka, juda tor shimlar kiya boshlashdi. Endi kiyim ularning badaniga 

past-baland  joylarni  yashirishga  emas,  bo„rtib  turgan  joylarini  yana  ham 

bo„rttiribroq ko„rsatishga xizmat qila boshladi. Asr boshida ayollar badanining 5-6 

foiz qismi ochiq yurgan bo„lsa, asr oxiriga kelib yoz paytlarida ayollar badanining 

50-60 foiz qismi ochiq yuradigan bo„ldi. XX asrning so„nggi choragida ayollar asr 

boshidagi ayollar liboslarini kinofilm va fotasuratlarda ko„rib ajablanishadi, xolos. 

Bularning  bari  hozirgi  til  bilan  aytganda,  globallashuv,  aniqrog„i  ma‟naviyatdagi 

globallashuv  natijasi  edi.  Ko„rib  o„tgan  misollarimizda  erkak  va  ayollar 

liboslaridagi o„zgarishlar yuz bergan har bir bosqichda avvalgi bosqich liboslarini 

himoya  qiluvchi,  yangiliklarni  esa  Farbdan  kelayotgan  ma‟naviy  tahdid,  deb 

baholovchilar ham anchagina bo„lgan. Mana shu misollar globallashuv jarayonida 

chetdan kirib kelayotgan hodisalarning qaysi biri ma‟naviyatga tahdidu, qaysi biri 

hayotbaxsh ekanini aniqlab olish qiyin ekanini ko„rsatadi. SHuning uchun chetdan 

kelayotgan har qanday g„oyani yot va vayronkor, deb e‟lon qilishdan avval milliy 


 

23 


manfaatlar  yo„lida  foydalanish  mumkin  yoki  mumkin  emasligi  to„g„risida  obdon 

o„ylash lozim. 

Ayni paytda, axborotlashuv jarayoni bir qator muammolarni ham keltirib 

chiqaradi. 

«Yumshoq erotika»dan tortib «ochiq pornografiya»gacha bo„lgan hodisalar 

bilan  bog„liq  muammolar  ana  shular  jumlasidandir.  Bunday  holatlarning  oldini 

to„la-to„kis olib bo„lmaydi. Zero, axborot tarmoqlarning uzilishlarsiz ishlashi uning 

muhim  sifatiy  belgisi  hisoblanadi  va  bu  jarayon  doimiy  takomillashuvni  boshdan 

kechirmoqda.  Demak,  yuqoridagi  kabi  «muammolar»  yo„liga  qanchalik  to„siq 

qo„yilmasin doimo ularni «aylanib» o„tish imkoniyati mavjud bo„ladi. 

Yana bir  muammo  mualliflik hamda  intellektual  mulk huquqining  buzilishi 

bilan  bog„liq.  SHunday  ekan,  axborot  tarmog„ida  ko„pchilik  ko„ra  olmaydigan 

hududlar  yuzaga  kelishi  tabiiy.  Bugungi  kunda  kompaniyalar  o„z  axborotlarini 

himoya qilish va ruxsat etilmagan kirishlarning oldini olish uchun katta mablag„lar 

sarflayotgani ham shundan. 

Shu  bilan  birga  muayyan  axborotlarni  yashirishdan  tortib,  uni  noqonuniy 

ravishda  e‟lon  qilishgacha  bo„lgan  ko„rinishlarda  namoyon  bo„ladigan 

suiiste‟molliklar ham kelib chiqishi mumkin. 

Axborot  turli  ijtimoiy  qatlamlar,  professional  va  milliy  guruhlar  vakillarga 

har  xil  ta‟sir  qilishi  barobarida  uni  iste‟mol  qilish  amaliyoti  turli  guruhlarda  bir-

biridan  keskin  farq  qilishi  mumkin.  Bu  eng  avvalo,  axborot  manbalari  miqdori 

o„rtasidagi  farqda  namoyon  bo„ladi.  Masalan,  ayrim  odamlarda  axborot  manbai 

minimal 

(televidenie, 

radio), 

ayrimlarda 

esa 

keng 


(internet, 

yangi 


telekommunikatsiyalar tizimi) bo„lishi mumkin. 

Iqtisodiy,  siyosiy,  madaniy-ma‟rifiy  va  boshqa  sohalardagi  axborotlar 

ta‟sirlashuvi  ijtimoiy  hayotning  mazmunan  boyishi,  takomillashuvining  muhim 

omili  hisoblanadi.  SHu  nuqtai  nazardan  qaraganda,  bugungi  kunda  axborot 

almashinuvi insoniyat taraqqiyotining muhim shartiga aylandi deyish mumkin. 

O„z  davrida  og„zaki  nutqning  paydo  bo„lishi  bilan  axborot  uzatish 

imkoniyatlari  kengaygan  bo„lsa,  yozma  nutq  rivoji  bu  borada  o„ziga  xos  yangi 


 

24 


bosqichni  boshlab  bergan  edi.  Hozirgi  fan-texnika  taraqqiyoti,  integratsiya  va 

globallashuv  sharoitida  esa  axborot  makonida  tub  sifatiy  holat  kechmoqda. 

Endilikda,  axborot  uzatish  nafaqat  xilma-xil  (radio,  televidieni,  matbuot,  telefon, 

faks,  pochta,  Internet  va  b.)  shakllari,  balki,  o„ta  tezkorligi  bilan  ham  jamiyat 

taraqqiyotining  oldingi  davrlaridagdan  farq  qiladi.  Bunday  sharoitda,  axborot 

iste‟moli jarayonida ham yangi tendensiyalar kuzatilmoqda.  

«Kimki axborotga ega bo„lsa, u dunyoga egalik qiladi» degan fikrning paydo 

bo„lishiga ham axborotning yuqoridagi xususiyatlari sabab bo„lgan.  

Ijtimoiy  makon-bu,  ayni  vaqtda  axborot  makoni  hamdir.  Globallashuv 

sharoitida  axborot  hajmining  kattaligi,  ularning  zamonaviy  tezkor  vositalar  orqali 

tarqatilayotgani  axborot  sohasining  ijtimoiy  makonning  boshqa  shakllaridan 

tubdan  farq  qilishini  ta‟minlamoqda.  Xususan,  zamonaviy  ommaviy  axborot 

vositalari  (ayniqsa,  Internet  tizimi)  orqali  tarqalayotgan  xabar  va  ma‟lumotlarga 

turli siyosiy ta‟qiqlar, davlat chegaralari to„siq bo„la olmaydi.  

Axborot  iste‟moli  ijtimoiy,  aniqrog„i,  ma‟naviy  ehtiyojlarni  qondirishga 

qaratilgan  hodisadir.  Axborot  iste‟molining  xizmatlar  iste‟molining  o„ziga  xos 

shakli hisoblanadi. Ma‟lumki, har qanday xizmatni iste‟mol qilishdan avval uning 

sifati, narxi,  foydasi,  qulayligi  va  boshqa  shu  kabi  xususiyatlarga  e‟tibor  beriladi. 

Bu  jarayonda,  iste‟mol  qilinayotgan  xizmatning  talab-taklif  xususiyatlari  ham 

inobatga olinadi. Masalan, taklifi kamayib ketgan xizmatlarning iste‟mol darajasi 

yuqori  bo„lib,  ularga  talab  kuchayadi.  Mazkur  xususiyatlar  axborot  iste‟moli 

jarayoniga ham xosdir. Biroq, ma‟naviy ne‟mat bo„lgan axborotni iste‟mol qilish 

o„ziga xos tomonlari bilan ham ajralib turishini ta‟kidlash joiz. Xususan, axborot 

konkret  shaxs,  ijtimoiy  guruh,  millat,  jamiyat  va  davlat  tomonidan  iste‟mol 

qilinadi-ki,  mazkur  darajada  iste‟mol  jarayonlari  bir-biridan  farq  qiladi.  Masalan, 

biron  shaxs  uchun  qiziqarli  bo„lgan  ma‟lumot,  muayyan  ijtimoiy  qatlam  yoki 

guruh uchun ahamiyatsiz bo„lishi mumkin. SHuningdek, axborot makon va zamon 

xususiyatlariga  ham  ega.  CHunonchi,  Farbda  o„ta  ommabop  bo„lgan  axborotlar, 

SHarq  xalqlari  tomonidan  kam  iste‟mol  qilinishi  mumkin.  Bundan  tashqari, 

ma‟lum  bir  tarixiy  davrda  katta  qiziqish  bilan  kutib  olingan  ma‟lumotlar,  vaqt 



 

25 


o„tishi bilan odatiy holda aylanishi va ijtimoiy hayotda bu tarzda in‟ikos etmasligi 

mumkin. 


Axborot iste‟moli,  kim  tomonidan iste‟mol qilinishidan  qat‟iy  nazar,  qabul 

qilish, tushunish, talqin etish kabi bir-biri bilan uzviy bog„liq bo„lgan bosqichlarda 

amalga oshiriladi. 

Bugungi  kunda,  axborot  iste‟moli  jarayoni  ham  o„ziga  xos  madaniyatni 

taqozo 

etmoqda-ki, 



madaniyatning  bunday  shakli  insoniyat  ma‟naviy 

madaniyatining tarkibiy qismiga aylanishi zarur.  

Axborot  iste‟moli  madaniyat  globallashuv  jarayonlarining  xarakterli 

xususiyatlaridan biri bo„lgan. Internet tarmog„i jadal rivojlanib borayotgan hozirgi 

sharoitda, ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etadi.  

SHuning  uchun,  hozirgi  davr  kishisi  oldida  axborot  tanlash  imkoniyati  shu 

qadar  yuqori-ki,  uning  talabini  qondira  olmaydigan  ma‟lumotlar  bir  zumda 

qimmatini  yo„qotishi  aniq.  SHu  nuqtai  nazardan  qaraganda,  hozirgi  davr  axborot 

iste‟moli avvalgilaridan tubdan farq qiladi.  

SHubhasiz,  zarur  axborotlarga  ega  bo„lishga  intilish-davr  talabi.  Biroq, 

bugungi  kunda,  shaxs,  ijtimoiy  guruh,  millat,  jamiyat  va  davlatning  o„zi  haqida 

axborotlarni  tarqatishi  ham  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Buning  ikki  asosiy  jihati 

mavjud.  Birinchidan,  masalan,  Internet  tarmog„i  imkoniyatlari  kengayib 

borayotgan hozirgi davrda, ulardan mamlakatimizning jahon hamjamiyatida tutgan 

o„rnini mustahkamlashda keng foydalanish zarur. CHunki, jahonga tanilish uchun 

nafaqat real dunyoda, balki, axborot dunyosi (virtual olam)da ham harakatlar olib 

borish  zarur.  Respublikamiz  Prezidenti  I.A.Karimov  ta‟kidlaganidek,  «bu  borada 

ishni to„g„ri tashkil etish uchun Internet tizimidan samarali va oqilona foydalanish, 

uni  o„zimizning  ma‟lumotlar  bilan  to„ldirish  kerak...  bizning  zaif  tomonimiz 

shundaki,  Internetda  O„zbekiston  bilan  bog„liq  ma‟lumotlar  juda  kam.  Nega 

deganda,  bizda  bu  jarayonning  texnikasi  va  texnologiyasi  talab  darajasida  emas. 

Milliy  qadriyatlarimiz,  tarix  va  merosimiz,  bugungi  fan,  san‟at  va 

adabiyotimizning  eng  yaxshi  namunalarini  Internetga  kiritish  dasturi  ishlab 

chiqilmagan».  Ikkinchi  muhim  jihati  shundaki,  yurtimiz  hayotiga  doir  ayrim 



 

26 


noxolis,  tor  doiradagi  manfaatlaridan  kelib  chiqib  tarqatilayotgan  ma‟lumotlarga 

javoban  axborotlarni  global  miqyosda  targ„ib-tashviq  etish  tashqi  axborot 

xurujlariga  qarshi  o„ziga  xos  qalqon  vazifasini  bajaradi.  Bu  esa,  turli  geosiyosiy 

manfaatlar  doirasida  axborot  xurujlari  ta‟sirini  kamaytirish  va  milliy  axborot 

makoni xavfsizligi ta‟minlanishining muhim sharti hisoblanadi.  


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling