Ommaviy axborot vositalaridan foydalanish


  Tarbiyaviy  tadbirlar  orqali  o„quvchi-yoshlarni  ommaviy  axborot


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana23.07.2020
Hajmi1 Mb.
#124591
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
oquvchilarni manaviy-axloqiy tarbiyalashda ommaviy axborot vositalaridan foydalanish


2.2.  Tarbiyaviy  tadbirlar  orqali  o„quvchi-yoshlarni  ommaviy  axborot 

vositalaridan foydalanib ma‟naviy-axloqiy tarbiyalash 

 

Bugungi  kunda  yoshlarimiz  nafaqat  o`quv  dargohlarida,  balki  radio, 



televideniye, matbuot, internet kabi vositalar orqali ham rang – barang axborot va 

ma`lumotlarni  olmoqda.  Jahon  axborot  maydoni  tobora  kengayib  borayotgan 

shunday  bir  sharoitda  bolalarimizning  ongini,  faqat  o`rab  –chirmab,  uni  o`qima, 

buni ko`rma deb bir tomonlama tarbiya berish, ularning atrofini temir devor bilan 

o`rab  olish,  hech  shubhasiz,  zamonning  talabiga  ham,  bizning  maqsad  – 

muddaolarimizga  ham  to`g`ri  kelmaydi.  Sababi  biz  yurtimizda  ochiq  va  erkin 

demokratik  jamiyat  qurish  vazifasini  o`z  oldimizga  qat`iy  maqsad  qilib 


 

58 


qo`yganmiz  va  buy  o`ldan  hech  qachon  qaytmaymiz.  Davlatimiz  kelajagini  o`z 

qobig`imizda  o`rmashibolgan  holda  emas,  balki  umumbahsariy  va  demokratik 

qadriyatlarni  chuqur  o`zlashtirgan  holda  tasavvur  etamiz.  Biz  istiqbolimizni 

taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasidan foydalanib, davlat va jamiyat boshqaruvini 

erkinlashtirish,  inson  huquq  va  erkinliklarini,  fikrlar  rang–barangligini  o`z 

hayotimizga  yanada  kengroq  joriy  qilishda  ko`ramiz.  Biz  butun  ma`rifatli  dunyo, 

xalqaro  hamjamiyat  bilan  tinch  –  totuv,  erkin  va  farovon  hayot  kechirish,  o`zaro 

manfaatli  hamkorlik  qilish  tarafdorimiz.  Biz  uchun  boshqa  yo`l  yo`q.  Aniqrog`i, 

yoshlarimizning  ma`naviy  olamida  bo`shliq  vujudga  kelmasligi  uchun  ularning 

qalbi va ongida sog`lom hayot tarzi, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat – 

ehtirom  tuyg`usini  bolalik  paytidan  boshlab,  shakllantirishimiz  zarur.  Shuni 

unutmaslik  kerakki,  bugungi  kunda  inson  ma`naviyatiga  qarshi  yo`naltirilgan,  bir 

qarashda  arzimas  bo`lib  tuyulgan  kichkina  xabar  ham  axborot  olamidagi 

globallashuv  shiddatidan  kuch  olib,  ko`zga  ko`rinmaydigan,  lekin  zararini  hech 

narsa bilan qoplab bo`lmaydigan ulkan ziyon yetkazish mumkin. 

 Har  qaysi  davlatning  chegaralarini  daxlsiz  saqlashda  harbiy  kuch–qudrat, 

qurolli  kuchlar  suv  bilan  havodek  zarur.  Ammo,  xalqimiz,  avvalambor, 

yoshlarimiz  ma`naviy  olamining  daxlsizligini  asrash  uchun  biz  nimalarga  tayanib 

ish  olib  borishimiz  kerak,  degan  savol  barchamizni  o`ylantirishi  tabiiy.  Tobora 

kuchayib  borayotgan  bunday  xabarlarga  qarshi  doimo  sergak,  ogoh  va  hushyor 

bo`lib  yashashimiz  zarur.  Bunday  tahdidlarga  qarshi  har  tomonlama  chuqur 

o`ylangan, puxta ilmiy asosda tashkil etilgan, muntazam va uzluksiz ravishda olib 

boriladigan  ma`navy  tarbiya  bilan  javob  berish  mumkin.  Mamlakatimizda  yangi 

hayot asoslarini barpo etar ekanmiz, bir masalaga e`tibor berishimiz lozim. Ya`ni, 

kommunistik  mafkura  va  uning  xalq  normalaridan  voz  kechilgandan  so`ng, 

jamoada  paydo  bo`lgan  g`oyaviy  bo`shliqdan  foydalanib,  chetdan  biz  uchun 

mutlaqo  yot  bo`lgan  ma`naviy  va  axloqiy  tubanlik  illatlarini  o`z  ichiga  olgan 

“ommaviy  madaniyat”  yopirilib  kirib  kelishi  mumkinligini  unutmaslik  kerak. 

Tabiiyki,  “ommaviy  madaniyat”  degan  niqob  ostida  axloqiy  buzuqlik  va 

zo`ravonlik,  individualism,  egositrizm  e`tiqodini  tarqatish  kerak  bo`lsa,  shuning 



 

59 


hisobidan  boylik  orttirish,  boshqa  xalqlarning  nega  ming  yillik  an`ana  va 

qadriyatlariga,  turmush  tarzining  ma`naviy  negizlariga  bepisandlik,  ularni 

qo`porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo`ymaydi.  

 Hozirgi vaqtda axloqsizlikni madaniyat deb bilish va aksincha, asl ma`naviy 

qadriyatlarni  mensimasdan,  eskilik  sarqiti  deb  qarash  bilan  bog`liq  holatlar 

bugungi taraqqiyotga, inson hayoti, oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga katta 

xavf solmoqda. Bu haqda ulug` ajdodlarimiz o`z davrida komil inson haqida butun 

bir  axloqiy  mezonlar  majmuini,  zamonaviy  tilda  aytganda  sharqona  axloq 

kodeksini ishlab chiqilganligini eslash o`rinli. 

O„quvchi-yoshlarni  ma‟naviy  shakllantirishda  odamlar  hayotiga  keng  kirib 

kelgan ommaviy axborot vosita (gazeta, jurnal, televidenie, radio, kino va b.q)lari. 

Ular tomoshabinlar, tinglovchilar, o„quvchilar emotsional his-tuyg„ulariga bevosita 

boy  maftunkor  ta‟sir  ko„rsatadi.  SHu  bois  ommaviy  axborot  vositalari  ma‟naviy 

tarbiya  sohasidagi  siyosatni  aniq  belgilab  olishi,  ma‟naviyatning  maqsad  va 

tamoyillarini yoshlarda yuksak ma‟naviyatni shakllantirishda tarbiyachi, murabbiy 

talabalar  diqqatini  maqsadli  yo„naltirish  metodikasini  egallab  olishi  va  ommaviy 

axborot  vositalarini  barcha  ta‟limiy  va  tarbiyaviy  imkoniyatlaridan  foydalanishi 

zarur. 


Kutubxonalar  –  insonlarga  ziyo  tarqatuvchi,  ma‟naviyatga  eltuvchi 

maskandir.  Radioda  eshittiriladigan  «Suhbidam  salomi»,  «Tabassum»,  «Musiqali 

daqiqalar»,  «Oqshom  to„lqinlarida»  eshittirishlar  kishilar  qalbida  ma‟naviy 

jo„shqinlik uyg„otadi. 

«Tabassumda»  beg„araz  kulgi  orqali  kishilar  xarakteridagi  ayrim  xislatlar 

tilga olinib, ularning ijobiy va salbiy jihatlari anglatiladi. Aniq misollarda yoritish, 

talabalarga  shunday  tahlil  qilish  uchun  topshiriqlar  berish  (eshittirishni  magnit 

lentasiga  yozib  olingandan  keyin)  «Oqshom  to„lqinlari»da  eshittirishlari  esa  har 

qanday  ma‟naviy    etuklikka  ega  bo„lgan  kishini  befarq  qoldirmaydi,  ashula  va 

musiqa  orqali  ma‟naviy  ozuqa  oladi.  Turli  pand-nasihat  tarzidagi  rivoyat  va 

maqollar  orqali  esa  talabalarda  qadriyatlarimizni  boyitishga  bo„lgan  harakat, 

intilishni hosil qiladi. 



 

60 


YOsh  avlodni  ma‟naviy  boy  bo„lishida  «Oqshom  ertaklari»,  «Alanga», 

«Kamalak»  singari  eshittirishlar  muhim  sanaladi.  Bunday  dasturlar  bolalar  va 

o„smirlarni  yaxshilikka,  iymon-e‟tiqodli  bo„lishga,  ota-onasi  va  birodarlariga 

muhabbatlilikka undaydi. 

Oynai jahonda ko„rsatiladigan «Vatan timsollari» «Assalom, O„zbekiston», 

«Barhayot navolar», «Bu oqshom» ko„rsatuvlari va turli mavzularga bag„ishlangan 

kinofilmlar bizga, shuningdek qalbida insoniylik tuyg„usi mujassamlashgan har bir 

talabaga  qandaydir  ruhiy  kayfiyat  va  olam-olam  zavq  bag„ishlaydi.  O„quvchi-

yoshlarni  fikr-mulohaza  yuritishga,  ma‟naviy  qadriyatlarimizni  avaylab-asrashga, 

ularni  kelgusi  avlod  uchun  saboq  qilib  ko„rsatishga,  ta‟lim-tarbiyada  keng  o„rin 

tutishini anglab olishga va o„rganishga undaydi  

Bu  ko„rsatuvlar  orqali  ota-onaga,  Vatanga  muhabbat,  insonni  ulug„lash, 

milliy  g„urur,  odamiylik  qadr-qimmati  va  mehnatsevarlik  kabi  fazilatlarning 

oliyjanobligini  tushunib  etamiz.  Masalan,  «Ertaklar  yaxshilikka  etaklar»,  «Dono 

bobo  o„gitlari»,  «Otalar  so„zi  –  aqlning  ko„zi»,  «Juma  oqshomi»,  «Mening 

mahallam» singari bolalar va kattalar uchun beriladigan ko„rsatuvlar yosh avlodni 

ma‟naviy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdagi asosiy omillardan hisoblanadi. 

«Ma‟rifat»,  «Kamalak»,  «Kamolot»  va  h.k.  gazetalarida  bosilgan 

materiallarni  muhokama  qilish,  ularda  ma‟naviyat  va  ma‟rifatga  bag„ishlangan 

materiallarni  to„plash,  tizimlashtirish,  O„zbekistonning  mustaqillik  yillarida 

erishgan  yutuqlarini  o„rganish  orqali  ularda  mamlakatimiz  kelajagi  buyuk 

ekanligiga iymon keltirish. 

O„quvchilarda  gazeta  va  jurnallarga  qiziqishni  uyg„otish  va  ularni  to„g„ri 

o„qish,  izlab  topilgan  zarur  axborotni  qayta  ishlash  ko„nikmasini  shakllantirish 

maqsadida turli shakl va metodlardan foydalanishni yo„lga qo„yish zarur. 

Teatr  san‟ati  badiiy  obrazlar  tizimi  vositasida  ko„rsatadi.  Teatrda  aktyor 

tomoshabin  ko„zi  oldida  hayotni  so„z  va  dramatik  harakat  orqali  aks  ettiradi, 

tomoshabinlar  asar  qahramonlari  bilan  yuzma-yuz  turib,  bevosita  munosabatda 

bo„ladilar. 


 

61 


Teatrning  asosiy  burchi tomoshabinni g„oyaviy  va  axloqiy,  estetik  jihatdan 

tarbiyalash uning vazifasi axloqiy-estetik sharoitni yaxshilashga xizmat qilishdir. 

Teatr  yoshlarni  vatanparvarlik,  baynalmilal,  axloqiy  go„zallik  ruhida 

tarbiyalaydi.  



Reklama  –  qisqa,  tez-tez,  ma‟lum  vaqtda  eslatib  turiladigan  axborot.  Turli 

axborot  tarqatish  vositalari  orqali  (gazeta,  jurnal,  katalog,  televidenie,  radio 

eshittirishlar) ko„rgazmali tasviriy vositalar (taxta-lavha, afisha, plakatlar), audio-

video yozuvlarni namoyish qilish. 



Videokliplar  –  o„quv-tarbiyaviy  ishlar  samadorligini  oshirishga  xizmat 

qiladigan  videodastur,  teledastur,  difilm  shaklidagi  o„quv-tarbiyaviy  kliplar 

talabalar diqqatini o„ziga jalb qiladi. 

Plakatlar  –  targ„ibot-tashviqot,  axborot  olish  yoki  reklama  maqsadida 

ko„chalarga,  jamoat  joylariga,  ta‟lim  muassasalaridagi  o„quv  xonalari  (kabinet, 

auditoriyalar)ga  osib  qo„yiladigan  plakatlar  va  har  bir  mavzuni  o„tishda  alohida 

plakatdan foydalaniladi. 



Varaqalar  –  siyosiy  tashviqot  vositalaridan  biri.  O„quvchi-yoshlarni 

varaqalarning  davlat  siyosatiga  qarshi  yozilishidan  ogohlantirish,  bunday 

varaqalarga qarshi tarbiyalash, yot, buzg„unchi g„oyalarga qarshi immunitet hosil 

qilishdadir. 

Mahalliy  radiouzellari  orqali  mahallaning  o„z  odamlari  eshittirishlar  olib 

boradi.  Masalan,  yosh  avlodni  tartibga  chaqirish,  vahobiylikka  qarshi  kurashish. 

Ulardan  targ„ibot-tashviqot  ishlarida,  «Eng  yaxshi  oila»  ko„rik  tanlovlarini 

o„tkazishda foydalanish mumkin. Maqsadi: Hayotiy misollar yordamida yoshlarda 

ma‟naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalash.  

Badiiy  filmlar  –  kino  sanoat  asarlari  bo„lib,  g„oyaviy  estetik  tarbiya 

vositalaridan  biri  hisoblanadi.  Ommani  tarbiyalashga  qaratilgan  g„oyaviy-badiiy 

etuk filmlarni ko„proq ishlab chiqarilishiga erishish lozim.  

Kutubxonalar  (resurs  markazlari)  –  bosma  va  ayrim  qo„lyozma  asarlardan 

hammaning  baravar  foydalanishini  ta‟minlaydi.  Kutubxonalar  –  resurs  markazlar 

bosma asarlarni yig„ish, saqlash, targ„ibot qilish bilan shug„allanadi. Kutubxona – 


 

62 


resurs  markazlarining  maqsadi  ommaning  turli  qatlamlarini  har  tomonlama 

tarbiyalash,  ularning  g„oyaviy,  siyosiy,  madaniy,  iqtisodiy,  estetik,  diniy 

saviyalarini oshirish hamda mustaqil o„qishlariga yordam berishdan iborat. 

Dunyoda  axborot  o„lchovlarining  o„rganilishi.  Ba‟zi  bir  davlatlarning 

axborot  bozoridagi  hukmronligining  oshish  tendensiyasi,  xalqlar,  davlatlar  va 

madaniyatlar  xususida  ularning  shaxsiy  qarashlarini  shakllantirishga  intilishi. 

Ma‟lumki, bugungi kunda axborot oqimlari haddan tashqari jadal va keng ko„lamli 

bo„lgan.  Bitta  misol:  ohirgi  ellik  yil  ichida  jamiyatda  aylanadigan  axborot  hajmi 

million marta ko„paydi va kundan kunga yanada oshib bormoqda. Bu shunday bir 

katta  raqamki,  uni  to„la  darajada  anglab  olish  ham  qiyin.  SHuni  aytish  zarurki, 

bunday imkoniyatlar hamma davlatlarga ham xos emas. 

Demak,  texnikaviy  jihatdan  qudratli  bo„lgan  davlatlar  kuchli  axborot 

texnologiyalariga  ega.  SHuning  evaziga  ular  o„zlari  ishlab  chiqqan  axborotni 

tarqatish yo„li bilan boshqa mamlakatlar ustidan oldin g„oyaviy, keyin esa siyosiy, 

iqtisodiy  va  madaniy  hukmronlik  qilishga  harakat  qilmoqda.  Bunday  davlatlar 

sirasiga  eng  avvalo  rivojlangan  mamlakatlar  kiradi.  Mazkur  mamlakatlarning 

axborot  manbalari  sifatida  birinchi  o„rinda  davlat  axborot  markazlari  va  milliy 

OAV xizmat qiladi. 

Axborot hukmronlikning maqsadi bitta – axborot tarqatadigan mamlakatning 

mafkurasini boshqa davlatlar va xalqlar o„rtasida keng tarqatish va targ„ib qilish. 

Lekin  bunday  vazifa  borligi  haqida  ular  ochiq  oydin  aytmaydi,  aksincha,  uni  har 

xil  yo„llar  bilan  yashiradi.  Masalan,  inson  huquqlari  yoki  demokratik  andozalar 

niqobi ostida va hokazo.  

“Birinchi  darajali”  va  “rivojlanmagan”  davlatlar  haqidagi  afsonaning 

yaratilish  ehtimolini  mavjudligi.  “Birinchi  darajali”  va  “rivojlanmagan”  davlat 

haqidagi  afsonalar  aslida  bir  necha  asrlik  tarixga  ega.  Ammo  sayyoramiz 

mamlakatlarini  bunday  toifalarga  bo„lish  uchun  asos  yo„q.  Iqtisodiy,  ilmiy  va 

texnikaviy  jihatlardan  rivojlangan  mamlakatlar  aholisi  yaxshi  yashaydi  degan 

gapning  o„zi  uncha  ham  to„g„ri  emas.  “YAxshi  yashash”  nima  degani?  Moddiy 

boylik etarligimi? Unda nega aholisi eng uzoq umr ko„radigan YAponiya bir necha 



 

63 


o„n  yilliklar  davomida  dunyo  mamlakatlari  ichida  o„z  joniga  qasd  qiluvchi 

fuqarolar  soni  jihatidan  dunyoda  birinchi  o„rinda  turadi?  Nega  Samarqand  va 

Buxoro  to„ylarini  ko„rgan  fransuz  va  nemislar  bizning  urf-odatlarimizga  havas 

bilan qaraydilar va “sizlarga Evropa madaniyati kerak emas ekan” degan fikrlarni 

bildiradilar?  Bu  AQSH  professori  Samyuel  Xantington  aytgan  madaniyatlar 

(sivilizatsiyalar)  to„qnashuvi  emas,  aksincha,  ular  turfa  xilligi,  kolaversa,  sirtqi 

dialogidir. 

OAV  axborot–psixologik  urushni  olib  borish  vositasi  sifatida.  Afsuski, 

ayrim  OAV  bugungi  kunda  shunday  vositaga  aylanganlar.  Ushbu  urushda 

OAVning  o„rni  va  rolini  aniqlash  uchun  eng  avvalo  axborot-psixologik  urushni 

ma‟nosini  anglab  olishimiz  zarur.  “Axborot  urushi”  so„zlarining  asoschisi  fizik-

olim  Tomas Ron hisoblanadi, 1976 yilda u axborotni xarbiy kuchlarning eng zaif 

bug„ini deb ta‟riflab, ushbu masalaga barcha davlat miqyosidagi mas‟ul kishilarni 

e‟tiborini  qaratdi.    SHundan  beri  mazkur  so„zlarning  ahamiyati  kundan  kunga 

kuchayib kelmoqda.  

Internet ommaviy kommunikatsiya ta‟sirini eng baland pog„onaga ko„tardi. 

Saytga  joylashtirilgan  ma‟lumot  birdan  butun  dunyo  bo„yicha  tarqalib  ketadi. 

Uning adadi (tiraji) esa cheksiz. OAVning roli internetgacha ham kuchli  bo„lgan, 

endi  esa  ularning  ta‟siri  tasavvur  qilib  bo„lmaydigan  darajaga  etdi.  OAVdan 

tashqari  internet  reklama,  ma‟lumotlar  etkazish, elektron  pochta  xizmatlarini ham 

bajaradi.  Eng  qulayi  shundaki,  internetdagi  ma‟lumot  juda  ko„p,  u  arzon  va  o„ta 

tezkor. 


Internetning paydo bo„lishi va internet jurnalistikasining takomili. Internetni 

ko„p  mutaxassislar  harbiylarning  ihtirosi  deb  aytadi.  Aslida  esa  dastlabki 

bosqichda  uni  AQSHdagi  to„rtta  universitet  kashf  etdi.  Mazkur  universitetlar 

kompyuterlarini  bir  tizimga  birlashtirib,  o„zaro  kutubxonalaridan  foydalana 

boshladilar.  Pentagon  esa  bundan  tez  xabar  topdi.  Va  ihtironing  imkoniyatlarini 

o„rganib, undan harbiy qumondonlikni takomillashtirish maqsadida olimlarni jalb 

etib, ularga barcha sharoitlarni yaratib, arpanetni (internetning  birinchi nomi) o„z 


 

64 


maqsadlariga  yo„naltirdi.  Uzoqqa  bormay  undan  jurnalistlar  ham  foydalana 

boshladi. Natijada internet jurnalistikasi paydo bo„ldi. 

Internet jurnalistikasi – katta va muhim mavzu, uni ma‟ruzaning bir qismida 

ochib  berishning  iloji  yo„q  (qaralsin:  Kalmыkov  A.A.,  Koxanova  L.A.  Internet-

jurnalistika. M.: YUNITI–DANA, 2005). SHuning uchun biz faqat uning ijobiy va 

salbiy  tomonlarini  aytib  o„tamiz.  Internetning  qulayliklari:  arzon,  tezkor,  texnik  

jihatdan  materiallarni  joylashtirish  qiyin  emas,  ma‟lumotlarni  katta  hajmda 

o„rnatish  mumkin,  ularni  turli  tillarga  ugirish  oson,  axborot  chegara  va  masofani 

bilmaydi  va  x.k.  Salbiy  oqibatlari:  xohlagan  odam  istagan  axboroti  bilan  virtual 

maydonga to„siqsiz kirib kelishi, nazorat yo„qligi va shu tufayli terroristik hamda 

pornografik  ma‟lumotlar  o„ta  ko„pligi,  kosmopolitik  g„oyalar  hamda  “universal 

madaniyat”  keng  tarqalishi,  davlat  roli  pasayishi,  tarmoq  yordamida  demokratik 

fundamentalizm rivojlanishi va boshq. 

Neyrolingvistik dasturlash va doimiy, uzluksiz efirga uzatiladigan televizion 

xabarlar natijasida turli millat va xalqlar ongiga ta‟sirning o„sishi. Neyrolingvistik 

dasturlashni ayrim mutaxassislar (masalan, G.G.Pochepsov) tomonidan unga hech 

narsani  qarshi  quyib  bo„lmaydigan  shprits  ta‟siriga  qiyoslaydilar.  Bunday 

o„xshatishda  ma‟lum  bir    haqiqat  bor.  Agar  biror-bir  g„oyani,  u  yolg„on  bo„lsa 

ham,  OAV  haddan  tashkari  ko„p  va  turli  shakllarda  takrorlaversa,  auditoriya 

(garchi  u  ushbu  g„oyaga  dastlabki  bosqichda  ishonmagan  bo„lsada)  borib-borib 

keyincha unga ishonadigan bo„ladi. Har xil uslublarda, barcha OAVda ma‟lum bir 

fikrni takrorlash odamning ostki ongiga ta‟sir etadi va u ushbu fikrga ishonaydigan 

bo„ladi. Mazkur jarayonni mutaxassislar neyrolingvistik dasturlash deb ataydi. 

Agar radio, televidenie va matbuotda ayrim davlat, guruh yoki shaxs haqida 

qayta-qayta biror-bir noto„g„ri baho takrorlanaversa, turli mamlakatlardagi halqlar, 

har  xil  millatlar  unga  ishonadilar.  Neyrolingvistik  dasturlash  uchun  eng  qulay 

OAV televideniedir, chunki u auditoriyaga bir paytni o„zida uchta kanal orqali o„z 

ta‟sirini o„tkazadi. AQSH kommunikativistlari televidenieni xatto trankvilizatorga 

ham o„xshatadilar. 


 

65 


“Madaniy  bosqich”  va  “inson  huquq”lari  ekspansiyasi  tushunchasining 

mohiyati  va  uning  paydo  bo„lish  shakllari.  “Madaniy  bosqich”  va  “inson 

huquq”lari  g„oyalari  g„arbda  paydo  bo„lib,  g„arb  mamlakatlari  tomonidan  butun 

dunyo  buyicha  tarqatilmoqda.  Bu  esa  juda  murakkab  va,  eng  muhimi,  samarasiz 

jarayon.  Katta  muhokamalarga  sababchi  bo„lgan  Samyuel  Xantingtonning 

“Madaniyatlar  to„qnashuvi”  deb  nomlangan  maqolasini  o„qimagan  siyosatshunos 

bo„lmasa kerak. Afsuski, o„zbek tiliga tarjima qilinganda, maqolaning eng muhim 

parchasi  tushib  qolgan.  Ushbu  bo„shlikni  to„ldirishga  harakat  qilamiz:  “Turli 

jamiyatlarning  madaniy  qadriyatlarini  o„rganishga  bag„ishlangan  yuzta  asarni 

qiyosiy usulda o„rganib chiqqan bir muallif (Harry C. Triandis nazarda tutilmoqda 

–  F.M.)  o„z  obzorida  shunday  xulosaga  kelganki,  “g„arb  jamiyatida  eng 

e‟zozlanayotgan  qadriyatlar  dunyoning  qolgan  qismida  eng  past  ahamiyatga  ega 

ekan”. Siyosiy jihatdan ushbu qarama-qarshilik AQSH va boshqa g„arbiy davlatlar 

tomonidan  boshqa  xalqlarni  demokratiya  va  inson  huquqlariga  tegishli  g„arbona 

g„oyalarni  qabul  qilishga  majburlash  samarasiz  ekanligini  ko„rsatmoqda. 

Zamonaviy  demokratik  tuzum  g„arbda  paydo  bo„ldi.  Nog„arbiy  davlatlar 

tomonidan  esa  bunday  tuzum  g„arbona  kolonializm  yoki  majburlash  xosili  deb 

qabul qilinadi” (“Ekonomicheskoe obozrenie”, 1998, yanvar, 74 b.). Xerri Triandis 

obzoridagi  g„oyalar  “Nyu-York  Tayms”  gazetasida  1990  yil  25  dekabr  kuni  41 

betda  ham  chop  etildi.  Zamonaviy  ilmda  bunday  harakatlar  “demokratik 

fundamentalizm” deb nom oldi. 

 

 

2.3.  Oilada  bolalarni  ma‟naviy-axloqiy  tarbiyalashda  ommaviy  axborot 

vositalardan foydalanish  

 

Ta‟lim  tarbiyani  oila  instituti  orqali  olib  borish  ham  o„z  natijasini  beradi. 



Inson  dastlabki  hayot  haqidagi  tasavvurlarini  o„z  oilasidan  oladi.  Mashhur  rus 

yozuvchisi  L.Tolstoy  «Hamma  tasavvurlarim  5  yoshgacha  olgan  taassurotlarim 

yig„indisidan iboratdir» degani bejiz emas. CHunki insoniyat ilk bora atrof-muhit 


 

66 


haqidagi  ma‟lumotlarni  jamiyatning  asosiy  o„zagi  bo„lmish  oilada  oladi.oilada 

yaxshi  tarbiya  topgan  bola  maktabda,  mahallada,  jamoat  joylarida  ham  nojo„ya 

harakat qilmaydi. Pedagog A.S.Makarenko ota-onalarga qarata shunday degan edi 

«Sizning  xulq-atvoringiz  hal  qiluvchi  omildir.  Siz  bolani  faqat  u  bilan 

gaplashayotganda  unga  biror  narsani  o„rgatayotganda  yoki  buyruq  berayotganda 

o„rgataman deb o„ylamang. Siz uni hayotingizni har bir soniyasida, hatto, o„zingiz 

uyda  yo„q  chog„ingizda  ham  tarbiyalaysiz.  Sizning  qanday  kiyinishingiz,  boshqa 

kishilar 

bilan 

qanday 


gaplashishingiz, 

qanday 


quvonishingiz 

va 


tashvishlanishingiz,  do„stlarga  va  dushmanlarga  qanday  muomila  qilishingiz, 

qanday  kulishingiz,  qanday  gazeta  o„qishingiz  bola  uchun  katta  ahamiyatga  ega. 

Tovushingizdagi ozgina o„zgarishni  ham  bola  sezadi  yoki  his etadi,  fikringizdagi 

barcha burilishlar ko„rinmas yo„llar orqali unga etib boradi». Demak, farzandlarga 

oilada  ta‟lim  tarbiya  berilayotganda  ota-onalarning  o„zlari  ular  uchun  namuna, 

ibrat  bo„lishlari  kerak.  SHuning  uchun  milliy  g„oyani  insonlar  ayniqsa  o„quvchi-

yoshlar ongi va qalbiga va ongiga singdirishni eng avvalo oiladan boshlash kerak. 

Bugungi  kunda  yoshlarimiz  nafaqat  o`quv  dargohlarida,  balki  radio, 

televideniye, matbuot, internet kabi vositalar orqali ham rang – barang axborot va 

ma`lumotlarni  olmoqda.  Jahon  axborot  maydoni  tobora  kengayib  borayotgan 

shunday  bir  sharoitda  bolalarimizning  ongini,  faqat  o`rab  –chirmab,  uni  o`qima, 

buni ko`rma deb bir tomonlama tarbiya berish, ularning atrofini temir devor bilan 

o`rab  olish,  hech  shubhasiz,  zamonning  talabiga  ham,  bizning  maqsad  – 

muddaolarimizga  ham  to`g`ri  kelmaydi.  Sababi  biz  yurtimizda  ochiq  va  erkin 

demokratik  jamiyat  qurish  vazifasini  o`z  oldimizga  qat`iy  maqsad  qilib 

qo`yganmiz  va  buy  o`ldan  hech  qachon  qaytmaymiz.  Davlatimiz  kelajagini  o`z 

qobig`imizda  o`rmashibolgan  holda  emas,  balki  umumbahsariy  va  demokratik 

qadriyatlarni  chuqur  o`zlashtirgan  holda  tasavvur  etamiz.  Biz  istiqbolimizni 

taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasidan foydalanib, davlat va jamiyat boshqaruvini 

erkinlashtirish,  inson  huquq  va  erkinliklarini,  fikrlar  rang–barangligini  o`z 

hayotimizga  yanada  kengroq  joriy  qilishda  ko`ramiz.  Biz  butun  ma`rifatli  dunyo, 

xalqaro  hamjamiyat  bilan  tinch  –  totuv,  erkin  va  farovon  hayot  kechirish,  o`zaro 



 

67 


manfaatli  hamkorlik  qilish  tarafdorimiz.  Biz  uchun  boshqa  yo`l  yo`q.  Aniqrog`i, 

yoshlarimizning  ma`naviy  olamida  bo`shliq  vujudga  kelmasligi  uchun  ularning 

qalbi va ongida sog`lom hayot tarzi, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat  – 

ehtirom  tuyg`usini  bolalik  paytidan  boshlab,  shakllantirishimiz  zarur.  Shuni 

unutmaslik  kerakki,  bugungi  kunda  inson  ma`naviyatiga  qarshi  yo`naltirilgan,  bir 

qarashda  arzimas  bo`lib  tuyulgan  kichkina  xabar  ham  axborot  olamidagi 

globallashuv  shiddatidan  kuch  olib,  ko`zga  ko`rinmaydigan,  lekin  zararini  hech 

narsa bilan qoplab bo`lmaydigan ulkan ziyon yetkazish mumkin. 

Boshlang„ich  sinf  o„quvchilarini  ot-onalarni  hurmat  qilishga  o„rgatishda 

ta‟limning  texnik  vositalari  xususan  oynai  jahonning  ham  imkoniyatlari  katta. 

CHunki o„quvchilarga tarbiyaviy ta‟sir ko„rsatishda bevosita obrazlar tarzida idrok 

qilib  qabul  qilishi  samaraligini  ko„pchilik  yaxshi  bilishadi.  Boshlang„ich  sinf 

o„quvchilari  bilimi  va  tarbiyasida  o„qituvchi  ana  shu  xususiyatlaridan  maqsad 

asosida  foydalansa,  samarali  natijalarni  qo„lga  kiritadi.  Buning  uchun  o„qituvchi 

oynai  jahon  va  radio  orqali  ko„rsatiladigan  ko„rsatuv  va  eshittirishlarning  «Otalar 

so„zi-aqlning ko„zi», «Ma‟rifatnoma», «Oqshom ertaklari», «Mahallamiz bolalari» 

singari shakllaridan foydalansa maqsadga muvofiq. Boshlang„ich sinf o„qutuvchisi 

bunday 


turkumdagi 

ko„rsatuv  va  eshittirishlarni  videomagnitafon  va 

magnitafontasmalariga  yozib, sinf tarbiyaviy soatlarida eshitib ko„rib, o„quvchilar 

bilan  muhokama  qilinsa,  kuchli  ta‟sir  ko„rsatadi.  CHunki  boshlang„ich  sinf 

o„quvchilari  ko„proq  o„zlari  bevosita  ko„rib  idrok  qilgan  materiallarni  samarali 

o„zlashtiradi  hamda  ulardan  kuchli  ta‟sirlanadi.  SHuning  uchun  o„qituvchi 

ta‟limning  texnik  vositalaridan  o„quvchilardan  ota-onalarni  hurmat  qilishni 

o„rgatishda  foydalanishni  yo„lga  qo„ysa  samarali  natijalarni  qo„lga  kiritadi. 

O„quvchilar  mazkur  ko„rsatuvdagi  voqealar  va  ulardagi  ishtirok  etadigan 

qahramonlarning faoliyatiga baho berish va kuzatish orqali o„zlarining shu sohaga 

munosabatini  bildiradi.  O„quvchilar  voqealarga,  qahramonlarga  bildirgan 

munosabatlarini  o„z  so„zlari  orqali  bayon  qiladi.  O„qituvchi  sinf  o„quvchilarining 

har  birining  bildirgan  fikrlari  orqali  ularning  o„z  ota-onalarini  qanday  tarzda 

hurmat qilishi bo„yicha tushuncha va tasavvurlarini bilib oladi. O„qituvchi bunday 



 

68 


bahs  orqali  o„z  navbatida  har  bir  o„quvchining  o„z  ota-onalarini  hurmat  qilish 

bo„yicha  yutuq,  kamchilik  va  nuqsonlarini  aniqlab  oladi.  Sinf  o„quvchilarini  ota-

onalarni  hurmat  qilish  bo„yicha  kelgusida  yana  qanday  tadbirlar  tashkil  qilishni 

o„qituvchi  mo„ljallash  imkoniga  ega  bo„ladi.  o„qituvchi  bunday  shakldagi 

materiallarni ko„rish magnitafonlariga yozib, o„quvchilar bilan birga tomosha qilib, 

voqeadagi  g„oyani  o„quvchilarning  ongiga  singdirishga  harakat  qilsa,  sinf 

o„quvchilarining  ota-onalarga  bo„lgan  hurmat,  e‟tiborini  tarkib  toptirgan  bo„ladi. 

Bunday  voqealar  mazmuni  boshlang„ich  sinf  o„quvchilarining  o„z  ota-onalari 

oldidagi  farzandlik  burchi  va  ma‟suliyati  nimalardan  tashkil  topishini  o„rgatishda 

katta  amaliy  ahamiyatga  ega.  O„quvchilar  ko„rgan  voqeadagi  qahramonlarning 

hatti-harakatlarining  qaysi  biri  to„g„ri  yoki  noto„g„riligining  guvohi  bo„lishadi. 

Natijada har bir o„quvchi o„zida mavjud bo„lgan ota-onalarni hurmatlashga avvalgi 

tushunchalari  bilan  hozirgi  ko„rsatuv  yangi  bilim,  ko„nikmalarni  qo„shib,  shu 

sohadagi ma‟lumotlarini taqqoslashtirishga muvaffaq bo„ladi. SHundan so„ng sinf 

o„quvchilarining har bir oilasida o„z ota-onalarini hurmat qilish, qadrlash bo„yicha 

to„g„ri ilmiy tushuncha, tasavvur, ma‟lumot hamda kerakli ko„nikmalar tarkib topa 

boradi.  Bu  masala  ayniqsa  1,  2,  3,  4-sinf  o„quvchilarida  sezilarli  tarzda  sodir 

bo„ladi.  O„quvchi  endi  oilada  ota-onalar  tomonidan  har  doimgidek  qo„yadigan 

topshiriqlarni  ma‟suliyatli  his  qilib  ongli  raviщda  bajarishga  o„rgana  boshlaydi. 

O„quvchi asta-sekin ota-onalarni hurmat qilish, qadrlashga doir yana qanday bilim 

va  ko„nikmalar  o„zi  uchun  zarurligini  anglay  boshlaydi.  Oilada  ota-onalarning 

tutgan  o„rni,  mavqesi  juda  kattaligiga  har  bir  o„quvchi  ishona  boradi.  O„quvchi 

asta-sekin  oilada  ota-onalarning  har  bir  farzandning  o„qishi  va  kundalik  hayotini 

tashkil  qilishiga  u  ko„rsatayotgan  xizmati  hamda  g„amxo„rligi  haqida  to„g„ri 

ma‟lumoti  orta  boradi.  O„quvchida  ota-onaning  farzandga  qilayotgan  xizmati  va 

g„amxo„rligi  haqida  qancha  ko„p  hamda  to„la  ma‟lumot  ko„payib  borsa,  o„z  ota-

onalariga bo„lgan mehr-muhabbati shu darajada ko„payib boradi. SHuning uchun 

boshlang„ich  sinf  o„qituvchisi  o„z  sinfida  o„quvchilariga  ota-onalarning 

farzandlarga  qilayotgan  va  kelgusida  qiladigan  xizmati  va  g„amxo„rliklari 

to„g„risida har tomonlama to„la ilmiy ma‟lumot berishga alohida e‟tibor bermog„i 



 

69 


darkor.  Albatta  sinf  o„quvchilariga  beriladigan  ma‟lumot  shakli  turlicha  bo„lishi 

mumkin.  Misol  uchun,  O„zbekiston  telekanalida  «Turmush  chorrahalarida», 

«Dengizdan  bir  tomchi»,  «Otalar  so„zi-aqlning  ko„zi»  kabi  ko„rsatuvlarda  oilada 

farzandlarning  o„z  ota-onalarini  hurmat  qilish,  qadrlash  yuzasidan  shu  sohadagi 

tushuncha  va  tasvvurlari  hamda  ma‟lumotini  chuqurlashtirishga  bevosita  yordam 

beradi,  deb  o„ylasa  to„g„ri  bo„ladi.  «Otalar  so„zi-aqlning  ko„zi»  da  ko„rsatilgan 

ko„rsatuv  mazmuni  oila  boshlig„i  keksa  onaning  betob  bo„lib  qolganligi  haqida 

xabar beradi. Ona o„zining kichik o„g„lining oilasida yashayotganda kelini uydan 

arazlab  ketib  qolgandan  keyin  qiynalayotganligini  onaning  katta  o„g„li  guvohi 

bo„ladi. O„z onasini qiynayotgan ukasining oila sharoitidan qanoatlanmay, onasini 

o„zi  yashaydigan  xonadonga  olib  ketadi.  Ona  katta  o„g„lining  xonadonida  bir  oz 

yashagandan  so„ng  katta  keliniga  ham  yoqmay  qoladi.  Bunga  quyidagi  voqea 

sabab  bo„ladi:  Bir  kun  ona  choy  ichishni  hohlab,gazga  choynakda  suv  qo„yadi. 

Ona  buni  unitib,  xotirasidan  chiqib,  choynak  qop-qorayib  qoladi.  Buni  ko„rgan 

katta  kelin  ham  bolalarini  olib  uydan  ketadi.  Ona  shundan  so„ng  katta  o„g„li 

xonadonidan ham ketishga majbur bo„ladi. 

Umuman  mazkur  ko„rsatuv  oilada  farzandlarning  ona  oldidagi  farzandlik 

burchi  nimalardan  iboratligini  mohirona  ko„rsatib  bera  olgan. Oynai  jahon orqali 

ko„rsatilgan bu tarzdagi ko„rsatuvlar boshlang„ich sinf o„quvchilarini ota-onalarni 

hurmatlab,  qadrlashga  o„rgatishda  katta  amaliy  ahamiyatga  ega  deb  o„ylaymiz. 

Bundan tashqari oynai jahondagi bunday ko„rsatuvlar oila a‟zolariga o„zaro mehr-

muhabbat,  e‟tibor,  hurmat  singari  ahloqiy  sifatlarni  hosil  qilishga  ham  yordam 

beradi. 

SHuning  uchun  o„qituvchi  sinf  o„quvchilari  bilan  birgalikda  bunday 

turkumdagi  ko„rsatuvlarni  ko„rsatish  magnit  lentalariga  yozib,  sinf  tarbiyaviy 

soatlaridan birga muhokama qilsa foydali bo„ladi. 

YUrtboshimiz  I.A.Karimov  “SHaxsan  men  har  safar  «Tohir  va  Zuhra», 

«O„tgan  kunlar»,  «Sen  etim  emassan»,  «Mahallada  duv-duv  gap»  kabi  mumtoz 

filmlarimizni  ko„rganda  bu  haqiqatga  ishonch  hosil  qilaman.  Mana  shunday  tom 

ma‟nodagi  milliy  asarlar  nafaqat  xalqimiz  ma‟naviyatini  yuksaltirishga,  balki 



 

70 


uning  go„zal  qadriyatlarini  butun  dunyoga  tanitishga  ham  katta  hissa  qo„shib 

kelmoqda. 

Kino san‟atining inson  ongi  va tafakkuri,  jamiyat  hayotiga  ta‟siri beqiyos  ekanini 

hisobga olgan holda, istiqlol yillarida milliy kinematografiyani ham har tomonlama 

rivojlantirish,  bu  borada  zarur  moddiy  va  ma‟naviy  shart-sharoitlarni  yaratish 

bo„yicha  amalga  oshirilgan  keng  ko„lamli  chora-tadbirlar  tufayli  yangi-yangi 

filmlar suratga olinmoqda, ular orqali tariximiz va bugungi hayotimiz bilan bog„liq 

turli  mavzular  yoritilmoqda.  O„zbek kinolari nufuzli xalqaro  festivallarda sovrinli 

o„rinlarga 

sazovor 


bo„layotgani, 

albatta, 

quvonarlidir. 

Lekin  shuni  ham  xolisona  aytish  kerakki,  yoshlarning  tarbiyasiga  chuqur  ta‟sir 

ko„rsatadigan zamonaviy qahramon obrazi kino ekranlarimizda hali yaratilganicha 

yo„q. Suratga olinayotgan aksariyat filmlarda kinochilarimizning bugungi kunning 

haqiqiy  manzarasi,  uning  o„tkir  muammolarini  chuqur  his  eta  olmasligi,  oddiy 

odamlar  hayotidan  uzoqlashib  qolgani  sezilib  turadi”  –deb  o„rinli  ta‟kidlagan 

edilar.  

Va  yana  “Buning  sabablari  haqida  ko„p  gapirish  mumkin.  Lekin  asosiy 

sabablardan  biri  shundaki,  kinosan‟ati  sohasida  kadrlar  tayyorlaydigan  oliy  o„quv 

yurtlari  ilgari  O„zbekistonda  umuman  mavjud  emas  edi.  Sobiq  Markazdagi  kino 

institutlarida  ta‟lim  olgan  oz  sonli  o„zbek  rejissyorlari  va  kinodramaturglari  esa, 

afsuski,  milliy  ruh,  milliy  zamindan  begona  bo„lgan  mutaxassislar  bo„lib  etishar 

edi va ana shunday holatning salbiy asorati va ta‟siri aksariyat kinoijodkorlarimiz 

faoliyatida hozirga qadar saqlanib kelmoqda. 

SHuning  uchun  keyingi  yillarda  milliy  kinodramaturg  va  rejissyorlar 

tayyorlash dolzarb masala bo„lib turibdi. CHunki, buni ochiq tan olishimiz kerak - 

professional  kino  mutaxassislari,  xususan,  rejissyorlar, ssenaristlar  tayyorlaydigan 

tom ma‟nodagi milliy maktab o„zimizda hanuzgacha shakllangani yo„q. 

Bu  ahvolni  tubdan  o„zgartirish  uchun  yuksak  badiiy  mahorat  bilan  bir 

qatorda, milliy tafakkur salohiyatiga ega bo„lgan iste‟dodli yoshlarni tarbiyalash va 

ularni qo„llab-quvvatlash masalasiga alohida e‟tibor qaratishimiz lozim. 


 

71 


Albatta,  bu  yo„lda  dastlabki  qadamlar  qo„yilayotganini  aytish  lozim. 

Masalan,  Mustaqillik  va  Navro„z  bayramlari,  «SHarq  taronalari»  musiqa 

festivaliga bag„ishlangan asosiy tomosha va tantanalarni tayyorlash bo„yicha teatr 

va  televidenie  rejissyorligi,  badiiy-publitsistik  ssenaristlik  borasida  ulkan  tajriba 

to„plandi.  Ana  shu  boy  tajribalarni  har  tomonlama  chuqur  o„rganish, 

umumlashtirish va shu asosda yosh ijodkorlarni tarbiyalash bo„yicha zarur nazariy 

va  o„quv-uslubiy  bazani  shakllantirish,  bugungi  talablarga  javob  beradigan 

mutaxassislarni  tayyorlash  yuzasidan  amaliy  ishlarni  keng  yo„lga  qo„yish  bu 

muammolarni  echish  imkonini  berishi  shubhasiz”  –deb  o„rinli  ta‟kidlagan  edi 

yurtboshimiz. 



Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling