Ommaviy axborot vositalaridan foydalanish


fikr, jaholatga qarshi ma‟rifat


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana23.07.2020
Hajmi1 Mb.
#124591
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
oquvchilarni manaviy-axloqiy tarbiyalashda ommaviy axborot vositalaridan foydalanish


fikr, jaholatga qarshi ma‟rifat tamoyilining ustivorligiga erishmoq kerak. 

-Axborot  sohasida  milliy  xavfsizlikni  ta‟minlash  maqsadida  fuqarolik 

jamiyati  institutlari-jamoat  tashkilotlari  faoliyatini  yanada  takomillashtirish,  ular 

so„zi va fikrining ta‟sirchanligini oshirish kerak. Toki har qanday umummanfaat va 

umumtaraqqiyot yo„lida aytilayotgan so„z har bir tinglovchi qalbiga kirsin, ongiga 

singsin. Uni rag„batlantirsin, ruhlantirsin, milliy yakdillikka, milliy birlikka da‟vat 

etsin. 

Albatta,  axborot  sohasida  milliy  xavfsizlikni  ta‟minlashning  eng  samarali 



yo„llaridan biri  to„g„ridan-to„g„ri  har qanday  buzg„unchi g„oyalarga,  jamoatchilik 

fikrini  buzadigan  xabarlarga  asosli  tarzda  qarshi  tura  bilish.  Ikkinchi  tomondan 

ayni ana shu qarshi targ„ibot mexanizmini samarali boshqarishni ta‟minlash. 

Hozirgi  zamon  axborot  tizimida  shunday  xodisalar  mavjudki,  unga  qarshi 

chiqish  u  yoqda  tursin,  uni  boshqarish,  tartibga  solish  ham  mumkin  bo„lmay 

qolmoqda.  Demak,  bunday  sharoitda  eng  maqbul  va  samarali  usullarni  ishlab 

chiqish zarur. Jumladan: 


 

45 


Birinchidan, 

jamoatchilik  fikrini  o„zgartirayotgan,  chalg„itayotgan 

vayronkor  axborotlar  tashqaridan,  o„ziga  xos  himoya  qalqoniga  ega  bo„lgan 

makonlardan  kelayotganligini  nazarda  tutib,  axborot  tarqatish  borasidagi 

mojarolarga  yo„l  qo„ymay,  ularga  yuksak  siyosiy  va  kasbiy  madaniyat  orqali 

yondoshish. Befarqlik, sukut saqlash, kayfiyatga barham berib, milliy oriyat, milliy 

nafsoniyat  bilan  bog„liq  holdagi  targ„ibotchilik  imkoniyatimizni  namoyon  etish 

yo„lidan borish.  



Ikkinchidan,  shuni  nazarda  tutish  kerakki,  har  qanday  hujumkor  va 

buzg„unchi g„oyaga qarshi o„z vaqtida, mo„ljalni aniq olib munosabat bildirishda 

ehtiroslarga  berilmaslik,  ortiqcha  shov-shuvlarga  yo„l  qo„ymasdan  siyosiy 

vazminlik va bosiqlik, ayni paytda kuchli ta‟sir o„tkazish usullarini o„zlashtirmoq 

lozim. 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

46 


Birichi bobga oid xulosa 

Axborot-kommunikatsiya  texnologiyalari  sohasini  huquqiy  tartibga  solish 

maqsadida mamlakatda 11 ta qonun, O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 3 ta 

farmoni,  O„zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  va  Vazirlar  Mahkamasining  40  ta 

qarori,  600  dan  ziyod  qonunosti  xujjatlari  qabul  qilinib,  bir  qator  milliy  dasturlar 

ishlab  chiqilgan.  Xususan,  “2002-2010  yillarda  kompyuterlashtirish  va  axborot-

kommunikatsiyalari 

texnologiyalarini 

rivojlantirish 

dasturi” 

,“O„zbekiston 

Respublikasida  telekommunikatsiya  tarmog„ini  2010  yilgacha  bo„lgan  davrda 

rekonstruksiya  qilish  va  rivojlantirish  milliy  dasturi”

iii


  va  boshqalar  shular 

jumlasidandir. 

O„zbekistonda  demokratik  tamoyillarni  yanada  rivojlantirish  va  kuchli 

fuqarolik  jamiyatini  takomillashtirish  bo„yicha  ustuvor  yo„nalishlar  mustaqillik 

yillarida  huquqiy  demokratik  davlat  va  fuqarolik  jamiyatini  qurish  chora-

tadbirlarining  izchil  va  qonuniy  tus  olganiga bevosita bog„liq. Ana  shundan  kelib 

chiqib,  demokratik  islohotlarni  chuqurlashtirishning  hozirgi  bosqichida  huquqiy 

demokratik  davlat  tamoyillarini  amalda  ro„yobga  chiqarish  -  davlat  organlari, 

qonun chiqaruvchi  va  ijro etuvchi hokimiyat  faoliyati ustidan OAV  orqali  jamoat 

nazoratini o„rnatish zarurati kuchayib bormoqda.  

Fikrlashimizcha,  bugungi  kunda  yoshlarni  internetning  salbiy  oqibatlaridan 

asrash uchun qo„yidagilarga e‟tibor qaratish lozim. 



Birinchidan,  ota-onalar  o„z  farzandi  uchun  mas‟ul  ekanini  his  qilib,  uning 

bo„sh vaqtida nima bilan band ekanini bilib turishlari lozim. 



Ikkinchidan, mahalla – tarbiya maskani. Ota-ona – uyda, mahalla – ko„cha-

kuyda o„smir xulqidan ogoh bo„lib turish zarur. 



Uchinchidan, maktab ma‟muriyati o„smir maktabdan to„g„ri uyga borayapti 

yoki  boshqa  joylargami?  Buni  bilishi  lozim.  Buning  uchun  oila  mahalla,  maktab 

shu masalada yakdil bo„lishi kerak. 

To„rtinchidan,intepnet  klub  nazoratchilari  –  ma‟murlar  bolaning 

kompyuterda  nima  bilan  shug„ullayotganini  nazorat  qilib,  o„smirlarning 

taqiqlangan saydlarga kirmasliklarini ta‟minlashlari kerak. 


 

47 


Beshinchidan,internet klublarini ro„yxatga olgan muassasa, mahalla raislari 

yoki  mahalla  ularning  qanday  faoliyat  olib  borayotganini  nazorat  qilib  turishlari 

zarur. Ba‟zan internet klublari soat 23 dan keyin ham yoshlar bilan gavjum bo„ladi. 

Sababi  –  bu  vaqtda  ayrim  provayderlar  internet  klublar  uchun  imtiyoz  sifatida 

internetdan  bepul  yoki  arzon  qilib  ulab  beradi.  Bundan  esa  ayrim  noqobil  klub 

nazoratchilari foyda ko„radi. O„smirlar esa hayosiz veb-sahifalar, konolar, klip va 

o„yinlarga kiradi. 

.  Milliy  qadriyatlarimiz,  tarix  va  merosimiz,  bugungi  fan,  san‟at  va 

adabiyotimizning  eng  yaxshi  namunalarini  Internetga  kiritish  dasturi  ishlab 

chiqilmagan».  Ikkinchi  muhim  jihati  shundaki,  yurtimiz  hayotiga  doir  ayrim 

noxolis,  tor  doiradagi  manfaatlaridan  kelib  chiqib  tarqatilayotgan  ma‟lumotlarga 

javoban  axborotlarni  global  miqyosda  targ„ib-tashviq  etish  tashqi  axborot 

xurujlariga  qarshi  o„ziga  xos  qalqon  vazifasini  bajaradi.  Bu  esa,  turli  geosiyosiy 

manfaatlar  doirasida  axborot  xurujlari  ta‟sirini  kamaytirish  va  milliy  axborot 

makoni xavfsizligi ta‟minlanishining muhim sharti hisoblanadi.  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

48 


II.BOB. 

O„QUVCHI-YOSHLARNI 

MA‟NAVIY-AXLOQIY 

TARBIYALASHDA 

OMMAVIY 

AXBOROT 

VOSITALARIDAN 

FOYDALANISHNING MAZMUNI, SHAKL, METOD VA VOSITALARI  

 

2.1.  O„quvchilarni  ma‟naviy  shakllantirishda  ommaviy  axborot 

vositalardan foydalanish 

 

O„zbekiston  Respublikasining  Prezidenti  I.A.Karimov  Respublika  Oliy 



Majlisi  har  ikki  palatasining  2005  yil  28  yanvarida  bo„lib  o„tgan  qo„shma 

yig„ilishidagi  o„z  nutqida  shunday  degan  edi:  «Xalqimiz  ommaviy  axborot 

vositalaridan mamlakatimiz va xorijda sodir bo„layotgan voqealar to„g„risida xolis 

va tezkor axborotlar olishni, shu bilan birga, birinchi navbatda, hokimiyat organlari 

va  boshqaruv  tuzilmalari  faoliyati  haqidagi  tanqidiy  fikrlarni,  islohotlar  va 

yangilanishlar  yo„lidan  ilgari  borishimizga  to„siq  bo„lib  turgan  nuqsonlar, 

hayotdagi dolzarb muammolar xususida oshkora, professional tahliliy materiallarni 

kutadi»


12

.  


Umuman olganda,  OAV dan milliy qadriyatlar, diniy qarashlarning ijtimoiy 

hayotga  qay  tarzda  kirib  kelayotganligini  anglab  etish  kerak.  Barcha  sohalarda 

axborot  xurujlarni  oldini  olish,  turli  tarzdagi  axborot  zararlaridan  saqlanish 

muhitini shakllantirish maqsadga muvofiqdir. 

Bugun  ta‟lim  muassasalarida  ta‟lim  olayotgan,  lekin  ming  afsuski,  o„z 

mustaqil fikriga ega bo„lmaganlar bilan ishlashda qo„yidagilarga e‟tiborni qaratish 

darkor: 

Birinchidan,  xulq-atvordagi  xatoliklar  eng  avvalo  fikrlash  tarzidagi 

xatoliklarning  oqibati  bo„lgani  uchun  o„quvchilarning  negativ  fikrlash  tarzining 



sxemasini o„zgartirish lozim. 

Ikkinchidan,  fikrlash  tarziga  ta‟sir  ko„rsatish  uchun  pedagoglar  o„zlarining 

tushuntirish  uslublarini,  tarbiya  metodlarini  o„zgartirishlari  lozim.  YA‟ni, 

                                                 

12

  Каримов  И.А.  Бизнинг  бош  мақсадимиз-жамиятни  демократлаштириш  ва  янгилаш,  мамлакатни 



модернизация ва ислоҳ этишдир. Тошкент, «Ўзбекистон», 2005. 52 -бет. 

 


 

49 


ilgari,  yuqori  tonlarda,  direktiv  ohangda,  «katta  roli»da  o„quvchi  bilan  muloqot 

qilgan  pedagog,  endi  kerak  bo„lsa,  «tengma-teng»,  demokratik  ohangda, 

bosqichma-bosqich xatta-xarakatlarni birgalikda tahlil etishga o„tishlari lozim. 

Uchinchidan,  o„quvchining  o„z-o„zini  idroq  qilishini,  o„ziga  bo„lgan 

bahosini  o„zgartirish,  ya‟ni,  talabani  ijobiy  ishlarga  yo„naltirish  orqali  o„ziga 

bo„lgan bahosini o„zgartirishga erishish kerak.  

Nihoyat,  shunday  vaziyat  yaratish  lozimki,  o„quvchi  ijobiy  tajriba 

orttirsin,ya‟ni,  o„zigi,  oilasi  yoki  sinfdosh  do„stlariga,  maktabiga  manfaatli  ish 

qilib,  olqish  olsin,  ya‟ni,  ularni  jamoat  ishlariga  keng  jalb  etish  amaliyotini 

kengaytirish, bu ishdan manfaatdorligini oshirish lozim. Demak, ta‟lim va tarbiya 

jarayonida har bir pedagog yoshlarning mustaqil fikrlashlari uchun sharoit yaratishi 

lozim,  aks  holda  uning  ongi  tayyor  shablonlar,  stereotiplarga  shu  qadar 

o„rganadiki,  ular  oxir-oqibat  har  qanday  bit‟at  yoki  yot  g„oyalarga  ergashib 

ketaveragan  bo„lib  qoladi.  YA‟ni,  darsni  tashkil  etishning  no‟ananaviy  usullariga 

keng  yo„l  ochish,  darslarda  o„quvchilar  bilan  interaktiv  muloqotni  tashkil  etish, 

ular miyasining yaxshiroq ishlashi, qiziqishi va mustaqil fikrlashiga yordam beradi. 

 «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»da  uning  maqsadi  «…ta‟lim  sohasini 

tubdan isloh qilish, rivojlangan demokratik darajasida, yuksak ma‟naviy va axloqiy 

talablarga  javob  beruvchi  yuqori  malakali  kadrlar  tayyorlash  milliy  tizimini 

yaratishdir»

13

, -deb alohida ta‟kidlangan. 



Prezident  I.A.Karimov  yosh  avlodda  yuksak  ma‟naviy-axloqiy  fazilatlarni 

tarkib  toptirish  uchun  ular  orasida  ma‟naviy-ma‟rifiy  targ„ibot-tashviqotining 

samarasini  oshirish  zarurligini  ta‟kidlab,  «YUksak  ma‟naviyat-engilmas  kuch» 

nomli  asarida  shunday  yozadi:  «Ma‟naviyat  haqida  harqancha  da‟vatlar,  muhim 

nazariy  fikrlar  bildirilmasin,  agar  ularni  jamiyat  ongiga  singdirish  uchun  doimiy 

ish  olib  bormasak,  bu  boradagi  faoliyatlarimizni  har  tomonlama  puxta  o„ylangan, 

tizimli  ravishda  tashkil  etmasak  tabiiyki,  biz  ko„zlagan  maqsadga  erisholmaymiz, 

ya‟ni inson qalbiga yo„l topaolmaymiz. 

                                                 

13

  Ўзбекистон  Республикасининг  «Кадрлар  тайѐрлаш  миллий  дастури»  //Баркамол  авлод-  Ўзбекистон 



тарақиѐтининг подевори. -Т.:-Шарқ. 1997.-39-б. 

 

50 


Shuning  uchun  ham  biz  bugungi  kunda  ta‟lim-tarbiya  sohasidan  boshlab 

matbuot,  televidenie,  internet  va  boshqa  ommaviy  axborot  vositalari,  teatr,  kino, 

adabiyot,  musiqa,  rassomlik  va  haykaltaroshlik  san‟atiga,  bir  so„z  bilan  aytganda 

insonning  qalbi  va  tafakkuriga  bevosita  ta‟sir  etkazadigan  barcha  sohalardagi 

faoliyatimizni  xalqning  ma‟naviy  extiyojlari,  zamon  talablari  asosida  yanada 

kuchaytirishimiz, yangi bosqichga ko„tarishimiz zarur»

14



«Milliy  istiqlol  g„oyasi:  asosiy  tushuncha  va  tamoillar»  risolasida  milliy 



istiqlol mafkurasini xalqimiz qalbi va ongiga singdirishning «ta‟lim va tarbiya, fan 

va  ilmiy  muassasalar;  madaniyat  va  ma‟naviyat  muassasalari;  adabiyot  va  san‟at; 

din;  jismoniy  tarbiya  va  sport;  urf-odat,  marosim  va  bayramlar;  oila,  mahalla  va 

mehnat  jamoalari;  siyosiy  partiyalar;  nodavlat  tashkilotlar;  ommaviy  axborot 

vositalari» kabi 13 vositasi ko„rsatilgan

15



Shu munosabat bilan ushbu tizimning har bir komponentini hamda ularning 

o„zaro  aloqadorlik  (integratsiyasi)dagi  faoliyatini  talabalarning  ma‟naviy 

щakllantirishdagi samarasini o„rganish muhim vazifa hisoblanadi. 

Ma‟naviyat,  milliy  g„oya,  mafkura  va  milliy  qadriyatlarga  bag„ishlangan 

anjumanlar va adabiyotlarda bo„lajak o„qituvchilarni milliy istiqlol g„oyasi asosida 

ma‟naviy  shakllantirish  bo„yicha  yuqorida  ko„rsatilgan  vositalar  orasidan  eng 

asosiy,  qudratli  va  ta‟sirchan,  ijtimoiy  fikrni  o„zgartiradigan  vosita  sifatida 

ommaviy  axborot  vositalari  (OAV)  nisbatan  ko„proq  o„rganilgan.  Jumladan, 

keyingi  yillarda  talaba-yoshlarni  ma‟naviy,  mafkuraviy  tarbiyalashda  ommaviy 

axborot  vositalarining  rolini  yoritishga  bag„ishlangan  izlanishlarga  e‟tiborni 

kuchayganini ta‟kidlash joizdir.  

Ayni  paytda  mamlakatimizda  870  tadan  ziyod  gazeta  va  jurnallar,  100ga 

yaqin  davlat  va  nodavlat  radiotelestudiyalar  faoliyat  ko„rsatayotganligini  hisobga 

olganda yuqorida ko„rsatilgan tadqiqotlarning ko„lamini etarli emasligini ta‟kidlash 

lozim. 

                                                 



14

 Каримов И. Юксак маънавият-енгилмамас куч. –Т.: Маънавият, 2008.-129-б. 

15

 Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар.- Т.: Ўзбекистон, 2000.-3-б. 



 

51 


Mazkur  tadqiqotlarda  milliy  istiqlol  g„oyasini  targ„ibot-tashviqot  qilish 

orqali  xalqimiz  ongiga  va  qalbiga  ma‟naviyatni  singdirish  bo„yicha  asosan 

markaziy  OAVlarining  imkoniyatlari  yoritilgan,  xolos.  Ularni  ro„yobga 

chiqarishning  shakl,  metod  va  vositalari  esa  e‟tibordan  chetda  qolgan  desak  xato 

bo„lmaydi. 

SHuningdek,  markaziy  gazeta  va  jurnallar  hamda  maxalliy  matbuotda 

bosilgan  islom  dinining  ma‟rifiy  mohiyatini,  buyuk  ajdodlarimiz  qoldirgan  boy 

merosni,  mustaqillik  yillarida  keng  quloch  yoygan  tadbirkorlik  harakatini, 

mamlakatimizni  jaxon  hamjamiyatida  tobora  mustahkam  o„rin  egallab 

borayotganligini 

targ„ibot-tashviqot  qilishning  birgina  o„zi  talabalarda 

mamlakatimiz  kelajagi  buyuk  ekanligiga  etarli  darajada  iymon  keltira  olmaydi, 

desak xato bo„lmaydi. 

Har qanday g„olib mafkuralar sahnaga chiqqanida o„zining g„oyaviy ta‟sirini 

mustahkamlash  va  o„z  mavqeini  mustahkam  tutib  turish  uchun  emotsional  – 

axborotli  vosita  (bayram,  dabdabali  marosim  va  h.k.)  lardan  foydalanganliklari 

bizga  uzoq  o„tmishdan  ma‟lum.  Jumladan,  bundan  uch  ming  yil  avval  yaratilgan 

«Avesto» muqaddas kitobining guvohlik berishicha, ajdodlarimiz badiiy bezatilgan 

ommaviy mafkuraviy tadbirlarni fuqorolik bag„ishlovlarning keng targ„ib qilishib, 

mafkuraviy  tarbiyaviy  tajribalarini  keyingi  avlodlarga  meros  qilib  qoldirganlar. 

Prof.  T.Mahmudov  «Avesto»  nomli  kitobida  «inson  ruxini,  dilini,  tasavvurini 

ulug„lash  va  ko„tarish,  insonning  ma‟naviy  tomonga  parvoz  etishida  madadkor 

bo„lish «Avesto» qo„shiqlarining romantik tantanavorligida o„z ifodasini topgan», 

deb yozadi. 

Badiiy  bezatilgan  emotsional  obrazli  ommaviy  bayramlar  namunasini 

mustaqillik yillarida qayta tiklangan va vujudga kelgan «Navro„z» va «1-sentyabr 

–mustaqillik kuni» bayramlari tantanalarida ko„rishimiz mumkin. 

OTM  o„quv-tarbiya  jarayonida o„quvchilarni  OAVlari  yordamida  ma‟naviy 

shakllantirish  masalasi  matbuotining  bu  sohadagi  imkoniyatlarini  ham  o„rganish 

maqsadga 

muvofiq. 

CHunki, 


bugungi 

kunda 


YUqorida 

ko„rsatilgan 

imkoniyatlarning  barchasini  hisobga  olgan  taqdirdagina  ma‟naviyat  bilan  bog„liq 


 

52 


ishlarimiz  mazmuniga  o„zimiz  yashab  turgan  vaqt  (davr)ning  ruhi,  nafasini 

muntazam ravishda singdirib borish mumkin. 

Ta‟lim-tarbiya  jarayonida  o„quvchilarni  OAVlari  orqali  ma‟naviy-axloqiy 

sifatlarni shakllantirish bo„yicha o„tkazilgan taxlillar akademik guruh rahbarlari va 

fanlar  o„qituvchilarining  bu  sohada  etakchi  o„rin  egallashlarini  ta‟kidlash 

barobarida,  ular  faoliyatida  uchraydigan  kamchiliklarni  namoyon  qilishga  imkon 

berdi: 

-  dars  va  darsdan  tashqari  mashg„ulotlarda  o„quvchilarni  ma‟naviy 



shakllantirish  maqsadi,  mazmuni,  vazifalari,  shakl,  vosita,  metodlari  haqida 

cheklangan va ko„p hollarda mujmal tasavvurlarga ega ekanligi; 

-  hozirgi  zamon  o„quvchisining  ma‟naviy  qiyofasi,  uning  etuk  ma‟naviy 

fazilatlari,  talaba  shaxsini  samarali  rivojlantirish  uchun  o„quv  materialining 

mazmuniga ma‟naviy yo„naltirilgan ta‟lim-tarbiya elementlarini uyg„unlashtirishda 

etarli bilim va ko„nikmalarni etishmasligi; 

- o„quvchilar shaxsini ma‟naviy shakllantirishda asrlar sinovidan o„tgan urf-

odatlar,  axloqiy  qarashlarni  ifodalovchi  qonun-qoidalar,  pand-nasihatlar, 

hadislardan  va  h.k.  foydalanib  suhbat,  bahs-munozara  o„tkazish  texnologiyalari 

bo„yicha etarli tayyorgarligi yo„qligi; 

-  tarbiyaviy  va  ma‟naviyat  soatlarida  asossiz  ravishda  o„tmish  ajdodlari 

merosi,  odob-axloqni  talabalar  orasida  bir  tomonlama  tashviqot-targ„iboti  bilan 

cheklanib,  mustaqillik  yillarida  xalqimizning  yaratuvchilik  ishlari,  zamonamiz 

qahramonlari,  «elim  deb,  yurtim  deb»  mehnat  qilayotgan  barcha  yurtdoshlarimiz 

bilan  uchrashuvlar,  davra  suhbatlarini  o„tkazishni  asossiz  ravishda  diqqat-

e‟tibordan chetda qoldirayotganligi; 

-  tarbiyaviy  va  ma‟naviyat  soatlarida  dunyo  xalqlarining  taraqqiyot 

darajasini,  yuksalishini  tan  olishga,  ularning  turmush  tarzidagi  ijobiy  jihatlarini 

o„zlashtirishga talabalarni odatlantirish, akademik guruh talabalarida bag„rikenglik, 

tolerantlikni tarbiyalash bilan bog„liq vazifalarni bajarishga ojizligi; 

-  o„z  ona  tilini,  betakror  boy  madaniyatini  yaxshi  bilmagan  o„quvchilar 

o„zbek  xalqining  kiyinish  madaniyati,  qadriyatlari,  turmush  tarziga  bepisandlik 



 

53 


bilan  mensimasdan  qarash,  ularda  o„zgalar  tilini  yaxshi  bilish,  millat  ruhiyatiga 

yaqinlik, shu millat ruhiyati, madaniyatiga intilish barobarida o„zi mansub bo„lgan 

millat  ruhiyatidan  uzoqlashishni  paydo  bo„layotganligini  hisobga  olib  ular  bilan 

individual ishlash yo„l-yo„riqlari to„g„risida juda sayoz tasavvurga ega ekanligi; 

-  dars  va  darsdan  tashqari  mashg„ulotlarda  barcha  o„quvchilarni  barobar 

ma‟naviy shakllantirib bo„lmasligini hisobga olib, ularni dunyoqarashi, ruhiyatiga, 

xulq-atvoridagi  o„ziga  xos  jihatlarini  muntazam  ravishda  namoyon  qilib  borish 

bo„yicha tasavvur va tushunchalarining juda sayozligi; 

-  xulq-atvori,  dunyoqarashida  salbiy  jihatlar,  chekinishlar  sodir  qilgan 

o„quvchilar  balan  ishlash  uchun  individual,  tabaqalashtirilgan  dasturlarni  ishlab 

chiqishga umuman tayyor emasliklari; 

-guruh  o„quvchisiga  ma‟lum  qobiliyat,  ba‟zan  esa  tug„ma  qobiliyat  va 

iste‟dod  ato  etilishini,  uni  avvalo  o„zi  uchun,  oilasi,  millati  va  xalqi,  davlatining 

farovonligi,  baxt-saodati  uchun  to„liq  baxshida  etsagina  bunday  jamiyat  naqadar 

kuchli  taraqqiyotga  erishishi  uning  kasbiy  burchi  ekanligi  haqida  tasavvurga  ham 

ega emasliklari; va h.k. 

SHu  munosabat  bilan  dars  va  darsdan  tashqari  mashg„ulot  va  tadbirlarda 

OAVlari  orqali  o„quvchilar  ma‟naviyatini  shakllantirish  samaradorligini  oshirish 

maqsadida akademik guruh murabbiy va fan o„qituvchilariga quyidagilar: 

 

Milliy  ma‟naviyatimizga  doir  materiallarni  izlab  topish,  qayta  ishlash, 



umumkasbiy va mutaxassislik fanlari o„quv dasturlari mazmuniga singdirish yo„l-

yo„riqlari; 

 

Tarbiyaviy  va  ma‟naviyat  soatlari  va  fanlar  mavzulari  bo„yicha 



mashg„ulotlarda  foydalanish  uchun  istiqlol  yillarida  respublikamizning  xalq 

xo„jaligini barcha sohalarida erishgan yutuqlari bilan talabalarni tanishtirish uchun 

tayyorlangan jadval, diagramma, magnit va tasviriy vositalarning namunalari; 

 

Fan  dasturi  va  darsliklariga  kiritilmagan  yoki  etarli  darajada  yoritilmagan 



masalalar  bo„yicha  vaqtli  matbuotda  bosilgan  materiallar  asosida  baxs-munozara, 

tadqiqot  olib  borishga  sabab  bo„ladigan  muammolarni  shakllantirish;  va  h.k.lar 

bo„yicha tavsiyalar berildi. 


 

54 


o„quvchilarni  ma‟naviy  shakllantirishning  eng  qulay,  oson  va  ta‟sirchan 

samarali  usul  va  vositalarini  izlab  topish  va  qo„llash  bo„yicha  olib  borgan 

izlanishlarimiz  televidenieda  berilayotgan  umummilliy  mazmunga  ega  bo„lgan 

ko„rsatuvlarni,  Prezidentimiz  I,A  Karimovning  ma‟ruza  nutqlarini,  bayram 

shodiyonalarini video va kompakt diskka yozib olib, barcha rusumlardagi televizor 

va kamp‟yuterlarda namoyish qilishning ustunligini ko„rsatdi. CHunki, kamp‟yuter 

namoyishi  markazlashgan  tarmoq  orqali  amalga  oshirilsa,  uni  bir  vaqtni  o„zida, 

jihozlangan  ma‟naviyat  va  ma‟rifat  xonalarida  o„quvchining  katta  qismiga 

ko„rsatish  orqali  ular  qalbiga  bemisl  faxr-iftixor,  g„urur  bag„ishlashiga  erishish 

mumkin. 


O„quvchilar  his-tuyg„usiga,  ongiga,  duyoqarashiga  va  faolligiga,  xulq-

odobiga  badiiy-musiqiy  ta‟sir  etishning  ushbu  samarali  vositasi,  shubhasiz  ularda 

shakllangan  ma‟naviy  ehtiyojni  yanada  rivojlantiradi.  SHu  boisdan  akademik 

guruh  kuratorlari,  ma‟naviyat  va  ma‟rifat  bilan  shug„ullanuvchi  mutasaddi 

xodimlarga teleko„rsatuvlarni tomosha qilishni tashkil etish,  

Ushbu  bo„limlarda  so„z,  rangli  tasvir,  musiqaning  yoqimli  sadosi  orqali 

ekranda  namoyish  qilinayotgan  mamlakatimizning  istiqlol  yillarida  iqtisodiy, 

ijtimoiy,  siyosiy,  ma‟naviy,  xarbiy  va  boshqa  sohalarda  erishgan  yutuqlarini 

ifodalovchi  boy  materiallarni  talabalar  tomonidan  anglab  olinishi,  tushunishi  va 

o„zlashtirilishining  samaradorligini  oshirish  maqsadida  har  bir  bo„lim  uchun  test 

topshiriqlari ishlab chiqildi. Boshqacha aytganda, mustaqilligimizning 24 yilligiga 

bag„ishdangan bayram tantanalari dasturiga taqdim etilgan 12 bo„limning har biri 

zamirida  mamlakatimizning  iqtisodiy,  siyosiy  va  ma‟naviy  hayotida  erishgan 

yutuqlari yotganligini talabalar tomonidan qalban idrok etilishini ko„zda tutadi. 

Ushbu maqsadda SamDU professori N.SHodiev tomonidan ishlab chiqilgan 

«Eng ulug„ va eng aziz bayramimiz» nomli muloqotli dasturdan foydalanildi. Endi 

muloqotli  dasturning  ishlash  ketma-ketligini  yoritamiz.  Komp‟yuter  xotirasidan 

«Eng ulug„ va eng aziz bayramimiz» nomli dastur chiqarilib olinadi. 



 

55 


Dasturni  ishga  tushurish  uchun  index.exe  fayliga  sichqonchaning  chap 

tugmasini  ikki  marta  bosamiz.  Natijada  quyidagi  asosiy  dastur  oynasida  12  ta 

vazifali tugmalar namoyon bo„ladi. Bular quyidagilardir: 

1. 


Prezident I.K.Karimovning bayram tabrigi. 

2. 


O„zbekiston Respublikasi madhiyasi. 

3. 


O„zbegim elim. 

4. 


Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish. 

5. 


Jannatmakon yurtimiz san‟ati. 

6. 


Sen o„zbek bolasisan. 

7. 


YOsh avold buyuk kelajagimiz bunyodkorlari. 

8. 


O„zbegim qizlari. 

9. 


Surnay lazgisi. 

10. 


Vatanni hech kamga bermaymiz. 

11. 


O„zbekiston – dunyoga bag„rini ochgan diyor. 

Bundan  tashqari  dasturga  fotogalereya,  test  savolari  uchun  adabiyotlar, 

muloqotli dastur mualliflari, «chiqish» tugmalari kiritilgan. 

Ularning har birini bosganimizda ular o„z ish faoliyatini namoyish etadi. Bu 

erdan kerakli bo„lgan 1-bo„lim tugmasi, ya‟ni «Prizident I.A.Karimovning bayram 

tabrigi»ni  tanlaymiz.  Bunda  Prezidentimiz  I.A.Karimovning  mustaqilligimizning 

24  yilligiga  bag„ishlangan  bayram  tabrigi  ko„z  oldimiщda  gavdalanadi.  24  yil 

Vatanimiz  tarixida  istiqlolimizning  mustahkamlangani  bilan  ahamiyatlidir. 

Mustaqilligimiz  xalqimizning  asliy  orzusi,  ko„p  yillik  kurashlar  natijasida  qo„lga 

kiritilgan  buyuk  tarixiy  yutug„idir.  SHu  munosabat  bilan  davlatimiz  rahbari 

mastaqilligimizning  o„n  besh  yilligi  bilan  butun  xalqimizni  muborakbod  etadi. 

Agar 9-bo„lim tugmasini tanlasak, bunda «YUrt va Vatan obodligini madh etuvchi 

kuy-qo„shiqlar»  namoyish  etiladi.  Masalan,  YUrt  va  Vatan  obodligini  madh 

etuvchi  kuy-qo„shiqlar  yosh  xonadonlarni  elu  yurtimizni  ulug„  bayrami  bilan 

jo„shib-toshib  muborakbod  etib  sahnaga  kirib  kelishini  tomosha  qilish  paytida 

ularning qalblardan chiqqan so„z, navo talabalar qalbiga etib borishiga erishiladi. 

Talabalar  mustaqillik  yillarida  yurtimizda  san‟atni  rivojiga,  betakror  san‟at 


 

56 


koshonalari,  muxtasham  ta‟lim  dargohlarini  qurilishiga  alohida  e‟tiborni 

kuchaytirilganligini yosh iste‟dodlar uchun «Nihol» mukofoti ta‟sis etilganligi va 

h.k.  tufayli  o„zbekning  musiqa  san‟ati  dunyo  sahnalari  uzra  baralla 

yangrayotganligini,  nodir  ovoz  sohiblari  xalqaro  ko„rik-tanlovlarda  g„oliblikni 

qo„lga  kiritilayotganligining  zamirida  davlatimiz  tomonidan  ijodkorlikning  har 

tomonlama qo„llab-quvvatlanishini, rag„batlantirilishini, yosh iste‟dodlarning kashf 

etilishini guvohi bo„ladilar. 

Yuqorida  ko„rsatilgan  bo„limlar  bo„yicha  test  savollarini  bajarmoqchi 

bo„lsak  aktivlashgan  tugma  pastidagi  «Test»  tugmasini  bosamiz.  Natijada  yangi 

ekranda alohida test dasturi ishga tushadi. Har bir bo„lim uchun uning mavzusiga 

mos  ravishda  tayyorlangan  alohida  test  savollari  bilan  ishlash  imkoniyati 

yaratilgan. 

Ayrim hollarda test dasturini ishga tushurish qiyinlashishi mumkin. U holda 

bir  oz  kutib  turishga  to„g„ri  keladi.  Natijada  test  oynasi  hosil  bo„ladi.  bu  erda 

to„g„ri javobni tanlash uchun sichqonchani olib borib test savolining javoblaridan 

biriga  bosamiz.  Agar  siz  noto„g„ri  javobni  tanlab  qo„ygan  bo„lsangiz  javobni 

almashtirish  imkoniyati  mavjud.  Talabalar  test  savollariga  qoniqarsiz  javob 

bersalar unda asosiy dasturda ko„rsatilgan «Adabiyotlar»tugmasidan foydalanib, u 

erda  mavjud  bo„lgan  adabiyotlar  ro„yxatidan  foydalanib,  savollarga  to„g„ri 

javoblarni topishlari mumkin bo„ladi. SHu tariqa savollarni belgilash davom etadi. 

Varaqning  oxirida  «Natija»  tugmasi  mavjud  bo„lib,  ushbu  tugmaga  sichqonchani 

chap tugmasini bosganimizda testning natijasi hosil bo„ladi. 

Yuqoridagi  ta‟kidlanganidek  dasturda  fotogalereyalar  o„z  aksini  topgan. 

Fotogalereyalarda  O„zbekistonning  mustaqillik  yillarida  fan,  madaniyat,  sport, 

san‟at va harbiy va hokazo sohalarda erishgan yutuqlari, turli suratlar galereyasida 

mujassam  ettirilgan.  Bu  fotogalereyalar  o„quvchilar  qalbida  milliy  g„ururni  jo„sh 

urishiga xizmat qiladi. 

Shu  tariqa  dasturdan  foydalanish  mumkin  bo„ladi.  Agar  biz  dasturdan 

chiqmoqchi bo„lsak, dasturda joylashgan «chiqish» tugmasini bosamiz. 


 

57 


Mustaqiligimizning 

24 


yilligiga  bag„ishlangan  tantanali  bayram 

tomoshalarini har tomonlama sinchkovik bilan o„rganish shundan dalolat berdiki, 

unda  ijro  etilgan  kuy  va  qo„shiqlar  vositasida  o„quvchini  ma‟naviy  shakllantirish 

bo„yicha ishlarni – o„z ona-Vatani va xalqiga bo„lgan muhabbat tuyg„usi; ularning 

mehnatga, mehnat qo„shiqlariga hurmatini va ular tomonidan yaratilgan moddiy va 

ma‟naviy ne‟matlarga ijobiy munosabatini shakllantirish; o„quvchining insonlarga, 

ularni qarindoshlik, do„stlik, birodarlik kabi rishtalar bilan o„rab turgan kishilarga 

munosabati;  har  bir  o„quvchining  individ,  shaxs  sifatida  o„z-o„ziga  bo„lgan 

munosabati kabi yo„nalishlarda amalga oshirish mumkin. 

Yuqoridagi  bayon  qilinganlarga  asoslanib,  istiqlolimizning  har  bir  yilida 

bosib o„tgan yo„limizni, xalqimizning o„zligini anglash, urf-odat, an‟analarni qayta 

tiklash,  mustahkamlash,  iqtisodiy  mustaqillik  tomon  qo„ygan  misli  ko„rilmagan 

odimlarimizni  badiiy-musiqiy  tarzida  nishonlash,  shubhasiz  O„zbekistonda 

istiqomat  qilayotgan  barcha  elat  va  millat  talabalrida  g„ururlanish,  faxr  va  iftixor 

tuyg„usini uyg„otadi, deb ayta olamiz. 

 

 



 

 


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling