Ommaviy axborot vositalaridan foydalanish


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana23.07.2020
Hajmi1 Mb.
#124591
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
oquvchilarni manaviy-axloqiy tarbiyalashda ommaviy axborot vositalaridan foydalanish


 

 

1.2.  O„quvchi-yoshlarni  ma‟naviy-axloqiy  tarbiyalashda  Ommaviy 

axborot vositalaridan foydalanishning holati 

XX  asrgacha  bo„lgan  insoniyat  tarixida  ijtimoiy  xavf  sifatida,  eng  avval, 

qurolli  to„qnashuvlar,  harbiy  harakatlar  va  urushlar  uning  hayoti,  salomatligi  va 

mavjudligiga  salbiy  ta‟sir  ko„rsatilganligini  aytib  o„tish  lozim.  Insoniyatning 

moddiy  ehtiyojiga  moyilligi,  hukumronlik  yoki  gegemonlikka  ishtiyoqi  doimiy 

ravishda turli ko„rinishlardagi ijtimoiy xavflarni keltirib chiqargan. 

Prezident  I.A.Karimov  yosh  avlodda  yuksak  ma‟naviy-axloqiy  fazilatlarni 

tarkib  toptirish  uchun  ular  orasida  ma‟naviy-ma‟rifiy  targ„ibot-tashviqotining 

samarasini  oshirish  zarurligini  ta‟kidlab,  «YUksak  ma‟naviyat-engilmas  kuch» 

nomli  asari(129-bet)da  shunday  yozadi:  «Ma‟naviyat  haqida  harqancha  da‟vatlar, 

muhim  nazariy  fikrlar  bildirilmasin,  agar  ularni  jamiyat  ongiga  singdirish  uchun 

doimiy  ish  olib  bormasak,  bu  boradagi  faoliyatlarimizni  har  tomonlama  puxta 

o„ylangan,  tizimli  ravishda  tashkil  etmasak  tabiiyki,  biz  ko„zlagan  maqsadga 

erisholmaymiz, ya‟ni inson qalbiga yo„l topaolmaymiz. 

YOshlarni  ayniqsa  bolalarni  ma‟naviy-axloqiy  tarbiyalashda  oshkoralikni 

pesh  qilib  bo„lmag„ur  materiallarni  aks  ettirish  sodir  bo„layotganligi  haqida  I.  A. 

Karimovning  bildirgan  fikri  nihoyatda  to„g„ri.  «San‟atda  oshkoraliki  pesh  qilib, 

televizor, kino ekranlarda, matbuot vositalarida bo„lmag„ur lavhalarni aks ettirish, 

be‟maniylik va  hayosizlikni, ba‟zan  esa  hatto  axloqiy  buzuqlikni  targ„ib  qilishlar 

ko„rinib  qoladi»,  -deb  bildirgan  fikridan  yuqorida  ta‟kidlangan  joylarda  mehnat 

qilayotgan 

malakali 

mutaxassislar 

tegishli 

xulosa 

chiqarsalar 



bolalar 

tarbiyasidaginuqsonlar  bartaraf  bo„lgan  bo„lar  edi.  Bizningcha,  ularning  o„zlari 



 

27 


o„zbek xalq tarixi, madaniyati qolaversa, xalq tarbiyashunosligi masalalarini asosli 

o„rgansalar to„g„ri bo„lardi. 

SHuning  uchun  ham  biz  bugungi  kunda  ta‟lim-tarbiya  sohasidan  boshlab 

matbuot,  televidenie,  internet  va  boshqa  ommaviy  axborot  vositalari,  teatr,  kino, 

adabiyot,  musiqa,  rassomlik  va  haykaltaroshlik  san‟atiga,  bir  so„z  bilan  aytganda 

insonning  qalbi  va  tafakkuriga  bevosita  ta‟sir  etkazadigan  barcha  sohalardagi 

faoliyatimizni  xalqning  ma‟naviy  extiyojlari,  zamon  talablari  asosida  yanada 

kuchaytirishimiz, yangi bosqichga ko„tarishimiz zarur». 

«Milliy  istiqlol  g„oyasi:  asosiy  tushuncha  va  tamoillar»  risolasi(3-bet)da 

milliy  istiqlol  mafkurasini  xalqimiz  qalbi  va  ongiga  singdirishning  «ta‟lim  va 

tarbiya, fan va ilmiy muassasalar; madaniyat va ma‟naviyat muassasalari; adabiyot 

va  san‟at;  din;  jismoniy  tarbiya  va  sport;  urf-odat,  marosim  va  bayramlar;  oila, 

mahalla  va  mehnat  jamoalari;  siyosiy  partiyalar;  nodavlat  tashkilotlar;  ommaviy 

axborot vositalari» kabi 13 vositasi ko„rsatilgan. 

Shu munosabat bilan ushbu tizimning har bir komponentini hamda ularning 

o„zaro  aloqadorlik  (integratsiyasi)dagi  faoliyatini  o„quvchi-yoshlarni  ma‟naviy 

щakllantirishdagi samarasini o„rganish muhim vazifa hisoblanadi. 

Ma‟naviyat,  milliy  g„oya,  mafkura  va  milliy  qadriyatlarga  bag„ishlangan 

anjumanlar va adabiyotlarda bo„lajak o„qituvchilarni milliy istiqlol g„oyasi asosida 

ma‟naviy  shakllantirish  bo„yicha  yuqorida  ko„rsatilgan  vositalar  orasidan  eng 

asosiy,  qudratli  va  ta‟sirchan,  ijtimoiy  fikrni  o„zgartiradigan  vosita  sifatida 

ommaviy  axborot  vositalari  (OAV)  nisbatan  ko„proq  o„rganilgan.  Jumladan, 

keyingi yillarda o„quvchi-yoshlarni ma‟naviy,  mafkuraviy tarbiyalashda ommaviy 

axborot  vositalarining  rolini  yoritishga  bag„ishlangan  izlanishlarga  e‟tiborni 

kuchayganini ta‟kidlash joizdir. 

Ular  jumlasiga  M.  Abdiraxmonovning  «Matbuot  va  targ„ibot:  an‟ana, 

yangilik  va  muammolar»,  K.Zokirovaning  «Oilada  farzandlarning  komil  shaxs 

bo„lib etishtirishda televideniening roli», E.Iskandarovning «Ochiq axborot tizimi 

sharoitida  talaba-yoshlarda  mafkuraviy  imunitetini  shakllantirishning  ijtimoiy-

psixologik  asoslari»,  H.Maxmudovaning  «YOshlar  tarbiyasida  ommaviy  axborot 



 

28 


vositalarining  roli»,  A.  Sohibovning  «Ommaviy  axborot  vositalari  –ma‟naviy-

axloqiy  tarbiya  manbalari»,  R.Rejepovning  «Milliy  g„oyani  yoshlar  ongiga 

singdirishda  ommaviy  axborot  vositalarining  o„rni»,  K.Farfievning  «YOshlarning 

xulq-atvorlari  o„zgaruvchanligida  teleko„rsatuvlar»  va  boshqalarni  kiritish 

mumkin. 

Ayni  paytda  mamlakatimizda  870  tadan  ziyod  gazeta  va  jurnallar,  100ga 

yaqin davlat va nodavlat radiotelestudiyalar faoliyat ko‘rsatayotganligini hisobga 

olganda  yuqorida  ko‘rsatilgan  tadqiqotlarning  ko‘lamini  etarli  emasligini 

ta’kidlash lozim. 

Mazkur  tadqiqotlarda  milliy  istiqlol  g„oyasini  targ„ibot-tashviqot  qilish 

orqali  xalqimiz  ongiga  va  qalbiga  ma‟naviyatni  singdirish  bo„yicha  asosan 

markaziy  OAVlarining  imkoniyatlari  yoritilgan,  xolos.  Ularni  ro„yobga 

chiqarishning  shakl,  metod  va  vositalari  esa  e‟tibordan  chetda  qolgan  desak  xato 

bo„lmaydi. 

SHuningdek,  markaziy  gazeta  va  jurnallar  hamda  maxalliy  matbuotda 

bosilgan  islom  dinining  ma‟rifiy  mohiyatini,  buyuk  ajdodlarimiz  qoldirgan  boy 

merosni,  mustaqillik  yillarida  keng  quloch  yoygan  tadbirkorlik  harakatini, 

mamlakatimizni  jaxon  hamjamiyatida  tobora  mustahkam  o„rin  egallab 

borayotganligini 

targ„ibot-tashviqot  qilishning  birgina  o„zi  talabalarda 

mamlakatimiz  kelajagi  buyuk  ekanligiga  etarli  darajada  iymon  keltira  olmaydi, 

desak xato bo„lmaydi. 

Har qanday g„olib mafkuralar sahnaga chiqqanida o„zining g„oyaviy ta‟sirini 

mustahkamlash  va  o„z  mavqeini  mustahkam  tutib  turish  uchun  emotsional  – 

axborotli  vosita  (bayram,  dabdabali  marosim  va  h.k.)  lardan  foydalanganliklari 

bizga  uzoq  o„tmishdan  ma‟lum.  Jumladan,  bundan  uch  ming  yil  avval  yaratilgan 

«Avesto» muqaddas kitobining guvohlik berishicha, ajdodlarimiz badiiy bezatilgan 

ommaviy mafkuraviy tadbirlarni fuqorolik bag„ishlovlarning keng targ„ib qilishib, 

mafkuraviy  tarbiyaviy  tajribalarini  keyingi  avlodlarga  meros  qilib  qoldirganlar. 

Prof.  T.Mahmudov  «Avesto»  nomli  kitobi(42-bet)da  «inson  ruxini,  dilini, 

tasavvurini  ulug„lash  va  ko„tarish,  insonning  ma‟naviy  tomonga  parvoz  etishida 


 

29 


madadkor bo„lish «Avesto» qo„shiqlarining romantik tantanavorligida o„z ifodasini 

topgan», deb yozadi. 

O„quv-tarbiya  jarayonida o„quvchi-yoshlarni  OAVlari  yordamida  ma‟naviy 

shakllantirish  masalasi qaralganda  matbuotining  bu  sohadagi  imkoniyatlarini  ham 

o„rganish  maqsadga muvofiq.  CHunki,  bugungi  kunda  matbuoti  nafaqat  guruhlar 

devoriy  gazetalari,  ko„p  tirajli  gazetalari,  radio-televidenie  tarmoqlarini,  balki 

tobora kengayib borayotgan komp‟yuter, internetni ham o„z ichiga oladi. 

YUqorida  ko„rsatilgan  imkoniyatlarning  barchasini  hisobga  olgan 

taqdirdagina  ma‟naviyat  bilan  bog„liq  ishlarimiz  mazmuniga  o„zimiz  yashab 

turgan vaqt (davr)ning ruhi, nafasini muntazam ravishda singdirib borish mumkin. 

Yana  qizlar  tarbiyasida  ongsiz  taqlidning  ommaviylashib  borishi  oila 

tarbiyasiga  katta  ma‟naviy  zarar  keltirmoqda.  Ayollarning  kiyimlari  ham  bir  asr 

davomida  jiddiy  o„zgarishlarga  uchradi.  U  paytda  ayollar  libosi  keng  va  uzun 

ko„ylak,  kamzul  va  kavsh-maxsidan  iborat  edi.  An‟anaga  ko„ra,  ayollar  ko„ylagi 

badanning  past-baland  joylarini  bilintirmaydigan  darajada  keng  bo„lishi,  englari 

esa  bilaklarini  to„la  yopib  turishi  lozim  edi.  Ayollarning  shunday  kiyimlari  30-

yillargacha  moda  bo„lib  keldi.  O„sha  paytlarda  biror  kishi  yana  30-40-yillardan 

keyin o„zbek ayollari tor ko„ylak va yubka, shim kiyib  yurishadi, desa boshqalar 

uni  aqldan  ozganga  chiqarib  qo„yishi  hech  gap  emas  edi.  Oradan  40-50  yil  o„tar-

o„tmas ayollar shunchaki tor ko„ylak va shim emas, mini yubka, juda tor shimlar 

kiya  boshlashdi.  Endi  kiyim  ularning  badaniga  past-baland  joylarni  yashirishga 

emas,  bo„rtib  turgan  joylarini  yana  ham  bo„rttiribroq  ko„rsatishga  xizmat  qila 

boshladi.  Asr  boshida  ayollar  badanining  5-6  foiz  qismi  ochiq  yurgan  bo„lsa,  asr 

oxiriga  kelib  yoz  paytlarida  ayollar  badanining  50-60  foiz  qismi  ochiq  yuradigan 

bo„ldi.  XX  asrning  so„nggi  choragida  ayollar  asr  boshidagi  ayollar  liboslarini 

kinofilm  va  fotasuratlarda  ko„rib  ajablanishadi,  xolos.  Bularning  bari  hozirgi  til 

bilan  aytganda,  globallashuv,  aniqrog„i  ma‟naviyatdagi  globallashuv  natijasi  edi. 

Ko„rib o„tgan misollarimizda erkak va ayollar liboslaridagi o„zgarishlar yuz bergan 

har  bir  bosqichda  avvalgi  bosqich  liboslarini  himoya  qiluvchi,  yangiliklarni  esa 

Farbdan kelayotgan ma‟naviy tahdid, deb baholovchilar ham anchagina bo„lgan. 


 

30 


Mana shu misollar globallashuv jarayonida chetdan kirib kelayotgan hodisalarning 

qaysi biri ma‟naviyatga tahdid-u, qaysi biri hayotbaxsh ekanini aniqlab olish qiyin 

ekanini ko„rsatadi.  SHuning uchun chetdan kelayotgan har qanday g„oyani yot 

va  vayronkor,  deb  e‟lon  qilishdan  avval  milliy  manfaatlar  yo„lida  foydalanish 

mumkin yoki mumkin emasligi to„g„risida obdon o„ylash lozim. 

Prezidentimiz  I.A.  Karimov  «Xavfsizlik  va  barqaror  taraqqiyot  yo„li» 

asarida: «O„z ishini aql bilan, tushunib bajaradigan kishida mehnatdan faxrlanish, 

hayotdan  zavqlanish  tuyg„usi  kuchli  bo„ladi.  Ana  shunday  odamlarni 

tarbiyalashimiz,  mamlakatimizning  har  bir  fuqarosi  ana  shunday  tuyg„u  bilan 

yashashiga erishishimiz kerak», -deb istiqbolli reja qo„ygan edi. Ana shu maqsadga 

erishishning to„g„ri yo„li bolalarni o„z mehnatlaridan faxrlanish, hayotning barcha 

jabhalaridan  zavqlanish  tuyg„usini  tarbiyalashni  yoshlik  chog„laridanoq 

o„rgatishimiz, odatlantirishimiz darkor bo„ladi. 

O„quvchi-yoshlarda  axborot  madaniyati  ko„nikmalarini  shakllantirish 

murakkab  jarayon  sanaladi.  Uning  murakkabligi  shundaki,  mazkur  jarayonni 

izchil,  uzluksiz,  tizimli  boshqarishning  imkoni  yo„q.  SHu  sababli  yoshlarda 

ommaviy  axborot  vositalar  foydalanish  ko„nikmasini  shakllantirishda  ta‟lim 

muassasalari,  jamoat  tashkilotlari,  oila  hamda  ommaviy  axborot  vositalarining 

xizmatlaridan samarali foydalanish talab etiladi. Bunda, ayniqsa, davlat tasarrufida 

bo„lgan  ommaviy  axborot  vositalari  –  gazeta,  eurnal,  tele-radiokanallarning 

tarbiyaviy ta‟sir imkoniyatlarini aniq maqsadga yo„naltira olish muhimdir. 

Ta‟lim muassasalarida yoshlar orasida axborot madaniyatini ta‟minlashning 

ijtimoiy-pedagogik  ahamiyatini  yorituvchi  amaliy  harakatlarni  tashkil  etishga 

jiddiy  e‟tibor  qaratilishi  kerak.  bunda  quyilagi  yo„llardan  foydalanish,  kutilgan 

natijalarni qo„lga kiritishga imkon beradi: 

1. YOshlar orasida axborot manbalariga bo„lgan qiziqishlar darajasini o„rganuvchi 

tashxis xizmatidan foydalanish. 

2. Ma‟naviy-ma‟rifiy targ„ibotni yo„lga qo„yish. 

3. Nodavlat  hamda  tijorat  faoliyatiga  asoslangan  ommaviy  axborot  vositalari 

faoliyati yuzasidan «Ijtimoiy o„rganish»ni yo„lga qo„yish. 



 

31 


4. Yoshlarning  g„oyaviy-mafkuraviy  immunitet  va  dunyoqarashga  egaliklarini 

o„rganish maqsadida monitoringni tashkil etish va hokazo. 

Xozirgi global axborotlashuv davrida yoshlarda axborot olish ko„nikmalarini 

shakllantirish  muhim  ijtimoiy-pedagogik  talab  sanaladi.  Maxkur  talabning 

qondirilishi  jamiyat  a‟zolari  tomonidan  axborot  xavfining  mohiyatini  etarlicha 

tushunishni taqozo etadi. YOshlar orasida axborot olishni ta‟minlashning ijtimoiy-

pedagogik  ahamiyatini  izchil,  uzluksiz,  tizimli  va  maqsadga  muvofiq  tashkil 

etilishi kutilgan natijalarni qo„lga kiritish imkonini beradi. 

Insonlar  faoliyatini  erkinlik,  ijodiyot,  mehnat,  oila  butunligi  va  ularning 

istiqboli  kabi  sifatlar  egallay  boshlanadi.  Buning  oqibatida,  odamlarda  tabiat  va 

jamiyatga nisbatan, ideal, real va ratsional munosabatlar paydo bo„ladi. 

Shaxsning  va  yoshlarning  o„zligini  anglashda  avvalo,  individ,  shaxs  va 

sub‟ekt taraqqiyotining quyidagi holatlariga e‟tibor qaratish lozim. 

     Ayni  paytda  bir  necha  tashkiliy  masalalarni  ham  hal  etish  zarur. 

Chunonchi,  ko'pgina  o'qituvchilar  dars  berish  uslubiyotini  yaxshi  egallagan 

bo'lsalar-da,  axborot-  kutubxonachilik  sohasida  yetarli  bilim  va  malakaga  ega 

bo'lmaydilar.  Kutubxonachilar  esa  aksincha.  Shu  sababli  ham  o'qituvchilarga 

axborot-kutubxonachilik  sohasidan  ma'ruzalar  o'qib,  ularni  axborot-kutubxonalar 

faoliyati bilan tanishtirish, kutubxonachilarga esa dars o'tish qoidalari, uslubiyotini 

o'rgatish  muhimdir.  Bizningcha,  hozirgi  kun  talablaridan  kelib  chiqqan  holda 

o'quvchilarda axborot olish madaniyatini tarbiyalashning o'ta muhimligini hisobga 

olib  axborot-kutubxonachilik  darslarini  ommalashtirish,  yo'lga  qo'yish  zarur. 

Avvalo,  buning  uchun  masalaning  tashkiliy  jihatini  hal  etish,  ya'ni  axborot-

kutubxonachilik darslarini yo'lga qo'yish yuzasidan qaror qabul qilish, shu qarorga 

asosan  umumiy  o'rta  ta'lim  muassasalari  va  axborot-kutubxona  muassasalar 

faoliyatini  muvofiqlashtirish,  axborot-kutubxonachilik  darslarini  tashkil  etish  va 

o'tkazishning 

aniq 


shakllarini 

ishlab 


chikish 

zarur. 


Axborot-kutubxona  muassasasida  o'quvchilar  axborot  olish  madaniyatini 

tarbiyalash  masalasini  hal  qilish  faqat  ta'lim-tarbiya  jarayoniga  aloqador 

bo'lmasdan,  balki  jamiyatning  ijtimoiy  rivojlanishi,  ma'naviy  yuksalishi  bilan 


 

32 


bog‟liq,  davlatning  strategik  maqsadlariga  xizmat  qiluvchi  faoliyatiga  ham 

daxldordir. Shu sababli ham mazkur muammo ijtimoiy hayotning boshqa sohalari 

bilan  kompleks  o'rganishni  taqozo  qiladi.  Binobarin,  tadqiqot  natijalari 

ko'rsatganidek,  kutubxonada  o'quvchilar  axborot  olish  madaniyatini  tarbiyalash 

masalasi  pedagogika,  psixologiya,  falsafa,  adabiyotshunoslik,  sosiologiya  kabi 

kator fanlar erishgan yutuqlarga tayangan holdagina hal etilishi mumkin.  

      Axborot-kutubxona muassasasida axborot olish madaniyatini tarbiyalash 

masalasi borasida quyidagi xulosalarni keltirish mumkin: 

      Axborot  olish  madaniyatini  tarbiyalash  masalasi  ijtimoiy,  ma'naviy-

ma'rifiy, 

umummilliy 

muammo 


hisoblanadi. 

Bu 


ma'lum 

davr 


bilan 

chegaralanadigan  hodisa  bo'lmasdan,  inson  umr  bo'yi  o'rganadigan  ma'naviy 

ehtiyojdir. 

   Hozirgi  davrda  televizor  qisman  kitob  o'qishni  siqib  chiqarayotir,  degan 

e'tirozlar  ham  paydo  bo'lmoqda. Lekin  televizorda  biror ko'rsatuvni ko'rish  uchun 

har  bir  inson  tayyorlanadi,  o'ziga  qulay  sharoit  yaratadi.  Teledasturlar  qaysi 

ko'rsatuvni qachon ko'rishga o'rgatadi. Agar kitob o'qish uchun ham ota-onalar ana 

shunday sharoit yaratsa, televizor ko'rish va tanlab kitob o'qishni, qiziqib o'qishni 

o'rgatsa, 

ko'zlangan 

maqsadga 

erishish 

mumkin. 

   Kitobxonlikda  eng  muhimi  oilada  kitobga  mehr  uyg'otish,  uni  avaylab-asrashni 

tarkib  toptirishdir.  Faqat  allomalargina  emas,  ko'plab  oddiy  insonlar  ham  kitobni 

asrab-avaylaydilar.  Xalqimiz  azaldan  “Kitob  har  narsadan  aziz,  uni  peshonaga 

surtish  -  o'pish  savob”,  deydi.  Buyuk  olimu  adiblarimiz  Oybek,  G'afur  G'ulom, 

Izzat Sulton, Mirzakalon Ismoiliy va boshkalarning uy muzeylariga ota-onalarning 

o'z  farzandlari  bilan  sayohatlarida  bu  insonlar  uchun  kitobdan  boshqa  aziz  narsa 

bo'lmaganligi,  ular  kitoblarni  avaylab-asraganlari,  juda  ko'p  o'qiganlari  ma'lum 

bo'ladi.  Zero,  xalqimizning  kitobni  e'zozlab  ardoqlagani,  nam  tegmaydigan 

tokchalarda  asragani,  bo'sh  vaqtlarini  kitob  mutolaasi  bilan  o'tkazganlari  kitobga 

nakadar mehr-muhabbat qo'yganlarning guvohidir. 


 

33 


   Bularning  barchasi  o'smirlarda  shaxsiy  kutubxona  tashkil  etishda  muhim 

ahamiyat  kasb  etadi.  Chunki  kitob  yig'ishda  uni  ko'z-ko'z  qilish  emas,  balki  o'z 

oilasidagi farzandlari va ularning do'stlarini ham bahramand qilishga olib keladi. 

 

 



1.3.  O„quvchi-yoshlarni  ma‟naviy-axloqiy  tarbiyalashda  Ommaviy  axborot 

vositalarining tarbiyaviy imkoniyatlari 

 

XX asrning so„nggi choragi hamda XXI asrning boshlarida shiddatli, tezkor, 



juda  keng  ko„lamdagi  axborot  tizimi,  telekomunikatsiya  texnologiyalarining 

hamda  internet  tarmog„ining  rivojlanish  davri  sifatida,  muhimi  o„lka  hayotining 

deyarli  barcha  soha  va  jabhalariga  hamda  inson  faoliyatiga  kirib  borishi, 

shuningdek, axborot makoning globallashuvi, butun dunyo taraqqiyotiga faol ta‟sir 

ko„rsatgan  va  ko„rsatayotgan  omil  sifatida  e‟tirof  etilayotganligini  guvohi 

bo„lmoqdamiz.  E‟tiborli  jihati  shundan  iboratki  mamlakat  ichkarisidagi  va  tashqi 

dunyodagi  faol  axborot  almashuviga  kishilar  ehtiyojining  kundan-kunga  keng 

miqyosda  ortib  borayotganligidadir.  Axborot  sohasining  bunday  tezlik  bilan 

taraqqiy  etishi, uning  potensiyali  va  imkoniyatlarining  o„sishi, uning  jamoatchilik 

va  davlat  hayotidagi  turli  xil  yo„nalishlarda  keng  ko„lamda  qo„llanilishi, 

asrimizdagi  insoniyat  taraqqiyotini  aniqlab  beruvchi  muhim  omillarning  biriga 

aylanmoqda.  Bu  o„z  navbatida  «Ochiq  axborot  tizimlarida  axborot-psixologik 

xavfsizlik»  kursi  fan  va  ijtimoiy  amaliyotining  mustaqil  va  muhim  yo„nalishi 

sifatida shakllantirishni taqozo etmoqda. 



Axborot  (lotincha  «information»-tushuntirmoq,  bayon  etmoq)  zamonaviy 

fan va siyosatning asosiy tushunchalaridan biri; dastlab kishilar tomonidan og„zaki, 

keyinroq yozma yoki boshqa shakllar uzatilgan ma‟lumot; XX asrning o„rtalaridan 

boshlab insonlararo, inson-avtomat, avtomat-avtomat o„rtasidagi ma‟lumot hamda 

hayvonlar  va  o„simliklardagi  signal  almashinuvi,  hujayrada  hujayraga  muayyan 

belgilarning  uzatilishi  va  shu  kabilarni  anglata  boshlagan.  Ijtimoiy  hayotga 



 

34 


tatbiqan  axborot-kishilar,  predmetlar,  faktlar,  hodisalar,  jarayonlar  va  shu  kabilar 

haqidagi ma‟lumot (ma‟lumotlar majmui)ni anglatadi. 

Shuningdek,  oxirgi  yillarda  axborot  resurslari  mamlakatlararo  to„qnashuv, 

giyosiyosiy  maqsadlarni  amalga  oshirish  uchun  maydon  sifatida  faol  suratda 

foydalanish  an‟anaga  aylanmoqda.  bu  o„z  navbatida,  mazkur  sohada  sezilarli 

darajada  manfaat  keltiradigan  zamonaviy  qudratli  axborot  texnologiyalarga  ega 

rivojlangan mamlakatlarga xosdir. 

Bugungi kunda kundalik xalqaro munosabatlarda «axborot urushi», «axborot 

qarama-qarshiligi»,  «axborot  bosimi»  va  shu  kabi  tushunchalar  ko„p 

ishlatilayotganligi aholini axborot hurujidan himoyalash bo„yicha choralar ko„rish 

muhimligini yanada oshirmoqda. bu muammoning o„ta dolzarbligi yana shundaki, 

hozirda odamlar ongi (shaxs, ijtimoiy guruh, jamiyat) ma‟lum darajada ommaviy 

axborot vositalarining faoliyati va axborot resurslarining ta‟siridadir. 

Shuning  uchun,  ayniqsa  ochiq  axborot  tizimi  sharoitida  shaxs,  jamiyat  va 

davlatning axborot, axborot-psixologik xavfsizligi bilan bog„liq muammolarni hal 

qilishning  ahamiyati  yanada  oshadi.  Ayni  vaqtda,  axborot  tizimi  imkoniyatlarini 

milliy  manfaatlarini  himoyalash  va  rivojlantirish,  shuningdek,  global  axborot 

makonida  davlatning  manfaatlarini  amalga  oshirish  uchun  qulay  sharoit  yaratish 

yo„lida  foydalanish  juda  muhim  hisoblanadi.  SHu  bilan  birga,  axborot  sohasi-

jamoatchilik  sohasidagi  mustaqil  yo„nalish  sifatida-rivojlanishning  boshlang„ich 

bosqichida,  tabiiyki,  axborot-psixologik  xavfsizlikni  ta‟minlash  masalalarini 

o„rganish,  bu  borada  etuk  mutaxassislarni  tayyorlash,  ilm-fan  faoliyatida  deyarli 

yangi  yo„nalish  hisoblanadi.  Ushbu  ma‟noda  jahonda  biz  o„rganishimiz,  tahlil 

qilishimiz va davlatning milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda foydalanishimiz 

lozim bo„lgan ma‟lum darajada tajribada to„plangan. 

«Ochiq  axborot  tizimlarida  axborot-psixologik  xavfsizlik»  fanining 

maqsadi-talaba  yoshlarda  ochiq  axborot  tizimida  axborot  oqimini  qabul  qilishda 

samarali sur‟atda psixologik jihatdan himoyalanish ya‟ni (o„z-o„zini himoyalashda) 

mahorat  va  etarli  darajada  bilim  va  malakani  (nazariy,  uslubiy)  jihatdan 

shakllantirishdan  iboratdir.  Respublikamiz  Oliy  ta‟lim  muassasalarining  ijtimoiy 



 

35 


gumanitar  fakultetlarning  (psixologiya,  sotsiologiya,  falsafa,  ijtimoiy  ish,  milliy 

istiqlol  g„oyasi,  ma‟naviyat  va  huquq  asoslari,  jurnalistika,  huquqshunoslik, 

siyosatshunoslik,  tarix,  filiologiya)  mazkur  kursni  chuqur  o„rganish  kelajakda 

shaxsni,  olgan  bilimlardan  foydalanib  jamiyatni  va  davlatni  ma‟lum  soha 

yo„nalishida  axborot-psixologik  jihatdan  himoyalanishiga,  shuningdek,  ushbu 

sohadagi  bilimlarni  yuqori  darajada  ilmiy-uslubiy  tadqiq  qilishga  qodir 

mutaxasisslar tayyorlashga yo„naltiriladi. 

Globallashayotgan dunyoda axborot xalqaro va davlatlararo munosabatlarda 

katta  ahamiyat  kasb  etadi.  YA‟ni  u  jahon  hamjamiyati  hayotida  ham  ijobiy  ham 

salbiy  kuch  sifatida  namoyon  bo„lishi  mumkin.  SHu  ma‟noda  texnikaviy-

texnologik  sohada  katta  imkoniyatga  bo„lgan  mamlakatlar  qulay  sharoitga  ega 

bo„ladilar.mana  shu  ustunlik  tufayli  ular  o„z  shaxsiy  manfaatlariga  mos  keluvchi 

qadriyatlarni,  nuqtai-nazarlarni,  g„oyalarni  fikrlarni  ilgari  surishlari  mumkin  va 

surmoqdalar  ham.  SHunga  ko„ra  ko„pgina  davlatlarda  globallashuvga  qarshi 

harakatlar yuzaga kelmoqda, bular yagona jahon uyg„unlashgan axborot maydonini 

tuzishni  rad  etmoqdalar.  Bu  o„rinda  shuni  alohida  joizki,  globallashuvga  qarshi 

harakatning o„zi tobora global harakat tusini olmoqda. Zamonamizning o„ziga xos 

jihatlaridan  bo„lib,  har  qanday  mahalliy  hodisa  yoki  voqea  zamonaviy  axborot 

texnologiyalari tufayli global hodisa yoki voqeaga aylanmoqda. Masalan, 2000 yil 

11  sentyabrda  Nyu  Yorkda  yuz  bergan  voqea,  Levan  tuprog„idagi  harbiy 

harakatlar,  Fransiyadagi  yoshlarning  chiqishlari,  u  yoki  bu  mamlakatdagi 

saylovlar, avia halokat, tabiiy ofat, terrorchilik harakati va boshqa shunga o„xshash 

voqea va hodisalar buning yorqin dalili bo„ladi.  

Jahon  miqyosida  kezib  yuruvchi  bunday  axborotlar  muayyan  davlat 

manfaatlariga  ta‟sir  etmay  qolmaydi.  Bu  faqat  shu  axborot  tarqaladigan  alohida 

olingan  bir  mamlakatdagi  ijtimoiy,  siyosiy  jarayonlardan  darak  berishi  bilangina 

emas,  balki  boshqa  mamlakatlarning  mazkur  xabarlar  haqida  hech  narsa 

aytilmagan  auditoriyasi  bularni  o„z  davlatidagi  holatga  qiyoslashi  bilan  ham 

mazkur  mamlakat  manfaatlariga  ham  ta‟sir  etadi.  SHu  sababli  davlatlar, 

hukumatlar  o„rtasida  ayrim  kelishmovchiliklar  vaqti-vaqti  bilan  yuzaga  chiqib 



 

36 


turishi mumkin. Bunda kim haq yoki kim nohaq ekanligini aniqlash har doim ham 

oson bo„lavermaydi. 

Bular  barchasi  axborot  jarayonlarining  globallashuvi  bilan  bog„liq 

muammolar  dolzarbligini  yana  bir  karra  ta‟kidlaydi.  Ammo  mazkur  muammolar 

tufayli axborot ishlab-chiqarish va tarqatish imkoniyatlar tengsizligi paydo bo„ldi. 

Bu ob‟ektiv vaziyatni shunday deb qabul qilmoq kerak. Mamlakatlar bu boradagi 

o„z ustunliklarini shaxsiy manfaatlarida foydalanishlari boshqa gap. Mana shunday 

vaqtda  munosabatlar  keskinlik  bilan  yuzaga  keladi,  u  ko„p  hollarda  axboriy 

kurashga yoki boshqacha qilib aytganda psixologik urushga aylanib ketadi. 

Bu  jahondagi  yangi  geosiyosiy  taqsimot,  yangi  mintaqaviy  nizolarning 

yuzaga  kelishi,  millatchilik,  shovinizm,  din  niqobidagi  ekstremizm,  ekologik 

halokatning  tahdidi  kuchayishi,  SPID,  parranda  gripi  va  boshqa  yuqumli 

kasalliklarning tarqalishi bilan bog„liqdir.  

Yuqorida qayd etilganlarning barchasi O„zbekiston Respublikasi uchun ham 

mazkur  muammolar  muhim  ekanligini  alohida  ta‟kid  etadi.  Buning  dolzarbligi 

davlatimiz  uchun  milliy  mustaqillikni  yanada  mustahkamlash,  iqtisod  va  bozor 

munosabatlarini  tadrijiy  rivojlanishini  ta‟minlash,  ijtimoiy  islohotlarni 

chuqurlashtirishda  yaqqol  ko„rinadi.  Bunda  kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturini 

amalga  oshirish,  milliy  an‟analarni  hayotga  qaytarish,  murosasizlikni  tarbiyalash 

ham katta ahamiyat kasb etadi. Ma‟lumki, mustaqil dunyoqarashga ega ma‟lumotli 

kishilargina  turli  xil  talqindagi  tazyiqlarga  ruhan  barqaror  qarshilik  ko„rsata 

oladilar.  Bu  birinchidan.  Ikkinchidan,  mana  shunday  kishilargina  tegishli  muhit 

yaratishlari va milliy g„oyalarning darg„alari hisoblanadi.  

Iqtisodiy,  siyosiy,  madaniy-ma‟rifiy  va  boshqa  sohalardagi  axborotlar 

ta‟sirlashuvi  ijtimoiy  hayotning  mazmunan  boyishi,  takomillashuvining  muhim 

omili  hisoblanadi.  SHu  nuqtai  nazardan  qaraganda,  bugungi  kunda  axborot 

almashinuvi insoniyat taraqqiyotining muhim shartiga aylandi deyish mumkin. 

O„z  davrida  og„zaki  nutqning  paydo  bo„lishi  bilan  axborot  uzatish 

imkoniyatlari  kengaygan  bo„lsa,  yozma  nutq  rivoji  bu  borada  o„ziga  xos  yangi 

bosqichni  boshlab  bergan  edi.  Hozirgi  fan-texnika  taraqqiyoti,  integratsiya  va 



 

37 


globallashuv  sharoitida  esa  axborot  makonida  tub  sifatiy  holat  kechmoqda. 

Endilikda,  axborot  uzatish  nafaqat  xilma-xil  (radio,  televidieni,  matbuot,  telefon, 

faks,  pochta,  Internet  va  b.)  shakllari,  balki,  o„ta  tezkorligi  bilan  ham  jamiyat 

taraqqiyotining  oldingi  davrlaridagdan  farq  qiladi.  Bunday  sharoitda,  axborot 

iste‟moli jarayonida ham yangi tendensiyalar kuzatilmoqda.  

«Kimki axborotga ega bo„lsa, u dunyoga egalik qiladi» degan fikrning paydo 

bo„lishiga ham axborotning yuqoridagi xususiyatlari sabab bo„lgan.  

Ijtimoiy  makon-bu,  ayni  vaqtda  axborot  makoni  hamdir.  Globallashuv 

sharoitida  axborot  hajmining  kattaligi,  ularning  zamonaviy  tezkor  vositalar  orqali 

tarqatilayotgani  axborot  sohasining  ijtimoiy  makonning  boshqa  shakllaridan 

tubdan  farq  qilishini  ta‟minlamoqda.  Xususan,  zamonaviy  ommaviy  axborot 

vositalari  (ayniqsa,  Internet  tizimi)  orqali  tarqalayotgan  xabar  va  ma‟lumotlarga 

turli siyosiy ta‟qiqlar, davlat chegaralari to„siq bo„la olmaydi.  

Axborot  iste‟moli  ijtimoiy,  aniqrog„i,  ma‟naviy  ehtiyojlarni  qondirishga 

qaratilgan  hodisadir.  Axborot  iste‟molining  xizmatlar  iste‟molining  o„ziga  xos 

shakli hisoblanadi. Ma‟lumki, har qanday xizmatni iste‟mol qilishdan avval uning 

sifati, narxi,  foydasi,  qulayligi  va  boshqa  shu  kabi  xususiyatlarga  e‟tibor  beriladi. 

Bu  jarayonda,  iste‟mol  qilinayotgan  xizmatning  talab-taklif  xususiyatlari  ham 

inobatga olinadi. Masalan, taklifi kamayib ketgan xizmatlarning iste‟mol darajasi 

yuqori  bo„lib,  ularga  talab  kuchayadi.  Mazkur  xususiyatlar  axborot  iste‟moli 

jarayoniga ham xosdir. Biroq, ma‟naviy ne‟mat bo„lgan axborotni iste‟mol qilish 

o„ziga xos tomonlari bilan ham ajralib turishini ta‟kidlash joiz. Xususan, axborot 

konkret  shaxs,  ijtimoiy  guruh,  millat,  jamiyat  va  davlat  tomonidan  iste‟mol 

qilinadi-ki,  mazkur  darajada  iste‟mol  jarayonlari  bir-biridan  farq  qiladi.  Masalan, 

biron  shaxs  uchun  qiziqarli  bo„lgan  ma‟lumot,  muayyan  ijtimoiy  qatlam  yoki 

guruh uchun ahamiyatsiz bo„lishi mumkin. SHuningdek, axborot makon va zamon 

xususiyatlariga  ham  ega.  CHunonchi,  Farbda  o„ta  ommabop  bo„lgan  axborotlar, 

SHarq  xalqlari  tomonidan  kam  iste‟mol  qilinishi  mumkin.  Bundan  tashqari, 

ma‟lum  bir  tarixiy  davrda  katta  qiziqish  bilan  kutib  olingan  ma‟lumotlar,  vaqt 


 

38 


o„tishi bilan odatiy holda aylanishi va ijtimoiy hayotda bu tarzda in‟ikos etmasligi 

mumkin. 


Axborot iste‟moli,  kim  tomonidan iste‟mol qilinishidan  qat‟iy  nazar,  qabul 

qilish, tushunish, talqin etish kabi bir-biri bilan uzviy bog„liq bo„lgan bosqichlarda 

amalga oshiriladi. 

Bugungi  kunda,  axborot  iste‟moli  jarayoni  ham  o„ziga  xos  madaniyatni 

taqozo 

etmoqda-ki, 



madaniyatning  bunday  shakli  insoniyat  ma‟naviy 

madaniyatining tarkibiy qismiga aylanishi zarur.  

Axborot  iste‟moli  madaniyat  globallashuv  jarayonlarining  xarakterli 

xususiyatlaridan biri bo„lgan. Internet tarmog„i jadal rivojlanib borayotgan hozirgi 

sharoitda, ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etadi.  

SHuning  uchun,  hozirgi  davr  kishisi  oldida  axborot  tanlash  imkoniyati  shu 

qadar  yuqori-ki,  uning  talabini  qondira  olmaydigan  ma‟lumotlar  bir  zumda 

qimmatini  yo„qotishi  aniq.  SHu  nuqtai  nazardan  qaraganda,  hozirgi  davr  axborot 

iste‟moli avvalgilaridan tubdan farq qiladi.  

Shubhasiz,  zarur  axborotlarga  ega  bo„lishga  intilish-davr  talabi.  Biroq, 

bugungi  kunda,  shaxs,  ijtimoiy  guruh,  millat,  jamiyat  va  davlatning  o„zi  haqida 

axborotlarni  tarqatishi  ham  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Buning  ikki  asosiy  jihati 

mavjud.  Birinchidan,  masalan,  Internet  tarmog„i  imkoniyatlari  kengayib 

borayotgan hozirgi davrda, ulardan mamlakatimizning jahon hamjamiyatida tutgan 

o„rnini mustahkamlashda keng foydalanish zarur. CHunki, jahonga tanilish uchun 

nafaqat real dunyoda, balki, axborot dunyosi (virtual olam)da ham harakatlar olib 

borish  zarur.  Respublikamiz  Prezidenti  I.A.Karimov  ta‟kidlaganidek,  «bu  borada 

ishni to„g„ri tashkil etish uchun Internet tizimidan samarali va oqilona foydalanish, 

uni  o„zimizning  ma‟lumotlar  bilan  to„ldirish  kerak...  bizning  zaif  tomonimiz 

shundaki,  Internetda  O„zbekiston  bilan  bog„liq  ma‟lumotlar  juda  kam.  Nega 

deganda,  bizda  bu  jarayonning  texnikasi  va  texnologiyasi  talab  darajasida  emas. 

Milliy  qadriyatlarimiz,  tarix  va  merosimiz,  bugungi  fan,  san‟at  va 

adabiyotimizning  eng  yaxshi  namunalarini  Internetga  kiritish  dasturi  ishlab 

chiqilmagan».  Ikkinchi  muhim  jihati  shundaki,  yurtimiz  hayotiga  doir  ayrim 



 

39 


noxolis,  tor  doiradagi  manfaatlaridan  kelib  chiqib  tarqatilayotgan  ma‟lumotlarga 

javoban  axborotlarni  global  miqyosda  targ„ib-tashviq  etish  tashqi  axborot 

xurujlariga  qarshi  o„ziga  xos  qalqon  vazifasini  bajaradi.  Bu  esa,  turli  geosiyosiy 

manfaatlar  doirasida  axborot  xurujlari  ta‟sirini  kamaytirish  va  milliy  axborot 

makoni xavfsizligi ta‟minlanishining muhim sharti hisoblanadi.  

Dunyo mamlakatlari o„rtasidagi o„zaro ta‟sir shu qadar kuchayib ketdiki, bu 

jarayondan to„la ihotalanib olgan birorta ham davlat yo„q, deb to„la ishonch bilan 

aytish  mumkin.  Hattoki,  xalqaro  tashkilotlardan  uzoqroq  turishga  intilayotgan, 

ularga a‟zo bo„lishni istamayotgan mamlakatlar ham bu jarayonda mutlaqo chetda 

emas.  Globallashuv  shunday  jarayonki,  unda  chetda  turaman,  degan  mamlakatlar 

uning ta‟siriga ko„proq uchrab qolishi mumkin. Bunday g„ayri ixtiyoriy ta‟sir esa 

ko„pincha salbiy bo„ladi.  

Globallashuvning turli mamlakatlarga o„tkazayotgan ta‟siri ham turlicha. Bu 

hol  dunyo  mamlakatlarining  iqtisodiy,  axborot,  ma‟naviy  salohiyatlari  va  siyosati 

qanday ekani bilan bog„liq. Dunyoda yuz berayotgan shiddatli jarayonlarning har 

bir  mamlakatga  o„tkazayotgan  salbiy  ta‟sirini  kamaytirish  va  ijobiy  ta‟sirini 

kuchaytirish  uchun  shu  hodisaning  mohiyatini  chuqurroq  anglash,  uning 

xususiyatlarini  o„rganish  lozim.  Bu  hodisani  chuqur  o„rganmay  turib  unga 

moslashish,  kerak  bo„lganda,  uning  yo„nalishini  tegishli  tarzda  o„zgartirish 

mumkin  emas.  Globallashuv  yana  shunday  jarayonki,  uni  chuqur  o„rganmaslik, 

undan  foydalanish  strategiyasi,  taktikasi  va  texnologiyasini  ishlab  chiqmaslik 

mamlakat  iqtisodi  va  madaniyatini  tog„dan  tushayotgan  shiddatli  daryo  oqimiga 

boshqaruvsiz qayiqni topshirib qo„yish bilan baravar bo„ladi.  

Mustaqillik  davrida  mamlakatimiz  olimlari  o„tkazgan  va  o„tkazayotgan 

tadqiqotlarga  ko„z  yugurtirish  bu  sohadagi  ishlar  endi  boshlanayotganidan 

guvohlik beradi. Globallashuvning milliy ma‟naviyatga o„tkazadigan ta‟siri haqida 

yozilgan jiddiyroq risola va yirik tadqiqotlar u yoqda tursin kichikroq maqolalarni 

topish ham mushkul. Ilmiy nashrlar va jurnallar, davriy matbuotda mazkur mavzu 

bo„yicha  biz  topa  olgan  ishlarning  miqdori  qo„llarimiz  panjasidan  ham  oz.  Har 

qanday  siyosat,  jumladan  iqtisodiy  siyosat  va  ma‟naviyat  sohasidagi siyosat  ham 



 

40 


ilmiy  asosga  ega  bo„lgandagina  muvafaqqiyat  keltirishini  nazarda  tutsak,  bu 

masalada olimlarimiz siyosatchilarimizga etarli ko„mak bera olmayotganini e‟tirof 

etishga  to„g„ri  keladi.  Mamlakatimiz  jahon  maydonida  olib  borayotgan  siyosat 

ko„proq  samara  va  muvaffaqiyat  keltirishini  istasak,  globallashuvning  mohiyati, 

yo„nalishlari,  xususiyatlarini  chuqurroq  tadqiq  va  taxlil  qilishimiz,  shu  orqali 

siyosatchilarimizning  to„g„ri  yo„l  tanlashi  va  qarorlar  qabul  qilishi  uchun 

imkoniyatlar yaratishimiz lozim.  

Globallashuvga  qisqa  ta‟rif  bermoqchi  bo„lsak,  uni  turli  mamlakatlar 

iqtisodi,  madaniyati,  ma‟naviyati,  odamlari  o„rtasidagi  o„zaro  ta‟sir  va 

bog„liqlikning kuchayishi deyish mumkin.  

Globallashuvga  berilgan  ta‟riflar  juda  ko„p.  Lekin  uning  xususiyatlarini 

to„laroq  qamrab  olgani  bizningcha,  fransuz  tadqiqotchisi  B.Bandi  bergan  ta‟rif. 

Unda globallashuv jarayonining uch o„lchovli ekaniga urg„u beriladi: 

-Globallashuv-muttasil davom etadigan tarixiy jarayon; 

-globallashuv-jahonning gomogenlashuvi va universallashuvi jarayoni

-Globallashuv-milliy chegaralarning «yuvilib ketish» jarayoni. 

B.Bandi  ta‟rifida  keltirilgan  globallashuv  o„lchovlarining  har  uchalasi 

nisbatan ham muayyan e‟tirozlar bildirish mumkin. Lekin jahonda yuz berayotgan 

jarayonlarni kuzatsak, ularning har uchovi ham unda mavjud ekanini ko„ramiz. 

Globallashuvning mamlakatlar iqtisodi siyosati va ma‟naviyatiga o„tkazishi 

mumkin  bo„lgan  ijobiy  va  salbiy  ta‟siri  Hindistonning  mashhur  davlat  arbobi 

Mahatma  Gandining  qo„yidagi  so„zlarida  yaxshi  ifodalangan:  «Men  uyimning 



darvoza  va  eshiklarini  doimo  mahkam  berkitib  o‘tira  olmayman,  chunki  uyimga 

toza  havo  kirib  turishi  kerak.  SHu  bilan  birga  ochilgan  eshik  va  derazalarimdan 

kirayotgan  havo  dovul  bo‘lib  uyimni  ag‘dar-to‘ntar  qilib  tashlashi,  o‘zimni  esa 

yiqitib yuborishini ham istamayman». 

Globallashuvning  o„zi  murakkab  jarayon  ekani,  uning  turli  mamlakatlar 

iqtisodi,  siyosati  va  ma‟naviyatiga  o„tkazayotgan  ta‟siri  yana  ham  murakkab 

bo„lgani  sababli  unga  nisbatan  ham  jahonga  bir-biriga  nisbatan  qarama-qarshi 

bo„lgan ikki guruh: globalistlar va aksilglobalistlar guruhlari vujudga keldi.  


 

41 


Globallashuv  tarafdorlari  globalistlar,  deb  ataladi.  Ular  orasida  davlat 

arboblari,  siyosatdonlar,  sanoatchi  va  beznesmenlar  ko„proq  uchraydi. 

Globallashuv  muxoliflari  esa  aksilglobalistlar  nomini  olgan  bo„lib  ular  orasida 

ko„proq  so„l  kuchlar,  kasaba  uyushmalari  va  yoshlar  tashkilotining  vakillari  bor 

edi.  MDH  hududida  aksilglobalistlar  Rossiya  Federatsiyasi  hududida  faol  harakat 

olib  bormoqdalar.  Bu  erda  ular  turli  anjumanlar,  seminarlar  o„tkazish  uchun 

to„planib turdilar. 

Globallashuvning 

tezlashishi 

va 


kuchayishiga 

javob 


sifatida 

aksilglobalistlarning  faoliyati  ham  kuchayib  ketdi.  Ular  globallashuvning  faqat 

salbiy oqibatlariga emas, umuman uning o„ziga qarshi chiqa boshladilar. Masalan, 

Rossiyalik  faylasuf  va  yozuvchi  A.Zinovev  «Aksilglobalizm  vektorlari»  nomli 

anjumanda so„zlagan nutqida shunday deydi: «Globallashuv yangi jahon urishidir. 

U yangi tipdagi jahon urishi. Bu urushda tirik qolishning qarshilik ko‘rsatishdan 

boshqa yo‘lini ko‘rmayapman. Faqat qarshilik!», -degan edi.  

«Aksilglobalizm  vektorlari»  anjumanidagi  yana  bir  ma‟ruzachi  A.Parshev 

esa  globallashuvga  qo„yidagicha  ta‟rif  beradi:  «Aslida  globallashuvning  asosiy 

mazmuni  boshqa  mamlakatlarda  ishlab  chiqarilgan  mahsulotning  qo„shimcha 

qiymatini, dunyodagi asosiy zahiralarini o„zlashtirishdan iborat».  

Tahlil  shuni  ko„rsatadiki,  globalizm  tarafdorlari  ham,  dushmanlari  ham 

asosiy  e‟tiborni  iqtisodiyot  sohasiga  qaratishadi.  Globallashuvning  ma‟naviyatga 

ta‟siri  va  ma‟naviy  globallashuv  masalalari  sotsiologiya,  falsafa,  madaniy 

antropologiya fanlaridan o„zining aksini etarli darajada topganicha yo„q.  

Bir  maqola  doirasida  globallashuvning  faqatgina  eng  asosiy  jihatlari  va 

yo„nalishlarini  ham  qamrab  olishi  qiyin.  SHuning  uchun  mazkur  maqolada 

globallashuv  milliy  ma‟naviyatga  o„tkazayotgan  va  o„tkazishi  mumkin  bo„lgan 

ta‟sir haqida fikr yuritamiz. 

Ma‟naviyatni  ham  bir  uyga  qiyoslasak,  tashqaridan  kirayotgan  shamol  uy 

ichidagi narsalarni ostin-ustin qilib tashlashini hech bir xonadon sohibi istamaydi. 

Xuddi  shu  kabi  biz  ham  yot  g„oyalar,  oqimlar  va  mafkuralar,ma‟naviyatimizga 

vayronkor ta‟sir o„tkazishiga qarshi himoya choralari ko„rishimiz tabiiy. CHetdan 


 

42 


o„tkaziladigan  mafkuraviy  ta‟sirga  qarshi  himoya  choralari  ko„rishdan  avval 

qanday  ta‟sirlarni  ma‟qullash  lozimu,  qandaylarini  rad  etish  kerakligini  aniqlab 

olish lozim. Hozirgi kunda birorta ham milliy ma‟naviyat yo„qki, u boshqa xalqlar 

ma‟naviyatidan to„la ihotalangan bo„lsa. Hatto, Avstraliya chakalakzorlari, Afrika 

savannalari  va  Janubiy  changalzorlarda  turmush  kechirayotgan  qabilalar  ham 

qo„shni qabilalar va zamonaviy tamaddun ta‟sirini o„zida his qilib turadi. qolaversa 

tarixni  tahlil  qilish  boshqa  xalqlar  ma‟naviyatidan  bahramand  bo„lgan  xalqlar 

ma‟naviyati yuksakliklarga ko„tarilgandan guvolik beradi.  

Markaziy  Osiyo  xalqlari  madaniyati  va  ma‟naviyati  ham  SHarq  va  Farbni 

tutashtirgan  karvon  yo„llarida  joylashgani  sababli  ham  SHarq,  ham  Farb 

madaniyatidan  bahramand  bo„lgan.  Muhimi  shundaki,  xalqimiz  Farb  va  SHarq 

ma‟naviyatidan  bahramand  bo„lib  ularning  ijobiy  tomonlarini  o„zlashtiribgina 

qolmay,  ularga  ijodiy  yondashib  yangi  cho„qqilarga  ko„tarildi.  Bu  fikrning 

tasdig„ini  ma‟naviyatning  tarkibiy  qismlari  bo„lgan  ilmiy  bilimlar,  diniy  e‟tiqod, 

san‟at  misolida  ham  ko„rish  mumkin.  Buni  faqat  Vatanimiz  emas,  umumjahon 

madaniyati tarixidan mustahkam o„rin egallagan allomalarimiz ijodi misolida ham 

ko„rish mumkin. Masalan, ana shunday ajdodlarimizdan biri Abu Rayhon Beruniy 

Xitoy  va  Hindiston,  YUnoniston  va  Rim  falsafasini,  tabiiy  fanlarini  chuqur 

o„zlashtirgan  edi.  Hindistonda  bo„lgan  paytida  u  hind  fani  va  madaniyatini 

o„rganar  ekan,  qadimgi  manbalarni  o„rganish  uchun  qadimgi  hind  tili-sankritni 

bilish lozimligini anglaydi. U sanskritchani o„rganishga kirishadi va qisqa fursatda 

uni chuqur o„zlashtiradi. Endi qadimgi hind madaniyati va fanini asl manbalrdan 

o„rgana  boshlaydi.  U  shuningdek,  yunon  va  Rim  madaniyati  va  fanini  o„rganish 

uchun yunon va lotin tillarini o„zlashtirgan edi. 

Jahon madaniyati tarixida chuqur iz qoldirgan Abu Nasr Farobiy ham o„nlab 

tillarni  bilgan  va  o„nlab  xalqlar  madaniyati  ma‟naviyatini  chuqur  o„rgangan  edi. 

Bunday  misollarni  juda  ko„plab  keltirish  mumkin.  Eng  muhim  jihati  shundaki, 

o„sha buyuk ajdodlarimiz jahon xalqlari ma‟naviyatini o„rganibgina qolmay, ularni 

chuqur  tahlil  etishda,  tegishli  joylarini  rivojlantirib  olamshumul  kashfiyotlar 

qilishdi. 



 

43 


Ajdodlarimiz  tarixi  jahon  xalqlari  ma‟naviyatiga  hurmat  bilan  qarash, 

kerakli  joylarini  o„rganib,  ijodiy  rivojlantirish  orqaligina  ma‟naviyat  cho„qqisiga 

erishish  mumkinligidan  guvohlik  beradi.  Mening  nazarimda  bizga  hozirgi  kunda 

ana shunday ijodiy yondashuv etishmayotganday. Bizga ta‟sir o„tkazayotgan yoki 

ta‟sir o„tkazmoqchi bo„layotgan g„oyalarning qay birini qabul qilish va qay biri rad 

etish lozimligini aniqlash uchun jiddiy tahlil lozim. Ana shunday tahlilni o„tkazish 

uchun  esa  ba‟zan  erinchoqligimiz,  ba‟zan  uquvsizligimiz  xalaqit  bermoqda. 

Buning  oqibatida  qabul  qilish  kerak  bo„lgan  g„oyalarni  rad  etish  va  etish  lozim 

bo„lgan  g„oyalarni  qabul  qilish  hollari  ham  uchrab  turibdi.  SHunday  g„oyalar 

borki, ular ochiq chehra bilan eshigimizni taqillatib, kirib keladi. SHunday g„oyalar 

ham borki, ular o„g„ri kabi kechasi tuynikdan tushishadi.  

Eshik  qoqib  keladigan  g„oyalar  milliy  ma‟naviyatni  boyitishga, 

rivojlantirishga  xizmat  qiladi.  CHunki,  milliy  ma‟naviyatlar  o„zaro  ta‟sir 

jarayonida rivojlanadi. Har qanday xalq ma‟naviyati rivojiga nazar tashlansa uning 

boshqa  xalqlar  udum  va  an‟analarini  o„zlashtirish  va  moslashtirish  orqali 

rivojlanganini ko„rish mumkin.  

O„zbek  milliy  ma‟naviyati  ham  uzoq  va  yaqindagi  qo„shnilarning  ilg„or 

an‟analarini  o„zlashtirish  natijasida  rivojlanib  bordi.  Ma‟naviyatimizning 

rivojlanishi tarixini kuzatsak, bunga yana bir bor ishonch hosil qilish mumkin. XX 

asr  boshlaridagi  o„zbek  madaniyati  va  ma‟naviyati  va  uning  asr  oxiridagi  holati 

o„rtasidagi ancha jiddiy tafovut bor. Bu tafovutni adabiyot, san‟at, fan, hatto oddiy 

yurish-turish va keyim-kechak sohalarida ham kuzatish mumkin.  

O„zbekistonda  hozirgi  mavjud  ijtimoiy  fikr,  jamiyatning  umumiy  siyosiy-

ma‟rifiy  darajasi  zamonaviy  axborot  xurujiga  va  uning  shiddatiga  dosh 

berolmaydi.  Aniqrog„i,  uning  butun  ko„lamini,  mohiyatini,  axborot  ostidagi 

yashirin  g„oyani  va  axborot  tarqatuvchi  manba  maqsadini  etarli  darajada  baholay 

bilmaydi.  Natijada  axborot  bozorida  mavjud  bo„lgan  asosli,  jiddiy,  fikrlashga 

chaqiradigan,  taraqqiyotga  yordam  beradigan  axborotlarni  etarlicha  qabul  qila 

olmaydi.  Aksincha  engil-elpi,  shov-shuvli,  hayotimizdagi  mavjud  o„tkinchi 

kamchilik  va  nuqsonlarni  bo„rttirib  ko„tarib  chiqqan  xabarlarga  berilib  ketadi. 



 

44 


Ularni tez qabul qiladi. Natijada jamiyatda yalpi o„rtacha kayfiyat, ozurda ruhiyat 

paydo  bo„lishiga  imkoniyat  yaratiladi.  Bunday  vaziyatda  milliy  axborot  tizimini 

har  tomonlama  qo„llab-quvvatlash,  uning  faoliyatini  takomillashtirish,  ta‟sir 

doirasin  oshirish  zarur  bo„lib  qolmoqda.  Bu  muammolarni  hal  etish  uchun 

qo„yidagilarga e‟tibor bermoq lozim: 

-Ommaviy  axborot  vositalari  hozirgacha  shakllangan  til,  uslub  va  ifoda 

usulini o„zgartirish lozim. Jozibador, ayni paytda hayotga yaqin, eng oddiy fuqaro 

qalbi  va  ruhiyatiga  mos  keladigan  xalqchil  ifoda  usulini  shakllantirish  lozim. 

Boshqacha qilibaytganda, axborot makonini hayotga, odamlarga, ularning kundalik 

tashvishu  iztiroblariga,  yangilanayotgan  jamiyat  muammolariga  yuksak  mahorat 

moslashtirish kerak.  

-Jamiyatni,  uning  har  bir  a‟zosini  axborot  vositalariga  qiziqishini  orttirish 

yo„li  bilan  axborot  orqali  yuzaga  kelayotgan  ruhiy  tanglik,  ma‟naviy  ozurdalik, 

boshqacha  qilib  aytganda,  buzg„unchi  g„oyalarga  ergashish  kayfiyatining 

ommalashib  ketishiga  chek  qo„yish  lozim.  Foyaga  qarshi  g„oya,  fikrga  qarshi 


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling